April 25

Qonli ohang

3 qism

Lianyu.... akasi oldida òzini ojiz kòrsatmaslik uchun harakat qilardi. Qanchalar och bòlmasin ojizlik bu qullik edi.

Lianyu ovqatdan kòzini olib akasiga tikildi.

Tianqing uni kuzatar ekan jilmaydi. U ukasini ochlikdan azob chekayotganini kòrib turardi.

Ammo yigitni ichida òsha gurur bor edi. Òchmas uchqun.

Tianqing asta gapirdi.

---"zitra chal!"

Lianyu nafrat bilan Tianqingga qaradi.

---" men senga xizmat qilish uchun bu yerga kelgan emasman aziz akajon"

Zalda jimlik chokdi.

Tianqing jilmayib òrnidan turdi. U Lianyuga yaqinlashin yuziga tikildi

---" sen bu yerga òz hohshing bilan kelmagan bòlishing mumkin.... . Lekin bu yerda men nima desan òsha bòladi. ZITRANI CHAL. Aks holda ovqatni hidini yana uzoq vaqt his qilishinga toģri keladi."

Lianyu ogir yutundi. Bu shartni eshitib yuragi tez ura boshladi.

U och edi.

Ammo Tianqing oldida bukulish --- bu undanda ogir edi.

Lianyu har doimgidek sukut saqlardi. Agar gapirsa maģlub bòlishini juda yaxshi bilardi. Zero qarshisida buyuk mamlakatni valiahti turardi. Garchi akasi bòlsa ham.

Tianqing yana jilmayib:

---" demak sen ochlikni tanlading"

Shaxzoda xizmatkorga ishora qildi.
---" zindonga qaytib olib borib shunday axvolga keltiringki òzini ismini eslay olmasin. Oldimda yer òpib itdek hor axvoda turishini hohlayman."

Lianyu hech narsa demadi. Ammo yuragi ich ichidan òziga baqirardi. Oxiri tirik qolishi kerakligini angladi. Axir uni qoni shifobaxsh qancha bemorni dardiga davo bolishi mumkin. Bekordan bekor bitta gurur deb òlib ketsa bu inoyat balki lanat yoq bòlishiga yòl qoyolmaydi.

---" men chalaman." Dedi Lianyu oxiri. Ammo òzini yer bilan bitta bolganini his qilib.

---" juda yaxshi unda qani kònglimni yoqimli kuy bilan kòtar" . Tianqing gurur bilan atrofga qaradi.

Lianyu sovuq polga asta òtirdi va zitrani oldi. U buni qilishga bosh egib buyuruqni bajarishga majbur.

---" qani boshla" Tianqing kuldi.

Zalda mayin ovoz tarala boshladi.

Lianyuni qòllari zitrani mayin ammo chuqur ohangda chalayotgan edi.

Uning barmoqlari ohista torlarga tegarkan kuy qalbga singib borardi. Bu kul ģamgin edi ògriq bilan yòģirilgan lekin shu bilan birga maģrur edi.

Tianqing mamnun jilmaydi. Kòzlarida gurur chaqnadi.

---" shu ohangni faqat sen chala olasan Lianyu"

---" demak sizga yoqyapdi."

---" juda ham"

Uning bu gapidan amaldorlar ham hayrat bilan bosh irģashdi.

---" ajoyib! Bunday mahoratni hali hech qayerda kòrmaganmiz"

---" bunda istedod kamdan kam uchraydi"

Lianyu tovushlarni eshitdi lekin yuzini burmadi. U uchun ularni maqtovi hech narsaga arzimaydi.

Ammo Tianqingni rangi òzgarib ketdi.

Ģazab uni ichida chaqnab turardi.

Uning kòz oldida boshqa odamlar Lianyu maqtashyapdi.

Bu unga yoqmadi. Chunki barcha maqtovlar faqat unga tegishli bòlishi kerak edi.

Faqat òziga.

Tianqing kòzlarini qisdi va asta boshi bilan sehrli ishora qildi.

Havo shitirlay boshladi.

Tosatdan havoda ònlab mayda kòrinmas òtkir parchalardan iborat bòron paydo bòldi.

Ular lianyu qollarida shitirlagancha otilib kirdi.

Kesuvchi narsa birinchi bor Lianyu qollariga tegdi.

Kesik joylardan qon oqib tushdi.

U kòzlarini katta ochdi. Òģriq tolqini butun qòlaridan yuragiga uruldi.

Ammo Tianqingni ovozi suvuq eshtildi.

