Oq ilon lanati yohud muzli uyqu
Saroyning katta majlis honada ---qalin yogochdan qilingan yoģoch taxtda --- Qirol Li jiddiy chehra bilan òtirardi. Atrofini esa mamlakatning eng nufuzli vazirlari va oqsoqollari òrab olgan edi. Hamma jim. Hamma fursatni kutayotgan edi.
Qirol nihoyat ogir ovoz bilan gap boshladi:
---" bizning shartnomamiz bor...." --- dedi u lablari qattiq siqilib. ---" har 20 yilda bir shaxzodamizni Latiyaga --- òrmon ruhiga qurbonlikga beramiz. Shartnoma buzulsa ---- butun qirolligimiz vayron bòladi."
Vazirlar orasidan bir kishi sochlari oqargan choqqi burnu bilan sòz boshladi:
---" Ating janobi oliylari.... bu safar shaxzoda Jiminmi?"
Qirol chuqur nafas oldi. Uning kòzlarida na mehr na afsus bor edi.
---" ha " --- dedi qirol sovuqqina. --- " u endi biz uchun ogir yuk. U endi ---yarim inson va yarim ilon. Biz uni saqlab na manfiat koramiz na shon shuhrat. Latiyaga uni qurbon qilib beramiz"
Zal ichida shivir shivir kuchaydi. Bazi vazirlar bir biriga qarab ģamgin kòzlar bilan bosh chayqashdi. Ular orasida yoshroq aqlli vazir tilga kirdi:
---" janobi oliy afv eting lekin bu juda katta xavf. Latiya --- kapalak kòzli kuchli òrmon ruhi. Agar unga taqdim etilgan qurbon yoqmasa....
.... u nafratlanadi va butun qirolligimizni kulga aylantiradi."
Uning gaplari zal ichida ģamli shovqinni keltirib chiqardi. Kimdir past ovozda:
---"Jimin --- yarim ilon.... Latiya bunday yaramagan qurbon u ģazablanadi"
Ammo boshqa tarafdagi shavqatsizroq vazirlar qattiq ohangda gap bolashdi:
---" u endi inson emas! Qonun bu qonun! Qurbonlik kerak!
Biz Latiyani lanatidan qutulishimiz kerak! Kimni berishimiz muhim emas! Jimin bolsa yaxshi!"
---" u saroy uchun sharmandalik! U yòq bòlsa --- biz najot topamiz! Latiya uni olib ketsa biz ham qutulamiz ham shartnomani bajarib qirollikni saqlab qolamiz!"
Zal yana qizib ketdi.
Hamma òz fikrida qattiq turdi:
--- bazilar " Jiminni berish xato " --- deb havotir bilan titrashsa
--- bazilar esa " u saroy uchun kulfat. Uni qurbon qilish eng yaxshi yòl!" --- deya baqirishardi.
Qirol hech bir sòz demadi. U faqat sovuq kòzlarini yarim yoruģ derazadan òrmon tomonga qaratdi. Yuzida shavqatsiz qaror ask etdi.
Nihoyat u qollarini kotardi va zal jim boldi. Qirol past ammo aniq ovozda hukm qildi.
---" Jimin ---- Latiya topshiradi. U endi meni òglim emas. U endi faqat bizning najotimiz uchun qurbon".
Bu sozlar zalda hukmdek uruldi.
Hech kim qarshilik qila olmadi. Qonun shunday edi: shoh òz sòzini aytadi.
Vazirlar tiz chòkib qirolling buyruģini qabul qilishdi. Saroy qorongulashdi.
Va òsha kuni --- Jimin uchun ham qirollik uchun ham òzgarib bolmas yol boshlandi.....
Xona qorongu edi. Faqat derazadan tushayotgan mayin oy nuri pol ustida jimjimador doglar qoldirib turardi. Jimin esa yerda ---- oppoq ilon duminu bagriga bosib --- jim òtirardi. Yanoqlari kokargan kòzlar shishgan edi. U anchadan beri yiglayotgandi.
