November 20, 2024

I'm just a girl(I see the love with your eyes ❀️)

1-qism

Qorong'u tun! Gavjum shahar! Havo kechagidan ko'ra ancha sovuq, ko'kda esa yulduzlar charaqlab turardi.

Seraning kiyimlari yupqaligi uchun dir-dir titrab, o'ziga o'zi gapirib tor ko'chadam yurib o'tardi.

S: ayshsh, bugun ham ish topolmadim, bu ketishda aniq ko'chada qolaman.

Sera ota onasidan yaqinda ayrilgani uchun hali o'zi katta hayotga tayyor emasdi. Birdan ota-onasi vafotidan so'ng, qalbini g'am va alam chulg'ab olgan edi.

Keyinchalik tushundiki, xafa bo'lib, yig'lab uyda o'tirgani bilan, ota-onasi qaytib kelmaydi. 18 yoshdagi qiz har kuni ish topish dardi bilan ovora

U tor ko'chadan yurib o'tayotganida, bir vaxshiy holatga ko'zi tushib qoldi. Shahardagi eng katta mafialardan biri Kan Min poyiga tiz cho'kib turgan bir kishini peshonasidan hech ikkilanmay otib tashladi va unga qarab turgan Sera beixtiyor baqirib yubordi. Kan Min Sera tomonga o'girilib qararkan, xizmatchisiga aytdi.

K: U jinoyatga guvoh bo'ldi, yo'q qil uni

Sera bu gapni eshitarkan oyoq qo'li titrab, na harakatlanishni bilardi, na yugurishni bilardi. U bor kuchini yig'ib yugurishni boshladi va Kan Minning xizmatchisi ham Seraga yaqinlashib qoldi. U burulishga yetganida katta gavdaga urulib ketti va muvozanatni yo'qotib yiqilib tushishga sal qoldi. Yaxshiyamki katta gavdaning egasi uni belidan tutib qoldi. Bu kishi Suga edi.

Suga: Tinchlikmi Kan Min, qachondan beri meniki bo'lgan qizga tegadigan bo'lding?

K: Ouuu, Janob Suga seni ko'radigan kunim ham bor ekanku, bu qiz senikimidi? Isboting bormi?

Suga: Kim kimdan hisob so'rayapti o'zi, senga 2 daqiqa vaqt, o'zin ketasanmi, yo?

K: Suga asabimni buzma, meni bilasana?

Suga: Mayli shu yerda qolaver, qani azizam kettik, men senga aytgandima oldimdan ketib qolma deb

Suga Seraning qulog'iga egildida gapirdi.

Suga: qizaloq hozir tinchgina men bilan uyingga ketasan, tushundingga meni?

Sera ha deganday boshini silkitdi. Uni Suga bilan birga ketishdan boshqa iloji yo'q. Yo Suga bilan ketadi, yo shu yerni o'zida Kan Min uni o'ldiradi.

Suga Seraning qo'lidan ushlab ketarkan, unga bir og'iz ham so'z aytmadi, bu sukunatni Suga mashinada buzdi.

Suga: Xo'sh qizaloq? Kan Min bilan nima ishing bor edi o'zi? Uying qayerda?

Sera titragan lablari bilan zo'rg'a savolga javob berdi.

S: u bbir kkishini o'ldirganini ko'rib qoldim. Bor yo'g'i shu, keyin uyim shu burulishdagi birinchi uy.

Suga: mayli qizaloq hozir men sen bilan birga uyinga kiraman, chunki Kan Min ning odami ortimizdan kuzatib kelyapti. Uni qanchalar yomon ekanligingni sen tasavvur ham qilolmaysan

S: Mayli

Suga Seraning uyiga kirdi va Seraga gapirdi:

Suga: sen xonanga kirib uxlayver men mehmonxonangda o'tiraman

Sera xonasiga jimgina kirib yotoqqa yotarkan, yostiqni quchoqlab yig'lardi

Suga esa kresloda o'tirib o'ziga o'zi gapirardi.

Suga: nega o'zi unga yordam berdim boshimga balo qilib, Kan Min ham kichkina odam emas o'chakishishga, lekin qiz yoshgina ekan agar kech qolganimda uni o'ldirishardi.

Erta tong quyosh nuri derazadan o'tib to'g'ri Seraning ko'ziga tushdi va Sera ham erinibgina ko'zini ochdi va kechagi bo'lgan voqeani eslab tezda o'rnidan turib, mehmonxona tomon yugurdi. Qarasa Suga kresloda uxlab yotardi va qadam tovushlaridan uyg'onib ketti.

Suga: mayli men kettim yaxshi qol qizaloq

Sera rahmat deyishga ulgurmasidan Suga uydan tezlik bilan chiqib ketti.

Kan Minning odamlari ularni kuzatib turisharkan, Suga chiqib ketishi bilanoq Min ga qo'ng'iroq qilishdi

K: Yaxshi, hozir boraman

Deb Min go'shakni qo'yib qo'ydi.

.

.

.

1-qism tugadi.