May 1, 2025

Unutilgan yulduzim...

Kanal | mufficc
Avtor | Sera

Har kimning qalbida bir bor porlab so‘ng so‘ngib ketgan yulduzi bor...

15-qism(FINAL)

.

Uning ortidan bir qiz kelib qo'lidan quchdi... Jungkook Serani ko'rdi, ammo indamay ketdi. Sera esa qornini ushlagancha ortidan qarab qoldi.

—Shunchalik osonmidi? Meni unutish shunchalik osonmi?

Qiz, pala partish nafas olarkan, yig'lagancha uyiga ketdi.

Sera: Dadaa

Uning ovozi butun uyni tutdi.

Taehyung pastga tushib, qiziga yuzlandi.

Sera: Uni o'ldiring dada, men chidolmayman, u boshqalar bilan bemalol yurganda, siz nega unga indamaysiz?

Tae/POV:

—men uni o'ldirmasam ham o'lishi aniqku Sera, nega tushunmaysan shuni...

U qizini bag'riga oldi.

—Men chidolmayapman dada.

Ular turgan xonaga Jimin kirdi va Seraning oldiga o'tirdi.

—Sera yaxshimisan?

Qiz, jahl bilan unga yuzlandi.

—Yaxshi yoki yomonligim seni muammoyingmi?

Jimin: Nega sensirayapsan? Men senga hali hech narsa demadim.

—Deyishing shart emas, o'sha kuni uyimga bormaganingda, hech qanday muammo chiqmasdi, sen atayin borgansan...

Tae: Sera o'zingni bos...

Sera: Yo'q bosmayman, Jimin ketsin, yo'qsa men uydan ketaman.

Taehyungning baqirig'i uyni tutdi.

—O'zingga kel dedim senga...

Sera: Jungkook men uddalay olmaganman...

Qiz, yig'idan to'xtab gapirdi.

—Men hech narsani uddalay olmaganman... Na otamni ishini davom ettira oldim, na senga munosib rafiqa bo'ldim... Endi bitta bolani ham eplab tug'ib ham berolmadim...

Bu gaplarni eshitgan Jungkookning butun tanasi titradi.

—Nega unday deysan? Sen eng yaxshi rafiqa, eng yaxshi qiz va hatto ona bo'la olasan...

Qiz, og'riqdan nima deyayotganini anglay olmasdi...

Ular shifoxonaga yetib kelishdi va doktorlar Serani ko'rib qo'yishdi.

—Jiddiy narsa yo'q... Shunchaki ko'p harakat qilgansiz...

Sera yaxshi ekanligini eshitgan Jungkookning ahvoli yaxshilandi va yana jiddiy holiga qaytdi.

—Men kettim otangni chaqiraman...

Qiz, yigitni qo'lidan tutib to'xtatdi.

—Lekin...

Jungkook ortga o'girilib yana joyiga o'tirdi va Sera uning qo'lini qorniga qo'ydi.

—Otam meni Jimin bilan turmush qurishga majburlayapti, shunda ham uni chaqirmoqchimisan?

Tabiiyki qiz aldadi, chunki shunday desa Jungkook unga qaytadi deb o'yladi.

Jungkook: Yaxshi, unda uni aytganini qilganing maqul.

Qiz, qotib qoldi.

—Demak, rashk qilmading shundaymi?

Jungkook: Yo'q, nega rashk qilishim kerak, ahir sen bilan ajrashyapmiz...

Qiz, hech ikkilanmay, uning yuziga tarsaki tushurdi va yog'i aralash gapirdi.

—Umrim davomida, sendek va'daboz insonni uchratmadim... Sen yolg'onchi va hiyonatkor erkaksan Jungkook... Seni yomon ko'raman... Endi bu yerdan yo'qol va qaytib seni ko'rmay...

Qiz, Jungkook ketganidan so'ng, yopinchiqni siqimlab, rosa yig'ladi.

—Sevgan men, lekin hech sevilmadim... Ko'z o'ngimda u boshqasi bilan bemalol yuradi, men esa hech narsa qila olmayman... Lekin hech bo'lmaganda, sababini aytsa bo'lardiku...

Qiz, hech tushunolmasdi, qanday sabab bo'ldiki, Jungkook undan ossonlikcha voz kechdi.

.......

*1 oy oldin, Jungkook va Taehyung suhbati*

Jungkook: Janob, siz bilan muhim masalada gaplashib olishimiz kerak ...

Taehyung: Mayli, qulog'im senda...

Yigit, biroz o'ylanib, turdida jilmaydi:

—Bu gapim, sizga g'alati tuyulishi mumkin, lekin nima qilay, taqdir ekan, qarshi chiqib bo'lmaydi.

Yigitning, sirli gapiga tushunmagan Taehyung navbatdagi so'zini kutdi.

—Bir necha oylardan beri, ertalablari, boshimda og'riq bilan uyg'onardim, bora bora bu og'riq kuchaydi va men shifokor ko'rigiga bordim... Ularni aytishi bo'yicha, Miyyamda o'simta bor emish...

Taehyung: Davolanasanmi?

Jungkook biroz sukut saqlab, ko'ziga qalqigan yoshni artdi.

—Davolanish deysizmi? Yoshim va o'simta holatiga qaraydigan bo'lsak, bu imkonsiz...

Tae: Ya'ni?

—Ya'ni men o'laman... Tirik qolish ko'rsatkichim juda past...

