May 13, 2025

Mine General | Mr. Jeon.

Kanal | mufficc
Avtor | Sera

Seni uchratgunimcha....

15-qism

.

2 kundan keyin, Sera, Jeon qo'rg'oniga bordi va hamma mehmonlar kelib, bo'lgandi. U yarim soatgagina kech qoldi, lekin qarshisidagi manzarani ko'rib qotib qoldi.

Chunki Jungkook allaqachon boshqasi qo'lidan tutib turgandi va Seraga battar bo'l degandek, jilmaydi va ko'z qisdi. Hammani ko'zi 2 kun avval to'yi buzulgan Sera va bugun to'yi bo'layotgan Jungkookda edi.

Mehmonlarning gapini esa, Sera bemalol eshitib turardi:

—Bu qizga hayron qolasan, kechagina to'yi buzulib, avvalgi erining to'yiga kelibdi.

Yana biri shunday dedi va Sera ortga o'girilib, ko'z yoshini artdi:

—Bu dunyoda erkaklarga ishonib bo'lmaydi...

Sera: O'zimni bosishim kerak, balki endi hammaga aytar. Ahir sen bilan birga bo'laman degandiku...

...

Jeon: Sen esingni yedingmi? Kechagina to'yini buzib, bugun to'yingga aytdingmi?

Jeon xonim Jungkookni bir chekkaga sudradi:

—Hoy ahmoqmisan? Erkakmisan? Ayol kishi dardini qayerdan ham tushunasan? Hozir Sera hammani oldida sharmanda bo'ladi keyin hursand bo'lasanmi?

Jungkook: Xiyonatni jazosi xiyonat. U bilan aynan bugun oramiz ochiq bo'ladi.

Yigit hech kimning gapiga quloq ham solmasdi.

5 daqiqadan so'ng, hamma mehmonlar markazda yig'ilishdi va Jungkook atayin qilgandek, Seradan ko'zini uzmay, nikohga rozilik bildirdi, u ham yetmagandek, yangi xotini labidan o'pdi.

Qiz, ko'zlariga kelgan yoshdan, ko'zini yummay, oqishiga yo'l qo'ymasdi.

—U meni tamom qildi, tiriklayin o'ldirdi. Azoblanyapman, yuragim parchalangandek og'riqli. Qiynalib kettim, qaysi ayol, eri boshqasi bilan bo'lganini ko'rib, tinch turadi.

To'y tugadi.

Jungkook atayin Seraning oldiga keldi yana xotini bilan.

—Tanish, bu sobiq xotinim Sera...

Qiz o'zini tutdi va asabiy tabassum qildi va qo'lini u tomon uzatdi.

—Tanishganimdan hursandman, sizlarga go'zal baxt va ko'p farzand tilayman, keyin sizga ham sabr tilayman, o'zi manabu eringizdan qanday qutulishni bilmay turgandim, sizga rahmat...

Qiz yana tabassum qilib, ortga o'girildi va eshikdan chiqib, uyiga ketdi.

Jungkook esa, Seradan umuman boshqa narsani kutgandi, lekin boshqa narsa bo'ldi.

Qiz, o'zini his qilolmayotgandi, u bazo'r, yoshga to'lin hiralashgan ko'zi bilan, eshik dastagini zo'rg'a tutdi va Jeon qo'rg'onidan chiqib ketdi. U zinadan tushayotganda, qoqilib yerga o'tirib qoldi va ko'ylak etagini g'ijimlab yig'ladi.

—Yo'q... Bo'lishi mumkin emas... Menga bunday qilishmasligi kerak...

Jungkook bu holatni ko'rdi, uning ham yuragi og'ridi, lekin g'ururi, bunga yo'l qo'ymadi.

—Va'da beraman, hiyonat qilmayman, lekin senda ham ayb bor edi Sera...

Qiz, o'rnidan turib, poshnali tuflisini yechdi va uyigacha piyoda bordi. Jungkook esa, qizning ortidan odam qo'ydi va uyigacha kuzatib bordi.

Sera ichkariga kirarkan, oyoqlari qonab ketgandi va uy ichkarisiga kirib kelishi bilan Meri avval yerga qaradi. Oyog'idagi qon yerga o'tgandi.

