I'm just a girl(I see the love with your eyes)
Min o'zicha telbalarcha kulardi.
KM: qani Janob Suga, seniki bilan bir tanishib olaychi, balki menga ham yoqib qolar.
Sera bu paytda, shirin xayollar og'ushida ekan, bu go'zal xayollarni ish topish dardi buzdi va u chuqur ho'rsindi.
Sera ko'cha eshigidan hovliqib chiqarkan, qarshisida kechagi maxluqsifat chehra, ya'ni Kan Minni ko'rib qotib qoldi.
KM: Qalaysan? Balki, tanishib olarmiz
Deb Sera tomon yaqinlasha boshladi. Sera endi eshikni yopib uyga qochmoqchi edi. Afsus, uning nimjon qo'llari eshikni yopishga ulgurmadi. Kan Min esa eshikni buzib tashlaydigan darajada itarib, uyga kirdi. Sera esa orqaga tisarilarkan, ichidagi qo'rquv gaplarida namoyon bo'lardi.
S: mmmenga yyaqinlashma, mmenda nima ishing bor, hech kimga aytmayman o'sha kkkuni ko'rganlarimni.
KM: Buni ahamiyati yo'q, sen men bilan ket. Menga shu kerak
Deb vaxshiylarcha Seraga qarab turarkan. Sera ich ichidan uni kimdir qutqarishini istardi, lekin u o'zicha bu hohishiga qarshi chiqdi
(Ichida)S: seni qutqaradigan, qo'llab-quvvatlaydigan ota-onang yo'q endi.
Sera shu gaplarni ichida takrorlarlan, ko'zidan beixtiyor yosh qalqib chiqdi, pushti lablari qirmizi tusga kirdi.
KM: senga 2 daqiqa vaqt beraman, tanla yo men bilan ketasan, yo shu yerdan o'liging chiqadi.
Kan Min so'zini tugatmasdan, orqasidan kelgan ovoz uni ortga burulishga majburladi.
Suga: senga 2 daqiqa tugul 30 soniya ham bermayman. Tanla yo hozir shu uydan tinchgina chiqib ketib yo'q bo'lib ketasan, yo shu yerni o'zida manabu itvachchalaring va seni yo'q qilib tashlayman.
KM: Men bilan o'chakishma Suga, bilasana meni
Suga: Seni itdan tarqaganligingni bilaman, aslida sen men bilan o'chakishma, yo o'tgan oy qilgan ishimni yana takrorlaymi.
Kan Min Suganing bu gapidan jahli chiqib
KM: mayli hozir chiqib ketaman, lekin seni ajaling bo'lib qaytib kelaman.
Kan Min qizlar bilan barda ko'ngilhushlik qilarkan, xonaga jahl bilan Suga kirib keldi va gapirdi
Suga: sen qanday jur'at etting, sen kimsan meni qurollarimni o'g'irlab, kompaniyamga o'z odamingni joylashtiradigan darajada. Seni shu tovuq miyyaga o'xshab tuzgan rejalaring menga o'tadi deb o'yladingmi? Hozir menimcha sen yollagan odaming itxonamda yo'q bo'lib ketgandi. Endi navbat senga
Dedida, Kan Min turgan xonani qulflab tiriklayin yoqib yubordi. Kan Min bunday yong'indan, yordamchi itvachchalari orqali qutulib chiqgan edi.
Garchi Kan Min va Suganing kuchlilik darajasi teng bo'lsa ham, Sugani Mafia olamida Psix Mafia deb atashardi.
Kan Min xonani jahl bilan tark etarkan Suga gap boshladi.
Suga: qani qizaloq yig'lashni bas qil va men bilan uyimga ket.
Suganing bu gapidan biroz g'alati bo'lgan Sera Sugaga qarab turardi.
Suga: qo'rqma meni sevganim bor, senga tegmayman. Shunchaki Kan Min bugun uyingacha bostirib kirgan bo'lsa, ertaga boshqa ish ham qilishi mumkin, men senga yaxshi bo'lsin deb aytyapman, chunki men doim ham seni himoya qila olmayman.
Suga: bo'ldi yig'ini yig'ishtir, yig'lagan qizlarni ko'rsam asabim buziladi.
Sera ham yig'idan to'xtab mashinaga chiqdi va Suganing uyiga ketdi.
Aslida Suga Seraning uyidan ertalab chiqib ketganida Kan Min Serani uyiga kelishini bilardi. U shunchaki arqonni uzun qilib tashladi, chunki Kan Minni yana bir bor qo'rqitib qo'yishni hohladi.
Suga va Sera mashinada ketisharkan. Suga Jisoo ga qo'ng'iroq qildi.
Suga: Azizam uyimga kela olasanmi?
J: Xo'p jonim hozir boraman. Seni sevaman
Suga go'shakni qo'ydi va Seraga yuzlandi. Sevganimni ismi Jisoo, hozir u uyimga keladi va senga o'zi yordam beradi.