Har xil lekin bir xil
Taehyungni umuman uyqusi kelmasdi. Oʻgʻirlab ketilgani. Panjarada mahluqdek oʻtirgani va Jungkook. Ancha vaqtdan keyin. U umuman oʻzgargan edi. Boy bastı ovozi yuzi kulgulari sochlari va atir hidi. Bu hid mast qiluvchi oziga tortuvchi edi. Haligacha honadan shu hid kelib turar edi. Va Jungkookdan sezilarli tamaki hidi ham kelar edi. Jungkook chekmasdi ham ichmasdi ham. U ancha ulgʻaygan. 3 4yil ichida juda katta oʻzgarish edi. Jungkook nima qildi. Shu vaqtgacha qanday bu darajada ozgara oldi. U juda gavdali boʻlib ketgan edi. Tan olish kerak u yana ham kelishgan boʻlib ketgan edi. Unga oshiq qizlar mashuqalari koʻp bolsa kerak deb oʻyladi
Rostdan ham jungkookni atrofida qizlar koʻp edi. U koʻp qizlar bilan tanish va aynan badavlat oila qizlari bilan munosabatda boʻlar edi. Chiroyli boʻlsa ham oddiy qizlar uni umuman qiziqtirmas edi. Uni faqat oq suyak honimlar qiziqtirar edi.
jungkook maktab vaqtida Taehyungni sevgan bolsada. Shu vaqtgacha biror bir oʻgʻil bola bilan munosabatda bolmadi. Faqat ayollar lekin bu borada ham u juda qattiq sharti bor edi. Oila shajarasi badavlat boʻlgan . Judayam goʻzal qomatlari ajoyib va boylikda ham katta katta odamlar orasida ham anchagina hurmati bor boʻlgan qizlar bilan uchrashar edi.
U qizlar ham Jungkookni yonida boʻlishni hohlar va bu talabga javob berish uchun harakat qilar edi .
Toʻgʻri oz vaqt lekin jungkook yetarlicha oʻrni bor edi. U haqida hech kim bilmas edi. Aslida u kim ekanligi. Qayerdan kelganligi haqida. Bu olamda kazo kazolar olamida u judayam qattiqqoʻl kerak boʻlsa boshqa davlatlar bilan ham aloqasi insonni oʻgʻli deb oʻylar edi.
Jungkook haqida biladiganlarni hammasini yoq qilgan edi. Faqat bir inson Taehyung qolgan edi. Jungkook uni yoq qilolmas edi. Lekin qoldirolmas edi ham. Koreyaga kelishi bilan Taehyung koʻrishni va uni oʻziga ogʻdirish uchun uni oʻgʻirlashga majbur edi.
Boshqa qaysi yol bilan u bilan uchrashini bilmas edi.
Shunday oʻylar bilan u oʻtirgan holida uxlab qoldi. Galati joy hona desa oʻxshamas. Zindondek joy edi.
Tong oʻtdi. Taehyung koʻzini ochgan edi. Jungkook unga qarab stolda oʻtirar edi
Tae. Qachongacha bu holatda qolaman
Jk. Seni honanga kuzatib qoʻyishim mumkin
Tae. Meni yoqligimni bilsa politsiya izlaydi seni qamashi mumkin
Jk. Nahotki oz hohishi bilan ketgan odamni kim ham izlaydi.
Tae. Nima
Tushunmagan holda hayron qoldi.
Jungkook telefonni koʻrsatib. Telefonni ochdida. Habarlarni oʻqiy boshladi
Jk. Salom oyi men ish bilan hizmat safariga ketayapman. Bir ikki kun habar yozolmayman havotir olmang albatta qaytaman.