—Sera, nima bo'ldi?

Qiz bu safar, to'g'ri oshxonaga borib, titrayotgan qo'li bilan, suv ichdi.

Meri: Sera gapirasanmi?

Sera: Opajon, men hozir o'lib qolaman, men chidolmayman... Hayot nega bu qadar shavqatsiz, hamma narsa boshimga keladi.

Meri: Sera...

—Sera yo'q, uni o'ldirishdi, dilimni og'ritishdi tushunyapsizmi? Jungkook uylandi, hammani oldida sharmanda qilib uylandi, u ham yetmagandek, qallig'i bilan meni tanishtirdi.

Qiz, to'xtab, qo'lini ko'kragiga qo'yib, nafas olishga harakat qildi.

—Atrofga qarang... Hamma qizlarni kimdir xafa qilsa, otasini boshlab keladi, lekin menchi? Men Jungkookga suyanardim, lekin u ham yo'q. Menga yordam beradigan insonlar yo'q...

U birdan to'xtab qoldi, avval bir burchakka qaradi va yerga yiqilib hushini yo'qotdi.

Meri: Sera....

Meri, qizni xonaga olib kirib, asabiylashganidan, to'g'ri Jungkook oldiga bordi.

—Jungkook... Chiq tashqariga...

Yigit, oynadan Merini ko'rib, tashqariga chiqdi va Meri birdaniga yigitning yuziga tarsaki tushurdi.

—Nima qilyapsan?

Meri: Aslida sen nima qilding? Nega uni xafa qilding? Ahvoli qandayligini bilasanmi? Xiyonat qilmasliging kerak edi.

Jungkook: Aslida men xiyonat qilibmanmi? O'zi shunday qilmadimi?

Meri yanayam asabiylashdi:

—U seni har kuni derazadan ko'zini uzmay, qanday kutishini bilarmiding? Rashkingni keltirish uchun o'zini majburlab, Chan bilan gaplashishimi bilarmiding? Yo'q bularni bilmaysan. Seni o'ldi deyishganda, nechta erkakka rad javob berdi, buni faqat men bilaman. Lekin sen arzimagan bitta xatoni deb undan kechding.

Jungkook bu safar jim edi, hatto bir og'iz so'z aytolmasdi, lekin shunisi aniq edi, endi ortga yo'l yo'q!

Jungkook: Endi nima qilay o'zing ayt, hamma ishni boshlashga boshladim, lekin Sera...

—U seni sevadi, kelsang kechiradi, lekin hozir emas, hozir buni imkoni yo'q, menimcha bolalarni ham ko'rsatmaydi.

—Men, ajrashaman, aslida, bu shunchaki shartnoma holos, lekin uning ko'ziga qanday qarayman?

—Men bilmayman.

Meri ortga o'girilib, uyni tark etdi, lekin Jungkook o'sha joydan qimirlamay, bir necha daqiqaga qoldi.

—Ota, men ajrashaman, ertagayoq ajrashaman, men endi bunday yasholmayman, Serani sevaman.

Jeon, ham allaqachon hammasini tushunib, yetgandi, lekin endi u ham ortga yo'l yo'qligini bilardi.

—1 yil sabr qilasan, boshqa iloj yo'q. Lavoziming oshgan zahotiyoq, bemalol ajrashib, Serani olib kelaverasan.

....

Sera, ancha holsizlanib uyg'ondi va kechagi voqealarni eslab, yana yig'ladi, keyin qo'shni xonada bolalarning yig'isi eshtildi, o'sha zahotiyoq Sera anglab yetdi:

—Demak men , bolalarim uchun ham eng kuchli bo'lishim kerak.

Qiz oynaga qaradi va qoraygan ko'z tagini siladi:

—Endi yig'lamayman, uni eslamayman ham...

Sera, asta Milanni bag'riga bosdi va peshonasidan o'pdi:

—Qizim, huddi o'zimdek qaysarsan.

Meri: Onasidan o'tib qayerga ham borardi.

—Qo'rqdim...

Qiz, erkalanib gapirdi.

—Hoy menga erkalanib gapirma, eringga gapirasan.

Sera o'qrayib qaradi.

