April 30, 2025

Altery destiny

He Su: Aigoo men nimalar qilyapman, nimalar deyapman.Hey ahmoq, tentak He Su oʻzingga kel va uyga qaytishing anavi ahmoq Xanaga nima deb tushuntirishing kerakligini oʻyla ( deya oʻsha uyi tomon qaytdi

Jia:He Su seni xonim chaqirdi.Otni menga ber va tezda xonimning oldiga bor ( deya hovliqqancha gapirar va uning bu soʻzlarida havotir sezilarli darajada bilinardi

He Su:obbo mana ol (deya otni Jiaga toʻgʻrilab Xananing xonasi tomon yoʻl oldi

Pov He Su
Xananing xonasi tomon borarkanman nafislik bilan bezatilgan yoʻlakcha juda ham koʻzni qamashtiradigan darajada chiroyli edi.Tannoz xonimligi bilinib turadigan darajada kibrli munosabati asabimga tegardi.Shu paytni oʻziyoq ustiga chiqib sochidan tortib , oʼlgunicha doʻpposlardim.Afsuski buni iloji yoʻq,bu hayotimda mening qoʻlim kalta va bu hayotga ming laʼnat deya gapirayotgan paytim Xananing xonasiga yetib kelganimni ham bilmay qolibman

He Su :Khmm xonim kirsam boʻladimi (deya xona eshigini taqillatdim

Xana: ha kir (deya javob berdi

He Su: Xonim chaqirgan ekansiz.Menda biror ishingiz bormi(deya savol bilan qaradim

Xana: Bu kecha sen mening oqsochim boʻlasan va saroyga boramiz.Lekin aytib qoʻyay buni hech kimga ayta koʻrma.Aytganing zahoti boshingdan ayrilasan (deya doʻq qildi

Pov He Su
Nima . Qanaqa saroy.Jinni boʻlganmi bu ? Endi bitta shu saroy qolgandi borib xizmat koʻrsatmagan.Hali toʻxtab tur.Koʻzingga koʻrsatib qoʻyaman uyatsiz ikkiyuzlamachi Xana

He Su: Xoʻp xonim.Aytib oʻlibmanmi ( deya kinoya qilib gapirdi

Xana: yaxshi unda bor sen hozir boʼshsan

He Su : Xoʻp xonim( deya asta xonadan chiqib ketdi

Pov / avtor
Tezda kech payt keldi va He Su oʻrnidan turib Xananing oldiga yoʻl oldi.Ustidagi kiyim boshiga qaramasdan ketayotgan He Su Xananing yoqimsiz gaplaridan gʻazab otiga mindi

Xana: Hoy irkitttt.Fuuu sen qayerga ketayotganingni va kim bilan ketayotganingni sezyapsanmii Kimsan Min Xana bilan ketayapsan va bu irkit holating bilan meni bu husnimniyuu atirgul hidli iforimni yoʻq qilib yuborasan ( deya nafratlanib mensimagan ohangda gapirdi

He Su: Men u yerga oʻzimni koʻrsatish uchun bormayapman balki sizning xizmatingizni bajarish uchun ketayapman ( deb baland ovozda aytganini oʻzi ham sezmay qoldi .

Pov He Su
Ayshhh shiball nimalar deb qoʻydim.Tilingni tiysang oʻlasanmi He Su.Endi aniq yana savalanaman bu tentak Xana sabab

Xana : Nima?Sen hozir nima deding?Shoshmay turr.Sen yana jazolanishni xohlayapsan shekilli

He Su: yoʻq yoʻq aslo xonim . Kechiring bir qoshiq qonimdan keching.( Deya yerga tiz choʻkdi

Xana : ha mayli.Hozir kechikyapmiz Bor tezroq ustingdagini almashtirib kel va yoʻlga chiqamiz ( dedi boʻyniga xushboʻy mushkambarini surtgancha

Pov avtor
He Su tezda hayotdan qoniqmagan holda kiyimlarini almashtirdi va bayramlarga kiyadigan chiroyli binafsha rangli etagi uzun koʻylakini kiyib Xananing oldiga bordi va yoʻl yoʻlakay sochlarini turmaklagan holda

He Su:Xonim men keldim.Tayyormisiz

Xana: Vanihoyat He Su xonim siz keldingiz.Bilasizmi, siz bizni anchagina kuttirib qoʻydingiz (dedi uni mensimay ustidan masxara qilgan holda

He Su: voy kechirasiz xonim.Kelaqoling otga mining (deya otga oʻtirishi uchun imkon yaratgan holda

Xana: Qoʻlimdan ushla.Yoʻq toʻxtaaa avval qoʻlingni art va keyin qoʻlimdan ushla

He Su: Xoʻp xonim ( deya qoʻlini koʻylagiga artgan holda aytdi va qoʻlidan ushlab otga mindirdi.Oʼzi esa piyoda otni yetaklab saroy tomon yoʻl oldi

