July 15, 2025

Sukutdagi faryod Ep 6

Men tanlanmadim..... faqat qurbon boʻldim

Jk : ortimdan yur

Xesu xoʻp deb Jkni ortidan yurdi Jk xonasini eshigini tagida toʻxtadi. Birdan Jk toʻxtab qolgani uchun qiz hayron boʻlib qarab qoldi

Jk : ichkariga kir

Xesu : nimaga

Jk : men kir dedim gap tamom

Xesu boshqa hech narsa deya olmay ichkariga kirdi keyin ortidan Jk kirib eshikni yopdi va oʻzi borib yotoqni bir tomoniga oʻtirdi va qizga ham kel degandek qaradi Xesu biroz oʻylanib turdi lekin Jkni oʻtkir nigohlari qizni qoʻrqitib hech narsa demasdan Jk aytgandek yoniga oʻtirdi. Jk biroz qizga termulib qoldi va chuqur nafas olib gap boshladi

Jk : xoʻsh choʻzib oʻtirmayman ochiqchasiga aytaman diqqat bilan eshit

Xesu : xoʻp

Jk : 1 - dan men senga qizim uchun uylandim undan boshqa narsa emas mendan boshqa narsa kutma
2 - dan bironta erkak senga yaqinlashmaydi nima boʻlishidan va u kim boʻlishi menga qiziq emas. Sen meni xotinimsan faqat meniki boshqasi senga qarashga ham haqqi yoʻq agar bironta erkakni yoningda koʻrsam mendan yaxshilik kutma
3 - dan Aringa bor eʼtiborini qaratasan uyda faqat u bilan boʻlasan doim uni yonida turishing shart . Aringa toʻgʻri tarbiya berasan . Jk shu gaplarni aytib qizga qarab javobini kutib turar ekan yana qoʻshib qoʻydi .
Va eng oxirgisi hiyonat va yolgʻon aslo bularni qila koʻrma Marin men hech qachon hiyonatni ham yolgʻondi ham kechirmayman

Jk : agar shularni qilib eslik qiz boʻlsang uzoqqa boramiz Marin agar men aytgan ishni aksini qilsang senga vada beraman seni shunday qiynaymanki oʻlimingni soʻrab yigʻlaysan shuni hech qachon unutma . Senga yaqin kela oladigan yagona erkak menman boshqa hech kim

Jk bu gaplarni tinchgina aytar ekan Xesu bu gaplarni eshitib yuragi toʻxtab qolgandek boʻlgan edi . Biroz oldin qizni yonida mexribon ota boʻlib tabassum qilgan odamdan asar ham yoʻq goʻyo uni oʻrnida shavqatsiz odam turgandek edi . Xesu yoshligidan koʻp kino koʻrib katta boʻlgani uchun hali ham bolalarcha fikrlar edi . Qiz yigitga qarab chuqur nafas olib javob berdi

Xesu : hoʻp shundim bir narsa soʻrasam boʻladimi

Jk : soʻra

Xesu : seni mafiaga aloqang bormi

Jk : bu bilan nima demoqchisan

Xesu : kinolarda boʻladiku sen aytding hozirgi gaplaringni kinolarda mafialar ham shunday der edi shunga soʻrayapman sen mafiamisan

Qizni bu gaplaridan keyin Jk oʻzini bosa olmay kulib yubordi. Xesu nega kulyatganga hayron boʻlib qarab turar ekan Jk birozdan soʻng oʻziga kulishni toʻxtatdi va qizga qaradi

Jk

Jk : nima sen yosh bolasanmi qanday mafia hozir mafialar yoʻqolib ketgan Marin esingni yigʻ

Xesu : xoʻp degancha yigitni nigohidan qochish uchun boshqa tomonga qarab oldi. Jk boʻlsa qizga qarab ~ endi ketishing mumkin

Xesu : Arindi xonasigami

Jk : sen qanday qiz boʻlding Marin yoshing nechida

Xesu : 20 yoshman

Jk : lekin sen huddi maktab oʻquvchisi kabi oʻylayapsan

Xesu : men shunchaki qiz gapini tugatmasdan oldin Jk qizni gaplarini kesdi

Jk : boʻldi endi Arindi yoniga bor uxla

Xesu hoʻp degancha xonadan chiqib Jkni oʻzini yolgʻiz qoldirdi . Xesu zalda hayol surib Arindi honasiga kirsa qiz ayiqchasini oʻynab yotar ekan . Eshik ochilib Xesu kirgandan keyin Arin kulib qarab turgan edi , Xesu borib qizni yonidan joy oldi va qizni bagʻriga bosib sochlarini silab yotar ekan , Arin Xesuni belidan qoʻlini oʻtkazgancha mahkam quchoqlab oldi