Taehyung Jungkookning holatini ko'rib, chinakamiga afsuslandi.

—Yo'q, bunday bo'lishi mumkin emas, men shifokorlar bilan gaplashaman, kerak bo'lsa boshqa mamlakatdan topamiz... Ahir qizim sensiz yasholmaydi...

—Shuning uchun ham siz bilan gaplashishim kerak edi... Iltimos qilaman Serani olib keting...

—O'zing ham bilasan, Sera yur desam ketadigan qizlardan emas...

Jungkook: Men o'zim hal qilaman, lekin siz olib ketsangiz bo'ldi...

Taehyung: Sen shubha qilma, Sera kasalligingni eshitsa seni tark etmaydi, sen bilan birga bo'ladi, ahir umring so'ngini u bilan o'tkazish o'rniga undan uzoqlashasanmi?

Jungkook qo'lini musht qilib tugdi.

—Hech shubham yo'q... Lekin o'zingiz bir o'ylab ko'ring, kimnidir, sevib azoblanib o'tgandan, nafratlangan yaxshi emasmi? U azoblanadi... Shuning uchun ham, u o'lganimni bilmasligi kerak....

....

Hozirgi payt.

Qiz palatada yotarkan, oldiga otasi keldi va sochidan siladi.

—Sendan havotir oldim

—Lekin ortimdan chiqmadingiz... Meni yomon ko'rasizlar shundaymi?

Taehyung: Nega unday deysan malikam...

—Ota, Jungkook meni sevmay qo'ydi va hatto rashk ham qilmayapti. Men uchun bundan ortiq azob bormi?

Yigit, qizining gaplarini eshitib yig'idan o'zini zo'rg'a tiydi.

Tae/POV:

—Eh qizim, sen Jungkookning dardini bilganingda, undan nafratlanmasding, ahir u ham sendek qiynalayotgandir...

Sera: Ajrim tugashi bilan ketamiz shundaymi?

Taehyung: Ketamiz...

Sera: Lekin u bolasini xohlamaydimi?

Taehyung: Boladan voz kechganligi haqidagi hujjatni imzolaydi.

Ertasi kuni ular, uyga qaytishdi va Sera xonasida edi.

Jimin u turgan xona eshigini taqqilatdi.

—Kirsam maylimi?

—Mayli kiravering...

Qizning past lekin siniq ovozini eshitgan Jimin ichkariga kirib, Seraning qarshisiga o'tirdi.

—Nima mendan xafamisan?

Sera, mayus tabassum qildi.

—Yo'q, aslida men sizni xafa qildim chog'i...

Jimin jilmayib, qizning qo'lidan tutdi.

—Sera, seni majburlamayman, lekin ajrimdan keyin, menga turmushga chiqasanmi? Bolangni ham o'z bolamdek ko'raman... To'g'ri ko'p xato qildim, lekin hammasi seni sevganim uchun edi...

Qiz, Jiminga jahl ham qilmadi.

—Bunga shubham yo'q... Lekin bunday qilolmayman... To'g'ri Jungkook menga hiyonat qilishi yoki ajrashishi mumkun, lekin men undan kecholmayman... Nafratlanolmayman ham... Siz ham qarshingizdagi xotiningiz, boshqasini bir umr sevib yashashiga ko'nikolmaysiz, shunday ekan, boshqa bir o'zingizga munosib birini toping va baxtli bo'ling... Sizga va Jungkookga eng go'zal baxt tilayman....

Jimin: Seni tushunaman... Mayli unda yaxshi qol...

Yigit xonani tark etarkan, qiz ortidan yig'lab qoldi...

—Meni suyganlarda ko'mglim yo'q, lekin bir bevafoni unutolmayman...

...

~"Sevgilim... Sevging, qalbimni otash misoli yoqdiki, sevging taftidan butun tanam gulhandek yondi... Men sevgingla, huddiki qahraton qishdan omon qola olgan, nimjon bir qushchadekman... Endi sevging bilan qalbimni shunchalik muzlatdingki, men bemalol, otash misol yonayotgan sahroni kesib o'ta olyapman..."~

Sud zali... Hamma sudyaning hukmini tinglardi.

—Demak, Janob Jeon va Jeon xonim, qaroringiz qat'iymi?

Qizdan avval Jungkook gapirdi.

—Ha biz ajrashamiz va Sera bilan mol mulk masalasida gaplashib olganmiz...

Qiz jim turardi.

—Lekin xonim xomilador, bola...

Jungkook yana gapni bo'ldi.

—Bola onasida qolishga roziman.

10 daqiqadan so'ng...

—Jeon Jungkook va Jeon Sera, sizlar bugundan rasmiy er xotinlik nikohingiz bekor qilindi...

Qiz, zaldan chiqib yo'lak boshiga kelarkan, Jungkook uni to'xtatdi.

—Kim Sera...

Qiz ortga o'girildi.

—Ozodlik muborak Kim Sera...

TAMOM.

Jungkook tilidan:

—Ba'zi hikoyalarining xotimasi, boshlanishidanoq ayon bo'ladi... Bir necha yillar avval, men uchun porlab turgan yulduzimni unutdim... Qalbim ham, aqlim ham unutdi... Keyin esa, unga Unutilgan yulduzim deb nom berdim... Har kimning qalbida, avval porlab, keyin esa so'ngib ketgan yulduzi bor...

*(Jungkook o'limini yozmadim, o'zim siqilib qolaman...)