Pov avtor
Yoʻl yurishdi.Yoʻl yurishdan ham moʻl yurishdi.He Su piyoda borayotganligi sababli juda ham holdan toygan edi.Terga botib charchab ketganidan sochlari yuziga xuddi hech qachon qoʻyib yubormaydigandek yopishgandi.Xana xonim esa atrofni kuzatar orada esa He Suga pisand qilmas nigohda koʻz qirini tashlardi va hamma holdan toyib saroyga yaqinlashay deganida birdan oʻgʻrilar paydo boʻldi va har birini qoʻlida uchi oʻtkir qilich bor edi.Hammasi yuzini berkitib qora niqob kiyishgandi.Bu holatdan He Su , Xana va uning xizmatkorlari shokka tushib qoʻrqiy boshlashdi

He Su pov
Ayshhh oʻzi senlar kamlik qilayotgan edinglar

Koʻzimiz senlarga uchib turibdi.

He Su : Xonimni himoya qiling (deya xizmatkorlarga buyruq berib oʻzi oʻgʻrilar tomon 2 qadam tashladi

Pov avtor
Xana bu holatdan qotib qolgandi va He Suning gaplaridan hayratda qoldi.Chunki u oʻylardiki , He Su ojiz qoʻrqoq va landavur qiz deb

Xana:hoy irkittt.Ortingga qayt hali menga keraksan ayniqsa shu kecha ( deya nigohini He Suga qarata gapirdi

He Su: Xavotir olmang xonim.Men oʻzim bularni tinjitaman ( deya oʻgʻrilar tomon baqira ketdi

He Su : Hayaaa bu yoqqa kel senlar hali kimsan Xana xonimni toʻnamoqchiminglar aaa deya yonidagi kichkina daraxt novdasi ularga qarata otdi

Pov avtor
Koʻrinib turibdiki bu holatdan oʻgʻrilar kulib yuborishdi

He Su: Hoy tentaklar nega kulyapsanlar.Kel urushasanmi a urushasanmi

Oʻgʻrilardan biri: Hoy kichkina qiz yaxshisi yoʻlimizdan qoch va vahting borida hamma narsalaringni shu yerga qoʻy (deya bir katta qopni ishora qildi

He Su: Hooo yana nima xohlaysizlar.Meni kimligimni bilasizlarmi ?Men qora belbogʻ sohibiman

Oʻgʻrilar: Nima qora belbogʻ u nima degani unaqa narsa haqida birinchi marta eshityapman

He Su pov
Aigooo bu axir 15 asrkuu.Men shugʻullangan sport esa 20 asrda paydo boʻlgan.He Su ehtiyot boʻlib gapir ( deya oʻzini ogohlantirdi

He Su : h.hech nima senlar tushunmaysanla qani kelchi hammangni koʻzingga koʻrsataman sen tekin tomoqlarni ( deya yugurib borib bitta oʻgʻrini ustiga oʻzini otdi va boʼynidan qattiq boʻgʻa bowladi

Oʻgʻri: hoy tentak qoʻyib yubor.Qoʻyib yubor dedim men senga ( deya He Suni katta harsang tosh tomon otib yubordi

Pov avtor
He Su oʻzi bilmagan holda katta harsang tosh tomon uchib borardi va baʼzi narsalarni oʻylay boshladi

He Su pov
Nahotki men tezda oʻlsam.Albatta bu toshga urilamanuu chil parchin boʻlib ketaman hech boʻlmaganda turmushga chiqmoqchi edimmm..Afsuski bu laʼnati hayot menga baxtni ravo koʻrmagan ekan.Mana qadrli hayotim xayr men yana oʻylayapman (deya koʻzini chirt yumgancha baqirdi va shu payt kimdir uni ushlab oldi

Tae : Hoy hoy xonim tinchlaning.Ovozingiz juda baland ekan.Qulogʻimni teshib yuboray dedi

He Su pov
Koʻzlarimni ochar ekanman oʻsha uyatsiz Taehyung meni qoʻllarida koʻtarib turardi va men uning qaynoq taftini , yuragining urayotgan tovushini butun vujudim bilan his qilardim

He Su: men oʻldimmi?Nega sen bu yerdasan.Voyy sen ham oʻldingmi?( deya ketma ket savollar bergan He Su atrofga alanglagancha kayfiyati buzildi

Tae:yoʻq yoʻq madam aslo.Sen hali ham yashayapsan va men ham sen qatori yashayapman

He Su: nima men oʻlmadimmi?Nega axir sen meni hozir koʻtarib turibsanku yoki men tush koʻryapmanmi ? ha ha men tush koʻryapman.(Deya oʻzini chimchiladi

He Su:Voyy onajonnn( deya qichqirib yubordi)ogʻridii nega men tirikmannnn

Tae: Hoy boʻldi ovozingni oʻchir.Xarxasha qilishni bas qil ( deya birdan He Su ning lablariga oʻzining kuchli uzun va oppoq terili qoʻlini qoʻydi