Arin : oyi meni boshqa tashlab ketmang men sizni juda sogʻindim

Xesu : endi ketmayman Arin senga vada beraman

Arin : hech qachon ketmaysizmi

Xesu : hech qachon endi esa yotib uxla malikam

Arin : hoʻp boʻladi oyijon . Arin shu degancha qizni mahkam quchoqlab uxlab qoldi . Xesu ham qizini sochlarini silab peshonasidan oʻpib uxlab qoldi

Jk honada oʻzi oʻtirar ekan eski hotilarni eslab yuragi ogʻrir edi . U Yndi shu qadar qattiq sevar ediki u uchun hamma narsadan kechishga ham tayyor edi. Jk shularni oʻylagancha charchab uxlab qoldi .

5 yil oldin

Yn

Yn stolda oʻtirib qornini silab Jkga qarab turar edi

Yn : azizam qizimiz dunyoga kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi

Jk qizni yoniga borib egilgancha Yndi peshonasidan oʻpib keyin pastlashib qizni qorniga qoʻllarini qoʻyib u yerga ham yumshoq oʻpich bosdi

Jk : ha azizam sanoqli kunlar shuning uchun doim yoningdaman

Yn: azizam havotir olmang axir bir ikki kun bor bemalol ishga borishiz mumkin

Jk qizga mehr koʻzlari bilan qarab turar edi

Jk : azizam hech narsa sen kabi muhim emas men uchun birinchi oʻrinda sen va yaqinda kunlarda dunyoga keladigan mitti farishtamiz

Yn : siz idea ersiz endi esa idea ota boʻlasiz bunga ishonchim komil

Jk : sen esa dunyodagi eng chiroyli qizsan

Yn: azizam agar qizimiz dunyoga kelsa uni ismini Arin deb qoʻyamiz

Jk : xoʻp senga qarshi chiqmayman

Yn : Jeon Arin juda chiroyli eshitiladi . Ular shu tarzda gaplashib turar ekan Ynda birdan toʻlgʻoq boshlandi

Yn : ayyyyyy Jungkook boshlandi

Jk birdan boʻlgan gapdan dovdirab nima qilishni bilmay Ynga qarab turar edi

Jk : Yn azizam men nima qilishim kerak ayt faqat jim turma

Yn : kasalxonaga bormasak tugʻib qoʻyaman hozir tezroq boʻling Jk

Jk qizni koʻtarib olib qizni ehtiyot qilgancha zinalardan pastga olib tushdi . Ularni koʻrgan hizmatkorlar tazim qilib turar ekan haydovchi moshinani tayyorlab qoʻygan edi . Jk qizni ehtiyotkorlik bilan moshinani orqa tomoniga oʻtkazdi va eshikni tezda yopib oʻzi haydovchi tomonga oʻtib moshinani oʻt oldirdi . Jk hech narsaga eʼtibor bermasdan moshinani katta tezlikda haydar ekan Yn ogʻriqdan oʻzini zoʻrgʻa qoʻlga olar edi

Yn : Jungkook tezroq boʻling tugʻib qoʻyaman hozir

Jk : chida azizam mana oz qoldi chuqur chuqur nafas ol hayotim oz qoldi

Yn ux tortgancha Jkni gaplariga kirib chuqur nafas olib zoʻrgʻa ketar ekan yarim soatga ham qolmay ular katta kasalxona oldida toʻxtadi. Jk tezlik bilan moshinadan tushib orqa eshikni ochdi va qizni quchogʻiga oldi

Jk : mana yetib keldik yana ozgina chida azizam . Jk shu gaplarni aytib katta qadamlar bilan kasalxonaga kirdi . Ularni koʻrgan doktorlar tezda yetib kelib qiz zambilga yotkizdi va tugʻruq xonasiga olib kirib ketar ekan Yn Jkni qoʻlidan mahkam ushlab olib chuqur nafas olib gapirdi

Yn : Jk menga vada bering

Jk zambilni yetalab ketar ekan ~ gapir azizam nima boʻlsa ham vada beraman

Yn : agar men tugʻruqdan keyin tirik chiqmasam qizimizni asrab avaylang

Jk : unday dema Yn oʻzing katta qilasan hali

Yn : Jk meni kasalim bor bilasiz tirik chiqmasligim mumkin shuning uchun mendan keyin qizimizni asrang va boshqa qizga uylaning meni oʻrnimni bosa oladigan qizni . Yndi oxirgi gaplari shu boʻldi. Keyin uni xonaga olib kirib ketishdi , Jk esa tashqarida u yoqdan bu yoqqa yurib asabiylashib qizni kutib turar ekan u bilar edi Yndi kasali bor edi . Uni boshida doktor ogohlantirish bergan edi qizni yuragi kasal boʻlgani uchun agar farzand koʻrsa oʻlim havfi juda yuqori edi . Lekin Yn bunga quloq solmagan edi , Jk shularni oʻylab turar ekan adoyi tamom boʻlyatgan edi

