November 19, 2024

FateπŸ’ž (maybe in another world)

29-qism FINAL!

YN hammasini hal qildi endi 10 daqiqaga Min U ni chalg'itishi kerak. U xonada u yoqdan bu yoqqa aylanarkan, o'ziga o'zi gapirardi.

Yn: bo'laqol Yn biron narsa o'yla endi.

U shunchalik sarosimaga tushgandiki. Xayollarida, hozir Min U kiradi va unga nimadir qiladi. U birdan baqirib yig'lay boshladi.

Yn: agar menga nimadir qilsa Jk ni oldida kim degan odam bo'laman. U keyin meni sevmay qoladi.

Birdan kimdir eshikni ochishga harakat qildi.

MU: och eshikni nega qulflab olding

Yn xonaga kirgandan keyin eshikni qulflab olgan edi. U nima qilishni bilmay qoldi, chunki 10 daqiqaga yetib boradi yo'qmi bilib bo'lmasdi. Min U ning birgina harakati bilan eshik qulflari buzulib ketti va Min U vaxshiylarcha xonaga bostirib kirdi va Yn ga yaqinlasha boshladi.

Yn: NNNNNIMA QQQILYAPSIZ, IIIILTIMOS MMMENGA TEGINMANG

MU: TSHSH QANI KELCHI OLDIMGA

deb Yn ga yaqinlasha boshladi. Ular orasida deyarli hech qancha masofa qolmadi. Demak, Yn tushundiki 10 daqiqa tugul 1 daqiqa ham uni chalg'ita olmaydi. Yn birdan oldidagi vazani olib Min Uning boshiga urdi. U o'zini yo'qotib qo'ydi va Yn balkonga chiqib balkon eshigini qulflab oldi. Min U kuchli odamligi uchun o'zini tez tiklab oldi va eshikni ochishga harakat qildi. Bu holatni Jk pastdan qarab turarkan. Ichida dunyolar qulagandek edi go'yo.

Tasavvur qiling sevgan odamingiz sizni ko'z oldingizda qiynalsa azoblansa.

Jk tinmay tipirchilab baqirardi.

Jk: SENI ISHING MEN BILAN NOMARD, SEN HAM ERKAKMISAN. QO'YIB YUBOR UNI. UNGA TEGINMA. QASAM ICHAMAN SENI SHUNCHALIK AZOBLAB O'LDIRAYKI TUG'ULGANINGA PUSHAYMON BO'LASAN.

YN nima qilishni bilmay oynali uchlagichning u yog'iga o'tib Jk ga qarab turardi.

Jk: YN YN UNDAY QILMA ESHITYAPSANMI UNDAY QILMAAAAAA

Yn endi kech degandek, Jk ga mo'ltillab qarab turar. Uning nigohlari huddi meni qutqar degandek bo'lar edi.

Min U eshikni buzib tashqariga chiqishi bilan. Yn o'zini balkondan yerga tashladi.

Bu holatni ko'rgan Jk ning ko'ziga hech narsa ko'rinmay, shunchalik zarb bilan qo'riqchilar qo'lidan chiqdiki, ular bu holdan hayratda edi. Oradan 2 daqiqa o'tmay maydonda otishma boshlanib ketti va Min U ning qo'riachilari hammasi o'ldi.

Jk esa Yn ni mahkam quchib yig'lardi.

Jk: Iltimos Yn chida, o'lma iltimos sensiz men nima qilaman

Jk yn ni mahkam quchoqlab bog' tomondan yurarkan. Yn bor kuchini jamlab Jk ga gapirdi.

Yn: Jungkook, bilasizmi iforiz boshqacha

U shu so'ngi so'zini bazo'r gapirdida birdan Jk ni mahkam quchoqlab olgan qo'llar pasga tushdi. Jkning tanasi bu holatdan muzlab qoldi va unga bu dunyo shu daqiqadayoq tugagandek bo'ldi.

5 kundan so'ng

Jk qop qorong'u xonada jonsiz murdadek o'tirarkan Yn ning daftariga ko'zi tushdi. U daftarni qo'liga olarkan, qo'llari titrardi, ko'zlaridan duv duv yosh to'kilardi. U bir misrani o'qib baqirib yig'ladi.

" Bilasizmi Jungkook, kun kelib sizni tark etadigan bo'lsam, ishoning, bu meni o'z hohishim bilan bo'lmaydi"

Jk: KOSHKIYDI YN SENI ODDIY INSON BO'LGAN HOLIMDA UCHRATSAYDIM. KOSHKI SENI QO'YIB YUBORSAYDIM. MAYLIYDI MENI TASHLAB KETIB YASHAGANINGDA. MENGA IFORING BOSHQACHA DERDING. ASLIDA SEN BOSHQACHAYDING YN. SENI BUTUN QALBIM BILAN SEVARDIM ISHON. SEN MENGA BERILGA ENG QISQA VA BIR UMRLI BAXTIMSAN. SENGA VA'DA BERAMAN BU DUNYODA BO'LMASA NARIGI DUNYODA SEN BILAN BIRGA BO'LAMIZ. KICHKINTOYIM

Jk shunchalik azob ichida qolgandiki, bu azob u uchun endi bir umrlik azob edi.

Oradan besh yil o'tdi. Jk o'sha kundan beri bir bora ham kulmadi. Har hafta Yn ning qabriga borib hamma dardlarini aytib yig'lab kelardi. Gohida sohilga borib Yn bilan birga bo'lgan paytlardagi xotiralarni eslardi.

U sohilda aylanib yurarkan birdan bir qizchaga urulib ketti. Qizcha

Q: kechirasiz janob

Qizcha shunchalik chiroyli ediki uning sochlari huddi Yn ning sochlaridek to'lqinsimon edi.

Jk yerga o'tirib qizchadan so'radi.

Jk: isming nima seni?

Q: ismim Yn janob

Jk qizchaning ismini eshitarkan ko'zlariga yosh to'ldi, qalbining tub tubida paydo bo'lgan yarasi yana tirnalganday bo'ldi. U biroz yerda o'tirarkan, bazor o'rnidan turib uyiga qaytdi. U uyda uni ortiq hech kim kutib olmaydi. Hech kim unga sevishini bot bot takrorlamaydi, erkalik qilmaydi.

U umri davomida boshqa hech kimni sevmadi va imkon ham bermadi. U Yn ni g'oyibdan sevardi u endi qaytib kelmasligini bilsa ham doim unga nonushta tayyorlar, ishdan qaytganida esa tayyorlagan nonushtasini yig'ib qo'yardi. U butun vujudi bilan Yn ni sevgandi va yana sevishda davom etti.

Hikoyamiz shu yerda nihoyasiga yetdi. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

MUALLIFDAN:

BIRI KAM DUNYO DEB SHUNGA AYTISHARKAN. KIMNIDIR PULI BOR BAXTI YO'Q. KIMLARDIR SEVGAN INSONI BILAN 1 DAQIQA VAQT O'TKAZISH UCHUN BORINI BERISHGA TAYYOR. KIM BILANDIR O'TKAZGAN OZ MUDDATLI VAQTIMIZ, BIR UMRGA TATIGULIK BO'LADI. SHUNING UCHUN FAQATGINA SEVISHNING O'ZI KIFOYA QILMAYDI.

AYTISHARKAN. KIM BILANDIR O'TKAZGAN OZ MUDDATLI VAQTIMIZ, BIR UMRGA TATIGULIK BO'LADI.