November 27, 2024

I'm just a girl (i see the love with your eyes❀️)

14-qism

Suga: XO'SH GAPIR.

S: n..nima...

Suga Seraning bu gapidan keyin sabiylashib ketti va baqirib, o'shqirdi orada Seraning oldida turgan guldonni devorga otishga ham ulgurdi.

Suga: HECH QACHON, HECH QACHON MEN BIR GAPNI IKKI MARTA TAKRORLAMAYMAN. TUSHUNYAPSANMI SEN? BU QANDAY JUR'AT BO'LDI SERA XONIM. MENI RUXSATIMSIZ UYDAN CHIQMAYSAN DEGANMIDIM, XATTOKI JISOO HAM MENGA QARSHI CHIQMAGAN, SEN KIMSANKI MENGA QARSHI CHIQIB, GAPLARIMNI BIR TIYINGA OLMAYSAN.

Deb Suga endi kamarini olayotganda, Sera ham Sugaga baqirdi, bu safar har doimgidek sizlab emas sensirab baqirdi.

S: SENNN. MEN SENGA NIMA CHO'RIMIDIM, UYGA QAMAB QO'YADIGAN DARAJADA. MEN XOTININGMAN, JISOOGA O'XSHAB MASHUQANG EMAS. ENDI JISOOGA KELADIGAN BO'LSAK, MEN U EMASMAN SENI HAMMA GAPINGA KO'NIB KETADIGAN. MENGA BUNDAY QILOLMAYSAN, JISOODAN OL ALAMINGNI.

Suga, Seradan bunday gap kutmagandi va Seraga tegmay butun xonani ag'dar to'ntar qilib tashladi va yerda yig'lab o'tirgan Seraga qarab:

Suga: qoyil senga, hali hech kim menga baqirish tugul, qarorlarimga qarshi chiqmagandi, 5 daqiqa meni kut, hozir kelaman.

Deb xonani tark etti va Tae yugurgancha xonaga kirdi.

Tae: Xoy, Sera yaxshimisan, senga hech narsa qilmadimi?

S: U menga bunday qilolmaydi...

Deb qattiq yig'lab yerdagi shisha siniqlarini mahkam siqib baqirmaslikka harakat qildi. Buni Tae sezmadi va 5 daqiqa o'tmay xonaga Suga kirdi. U seraning qo'llaridan mahkam ushlab, sudrab pastga olib tushayotganda, Tae unga qarshilik qildi:

Tae: Suga bo'ldiqil, u bunday narsalarga o'rganmagan, Suga iltimoss gaplashib olaylik.

Suga: Yo'limdan qocchhh!

Tae hozir Suga nima qilishini juda yaxshi bilardi.

Suga Serani sudrab tashqariga olib chiqdi va qator turgan qo'riqchilarni unga ko'rsata boshladi.

Suga: birinchidagi ichkari uydagi eshikni qo'riqlaydi.

Deb, to'pponchasini olib uni peshonasidan otti.

Suga: ikkichidagi esa hovlini

U qo'riqchini avval oyog'iga keyin peshonasiga o'q uzdi

Suga: uchinchidagi, eshikni qo'riqlaydi

Deb uni ham vaxshiylarcha otib tashladi.

Sera esa har o'q otilganda chinqirab baqirardi. Sugaga bunday qilmasligini, endi hech qachon uydan tashqariga chiqmasligini takror aytgancha yig'lardi. Bu holatni ko'rgan Tae ham Sugaga iltimos qilardi.

Suga: Endi kech, qani bu yerda ham menga qarshi chiq! To'xtat meni! Seni ular chiqarib yuborishgan, ular jazolarini olishdi.

Suga Serani sudrab yana xonaga olib kirdi, u o'zini butunlay boshqa xonada ko'rdi, qo'llari juda ham og'rirdi va undan sizib chiqqan issiq qon yerga to'kila boshladi. Sera umri davomida bunchalik ko'p qon yo'qotmagan. U bu holatni ko'rib, bor kuchi bilan baqirdi.

......

Tae: esing joyidami seni? U seni Jisoo bilan kiyim do'konida ko'rdi. Unga nega ishim ko'p deb aytding. Sendan xafa bo'ldi.

Suga: nima bo'lganda ham uydan chiqmasligi kerak edi, o'ziga o'zi qildi.

Tae: U senga Jisoo emas, uni qanchalar nimjon ekanligini ko'rmadingmi?

.....

Ikki do'st suhbatini tepadan kelgan ovoz to'xtatdi va

Suga: S..Sera, u baqirdi

Deb tepaga yugurib chiqib ketti. Xonada esa Sera qo'llarini ushlagancha yig'lardi.

Suga xonaga kirib, uning qonga botgan qo'llarini ko'rib qo'rqib ketti.

Suga: Bo'ldi, bo'ldi yig'lama hozir bog'lab qo'yaman.

Deb xonadagi dori qutini ochib, avval Seraning qo'lini tozzaladi, keyin esa spirt surtib boylab qo'ydi. Sera spirt surkalganda, og'riqqa chidolmay baqirib yig'lardi...

Suga ishini bitirgach, Serani yotoqqa qo'yib xonani tark etti.

.

.

.

14-qism tugadi.