April 19

Mafia dunyosi õyinlari

1 qism.

Unversitetdagi yangi talaba.

Korea oqitish tizimi juda qattiq bolgani kop talablar kechlari uhlamay òqib chiqishadi. Imtihondan yeqilmaslik ular hozirda eng katta muammosi. Och qolsa qoladi ammo õqishdan tohtamaydi. Menimcha shuning uchun bu davlat oldi davlatlar qatorida bolsa ajab emas.

Korea Milliy unversiteti. Bu yerda turli davlatdan kelgan talablar talim oladi. Bir xonaga kirar ekanmiz. U yerda hamma jim dars qilib õtirib. Ammo bir õquvchi oldida bir qancha yosh bolalat ôyinchoqlari bor. Ular bilan gaplashib ôylab kulmoqda. Birdan uni oldiga bir yigit yaqinlashadi.

--- hoy jinni

Seokjin indamay õz mashguloti bilan band unga etibor bermaydi. Bu esa yigitni battar jaxlini chiqardi va Seokjinni qolidagi kichik quyonchani olib yerga otib yubordi. Seokjin bir seskanib ketdi. Barcha talabalar kitoblarni boshlaridan kotarib u tomonga qarashdi. Seokjinni yigitni turtib yerda boshidan ajralib yotgan quyonchasini olish uchun ôtirdi. Uni turtgani yigitni jaxli chiqardi va Seokjinni urmoqchi boldi. Seokjin esa qõllari bilan yuzini tõsib olgandi. Juda titrardi.

--- Joyinga qayt Yoongi unga qõl kõtara kõrma. Joningdan umiding bõlsa.

U ustozni ovozi edi. Yoongi qõlini tushurdi.

--- buni kim õqishga qabul qilgan õzi tentak, telba

U tupirib joyiga jaxl bilan õtirdi. Seokjin ham jim quyonchasini olib joyiga qaytdi.

--- bugun sizlarni guruhingizga yaxshi talabani qabul qildik.

Butun xonada shovqin bolib ketdi. Norozilik ovozlari tutdi.

---Jim bõling, kir

Ustoz eshikga ishora qildi. Latiya mayda qadamlar bilan kirib keldi. U juda yoqimtoy korinardi. Kulib turgan yuzi undan mehribon inson yoqligiga hammani ishontirardi. Ammo bu yuzdagi mukammal niqob ostida qanday iblisni kutib olishyotganini bilmayotgan talabalar "kerak emas" deb baqirishardi.

Latiya sinf ôrtasiga kelib muloyim ohangda gapira boshladi garchi bu unga yoqmasada.

--- Salom. Meni ismim Kim Latiya Zhan. Xitoydan õqish uchun keldim. Kitob õqishga va qõshiq eshitishga qiziqaman. Lekin yoqtirgan kitobim va musiqam yoq.

--- yaxshi Latiya hush kelibsan. Talabalar sen bilan tanishganidan hursand.

Ustozni gapini bõlib bir yigit ovoz chiqardi.

--- biz hursand emasmiz

Latiya u yigitga shunday kõz bilan qaradiki. Yigit uchun hozir bu xonada, xona ôrtasida turgan qizdan qorqinchli narsa yoq edi dunyoda.

--- uni gaplariga etibor berma Latiya. Bôsh joy topib õtir.

Latiya atrofga qaradi. Har bir ôquvchiga sinchiklab qarab chiqdi. Kimdir juda aqlli kimdir juda nodon va yana kimdir juda quvnoq va jiddiy edi. Uni kõzlari birdan ôzi yolgiz õtirgan yigitga tushdi. U juda yoqimtoy va kelishgan edi. Partasidagi shirinlik va ôyinchoq uni yoshiga toģri kelmasa, yarashib turardi ôziga.

Latiya uni tanladi va borib yoniga ôtirdi. Ôzi hohlamagan ovozda yani muloyim ohangda dedi

--- salom

Seokjin unga qarab hayron edi. Chunki uni oldiga hech kim ôtirmas va hatto stol yetmay qolsa uni yoniga ôtirishdan kôra tik turib dars õtishni avzal kõrishardi.

---s.salom

Latiya õtirib narsalarni olishni boshladi. Seokjin esa õyinchoqlarini va shirinliklarini sekin ôzi tomonga surib ola boshladi. Latiya uni kuzatib turardi. U katta yigitni bunday qilishini korib hayratda edi.

--- nima boldi senga

Latiya Seokjinga gapirmoqchi bolib ôgirilmoqchi ham ediki Seokjin qõli bilan yuzini berkitdi.

--- iltimos meni urma

Latiya bu gapni eshitib karat bolib qoldi. Nahotki bu yigit uni aslida kimligini bilsa.

--- nima deding men seni urmoqchi emasman.

Seokjin qolini ishonmay tushirib

--- Rostanmi?

--- ha nega seni urishim kerak.

--- Chunki hamma shunday qiladi. Faqat RM bunday qilmaydi. U meni juda yaxshi kôradi.

Ustoz stolga urib

--- gaplashishni bas qiling darsga quloq soling ota onagiz sizlarni bu yerda õqishing uchun pul tolagan.

Latiya òzini juda hotirjam tutar ammo u aynan shu xonada Koreadagi Mafia qirolini akasi yoki ukasi borligi his qilar, biroq uni yonida ózini telbadek tutayotgan yigit aynan u qidirgan qurbonligini hayolini bir burchagiga ham kelmasdi.

Dars tugab tanaffus boshlandi. Bunday ôģir va qiyin darslar talabalarni jonidan tòydirib yuborar, ota onalarni bosimi esa ularni õz joniga qast qilishga undardi.