Belidan pastda oppoq siliq taram -- taram dum unga begona edi. Bu uning tanasi emas edi.
Bu --- lanar azob hayotimi qoralangan qismiydi.
U kòzlarini yumib ichidan shivirladi:
Tosatdan xonani eshigi qarsillab ochildi. Jiminning dumi jimirlab burilib qaradi. Eshikda yoshgina --- bir qiz turardi.
Qiz sekin yurib Jimini yoniga keldi. U egilib Jimining kozlariga befarq tikildi. Ovozida na achinish va na mehr bor edi. Faqat quruq haqiqat yangradi:
---" shaxzoda Jimin" --- dedi qiz ohangsiz.
---" sizni Latiyaga qurbonlikga tayyorlashmoqda"
Jimining kòzlari kattalashdi. U hayrat va qorquv bilan dumi bilan orqaga sudralib ketdi.
Yoq bu shunchaki yolgon bolishi kerak edi.
---" Latiya "--- dedi Jimin xirildoq ovozda
---" men..... men.... hali.... qurolning òģliman!"
---" siz endi qirol uchun shartnoma bandisiz.
Qirol sizdan voz kechdi!"
Jimin òz dumini qattiq siqib labini titratdi. Yana kòzlaridan issiq yosh tomchilari polga sirpanib tushdi.
---" Latiya òrmon ruhlaring ---- malikasi. Har 20 yilda uni qondirish uchun bir insonni qurbon qilish kerak.
Agar u norozi bòlsa.... butun qirollik vayron bòladi.
---" u.... meni qabul qiladimi? Men..... yarim ilonman.... uni ģazablantirib yubormaymanmi?"
Qiz kulimsiradi.
Biroq bu kulgi --- sovuq va shavqatsiz edi.
---" bu seni endi qiziqtirmasin. Sen endi shunchaki sovgasan. Yoqsa ---- yashaysan yoqmasang --- òlasan".
Jimin yerga chokdi.
U qaltirayotgan qollari bilan yuzini berkitdi. Uning yurAgi ezildi tanasi esa yerdan sovuq òtib ketayotgandek titrardi.
Qiz unga qarab ohanguni yanada sovuqlashtirib ohangida zahar bilan sòzlarini tugatdi:
---" tayyor bòl. Tongda seni olib ketishadi"
Shundan song u yuz ògirdi va xonadan chiqib ketdi.
Xona yana jimjimador xiralikda qolib ketdi. Faqat Jimining yelkalari titrar uning oppoq dumidan esa xira nurlar sonib borardi.
Bu endi.....
Jimin uchun oxirgi tungi huzur edi.
Xonada jimjitlik hukmsurar. Faqat Jimining ingrab chiqayotgan xirillagan nafaslari va titroq kokrak harakatlari eshtilardi.
Birdan ---
Belidan pastga oppoq siliq ilob dumida ģalati qizģish nyr paydo bòldi.
Jimin qattiq xirilladi va dumi ustidan òzini tortdi.
Tanasi ichidan bir kuch chiqar edi --- òzini yeqitishga buzishga majburlayotgandek.
Song ogriq ichida titray boshladi.
Crack!
Qon tomirlarlarida nimadir uzuldi. Suyaklari mushaklari qayta shakillina boshladi.
Ogriqdan qattiq ingradi.
Dum --- sekin -- asta --- shaklinu òzgartirdi. Silliq taram --taram terilar -- tirishdi yirtildi va yerga qulab tushdi.
Uning òrnidan ---
Ikki oppoq nozik ozgin inson oyoqlari paydo boldi.
Jimin hushidan ketib qolmaslik uchun kozlarinj qattiq yumdi.
Uqattiq nafas olarkan asta oyoqlarini harakatlantirib kordi.
Haqiqiy --- inson oyoqlari.