Salom. Jimin men ota onamni yoniga ketgan edim shuning uchun bir ikki haftada qaytaman havotir olma ish va uyni senga ishondim
Koryapsanmi men qanday ajoyib hikoya yaratdim
Jk. Nega deysanmi. Sogʻindim ahir sen sogʻinmadingmi
Taehyung jim boʻldi. Yerga qaradi. Hona sovuq ekanligi va sovuqdan qaltirar edi
Jungkook buni sezdi va oʻrnidan turib sokin oxangda
Taehyung ilojsiz borishga majbur chunki judayam sovuq qotdi. Qorni ham och edi.
Eshik ochildi. Taehyungni dimogʻiga issiq judayam yoqimli ifor urildi. Uy juda katta va uslubi ham oʻzgacha edi. Qadimiy va zamonaviylik birgalikda edi. Chiroqlar juda ajoyib turli hil ranglar hizmatchilar u yoqdan bu yoqqa oʻtib qaytib yurar . Qoʻriqchilar ham saf tortib turar edi.
Taehyungni ogʻzi ochilib qoldi. Jungkook unga qarab kulib qoʻydi-da Taehyungni qolidan tutdi
Yur qorning och bolsa kerak ovqatlanamiz.
Taehyung hali ham atrofga tikilgan edi. Koʻzlariga sigʻmas edi. Katta dasturxon. Turli xil ovqatlar ichimlik meva shirinlklar edi.
Taehyung undan ham battar hayron edi. Bu tashqi tarafdan qaraganda judayam kulguli edi.
Taehyung oʻtirib dasturxonga qarar har bir narsani sinchiklab tekshirar edi.
Jk. Sen yoqtirgan ovqatlar ham bor
Jungkook muloyim yaxshi boʻlib gapirayotgani va uni sogʻingani uchun ham buni barini Taehyung uchun qilgani uchun ham Taehyung indamas edi. Va rozi boʻlib ovqatlarni yeya boshladi
Vayy bunday ajoyib taʼmni birinchi marta his qilishi. Ogʻzida oʻzgacha tam dimogʻida oʻzgacha ikkisi birlashib takrorlanmas tam berar edi.
Jungkook uni jimgina kuzatib sharobidan ichib oʻtirar edi. Taehyung judayam yoqimli boʻlib yer edi. Jungkook Taehyungni rostdan ham sogʻingan edi.
Taehyungni iforini silliq tanasi sochlarini sogʻingan edi shirin labalrini sogʻingan edi. Va yana Taehyung 20ga kirgan edi. Jungkook buni oylab eti jimirladi. Huddiki shu vaqtgacha aloqa qilmagandek. Aloqa boʻlgan faqat ayollar bilan lekin baribir u doim Taehyungni tasavvur qilar edi.
Taehyung qorni toʻydi shekilli ozini orqaga tashladi.
Jk. Ajoyib ekanmi senga yoqdimi
Tae. Endi meni qoʻyib yuborasanmi
Jk. Hali honangni koʻrmading. Oilang uchun Bir ikki kunlik ishda va doʻstlaring uchun esa ota onangni yonidasan buncha shoshmasang.
Jk. Qoʻrqma begona emasmanku albatta qaytasan uyinga
Jungkookni yuzidagi muloyimlikni jiddiylik qopladi
Jk. Taehyung menga qara men jungkookman toʻgʻri korinishim holatim hamma hammasi oʻzgargan boʻlishi mumkin. Ammo men oshaman.
Taehyung jungkookni yuz holati oʻzgargandan bir oz sarosimaga tushgan edi . Lekin bu soʻzlar qalbiga bir oz iliqlik berdi.
Kech tushdi. Taehyung honada deraza yonida tik turib shaharga qarab turar edi. Bugungi voqealar jungkook va oʻtmish hayolidan ketmas tinchlik bermas edi. U yuvinib uxlashga qaror qildi. Va yuvinish honasiga kirdi.
Ajoyib iliq suv ancha tinchlantirdi. Hayyollarini ham . Issiqqina hona yumshoq mebellar yoqimli choyshab. Va bu honadagi ifor ham hammasi bekamu koʻst edi. U choʻmilish kiyimida chiqdi. Va kiyim javoniga koʻzi tushdi. Borib ochsa kiyimlar u hayron qoldi.
