May 2, 2025

The dark rose

—Avtor | Sera&Asuka—

—Men unga oshiq emasman, lekin u bilan birga o'lish mening qismatim—

6-qism.
.

Asu va Jungkookni uzoqdan yashirincha poylab turgan yigit qo'lini musht qilib tugdi va ikkinchi qo'li bilan qurolni ular tomonga to'g'irladi...

—Men seni Jungkook qo'lidan qutqargani kelgandim, lekin afsus, adashibman... Sen bunga arzimas ekansan...

Nick, asabiylashgandan niqobini yechdi va qaltirayotgan qo'li bilan, to'pponchani yana to'g'irladi.

...

Jungkook Asuni ko'tarib bag'riga oldi. Asu esa, qo'lini bo'ynidan o'tkazdi.

—S..sen aybdorsan....

Qiz, yig'lab yana Jungkookni aybladi va bir soniyada, orqa tomondan o'q ovozi eshtilib, o'q Jungkookning yelka tomoniga tegdi va Asu qo'rqqanidan o'q kelgan tomonga qaradi va shok holatiga tushdi.

Asu/POV:

—Yo'q, bo'lishi mumkin emas... Ahir bu Nickmi? Agar Jungkook u ekanligini bilsa aniq o'ldiradi.

Jungkook qizni yerga qo'ymay, og'riqdan tizzalab o'tirdi va Asuga hirrilab gapirdi:

—Men aybimni to'g'irlayman...

U og'ir nafas olarkan, bir zumda atrofni uning qo'riqchilari egalladi va o'q otgan kimsani qidirishga tushishdi.

Asu.pov)

Aqlim shoshib qoldi... Hozirgina koʻrgan odamim aniq Nick edi...

Asu hamon shock holatidan chiqa olams ekan, birdan yugurib kelgan hizmatchilar va qoʻriqchilar hamda ogʻriqdan hirillab ter bosib hamon Asuni qattiq bagʻriga bosib turgan Jungkook uni eʼtiborini oʻziga tortdi... Asu reallikga qaytdi...

— Qoʻrqma.... Senga zarar ah! Y-yetmaydi...

Jungkook yelkasidagi ogʻriq zoʻridan arang gapirarkan birdan koʻzimdan yosh oqa boshladi... Nega bilmayman balki qoʻrqib ketdim... Balki Jungkookga rahmim keldi... Balki bu Nickni sogʻ omon koʻrganim uchun sevinch koʻz yoshlaridir...?

*

Jungkookni tezda oʻz xonasiga olib kirishdi, qon toʻxtamasdi... Shifokor bir amallab qonni toʻxtatdi, oʻq olib tashlandi... Yarani tozalashni tugatgan shifokor Jungkookni yelkasini bint bilan bogʻladi.

— Janob jarohat judayam ogʻir deya olmayman ammo ehtiyot boʻlish kerak. Yara ifloslanmasligi uchun bogʻichni ehtiyotkorlik bilan almashtirish lozim.

Shifokor kerakli maslahatlarni bergach xonani tark etdi.

Asu.pov)

Meni Jungkookni yotogʻiga joylashdi, uni yonginasida jim oʻtirarkanman Jungkook qoʻlimni qattiq ushlardi... Ogʻriqli emas ammo huddi "keta koʻrma" degandek egalik bilan...

Koʻzim esa deraza tarafga qadalgandi... Bogʻga qaragan derazaga termulgancha hayol surib oʻtirarkanman huddi hozir Nick qayerdandir paydo boʻlib Jungkookning oʻrniga qoʻllarimdan tutadigandek edi...

Birozdan so'ng hamshira kirib, Jungkookga tomchi ukol ulab, unga qarab turishim kerakligini, tugasa darhol chaqirishimni tayinlab chiqib ketdi. Men esa, hali ham o'yinchog'ini tortib olishgan go'dakka o'xshab, devan chetida jimgina o'tirardim, Jungkook esa, qo'limdan hamon tutib turadi. Uning ko'zlari yumiq edi. Balki bu og'riqdan...

Qiz, bir zum bo'lsa ham tomchi doridan ko'zini uzmadi va xayol surib, qolib ketdi. Ko'zi dorida, lekin xayoli boshqa joyda edi.

—Agar, oyoqlarim ishlamayotganini bahona qilsam, ular menga etibor berishmaydi va men qocha olaman, lekin Nickni topishim kerak...

Qiz, xayol surib, turarkan, Jungkook uni sekingina turtdi.

—Qaramaysanmi, dori tugadi.

—M..men...

U qiz javob bermasidan, ukolni qo'lidan oldi va bilaklarini harakatlantirdi.

—Yura olasanmi?

Qiz, nima deyishni bilmay qoldi.

—Yo'q yurolmayman...

Jungkook bir bo'lini ehtiyot qilib, o'rnidan turdi va men tomonga yaqinlashib, oyog'imni yotoqqa oldi va menga ko'rpani ochib berdi.

—Shifokor dam olishingni aytgan, damingni ol...

Qiz hayron bo'ldi.

—Shu yerda qolamanmi?

Bu xona Jungkookning shaxsiy xonasi edi.

—Ha, men bilan...