Latiya kelishidan 2 oldin bir talaba qiz õzini õquv binoni
Eng yuqori qavatidan õzini tashlab õlgan edi. Shuning uchun politsiya unversitetda õralashib qolgandi.

Latiya derazadan bir politsiya kiyimidagi yigitni kõrdi. U juda kelishgan formasi juda ôziga yarashgan quyosh misol porlardi. Hamma qizlar kôz uzmay unga qarashardi.

--- ana u juda kelishgan

--- u bizni unversitetimizdagi ishonmayman.

--- bilasizlarmi u otasi Korea Milliy armiyasi qõmondoni ekan.

Latiyani qulogiga "Korea Milliy armiyasi qomondoni " degan gap yashin tezligida bu yigitni rejaga kiritish kerakligiga reaksiya berdi. U sekin Seokjinni turtdi

--- heyyy

Seokjin tuzatishga harakat qilib õtirgan quyonchasidan bosh kotarmasdi.

--- nega bu yerda politsiya yuribdi bilmaysanmi?

Seokjin Latiya qarab quyonchasi korsatib

--- tuzata olasanmi deb

Latiyadan soradi. Latiya uni kozlaridagi mayus qayguni korib quyonchani oldi va tuzatishga urinib kordi. Va tuzata oldi.

Seokjin juda xursand bolib ketdi. Va Latiyani quchoqlab oldi. Latiyani kimdir birinchi marta quchoqlashi edi. U bunday hisni hech qachon his qilgan emas. Seokjinni issiq tanasi unga tegarkan Latiya qalbida mehr uchini uygona boshlaganini sezdi.

---yosh bolaga óxshamagin

Seokjin uni qoyob yuborib labini burishtirdi.

--- Hih men yosh bola emasman. Men katta bolaman.

U labini burishtirganini kõrib latiya kulib yubordi va Seokjinni yuzidan chimchilab oldi.

--- Ayy yuzim bu nima qilganing

--- juda shirin bõlib ketdingda.

--- bunday qilma yoqmaydi.

--- hop hop qilmayman. Menga aytchi bu yerda shunaqa kop politsiya yuradimi. ( Òsha yigitga qarab)

--- ha shunday desa ham boladi yoq desa ham ( quyonchasini qollarini ôynab)

--- bu nima degani ( hayron)

--- 2 kun oldin bir qiz õz joniga qast qildi shunga yuribdi ular.

--- ôzini õldirgan bõlsa politsiya nimaga aralashdi bu ishga

--- ( quyonchasini saktarib) chunki....

Seokjin ôyinga berilib gapirmadi. Latiya quyonchani tortib oldi.

--- ber buyoqda ber quyonimni.

Seokjin intilardi olishga Latiya bermadi.

--- sababini ayt keyin

--- bu yerda kop bolmoqda shunaqa holatlar 1 yilda 26ta ôquvchi õldi shunga boldimi ber.....

Latiya bu gapdan keyin" jin ursin hammasini ming lanat. Ôsha qiz ham jim kutib turmabdi ôzini ôldirishga shoshilib. Politsiya burnimni tagida tursa qanday qilib ôz maqsadimga eshiraman"

Latiya shularni ôylarkan. Kõzlaŕ toqnashdi. Politsiyasichi yigit Latiyaga qaradi va tabbasum qildi. Latiyani qolidan quyonini olishga uringan Seokjin maqsadiga yetdi.

Latiya ham uyga qarab kulib qoydi. Ammo u yigit bilmasdiki u hozirgina kulib qaragan qiz hayotini ostin ustun qilib jarga itarib yuborishini ôynamasdi ham.

Latiyani hozir asosiy vazifasi shu yerda talaba bolgan Kim Teahyungni topish edi. Uni topsa Namjooni ham topadi.

Seokjin narsalarini yegishtirdi va Latiya hayr deb yugirib chiqib ketdi.

Seokjin uzoqdan ukasini korib qolini kotardi. Ukasi ham qôlini kôtardi. Seokjin yugurib keldi.

--- Salom Namjoon

--- Salom

Namjoon Seokjinni sochidan silab.

--- bugun seni hech kim xafa qilmadimi

--- qildi

Namjooni jaxli chiqib ketdi.

--- kim ayt menga

--- Yoongi quyonimni sindirdi ammo Latiya tuzatib berdi. Qara

Seokjin quyonini korasib kuldi. U juda erkatoy bolib ketardi ukasini oldida.

---Namjoon menga ovqat olib keldingmi?

--- kechir esimdan chiqibdi.

Seokjin yiglamoqdan beri bõlib ketdi. Namjoon hozir u yiglab yuborishi sezib uni quchoqlab yupatdi. U akasini kôzlarini kõrishni hohlamasdi. Har bir yosh tomchisi u uchun õldek bõlardi. Agar akasi shu ahvolda bolmaganda hozir uni ôrnida bõlardi. Mafia qiroli. Eng qudratli qiroli bòlardi.

--- jim yiglama senga muzqaymoq olib beraman.

Seokjin kulib qarsak chaldi. U huddi yosh boladek quvonardi.

--- bananligidan olib berasan hopmi?

--- hop sen mashinada òtirib tur meni qilagdigan ishim bor.

Namjoon shunday deya Seokjini tashlab binoga kirib ketdi. Ayni shu damda Jimin ham õsha binoda edi. Ikki dushman bir joyda. Jimin doimo Namjoondan shubhalanib kelgan.

Ammo uni ayblashga biron dalil yoq edi. Namjoon karidor boylab yurarkan undagi viqor va savlat bilinib turardi. Jimin koridorning u tomonidan yurib kelardi. Ikki olam vakillari. Biri farishda biri iblis. Ikkisi bir joyda toqnash kelsa qon tokilishi aniq edi.

Davomi bor fikrlarni kutaman.