—Bilib turib gapiryapsiza?

Meri: Kecha oldiga bordim, u esa, ilk kechada kelinni yolg'iz qoldirib, men bilan gaplashgani chiqdi. Aytiki, majbur bo'libdi, atayin qilmagan ekan. Seni sevarkan.

Sera: Siz aytayotgan sevgi tugab bo'lgan, ortiq yo'limdan chiqmasim, o'zi qari chollardan nimani ham kutsa bo'lardi, men hali yosh qizman, tengimni topaman.

Meri: Ko'ramiz, o'sha qari chol shu gapingni eshitsa nima qilarkansan.

Meri qizning qulog'iga pichirladi:

—Milan va Isoldek yana 3 4 ta farzandli bo'lasan.

Sera: Sizni Jungkookga turmushga beraman, boringe

Sera, xonadan chiqib, yana deraza tomon qarab qoldi:

—Kechirmayman, endi yaxshi munosabatda ham bo'lmayman!

2 oydan so'ng...

Bu vaqt oralig'i Sera uchun o'ta darajada tinch va sokinlikda o'tdi. U o'zi aytganidek, umuman Jungkook bilan gaplashmadi ham, hatto uyga bolalarni ko'rgani kirgazmadi. Ahir kim ham, bunday voqeani tez unuta olardi?

Qiz, bolalarni o'z xonasiga ko'chirgandi va faqat o'zi qarardi. Isol va Milan ham 4 oylik bo'lgandi. Ular onalari aytayotgan gapni sal bo'lsa ham tushunardi.

Jungkook bugun, qo'rg'onga yashirincha kirib, huddi avvalgidek, deraza tomon harakatlandi. U 2 oy ichida, jinni bo'lay dedi, chunki Serani haddan ortiq sevardi va bu tuyg'u kundan kunga o'sib borardi. Sera esa, aynan Jungkookning shu tomonidan foydalanib, yaxshigina azobladi. (Buyam kam unga😒)

Qiz, bolalarni joyiga qo'yib, Jungkook 2 oy avval, to'yni to'xtatgan oqshom unga aytgan hamma gapni ertak qilib, bolalariga aytdi va so'ngida shu so'zlar bilan tugatdi.

—Va u qizni olib ketaman deb aldab, qorasini ko'rsatmadi.

Qiz gapni tugatarkan, ortidan Jungkook mahkam quchoqladi.

—Yigit, qizni hecham aldamapti, chunki qiz yigitni uyga kiritmapti.

Sera baqiray dedi, lekin bolalarni o'ylab jim qoldi.

—Teginmang menga.

Jungkook: Teginaman, xohlasam quchoqlayman.

Sera: Ha keling, boshqa narsa ham qiling, keyin ertasiga yana nimadir qilib tashlab ketasiz.

Jungkook: Bu safar ketmayman.

—Peshonamga ahmoq deb yozib qo'yibdimi?

—Yo'q, peshonang oppoq...

Qiz asabiylashib ketti:

—Bu xona bugun sizga, men boshqa xonada uxlayman, bolaga ham o'zingiz qaraysiz, keyin qaytib oldimga kelmang.

Jungkook: Kelmaymi?

—Umuman kelmang, sizni yomon ko'raman, sizdan ko'nglim qolgan, qaytib sizni sevmayman.

Jungkook: Unda qasam ichaman, qaytib oldingga kelmayman, seni men ham endi sevmayman, faqat bolalarimni ko'rib ketaman. Sen boshqa xonaga chiqib ket.

Jungkook jiddiy gapirdi, Sera esa, jahl qilib chiqib ketti.

6 oydan so'ng...

Jungkook bu majburiy turmushning, 8 chi oyini ham zo'rg'a o'tkazdi va doimgidek qiladigan ishi yana Seraning oldiga borish edi, chunki Sera, Jungkook bilan hali ham gaplashmasdi. Hatto bolalarni ko'rgani borsa ham, boshqa xonaga kirib olardi. Yigit har safar qizga, boshqa qaytib kelmayman deb ketsa ham, yana kelaverardi.

Bu safar ham, u Milanni bag'riga olib o'tirgandi, Sera esa, javondan kiyim qidirardi.