U yerdan qaltirab turarkan ichidan bir fikr chaqnadi:
---" qochishim kerak qochmasam meni olib ketishadi... "
U shoshilib xonadan chiqdi.
Hech kim yoq edi.
Hamma tungi suhbatlardan song tarqalgan.
Jimin zinapoyadan ohista yurib tushdi. Xizmatkorlarga korinmay yurdi.
Qalin saroy devorlari ortidan pastga ---- shahar bozoriga qarab yugurdi.
Bozorga kirganda Jimin ancha nafasini rostlab oldi. Tong yorishayotgan edi. Bozor hali tòliq uygonmagan --- lekin bir necha sotuvchilar allaqachon dokonlarini ochayotgan savzavot matolar ziravorlar savdosi uchun tayorlashyotgan edi.
Jimin oddigina oppoq keng yengli kòylak kiyib olgandi.
Sochlari betartib yelkasiga tokilib tushgan
Yuzidan esa ---- haligacha vahima va ezginlik arimagan edi.
U hayrat va qorquv bilan atrofga qarab yurdi.
● Bir burchakda ayollar ipak matolar ushlab korishar.
● Boshqa tarafda xushboy ziravorlar havoga taralib hushyor hid tarqatArdi.
● Bolalar esa yogoch qilichlar bilan òynashar qiyqirib kulishardi.
Jimin bir chekada tohtadi. U tanimaydigan odamlar orasida oddiy hayot bilan nafas olib ichidan achiq " oh " tortdi.
Bu yerda hech kim uni tanimaydi. Hech kim uni " lanatlangan shaxzoda " deb atamaydi.
U burniga kelayotgan yangi pishirigan nonlarning hidi va qovurilgan baliq hidini chuqur hidladi.
Bu ---- OZODLIK edi.
U sekin sayr qilib sabzavotlar rastasiga yaqinlashdi. Bir chol unga bir dona qizil olmaga imo qildi :
---" qani òģlim bir dona ol sen juda ozginsan"
Jimin titrab turgan qollarini olmaga uzatdi. Chol kulimsirab olma unga berdi va dedi:
---" sen yosh ekansan lekin kòzlaringda katta ģam bor òģlim "
Jimin pov : men bu mehribon cholga qanday aytay na inson va na hayvon maxluq ekanligimni. Bilsa meni lanatlab òlim tilaydi ku.
Jimin bir lahza tòhtadi. Ichidan nimadir singanday boldi. U minnatdorlik bilan bosh egdi.
Ammo......
Orqadan kutilmagan sovuq shabada tegdi.
Jimin asta burildi.
Olisda ---- qizil kòzlari bilan yaltirab turgan bir soya uni kuzayotgandek tuyuldi.
Jimin kozlarini tez tez ochib yumdi.
Yòq. Hech kim yòq.
U nafasini rostlab olma ushlagancha yana yurdi.
Lekin u sezdi:
Qayerdandir.... nimadir uni kuzatyapdi. U qanchalik qochsa ham taqdir uni tutib olayotgandek edi.
Jimin sabzavotlar rastasidan asta yurib òtayotgan edi.
Bozordagi odamlar deyarli uni sezmay òz ishlari bilan mashģul edi.
Òtkir hid qattiq bosim va vahimali sovuq esdi.
Jimin sezdi : kimdir uni yonidan òtdi.
Qorongu libos kiygan qiz.
Qon rangidagi uzun sochlari beliga tokilib tushgan.
Yuzlari --- goyatda gòzal ammo muzdek sovuq edi.
Kòzlari esa ...... butunlay qizil
Xuddi qon bilan tolgan kòzlardek.
U Jimini yonidan ohangdek yurib òtdi.
Butun vujudi muzlab ketdi. Ichida òsha sirli kuch yana uygondi. Tana ichidagi ilon ruhi qattiq ģazab va vahima bilan tolgan edi.
