Muhabbatla ko'rishurmiz...
—Sevging bilan ilojsiz qoldirmoqchimisan?
—Yo'q, unday qilolmaysan... Chunki mendagi sabr toqatga, hatto tosh ham chidolmaydi....
U menga odob, ahloq qoidalarini o'rgatyaptimi? Aslida, uni kutib, charchagan menchi?
~"Menga turmushga chiqsang, va'da beraman baxtli qilaman seni..."
~"Baxtli bo'lgim kelmayapti, shuning uchun ham turmushga chiqmayman"
U ortga o'girilib mendan uzoqlasha boshladi, men esa, bor ovozim bilan baqirdim
~"Boshimni balosi, yuragim davosi... Qoch... Qochaqol, ko'ramiz hali..."
U hatto ortiga ham o'girilib qaramadi. Nega unday qildi?
—Ishonish qiyin, lekin ohirgi gapini eshitib, kulib yubordim, ammo bildirmay, to'g'riga qarab yurdim.
Qo'shnimni kuchugi eshik oldida edi, u baqirishini eshitib, vovvuladi va uni quvib ketti. Bu safar kulgudan qotib qoldim.
Ehh, yosh, turmush ko'rmagan qizcha bo'lganimda, menga bunday gaplari yoqishi mumkin edi. Lekin hozir biz boshqa vaziyatdamiz. Mayli, taqdirimda bo'lsa, birga bo'larmiz, ammo men rozi emasman.
Uyimga kirib, derazadan qaradim, u ortimdan kelibdi. Meni ko'rishi bilan mashinaga o'tirib, uydan uzoqlashdi.
Aslida, ayol bo'lib tug'ulishdan, ayol bo'lib yashash qiyin... Ota-onang yuzini yerga qaratmaslik uchun, joningni jabborga berib, ibo-hayoni saqlaysan. Turmushga chiqib, ham ishlaysan, uy ishlarini qilasan, bolalaringga qaraysan, eringni ko'nglini olasan. Yo'qsa, sendan yomon ayol yo'q. Hech kim, sendan, ilm-fan yoki ibodatlaring haqida so'rab ham qo'ymaydi. Agar, Alloh irodasi bilan ajrashib kelsang ham sen yomonsan, hattoki ering aybdor bo'lsa ham, aybni sendan bilishadi.
Uni ustiga, Umarga rozilik bildirsam ham, bunga yana boshqa gap topishadi. Men bularning gapini ko'tara olmayman.
—Uyimga kelib, bu safar biroz xotirjam bo'ldim, chunki ilk uchrashuv doim ham muvafaqqiyatli bo'lavermaydi. Shuning uchun ham, u menga rad javobi beryaptimi, boshqasiga ham shunday javob beradi.
Musharrafim juda aqlli qiz, u hatto ko'zimga tik qaramadi. Uyalayotgani yuzidan ma'lum edi, ayniqsa, ro'mol etagini ketguniga qadar tinch qo'ymay, o'ynab turdi.
Stol ustiga, o'sha kuni uyidan olib kelgan sur'atimni qo'yib, tabassum qildim:
~"Bir kun kelib, uyimni eng go'zal bekasi bo'lasan"~
Men azoblamay, yumshoq sevaman. Sevgim unga ozor bermasligi kerak.
Ertaga yana bir otasi bilan gaplashishim kerak, huddiki, hamma harakat qilyaptiyu, men to'xtab qolgandekman. Bunday o'tirishdan foyda ham yo'q.
Ertasi kuni vaqtli turib, Musharrafning uyiga bordim va otasi bilan aniq gaplashdim:
~"Agar rozilik bersa, katta to'y qilib, olib ketaman. U istagandek bo'ladi, lekin sizdan iltimos qilaman, ahir otasisiz, u sizga quloq solishi aniq"~
~"Umar o'g'lim, siz yaxshi yigit ekanligingizga zarracha shubxam yo'q, ammo qizim bunga rozi bo'larmikin?"~
~"Rozi bo'ladi, siz gaplashing"~
~"Xo'p unda darsdan qaytsin, keyin gaplashib ko'raman"~
Uydan chiqib, o'tgan safar ko'rishgan joyga yettim va Musharrafni mashinasini ko'rdim, ya'ni haydovchi haydayotgandi mashinani.
Ularni yo'lini to'sib mashinadan tushdim va Musharraf o'tirgan tomon eshigini ochdim.
U qo'lini, ikkinchi qo'liga o'ragandi.