—Qizimni sochlarini o'zim tarab qo'yaman, taroqni ber Sera.

Qiz majburan taroqni uzatdi va Jungkook nima qilishini kuzatib turdi.

—Qizimni sochlari uzuuun, uni o'rib qo'yaman.

Sera: Yo'q, kechkipayt og'ritadi.

Jungkook: Men o'zim bag'rimda ko'tarib uxlataman, sen bor xonanga bizni ishga aralashma.

Jungkook doim, Milan bilan birga o'tirganda atrofdagilarni unutardi.

Qizaloq qiqirlab kulardi va kulgusi orasida ilk so'zini aytdi.

—Oyi...

Sera: Oyi dedimi?

Qiz hursand bo'lib, Milanni bag'riga bosdi va yig'lab yubordi:

—Meni qizim oyi dedi...

Jungkook: O'g'lim, sen qachon dada deysan?

Sera Milan bilan ovora edi, lekin Jungkook ortidan quchganda to'xtab qoldi:

—Senchi? Sen qachon meni ismim bilan chaqirasan? Sen bilan birga bo'lganimga 3 yil bo'ladi, lekin ismimni aytmagansan, doim General deysan... Qachon Jungkook deb mehrli ovozing bilan chaqirasan?

Qiz qotib qolgandi, chindan ham u faqat General deb murojat qilardi.

—Mayli, Nurim, yaxshi uxla, keyin ertaga tushdan keyin meni yana xizmatga yuborishyapti, kuzatgani kel xo'pmi?

Sera: Ertaga majlisim bor...

—Mayli unda 2 oydan so'ng ko'rishamiz...

Yigit chiqib ketarkan, Seraning ko'zi namlandi.

—Yana urushga ketadimi?

Qiz birozgina xafa bo'ldi, nima qilsa ham avallari Jungkookning urushga ketishi u uchun azob edi, hozir esa, oddiy hol bo'lib qolgan.

Meri: Sera kirsam maylimi?

Qiz Milanni joyiga qo'yib, Meriga tabassum qildi.

—Jungkook kelganiga hursandmisan?

Sera: e qayoqda, Milan oyi dedi. U dada emas, ilk so'zini oyi dedi tushunyapsizmi?

Meri: Sen uchun hursandman, lekin Jungkook ertaga ketadi, kuzatgani borasanmi?

Sera: Yo'q bormayman, lekin bolalarni yuborishim mumkin.

Meri: Bo'lmaydi, sen ham bor, hamma uning haqiqiy xotini kim ekanligini bilsin!

Sera: Eh opa, hamma shundoq ham biladi, lekin Janob Jeon meni ko'rsa g'azablanadi.

Meri: Seni u bilan nima ishing bor, Jungkook seni ko'rsa, urushdan albatta sog' omon qaytadi.

...

Erta tongdan turib, har xil kiyimlarni o'ziga moslayotgan qiz, ohiri oq ko'ylakda to'xtadi va kiyinib, birozgina pardoz qildi, keyin esa, qizi va o'g'lini kiyimini alishtirib, pastga tushdi. Buni ko'rgan Meri kuldi:

—Tushlikkacha hali ancha bor, lekin Sera xonim, erini sog'inib tezda kiyinib tushibdi...

Sera: Yo'q, unday emas, shoshilmay kiyindim, Jungkook bilan ko'rishgandan keyin, bolalarni shaharda aylantiraman, siz havotir olmang xo'pmi?

Meri: Men ham boraymi?

—Shartamas.

Tushlik bo'lishi bilan, Sera harbiy baza tomon bordi va Jeon qizni ko'rib indamadi, balki qizni kelini sifatida qabul qilmoqchidir.

Jungkook ularni uzoqdan ko'rib, qo'l silkidi va oldiga keldi:

—Kecha ishim bor deganding, baribir kelibsanda.

Sera: Bolalarni olib keldim holos boshqa narsa emas.

Yigit, Milan va Isolning yuzidan o'pib quchoqladi va ikkovini ham enagaga berdi, keyin esa, Seraning belidan ushlab o'ziga yaqinlashtirdi.

—Nima qilyapsiz, hamma qarab turibdi.

Jungkook: Ular ham sen kimniki ekanligingni bilsin.