Qiz, ko'zini mahkam yumdi, Jungkook esa, jiddiy ovozda gapirdi.

—Ko'zingni sekinroq yumsang ham bo'ladi yemayman...

U indamay, xonadan chiqib ketdi va Asu o'rnidan turdi.

—Bu kishi yaralandi, lekin nega dam olmaydi? Lekin menga nima, men hozir o'zim haqida qayg'urishim kerak.

..

Jungkook tashqariga bir qo'lini ushlab chiqarkan, boyagina Asuning, doriga termulib o'tirganini eslab tabassum qildi.

—"Ahmoq qiz, qo'rqib ketdi"— u atrofdagilarga bildirmaydigan darajada tabassum qildi va yana qaytib xonaga kirdi.

Asu bu paytda shunchaki ko'zini yumib uxlayotgandi va Jungkook ham yotoq chetiga joylashib yotib oldi. Qiz bir necha daqiqa qimirlamay yotdi, lekin u yana ortga o'girildi.

Jungkook: Hali ham uxlamadingmi?

—Yo'q, uxlamadim...

Jungkook: Sen qo'rqib ketding shundaymi?

Qiz, o'ylanib turdi.

—Qo'rqdim, lekin ko'rib turibmanki, sizga hech narsa bo'lmapti...

Jungkook tabassum qilib qizga yaqinlashdi.

—Demak, mendan havotir olgansan?

Asu, o'zini tutdi:

—Inson kimdandir havotir olsagina, qo'rqadimi?

Osmonga qarab yotgan yigit gap boshladi.

—Seni ilk marotaba uchratganimda, ko'zimga shunchalik go'zal va latofatli ko'ringandingki, tariflab ham berolmayman...

U biroz to'xtadi.

—Lekin sen va mening oramizda yana bir kishi bor edi va tabiiyki undan qutulishga majbur edim...

Asu, bu gaplarni eshitarkan, ko'zlaridan yosh qalqib chiqdi.

—Men esa, sizni ko'rmaganman Jungkook...

Yigit qizning gapini e'tiborsiz qoldirib yana so'zladi.

—O'sha kuni kompaniyamga chaqirganimda ham qarorim qat'iy edi. O'sha kunni o'zidayoq senga uylanardim... Ko'rib turibmanki, ko'zlaring boshqa narsa deyapti...

Qiz hamon indamay yotardi.

—Lekin Asu bilib qo'y, men yolg'onchilarni yoqtirmayman... Va hatto kechirmayman ham. Sen orqa oldingga qarab yur... Zero kichik xatoying badalini, boshqacha to'laysan...

Qiz og'ir yutundi va ichida o'yladi.

—Jungkook ko'zimdan hamma narsani o'qib olayotgandek go'yo...

Ertasi kuni Asu, Jungkook ishga ketgandan so'ng, ishchilarga bog'ga olib chiqishlari kerakligini aytdi va ular qizni bog'ga olib chiqishdi.

Qiz atrofga qaradi, lekin kameralar ham yo'q edi. U ko'zini uzmay, o'sha kuni Jungkookni otishgan tomonga qarab turdi.

Tahminan 10 daqiqadan so'ng, o'sha yerdan qora kiyimli insonning sharpasi ko'rindi va Asu sapchib o'rnidan turdi.

—N...nick...

U sekinlik bilan, orqa oldiga qarab, o'sha yer tomon harakatlandi va panjara oldiga kelib to'xtadi.

—Nick, bu senmisan?

Yigit, yuzidan niqobni olib, hech qanday reaksiyasiz Asuga qaradi.

—O'sha kuni seni qutqargani kelgandim, afsus adashibman...

Qiz, ko'zlaridagi yoshni artib, Nickga hammasini tushuntirdi.

—Rost aytyapman, men o'sha kuni yura olmasdim....

Yigitni bir amallab, gaplariga ishontirgan qiz, panjaralar borligiga qaramay, uni bag'riga bosdi...

—Seni qanchalik sog'inganimni bilasanmi?

Buni yashirin kameralar orqali kuzatib turgan Jungkook alamidan, qo'lidagi qadahni sindirdi va boshqa birini devorga otdi.

—Sen nima deb o'ylaganding Jungkook? Bir ikki yaxshi gapiga aldanding lekin u nima qildi? O'z uyingda boshqasi bilan uchrashib bemalol yuribdi.

Yigit o'ziga o'zi gapirib g'azablanarkan, qizga hozircha hech narsani bildirmaslikni afzal ko'rdi.

...

—Nick, qayoqqa?

Yigit, Asuning oldiga kelib qo'lidan tutdi.

—Ertaga shu paytda yana kelaman, shu yerda meni kut xo'pmi?

Qiz shoshib xizmatchilar qayerga o'tkazib ketgan bo'lsa, huddi o'sha yerga borib o'tirdi va birozdan so'ng uni ichkariga olib kirishdi.

Oradan yarim soat o'tar o'tmas, u ichiga Jungkook kirdi va Asuning oldiga o'tirib, oyoqlarini siladi.

—Shu oyog'ing ishlamayapti to'g'rimi?

Qiz, duduqlandi.

—H..haa..

Jungkook: Unda yur shifokorga olib boraman...

.
.
.
6-qism tugadi.