October 18

Buxoro shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.

2024 yil 17-oktyabr sanasida Buxoro shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Buxoro shahar 18-son umiy o'rta ta'lim maktabida 2024 yil 27-oktyabrda bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga bag'ishlangan targ'ibot tadbirlari olib borildi.

Shuningdek tadbir davomida o'quvchilarga yurtimizda ta'lim soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlar va yangiliklar borasida ma'lumotlar berildi va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.