Yigit labini qizning labi bilan birlashtirdi va Sera odamlar oldida jim turdi.

Jungkook: Birinchi bo'lib oldinga kelaman.

Sera: Mayli yaxshi yetib oling.

Qiz, ortga qarab bolalarni olib ketdi va pana joyga kelganda, yig'lab yubordi.

Isol Seraning bag'rida edi va bolakay kichkinagina qo'lchasi bilan onasi ko'z yoshini artdi.

—Dada...

Qiz yanayam yig'ladi.

—Dadang, hov anavi yerda ketyapti, unga hayr qilasanmi?

Sera, Isolni qo'lini Jungkookga qarab silkidi. Jungkook ham buni ko'rib ular tomonga qarab baqirdi.

—Nur, men qaytaman.

Sera mashinaga o'tirib, shahar markazi tomon yo'l oldi, ammo yo'lidan chiqqan mashina uni to'xtatib qo'ydi.

Sera: Hoy siz kimsiz?

Mashinadan tushgan yigit, qizni beso'roq mashinadan tushurdi.

Sera: Nima qilyapsan, esingni yeganmisan?

—Men bilan yuraqol.

Sera: Sen kimsanki, menga buyruq berasan.

Qiz baqirdi, lekin o'sha yigit Seraga tarsaki tushurdi.

—Generalga mashuqa bo'lib yuribsanku, menga ham shundayi kerak edi, ya'ni sendek ayol.

Sera: Sen nimalar deyapsan?

Mashinadagi bolalar yig'lashayotgan edi.

—Yuraqol, mashinada ishni bitiramiz, qiyin emas.

Yigit qizni sudrayotganda, ortdan kelgan o'q tovushi hammasini tugatdi, ya'ni o'sha yigitning oyog'iga tekkan o'q uni to'xtatdi.

Sera: Janob Jeon...

Jeon: Sen betarbiya, kelinimga nimalar qilyapsan?

U shunchalik, yigitni do'pposladiki, sog' joyi qolmadi, keyin esa, Seraga yuzlandi.

—Taniysanmi buni?

Sera: Y...yo'q tanimayman...

Jeon: O'g'lim ketgan oaytda ko'chaga chiqma, ular har qadamda seni taqib qiladi, keyingi safar qutqarolmay qolishim mumkin.

Sera: Xo'p janob.

Jeon: Bolalarni men bilan yubora olasanmi? Ya'ni buvisi ko'rsin.

Sera: Olib qo'ymaysizmi?

Qiz qo'rqib so'radi.

—Yo'q, kechkipayt yuboraman, havotir olma...

Sera : Rahmat.

Jeon indamay bolalarni ko'tarib, o'zini mashinasiga o'tkazdi va u qo'rg'on tomon ketdi.

Sera esa, yig'ladi:

—Men Jungkookning mashuqasi emasman, men uni sevganiman.

Meri, Sera kech qolgani uchun yo'liga chiqdi va uni bir ahvolda ko'rib, biroz qo'rqdi.

Meri: Nima bo'ldi.

Sera tabassum qildi:

—Qiziq emas, lekin Janob Jeon meni kelinim deb aytdi, u meni qutqarib qoldi, keyin bolalarni buvisinikiga yubordim.

Sera 1 oy mobaynida, muntazam bolalarni Jungkook uyiga jo'natib turardi va hattoki, kechkipayt ham bolalar ularnikida qolardi. Jungkookning oyisi juda yaxshi ayol edi, shuning uchun, Sera ular bilan yaxshi munosabatda edi. Lekin Jungkook birormarta ham xat yozmadi. Sera esa, uni kutaverib ohiri charchadi.

Isol va Milan, bemalol bo'lmasa ham narsalarni ushlab yura oladigan holga kelgandi va Isol tinmay dada deyaverib Serani ezib yubordi.

Qiz yana bir oyni kutish bilan o'tkazdi va aynan bugun, bolalarni yana Jeon xonim uyiga olib ketdi.

Sera: Yaqinda borishdiku yana olib ketasizmi?

J/x: Ularni sog'inaman bilasanku, keyin sen ham dam olasan.