---" tohtama"

Lianyu boshini qattiq chayqalganini his qildi.

U qattiq oģriq ichida qoldi.

Bòron uni qòllarini tohtovsiz kesishda davom etardi. Qon tomchilari zitraga tushib torlar qonga belanardi. Lianyu chalishga majbur. Boshqa iloji yoq uni.

Qollari titray boshladi ammo chalishdan tohtamadi.

Kozlarini ogriqdan mahkam yumib oldi.

Ogiriq.... Qon.... Ammo qòllari hali ham chalardi.

Bu.... azobli edi.

Ammo Tianqing uni chidashiga qarab yana mamnun bòldi.

U qollaridan qon sizib chiqan holda yuzida ogriq izlari bilan zitrani mohirlik bilan chalishda davom ettayotgan Lianyuni kuzatar ekan birinchi marta chindan ham unga tegishli ekani ukasi ekanligini his qildi. Yuragida nimadir uygondi yu sòndi.

Bu Lianyuning eng katta sinovi edi.

Va hali hammasi tugamagan edi.

Zalda ohang yangrashda davom etardi.

Lianyuni qollari qonga belangan barmoqlarini kesilgan joylaridan qizil tomchilar zitraga tushib torlarni boyab borardi.

Oģriq kuchaygan sari kuy yanada tasirli eshtilar edi.

Ammo krsuvchi bòron tohtamasdi.

Mayda lekin òtkir parchalar har safar teri bilan toqnash kelganda yangi kesiklar qoldirardi.

Lianyu ogriqdan kòzlarini mahkam yumgan holda chalishda davom etdi.

Har bir notada qon va chidam aks etardi.

Ğamgin kuy butun zaldagilarni yuragini teshib òtgandek bòldi. Ular Lianyuni axvolini korib achinishardi bir tarafdan Tianqing bundan zavqlanayotganini kòrib qòrqib turishardi.

Amaldor jim bòlib qolishdi ular bunday shavqatsizlikni kutishmagan edi.

Oxiri kuy tugadi.

Shu zahoti boron ham tohtadi.

Zalda bir necha laxza sukunat hukm surdi.

Faqat qonga belangan zitradan asta tomayotgan tomchilar eshtilardi.

---" yana chalishimni hohlaysizmi" . Lianyu ogzini arang ochib

---" yoq bugungi yetar"---. Dedi Tianqing.

Bir amaldor yutunib Tianqinga qaradi.

---" janobi oliylari.... Sizning hohshingiz bajarildi. Endi bu azob qanchalik kerak edi"

Tianqingni lablaridan mayin tabbassum paydo boldi. U rohatnayotgandi.

Lianyuga qaradi va yonidagi xizmatkorlarga ishora qiladi.

Xizmatkor oldinga chiqib bir idishda guruch keltirdi.

Tianqing uni Lianyuga tutdi.

---" ey buyuk musiqachi sen bunga loyiqsan"

Lianyu asta boshini kotardi. Kòzlari Tianqingnikidan ham sovuq edi.

U qòlini silkitdi va idishga qon tomayotgan barmoqlaridan bir tomchi tushdi.

Qonga belangan guruchni Tianqinga uzatdi.

--" buni ol. Sening raxm shavqating ham shuning barobarida."

Keyin indamay òrnidan turdi.

Zalda hech kim harakat qilmasdi. Faqat uning ortidan yerga tomayotgan qon tomchilari jimlikni buzardi.

U ogriq va nafrat bilan tashqariga chiqib ketdi.

Va.... . Tianqing hali bunday rad etishni his qilmagan edi.

Bu uning gururiga tegdi.

Ammo shu bilan birga..... u lianyuga yanada koproq akalik mehrini his qilayotgani tushundi.

Lianyu undan qochib keta olmasdi.

Endi yòq.

Lianyu saroyni tashqarisiga chiqanidan keyin devorga suyanib chuqur nasaf oldi.

Qòllari hali ham qonga belangan barmoqlarining uchlari qattiq qizarib kesilgan joylardan qon sizib chiqardi.

Ogriq butun tanasiga qaratilgan edi ammo eng kop azob berayotgan narsa jismoniy ogriq emasdi.

U qollariga qaradi.

Bu qollar.... odamlar uchun shifobaxt qon bilan tòla edi.

Lekin bugun... bu qonni bekorga sarfladi.

Lianyu pov:" mening ustozlarim meni qutqarish uchun jon berishgan edi... Shu axvolga tushishim uchunmi?"

Lianyu qollarini qattiq siqdi. Kòzlari namlandi.

Davomi bor.