~"Yo'q sabab, sen bilan gaplashishim kerak, yoki qo'lindan ushlayman"~
U tezda, qanday qilib mashinadan tushganini bilmay qoldi.
~"Xo'p, qizishmang, hozir tushaman"~
U bilan, yana o'sha tol tagiga o'tdik, lekin u yerda bizdan boshqa juftlik ham bor edi.
~"Musharraf, kel yoshbola bo'lma, menga turmushga chiq"~
—Bu yigit, meni hech tushunmaydi chog'i, unga necha marotaba yo'q desam ham, ortimdan qolay demaydi. Bu safar unga boshqa gap aytaman, agar shunda ham g'ururidan kechib, yana sovchilikka kelsa, aniq unga turmushga chiqaman.
Lekin, men gap boshlamadim, u boshladi:
~"Nega menga rad javobi beraverasan? Nima men shunchalik senga mos emasmanmi?"~
~"Yo'q gap bunda emas, siz va men umuman boshqa boshqa dunyomiz... Siz..."~
Gapimni tugata olmasimdam, ortimdagi yigit, sevganiga o'ta qattiq baqirib ketti, men esa, qo'rquvdan titradim, chunki Hasan ham baqirib urardi. Qaltirayotgan qo'llarimni yashirish uchun ortga qildim va so'zlarimni ham duduqlanib aytayotgandim...
—Uning oddiy narsaga qo'rqib titrayotganini ko'rib, yuragim yana bir bor sindi. Aytganimdek, avval ilk bor ko'rganimda, undan baxtli odam yo'q edi.
~"Musharraf kel bu tomonga o't"~
Uni orqa tomoniga o'tib, o'sha yigit oldiga borib jag'iga musht tushurdim. U esa menga javob qaytarmoqchi bo'ldi va uni ushlab yana bir bor urdim.
~"Sen nega sevganim oldida baqirasan to'nka"~
Musharraf ilk bor ismimni aytib chaqirdi:
~"Umar, bo'ldi, unday qilmang..."~
Men unga anqayib qarab qolibman, yuzimga anavi to'nka urdi. Keyin birnimalar deb bizdan uzoqlashdi.
U oldimga keldi va o'zimni ataylab yanayam, bechoralardek tutdim.
~"Jim, men o'zimga kelishim kerak..."~
U menga dastro'mol uzatdi va uni olib labimga bosdim.
U menga jovdirab qaradi va chuqur nafas oldi.
~"Men sizga necha marotaba tushuntirishga harakat qildim, lekin tushunmayapsiz. Qo'pol qilib aytganda, men allaqachon turmushdan ajralgan, qush qo'ngan guldekman, siz esa, hali uylanmagansiz hatto. Shunda ham menga uylanmoqchimisiz? Odamlarning gap so'ziga chidab yashaysizmi shunda?"~
U javobimni kutmay, ortiga qaramay yana ketib qoldi.
—Men uyimga kelishim bilan yig'lab yubordim, chunki meni birinchi marotaba kimdir himoya qildi, lekin bu ohirgisi bo'lishi ham mumkin edi.
Ertasi kuni eshikka ko'z tikib, yana kelarmikin deya kutdim, lekin kelmadi. Undan keyin ham eshikdan ko'zimni uzmadim, yana kelmadi.
Keyin umidimni uzdim, ammo endi yengildim deganimda, eshik taqilladi, hech kim chiqmaganligi uchun o'zim eshikni ochdim. Qarasam, kattagina gul ko'tarib Umar kelibdi. Gulni indamay menga tutqazdi:
~"Senga emas, onangga bu gul, senga bunisi. Keyin men baribir sendan kechmayman, odamlarni gapi menga qiziq emas..."~
U jiddiy gapirdi, bir tomondan undan rosa qo'rqaman, chunki haybati bosadi.
Menga, mushukcha olib kelibdi, biram hursand bo'ldim, lekin bildirmadim.
U otam bilan gaplashdi, onam esa, majburlab choy olib kirishim kerakligini aytdi, men qovun qildim, ya'ni, choyni adashib, qo'liga quyibman, qo'li yaxshigina kuydi, lekin otam bilmasligi uchun, kuysa ham indamadi.
Men tashqariga chiqib kulib yubordim... Ketayotganda, men ham hovlida edim, keyin u qisqagina piching qilib, o'tib ketti.
~"Izi qoladi, keyingi oy to'yda, eringdan uyalmaysan degan umitdaman"~
Ishongim kelmasdi, keyingi oy to'yimmi shunda?