Jeon xonim avval kelganda, biroz o'tirib keyin ketardi, lekin bugun rosa tez ketib qoldi.

Sera: g'alatimi bular?

Meri: Sera men ham bugun xizmatchilarga javob berdim, ular ham uylariga borib kelishlari kerak. Keyin meni ham ishim bor.

Sera: Yolg'iz qolamanmi?

Meri: Tashqarida qo'riqchilar bor.

Sera: Hm unda ketavering meni yolg'iz qoldirib.

Qiz yarim tungacha umuman uxlamadi, chunki bir o'zi qo'rqardi, keyin derazaga qush uruldi, Sera qo'rqqanidan chiroqni yoqib, yugurib eshik tomon bordi va eshik ochilib Jungkookga urulib ketdi.

Jungkook: Sera xonim, qayoqqa shoshasiz?

Sera: Siz... Nega aytmay xonamga kirasiz...

Jungkook: Nima boshqasini kutyotganmiding?

—Yarim tunda kimni kutaman tavba.

Jungkook: Huddi kecha ko'rishgandek, munosabatda bo'lasan, odam degan quchoqlab sog'indim deb yig'lamaydimi?

—Men unday qilmayman.

Jungkook: Hali ham xafasana?

Sera: Balki.

Jungkook: Kel bugun xafa bo'lmay tur, ertaga bo'lasan.

Sera: Nega?

—Mana shunga.

Yigit, qizni tezda bag'riga bosib yotoqqa itardi.

—Hoy...

Jungkook: Seni zo'rlayman. Bugun senga quloq solmayman.

Bu safar, qizning labini o'ziniki bilan birlashtirdi, Sera biroz qarshilik qildi, lekin u ham Jungkookga qo'shildi.

Jungkook: Juda sog'inibsan sezdim.

Jungkook ko'ylak ichiga qo'lini kirgazib, qizning *ko'kragini ozgina siqdi, lekin qiz oddiy narsaga ham baqirdi.

—Ayy Jungkook qo'lingizni oling, og'riyapti.

Jungkook: Yana bir marta Jungkook de.

Sera: Jungkook, Jungkook iltimos qilaman, unday qilmang.

Qiz yig'lab yubordi, keyin Jungkook to'xtadi.

—Hoy yig'lama, bugungi ishni ertaga qoldiramiz, bo'ldi baqirma

Yigit, yotoq chetiga o'tirdi va deraza tomonga qarab xayol surdi, keyin esa, Sera yigitning bag'riga sekingina o'rnashdi.

Sera: Jungkook...

Qiz past gapirdi.

—Hm..

—Sizni sog'indim..

Yigit qizning sochidan silab o'pib qo'ydi.

—Men ham seni judayam sog'indim. Seni, Milanni, Isolni... Lekin hammadan ham ko'p o'g'limni sog'indim, o'sha kuni ketayotganimda qo'l silkiganini ko'rib g'alati bo'ldim.

Sera boshini ko'tardi.

—Ha Isol, 2 oydan beri, dada dada deb jinni qilay dedi, bir so'zni o'rganib olgan qaytaraveradi. Sizni sog'ingan. Keyin otangizni ham dada deb ortidan yuradi, hatto otangiz qo'lidan tushurmay ko'tarib yuradi. Erkalasam yuzimdan o'pib tashlaydi. Singlisini doim sudrab yuradi.

Jungkook kuldi:

—Huddi o'zimdek, lekin men hozir ketgim kelyapti, o'g'limni ko'raman. Milanni ham sog'indim.

Sera: Hoy ertaga borasiz.

Jungkookning ko'zi yoshlangan edi.

Sera: Yig'layapsizmi?

Jungkook: Eng ko'p Isolni dada deyishini kutgandim. Milanimni ham quchoqlagim keldi.

Sera: Ertaga birinchi bo'lib uyingizga boramiz.

Erta tongdan Jungkook Serani uyg'otdi.

—Sera turaqol, uyga boramiz.

Sera: Nega?

—Bugun anavi xotinim bilan ajrashaman, keyin bazm bo'ladi.

Sera: Men borishim shartmi Jungkook.

Jungkook: Sera bolalarga sendan yaxshi qaraydigan odam yo'q.

Sera: Xo'p hozir.