Bir qogʻozni koʻrib oldi va oqib koʻrdi
Bu senga hohlaganingi koyishing mumkin
Kiyib koʻrsa Taehyungga juda loyiq va ipak matodan.
Jungkook uni koʻp kuzatgan va razmerini ham bilar edi.
Buni Taehyungni ozi ham sezdi.
Tae. Nega kelmayapti. Bas qil nimalar qilyapsan bu vaqtda u bu yerda nima qiladi. Yoq boʻlishi mumkin emas. U 20 kirishim bilan paydo boʻldi. U men bilan shu ishni qilsa a
Taehyung shunday deb oʻylab tanasini quchdi.
Lekin zor boʻlar edi.
Nima nima nima. Bas qil Taehyung
Yotoqda ozi bilan ozi urishar edi.
Lekin havotir olmasa ham boʻladi. Hali vaqtli va Jungkook uyida emas edi
Uni koʻz quloq boʻling biroq bir ishni boshlamasin va qush ham kirmasin va chiqmasin ham. Boshingiz bilan javob berasiz.
Jungkook hamma mafia, badavlat,mashhurlar, biznesmenlar, turli hil tabaqa vakillari yigʻilgan joyga bordi. Atrof eski uslubda bezalgan. Sokin musiqa. Qizlar eski liboslarda va raqsi ham eski uslubda edi.
Oddiy insonlar uchun bu joy chiroyli oʻzgacha boʻlsa bunday insonlar uchun esa havfli muhim va hayot mamot masalasi boʻlgan joy edi.
👤. Janob jungkook sizni koʻrganimizdan hursandmiz
👤. Eshitishimizcha endi siz Koreyada qolar ekansiz
Jk. Albatta agar zerikib qolsam ketishim ham mumkin. Sizlarga halaqit qilmayotgan boʻlsam qolsam degan edim
Bu nima deganing jungkook albatta qolaver safimiz koʻpayganidan hursandmiz. Albatta otangni oʻrnini bosasan. Otangni yoqotganimizga haligacha ishongimiz kelmaydi.
Hamma boshi bilan tasdiqlar edi. Bunga sabab u odam barchasini bu yerga yigʻgan bu tashkilotni tuzgan odam edi. Lekin hech biri bilan yaqin boʻlmagan shuning uchun jungkook haqida koʻp bilmas edi
Jk . Albatta toʻgʻri aytasiz janob men ham ishongim kelmaydi
mafialardan biri. Boʻldi qiling shunday kunda hafagarchilikni keragi yoʻq men bilamanki Joung bunday oʻtirishimizni koʻrsa gʻazablangan boʻlar edi. Biz hursand boʻlaylik uni oʻgʻli yonimizda safimizda
Hamma. Albatta albatta Jungkook safimizga hush kelibsan.
Hamma birgalikda qadah koʻtardi.
Jungkook mashinada uyiga qaytar ekan yigʻin haqida oʻylar edi.
Bu odamlar hammasi bir xil. Meni ham Joungdek inson boʻladi deb oʻylayapti . Lekin men u qariyadek ahmoq emasman.
U koʻylagini yonini yechib oynani ochdi. Va nafas olib ozini bosdi. Chunki oʻsha qariyani koʻp eslatib zerikarli dimogʻdorlar bilan oʻtirish uni siqib yuborgan edi.
Jungkook uyiga keldi va birinchi ishi Taehyung yoniga borish boʻldi. Eshikni ochib ichiga qaradi Taehyung uxlayotgan edi. Sekin yoniga borib kastyumini yechdi. Va Taehyung yoniga joylashdi. Uni ortidan quchib boʻynidan chuqur hidladi. Taehyung uyqu aralash yoqimlilikni his qildi. Uygʻonmagan edi. Jungkook shu holda uxlab qoldi