December 14, 2024

Buxoro viloyat Buxoro shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Buxoro shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 12-dekabr sanasida Buxoro shahrining bir qator MFY lari hududida Xususan "Bahavuddin Naqshband" MFY hududida huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi bo‘yicha uyma-uy yurgan holda muammolarini o‘rganib, aniqlangan huquqiy muammolar “Adliya-mahalla” platformasiga kiritilib, mahalla fuqarolari yig’inida faoliyat olib boruvchi hokim yordamchilariga “Online-mahalla”platformalari orqali fuqarolarning huquqiy muammolarni ro‘yxatga olish bo’yicha ko‘rsatma tavsiyalar berildi.

Shunigdek, 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 204-son" Qaror, yuzasidan tushintirishlar berildi.