Qiz kiyinib pastga tushdi, keyin Jungkook bilan qo'rg'onga yo'l oldi.

—Hozir, Isol oldimga yugurib chiqadi.

Sera: Yugurolmaydi, u sekin yuradi, keyin tirmashib chiqishni o'rganman va hozircha 3 ta so'zni qo'shib ayta oladi.

Jungkook: Sen nega gapirishni o'rgatmayapsan?

Sera: Siz o'rgatasiz.

Ular qo'rg'onning old tomoniga kelib to'xtashdi, lekin Jungkook mashinadan tushmasidan old o'rindiqqa Jeon o'tirdi.

—Jungkook, tezda lagerga borib kelamiz, Sera qizim sen kirib turaver.

Jungkook: Lekin dada, men o'g'limni ko'rishim kerak.

Jeon: Ha u seni dada dada deb yurgandi, keyin ko'rishasan, yuraqol o'g'lim.

Ular uydan chiqib ketishdi, Sera esa, uyga kirdi

Jungkook 2 soat o'sha yerda qolib ketdi. Bazm bog'da bo'layotgani uchun, hamma bog'da edi va Jungkook kelishiga yaqin Sera chalg'ib mehmonlar bilan birga bir o'zi uyga kirib ketdi.

Isol va Milan bog'da o'ynayotgan edi. Keyin Milan sharsharasi bor hovuz tomon harakatlanib kichkina barmoqchasi bilan akasiga hovuz ichiga bezak uchun tashlangan tangani ko'rsatdi. Ular egizak bo'lgani uchun bir birini tushunardi.

Keyin Isol tirmashib tangaga qo'lini uzatdi va muzdek hovuzning tubiga tushib ketdi.

....

Sera: Bolalar qayerda edi.

Bu orada Jungkook ham uyga kirdi va ko'zi Isol va Milanni qidirardi.

—Sera bolalar qayerda?

Sera: Ana Milan keldi, undan so'raymiz.

Qiz Milanning oldiga bordi.

—Aka qayerda qizim?

Milan bog' tomonni ko'rsatib 3 so'zni takrorlardi.

—Tanga, suv, gul...

Janob Jeon shubxalanib o'ylan qoldi va birdan baqirdi.

—Jin ursin, hovuz bor...

Jungkook: Yo'q unday emasdir.

Yigit yugurib bog' tomonga ketdi va hamma shok holatida edi, Sera esa, hech narsaga tushunmasdi.

—Nimalar bo'lyapti?

Tahminan 10 daqiqadan so'ng, Jungkookning baqirig'i hamma joyni larzaga soldi va hamma tashqariga chiqdi va ularninh ham ko'zlarida yosh paydo bo'ldi.

Sera hammadan kech u yerga borib, bazo'r old tomonga o'tdi va Jungkook tiz cho'kib turgan tomonga qarab qotib qoldi.

Sera: Bu hazil shundaymi? Isol emasa?

Qiz yerga o'tirib, qattiq baqirdi:

—Yo'q unday emas, unga hech narsa qilmagan. Yo'q...

Jungkook: O'g'lim, nega unday qilding? Tur qani turaqol, turib meni quchoqlab dada keldingizmi de... Nega yotib olgansan Isol turaqol... Tur...

Jungkookning gaplari odamlarning yuragini battardan ezardi, Sera esa, bir necha daqiqa ichida adoyi tamom bo'ldi.

—Dada, ayting u uyg'onsin, meni bag'riga bossin ahir uni ko'rishni qancha kutganman...

Janob Jeon ham yurak tomonini ushlab yerga o'tirib qoldi va hammasi tugadi... Na navqiron Jungkookdan asar qoldi, na uning Nuri Seradan...

....

2 yildan so'ng, qabriston eshigidan chiqayotgan Jungkook eshikka suyangancha yig'ladi.

—Bir kunda hammadan ayrildim, Otam, onam, jonimdan parcha o'g'lim va Nurimdan...

Yigit og'ir ho'rsinib uyiga bordi va eski sur'atni bag'riga bosdi.

—Bugun butun mamlakatning eng katta Generali bo'ldim, lekin yonimda hech kim yo'q....

.
.
.
15-qism tugadi.