Jimining oyoqlari qattiq òģridi. U daxshat bilan pastga qaradi --- va koz òngida: suyaklar qAyta sinib mushaklar qiyshayib teri yirtilib ---- yana dum shaklini ola boshladi. Uning oppoq silliq sovuq ilon dumi yana belidan pastda paydo boldi.
Bozorda turgAnlar ---- buni korib dastlab hayratda qolishdi.
Keyin esa ...... vahima boshlanib ketdi.
Qichqiriqlar osmonga taraldi. Ayollar qichqirib bolalarini baģriga bosdi. Sotuvchilar esa rastalardan qochdi.
Bazilar esa ---- vahima bilan òzlarini himoya qilish uchun rastalardagi narsalarni Jimin tomonga otishga tushishdi.
--- bir kishi yongoq tola savatni otib yubordi.
--- boshqasi esa pishmagan qovunni uloqtirdi.
--- bir yigit yirik loy patnisni Jimin tomon irgitdi.
Narsalarni Jimini tanasiga dumiga yuziga urildi.
Ògriq zarbalari uni qattiq titratdi.
Dumi yerda siliq sirpanib tipirchilab ketdi.
Jimin kozlarini katta ochgancha atrofga qAradi.
U qichqirdi:
---" men hech kimga zarar bermayman! Men..... men qochishni hohlayman.... iltimos..... ògriyapdi. "
Ammo hech kim uni sòzlarinu eshitmasdi. Bozor xalqi faqat vahimaga berilgan qorquv ichida hamma Jimini jazolashga harakat qilardi.
Jimini burni qonga boyaldi.
Dumiga ogir temir qozon urildi.
Kòzlaridan kòz quyilib ketdi. U butun vujudi bilan titrayotgan edi.
Shunda ----
Qizil sochli qon kozli qiz keldi. U jim murosasiz kòzlari bilan Jiminga qarab turdi.
Yuzida hech qanday raxm shavqat yoq edi.
---"sen --- Jiminsan.
Sen --- qurbonliksan.
Sen --- Latiyaga tegishlisan"
Jimin yuragi muzlab qoldi. U qochib qutula olmasligini taqdir uni allaqachon òz changalida ushlab turganini tushundi.
Yerga oqayotgan qoni va dumi orasida Jimin faqat bir narsani his qildi : bechora va ojiz òlim tami.
Bozordagi vahima hali ham davom etyotgan paytda qiz qadam tashlab Jiminga yaqinlashdi.
U jim magrur qiyofada oldinga intildi. Qòlini kotardi ---- barmlqlaridan qizil rangli kuchli nur chiqa boshladi.
Jiminda kuch qolmadi. U qon oqayotgan holda dumini silkitib yerda yotardi. Tana ichidagi ilon ruhi esa azobdan òksinib harakat qilolmay qolgandi.
Qiz yengil qattiq ohangda pichirladi :
---" sen bu qiyofangda juda sekin òlasan. Latiya buni hohlamaydi. Men seni kerakli holga keltiraman. "
U songi marta Jiminga sovuq nigoh tashladi va kaftini uni boshiga tekkizdi.
Birdan Jimini tanasi qAttiq silkinib ketdi.
Ichidan vahimali ingray boshladi.
---"Nnnnnhhhhh..... aaaaaaahhhh...."
Uning dumidan ---- tanasiga ---- yuziga ---- butunlay oq nur òtib uni qamrab oldi.
U sekin asta kichikroq tus oldi.
Bir necha lahzadan keyin --- yerda faqatgina oq rangdagi mayda bechora iloncha qoldi. U hali ham jimirlab zaif harakatlanar edi.
Qiz asta tiz chokdi uni ohista kaftiga oldi. Jimin hali ham yengil ingradi ogriqdan nafas olishga qiynalardi.
Qiz ilonchani mahkam ushlab qora qopga solib oldi.
Keyin esa hech narsa bolmagandek bozor olamonidan qochib yoqolib ketdi.