February 1, 2023

M1noR ft. UZmir - Nima Yo'q (pilot - wf)

(UZmir)

Aytkinchi noligani sanda nima yo'q ?
To'rt muchang sog'liging bor yana nima yo'q ?
Har kuning o'tadi-ku yana  nima yo'q ?
Aytkinchi noligani sanda nima yo'q ?

Kafilliging olinganmi sanda nima yo'q ?!
Aytkinchi noligani sanda nima yo'q ?!
Hattoki nochorlar ham noligani yo'q!
Nega nolib og'zing toligani yo'q ?!

Ozodlikdasan-u nima yo'q ?!
Kayf-u safoda uchding yana nima yo'q ?!
Sevgi fazosin quchding yana nima yo'q ?!
Bugunchi noligani sanda nima yo'q ?!


(M1noR)

Bir kam dunyo bu deyishadi,
Begonaga indama nolib.
Sandan sir olib osmonga sochar,
Ichimga yutdim qolmasa madorim.

Ertaga ortingdan kulishadi,
G'iybat qasrini ham qurishadi,
Do'stlar niqobida saf turishadi,
Ertaga ortingdan kulishadi.

Yo'q bu toifadan emasman deb,
Ketidan gap yemasman deb,
Man Hamilion emasman deb,
Yolg'on gaplarni demasman deb.

Sani g'amga bermasman deb,
Qochadigon inson emasman deb.
Eshitishga qolmadi madorim,
Maqtanadi Zevsman deb.


(UZmir)

Jon chiqqanda tandan balki afsuslanasan,
Javoblar yo'q sanda gunohkor tuslanasan.
Nimadan ruhlanasan shundan qayg'ulanasan,
Bular tush deb qarasam ne bo'lar uxlamasam.

Da umiding kimdan san kimga ishonasan,
Kuzatsamda zimdan o'zing uchun donasan.
O'z o'zingda yonasan o'zinga parvonasan,
Lekin bir bor o'ylab ko'r ne bo'lar nolimasam ?


Naqorat...
Noligani sanda nima yo'q ?
To'rt muchang sog'liging bor yana nima yo'q ?
Har kuning o'tadi-ku yana  nima yo'q ?
Aytkinchi noligani sanda nima yo'q ?

Kafilliging olinganmi sanda nima yo'q ?
Aytkinchi noligani sanda nima yo'q ?
Hattoki nochorlar ham noligani yo'q
Nega nolib og'zing toligani yo'q ?

Ozodlikdasan-u nima yo'q ?
Kayf-u safoda uchding yana nima yo'q ?
Sevgi fazosin quchding yana nima yo'q ?
Bugunchi noligani sanda nima yo'q ?

(the end.)


✅ RASMIY MANBAALAR 👇

🔵Telegram: @LDM_jurnalistika
🟣Instagram: @M1noR_Official
🔴YouTube: @M1noRFM

text by: M1noR