He Su pov
Taehyung mening lablarimga qoʻllini tekkizganida nima boʻlayotganini birdan unutib yubordim va uning barmoqlaridan urilayotgan issiqlik meni butun vujudimni qamrab olgan edi

He Su: K.kechirasan boʻldi meni pastga tushir( deya tipirchiladi

Tae : Albatta xonim ( deya mayin tabassum bilan ohista He Suni pastga tushirdi

He Su: ha mayli meni qutqarib qolganing uchun sendan bitta jon qarzim bor.Mayli men ketdim ( deya Xananing oldiga yugurib bordi

Pov avtor
He Su Xananing oldiga borar ekan hammasi tiz choʻkkan holda oʻtirishar edi.Va bundan He Su hayron qolib tezda Xananing yoniga borib u ham tiz choʻkdi va

He Su: Xonim nega tiz choʻkkanmiz?Qirol keldimi ? ( Deya savol berdi chunki oʻsha davrda faqatgina qirol oilasi aʼzolarigagina tiz choʻkishardi

Xana : Oʻchir ovozingni ahmoq va tezda borib Shahzoda Taehyungga minnatdorchilik bildirib tiz choʻk

He Su : Nimaa? Shahzoda Taehyung???

He Su pov
Ayshhh shiball u hali shahzodami? Ha nahotki u shahzoda boʻlmasa va uning tashqi koʻrinishidan bilinib turadi .Voyy tentakman aniq avvaliga nega sezmadim-aa . Endi aniq boshim ketadiiii

He Su : Shahzodam(deya Taening yoniga yugurib bordi

Shahzodam meni kechiring va bir qoshiq qonimdan keching ( deya qoʻllarini ustma ust qilgancha yerga tiz choʻkib yotib oldi

Pov avtor
Bu holatdan Taening kulgusi keldi va lab chetida mayingina kulib qoʻydi va

Tae: He Su boʻldi oʻrningdan turaqol.Men seni kechirdim lkn bundan keyin hurma qilishni unutma ! Tushunding-aa?

He Su : Tushundim.tushundim shahzodam ( deya sekin boshini yerdan koʻtardi va koʻzlarini yerga qaratgan holda jim oʻtirardi

Pov avtor
Tae oʻgʻrilar tomon qarab gapirdi va

Tae : bular oʻzimizning odamlar va bundan keyin doimo ularni koʻrganingizda ularga hurmat bajo qiling ( dedi va oʻgʻrilar bu gapga javoban boshlarini silkib maʼqullashdi

Tae : Xoʻsh Xana xonim.Sizni bu tomonga qaysi shamollar uchirdi ?( Deya savol ila Xanaga qaradi

Xana: Salom shahzodam.Bugun Shahzoda Min Yoongi meni saroyga taklif qilgan edilar va men shuning uchun yoʻlga chiqqandim(deya boshini yerdan uzmagan holda muloyim ohangda javob berdi

Tae: Yaxshi unda boraqoling akam ham sizni kutib qolgandirlar ( deya orqasini oʻgirib otiga minib ketdi

Pov avtor
Bu suhbatdan hayron qolgan He Su Xanaga yuzlandi

He Su: Xana xonim shahzoda Min Yoongi kim ?( Deb savol nigohlari bilan Xanaga boqib turardi

Xana: Qirol Kimning katta oʻgʻli shahzoda Min Yoongi va u shahzoda Taehyungning akasi ( deya xizmatchilarga ishora qilib otiga minib yoʻlda davom etishdi

Pov avtor
Tezda hashamatli saroyga yetib kelishdi.Uning balandligi undan urilib turadigan aura nafaqat He Suni balki boshqa xizmatchilarni ham hayratda qoldirardi

He Su: Nima ? Nahotki men oʻsha kitoblarda koʻrgan saroyni yoniga kelib ichiga kirayotgan boʻlsam

Xizmatchilardan biri Hyun : Nima qanaqa surat Siz bu saroyga bundan oldin kelganmisiz ( deya hayrat ila boqib turardi

He Su: Yoʻq yoʻq qanaqa surat u nima xato eshitgan boʻlsang kerak ( deya asta tilini tishlab qoʻydi

Hyun : Balki shundaydir ( deya befarqlik bilan javob berdi

Pov avtor
Xana va uning xizmatchilari saroyga kirishdi va ularni soqchi kutib oldi .Xana soqchi bilan suhbatlashib He Suni yoniga chaqirib saroyning ichki qismiga kirishdi.Xizmatchilar esa saroy tashqarisida tarqalishdi.He Su saroyni qiziqish bilan tomosha qilib borardi.Lekin bugungi kun He Su uchun syurpriz edi

Mana bloodylarim 4 qismni ham tugatib oldik.Bugungi ff ga oʻz fikringizni kutib qolaman

Writer: Kim Yona
Channel: Bloodly fanfics