—Men u uchun nima kerak bo'lsa, hammasini qilishga tayyorman. Hatto o'zimni o'zgartirishga ham. Lekin unga jiddiy qarasam, menga bo'lgan qo'rquvli qarashlari yoqadi. U hatto menga to'g'ridan to'g'ri gapirolmasdi, bu esa, kulgumni keltiradi.
Psixolog huzuriga borib, Musharraf ahvolini tushuntirdim va uning aytishi bo'yicha, unga bosim bermasligim kerak ekan. Yaxshilab uni o'rganib chiqib, ehtiyotkorlik bilan muomalada bo'lishimni aytdi.
Men jonim bilan, bu ishlarni bajaraman, chunki birinchi o'rinda nafsim emas, sevgim... U qachon o'zini meni oldimda, yaxshi his qilsa, keyin yaqinlashaman.
Tayyorgarlik bilan, yarim oyni ham o'tkazdik, u men bilan, sovchilikdan keyin uchrashmadi, men esa, uning visoliga erishish uchun tezroq kun o'tishini kutaman.
—Umardan uyalaman, shuning uchun, unga gapirolmayman, hatto kelin ko'ylakni ham unga ko'rsatmadim, ohiri bahayr bo'lsin. Onam har kuni majburlaydi, u bilan ko'rish deb, lekin men yo'q deb turib olaman. U bilan yoshimiz oradi 7 yil edi. Shuning uchun ham u menga kattalardek munosabatda bo'ladi.
Bu to'yga sal kam 1 oy harakat qilishdi va bu to'y eng hashamatli to'ylardan biri edi.
Umar, qizning ushalmagan orzularini amalga oshirish uchun yaxshigina harakat qildi. Avval diniy tomondan nikohlari o'qildi, keyin esa, katta zalda rasmiysi e'lon qilinayotgan edi.
—Men, hayajondan, o'zimni noqulay his qilayotgandim, shuning uchun, ham ko'ylagim og'irdek edi.
Men rozilik bildirib, hujjatga imzo chekdim, Umar ham imzo chekdi va qo'lini menga uzatdi.
Men negaligini bilmay, qo'limni uzatdim, u qo'limni silkitib, meni o'ziga tortdi va hammani oldida peshonamdan o'pib, qulog'imga pichirladi:
~"Tegmayman deganding, endi bir umr eslataman, xotinjon..."~
Ishongim kelmasdi, u meni hozir o'pdimi? Sharmanda. Uyatdan qizarib ketdim, na kulishni, na yig'lashni bilardim, shuning uchun, Umarning oyog'ini qattiq ezib, sezilarli gapirdim:
Kechkipayt, keldi men qo'rquvdan titray boshladim, Umar ichkariga kirib, qo'limdan ushlab o'ziga tortdi va mahmak quchoqlab oldi. U qo'yib yuborgisi kelmasdi, huddi men qochib ketayotgandek.
~"Musharraf, kelin salom qilmaysanmi?"~
Bu orzuyim, tezda yotoq ustidan, to'rli matoni oldim va uch marotaba salom berdim.
~"Birga urushmay, baxtli bo'laylik"~
~"Qo'limni kuydirmay, sog'lom yashaylik"~
Bir gapni endi bir umr eslatadi. Keyin esa, qo'limdan yana tutib harakatlandi, xonadan chiqib, boshqa biriga kirdik.
~"Musharraf, bu xona senga, xohlaganingcha turishing mumkin, yaxshilab menga o'rgansang, keyin, hullas, tushunding"~
U tabassum qilib, peshonamdan o'pdi va xonani tark etdi.
Men erta uyg'onib, nonushta tayyorlay boshladim va Umar tushib, stulga o'tirdi.
~"Musharraf, senga rasm tashladim, ochib ko'r"~
Men ish qilayotgandim, shuning uchun ham, unga yuzlandim:
~"O'zingiz, ochib turing, telefonim, stol ustida"~
U rasmlarni ochib menga ko'rsatdi va xabar keldi. Qo'lidan telefonni olmay, xabar ustiga bosib videoni ochdim.
Ne ko'z bilan ko'rayki, bu o'sha, maktabdagi videoyim edi va buni Umar ham ko'rdi. U menga qaradi, men ham qaradim, lekin qo'rqqanimdan, xonamga yugurib kirib ketdim, ortimdan esa, umar baqirgancha qolib ketdi: