Oʻzbekistonga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqimi.
304-guruh Ahmadaliyev Latifbek.
Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya Jenevada. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va boshqa vazifalarni bajaradi.JSTni oliy organi- bu barcha aʼzo davlatlarning Vazirlar kengashi hisoblanadi. Har 2 yilda 1 marta kengash oʻtkaziladi.