November 22, 2024

I'm just a girl(i see the love with your eyes

3-qism

Sera mashina derazasidan shahar tomon qarab ketarkan, kechadan beri qo'pol munosabatda bo'lgan Suganing ham kimgadir yaxshi munosabatda bo'lishi haqida o'ylab ketardi. U yana bir narsani o'yladi.

S: agar hozir, men uni uyiga borsam Jisoo rashk qilib urushmasmikan?

Seraning ichidagi gaplar o'ngida namoyon bo'ldi.

S: Sevganingiz rashk qilmaydimi, sizni men bilan ko'rsa?

Suga: yo'q qilmaydi, chunki uni sevishimni biladi.

S: unda yaxshi

Ular Suganing oppoq rangdagi, hashamatli uyiga kirisharkan, Sera hayron qolardi, chunki u bunday hashamatli uyni hecham ko'rmagandi. Suganing uyi shahardan birozgina uzoqda joylashgan edi, kamida 15 daqiqalik yo'l.

Suga uyining ichkarisiga kirarkan bir nechta xizmatkorlar va qo'riqchilar qirollarga tazim qilgandek tazim qilib kutib olishdi.

Ular kelganidan 5 daqiqa o'tib, bo'yi o'rtacha, sochi qora, chiroyli bir qiz uyga kirib keldi va xizmatkorlar u qizga ham egilib salom berishdi. U qiz Jisoo edi.

J: Salom azizim, meni chaqirgandingiz. Haa aytgancha oldingizdagi qiz kim?

Suga: Seni shu sababdan chaqirgandim o'zi, bu qizni kecha Kan Minning qo'lidan qutqarib qoldim, bu qizga biroz yordaming kerak.

J: Ha tushunarli, lekin men qanday yordam bera olaman.

Suga: Oddiy, kiyimlar olib kelasan va uyimdagi xonalardan biriga joylashtirasan.

Suga Jisoo ga shunday dedida ishi chiqib qolib, uyni tark etti.

Jisoo Seraga qarab turarkan ichida o'ylardi.

J: Qiziq, nega Suga bu qizga yordam berdi, u hech kimga yordam bermasdiku.

Keyin Jisoo Seraga savol berdi. Yoshgina qizga o'xshaysan yoshing nechida?

S: 18

J: ha yosh ekansan unda.

Ular tepa qavatdagi kattagina xonaga Serani joylashtirishdi va Jisoo Seraga anchagina ko'ylak olib kelib berdi.

Ular hattoki Seraning ismini ham so'rab o'tirishmadi, Sera ham so'rashmagani uchun ismini aytmadi.

Jisoo esa ich ichidan Sugani rashk qilardi va o'zini bu gaplar bilan ovutardi.

J: sen kimsanu, u qiz kim. Axir u qiz oddiy oilaning farzandi.

Jisooning ko'rinishi uni qanchalik kibrli va tannoz ekanligini ko'rsatardi. Sera esa tabiiy go'zal, oqko'ngil va beg'ubor qiz.

Aslida ham, ular bir biridan shu jihatlar orqali ajralib turishardi.

Suga allamahal bo'lganda uyiga yetib keldi va uyiga kirib birinchi so'ragan savoli,

S: boyagi qiz qaysi xonaga joylashdi

X: 3 qavatdagi mehmonlar xonasiga, janob.

S: mayli men xonamga kettim

Seraning xonasi Suganing xonasiga qarama qarshi joylashgan edi.

....

Erta tong, quyosh nurlari huddiki uyg'on endi deyayotgandek Seraning oppoq yuziga tushib turardi, Sera esa bazo'r ko'zini ochib, yuvinib, kiyinib chiqdi. 5 daqiqadan so'ng xizmatkor eshikni taqqilatib, nonushtaga tushish kerakligini eslatdi. Sera esa pastki qavatga tushdi. U yerda Suga va Jisoo nonushta qilishayotgan edi. Suga stolning to'risida, chap tarafdagi tomonida esa Jisoo o'tirardi.

S: Hayrli tong!

Suga: Hayrli, bu yerga o'tir

Deb o'ng tomondagi stolni ko'rsatdi.

Jisoo ichi qoraligidan, Seraning boshidan o'tgan voqealarni surushtirib ham o'tirmadi va biroz rashk qildi shekilli.

J: azizim, menimcha to'yimiz haqida ham gaplashib olishimiz kerak.

Suganing bu gapdan jahli chiqqani aniqligi yuzidan sezilardi va Jisooga qarab gap boshladi...

.

.

.

3-qism tugadi