Youtube da Pul topish 2-Usul
kanaliga obuna bo'ling.
Do'stlar barchangiz xozirning o'zida kanal ochib pul topmoqchisiz.Lekin do'stlar siz avval qanday kanal yaratish haqida biroz bosh qotirishingiz kerak sizlarga kanal ochishda shoshilmaslikni maslahat beraman.
Kanal ochib uni bezash 2 daqiqalik ish xolos lekin sizga ajoyib mavzu zarur uni esa faqat o'zingiz topasiz.Mavzu haqida chuqur o'ylang men sizga aytganim bilan agar bu orqali pul topa olmasangiz bu mening aybim bo'lishi aniq.
Sizga faqat yo'nalish berishim mumkin.Siz 1 ta inson emas ko'pchilik dardini yoritib chiqishingiz kerak.
Masalan siz chekishga qarshi qandaydur rolik oldingiz uni faqat chekish salbiy oqibatlarga olib kelishini biladiganlar ko'radi.
Demak siz tushingan bo'lsangiz tanlagan mavzuingiz hammaga qiziq bo'lsa aniq katta daromad topishingiz mumkin.
Ana shunda natijaga erishasiz
Endi biroz ma'lumotlarga o'tsak qanday pul topish mumkin.
Google Adsense kontekstli reklama
Bu videolaringiz mavzusiga mos keladigan qalqib chiquvchi reklama. Ularni sizning video tarkibingiz uchun YouTube o'zi tanlaydi.
Shundan so'ng, siz bunday reklama ustiga bosgan har bir insondan pul topasiz.
Ushbu usul eng oddiy va keng tarqalgan.
Ammo, aksariyat hollarda, bu eng foydali emas, garchi kontekstli reklama bo'yicha foydalanuvchi bosganidan keladigan daromad juda katta emas lekin barqaror .
Tovar yoki xizmatlarni sotish
Nufuzli video-bloggerlarning fikrlariga asoslanib, ishonch bilan aytish mumkinki, bu usul boshqalar orasida eng foydali hisoblanadi.
Masalan, kontekstual reklama orqali pul ishlayotganingizda, siz pulning ozgina qismini olasiz, buning evaziga reklama beruvchi o'z tovarlari yoki xizmatlarini sotadi va bu uning uchun foydali bo'ladi.
Mahsulotlaringizni sotgan holda, siz shunga mos ravishda reklama orqali pul topish mumkin bo'lgan barcha pullarni olasiz.
Hamkorlik dasturlari
Hamkorlik dasturlari - yaxshi obunachiga ega tor maqsadli YouTube kanallari uchun ajoyib pul.
Agar biron bir sababga ko'ra o'zingizning tovarlaringizni yoki xizmatlaringizni sotishni xohlamasangiz, kanalingizda uchinchi tomon mualliflarining video blogingiz mavzusiga tegishli mahsulotlarini reklama qilishingiz mumkin.
Demak bu nima degani ? Siz bir nechta partnerskiy saytlarida ro'yxatdan o'tib o'zingizga mosroq maxsulotni topasiz va uni reklama qilish orqali sotuvlardan %larni olasiz.
Buning uchun, shuningdek, videolaringizga sheriklik aloqalari va eslatmalarni joylashtirishingiz mumkin va bugungi kunda 40% dan 100% gacha bo'lgan har bir maxsulot sotuvidan komissiya olishingiz mumkin!
Do'stlar sizlarga bu ma'lumotlar juda bajarishi qiyindek bo'lib tuyilayotgani aniq.
Sizlarga bu ma'lumotlarni 1 kunda o'rgatishning umuman iloji yo'q.Lekin bularni qunt bilan o'rgansangiz albatta kelajak pullari sizniki bo'ladi.
Sizlarga bir malumotni eslatib o'tishim lozim
Youtube kanalni manetizatsiya qilishga erishgan kuningizdan boshlab siz faqat passiv daromad topa boshlaysiz.
Endi aniq faktlarga kelsak Youtube har bir kanalga manetizatsiya huquqini berishga majbur qachonki kanal ko'rsatkichlarida oldingi maqolalarimda aytib o'tilgani kabi
1000 obunachi va 4000 soat ko'rish chegarasi bajarilgach.
Undan so'ng siz har bir 1000 ko'rishlar uchun 2$ dan 20$gacha pul topa boshlaysiz.
Nega endi 2$ dan 20$ gacha degan savol sizda aniq tug'ilgan.
Bu sizning roligingiz qaysi davlatda ko'rilganiga bog'liq.Agar siz AQSH da ham ko'rishlarga erishsa bo'ladigan rolik tayorlasangiz unda sizga 1000 ko'rish uchun 20$ to'lashadi.
AQShda pul taqsimlanishi o'z o'zidan kattaligini ko'rib turibsiz.Shunday ekan do'stlar Avvalam bor siz qanday tematikada kanal yaratishingizni aniqlab oling.
Tematika aniq bo'lsa Kanal ochish muammo emas do'stlar.
Keyingi maqolalarimni kuzatib boring chunki unda Youtube dagi boshqa pul topish usullarini ko'rsataman.
Sekin asta barchasini o'rganasiz agar harakat qilsangiz albatta!!!
kanaliga obuna bo'ling.