Jk pov

Nima boʻlsa ham uni oʻzing asra tangrim men usiz qanday yashayman Yn meni hayotim usiz yashashni tasavvur ham qila olmayman. Yn faqat oʻzingni asra unga hech narsa boʻlmasin. Jk shularni oʻylab turar ekan doktor qoʻlida chaqaloq bilan chiqdi va chaqaloqni Jkni qoʻliga tutqazdi . Jk bolasini koʻrar ekan koʻzi yoshga tolib qiziga qarab sekin peshonasidan oʻpdi

Jk : meni mitti farishtam Arinim meni keyin Jk shifokorga qaradi ~ doktor ayolim u yaxshimi

Doktor yerga qarab : sabr tilaymiz janob ayolizni asrab qola olmadik

Jk birdan oʻrnidan sapchib turdi va atrofga qarasa honasida edi shunday terlab ketgan quyosh honasiga nur sochib turar ekan . Jk oʻrnidan turib hamomga kirdi va u yerdagi oynaga qarab oʻylanib qoldi

Jk pov

Bu voqea boʻlganiga besh yil boʻldi Arin 5 ga kirdi Yndi oʻlganiga ham . Men unga bergan vadamni bajara oldim . Yn azizam sen aytgandek Aringa bor mehrimni berib katta qilyapman huddi sen hohlagan kabi . Boshqa qizga uylandim menimcha Arin qizni qabul qildi . Marin yosh bolaga oʻxshab harakat qilishi mumkin , lekin uni koʻzlarida Aringa nisbatan mexrni koʻrdim.

Jk shularni oʻylab biroz oynaga qarab qoldi keyin esa dushni yoqib yuvinib chiqib oʻziga mos keladigan qora kostyum shim va qordek oppoq koʻylagini kiyib pastga tushdi . Jk pastga tushar ekan oshxonadan kulgu ovozlari eshitilar edi

Xesu va Arin

Xesu : Arin nima qilyapsan nega koʻzimni yumib olding

Arin : oyijon shunday turing sizga sovgʻam bor

Xesu : qanday sovgʻa ekan

Arin qizni koʻzlarini berkitib yuzidan oʻpdi ~ shu

Arindi bu qilgan ishidan Xesu kulib qizni quchoqlab olib yuzidan oʻpdi

Xesu : malikam ovqatlanib ol bogʻchaga kech qolasan

Arin : xoʻp boʻladi oyijon

Jk ichkariga kirib Arin bilan Xesuni koʻrib biroz tabassum qildi va borib Arindi yuzidan oʻpib joyiga oʻtirdi keyin Xesuga qarab ~ hayrli tong

Xesu : hayrli tong

Arin : dada biz ertalab oyim bilan juda koʻp oʻynadik

Jk qosh qoqib qiziga qarab keyin Xesuga qaradi

Jk : Marin qachon turgansiz

Xesu : ikki soat oldin

Bu gapdan Jk hayron boʻlib Aringa qaradi chunki Arin hech qachon erta turmas edi bogʻcha paytidan yarim soat oldin uygʻonar edi , hozir esa ertalab saxar turgan

Jk : Arin sen erta turmas edingku

Arin : dadajon axir sizga vada bergan edim , agar onamni olib kelib bersez erta turaman deb

Jk : demak onang kelishini kutgan ekansanda

Arin : ha dada

Ular shu tariqa nonushta qildilar . Yarim soatdan keyin nonushta qilib boʻlishdi . Xesu Arindi qoʻlidan ushlab xonasiga kiyintirgani olib kirib ketdi. Jk ularni pastda kutar ekan yoniga Kim xonim keldi

Kim xonim: janob

Jk : ha

Kim xonim : balki Marin xonimni qabul qilarsiz

Jk : bu bilan nima demoqchisiz

Kim xonim: janob meni notoʻgʻri shunmang men shu shunchaki aytyapman Yn xonim vafot etganiga 5 yil boʻldi. Arindiku katta qildingiz bor mexrizni berdiz lekin siz hali yoshsiz yana farzand koʻrishiz kerak shunag Marin xonim juda yaxshi qizga oʻxshaydi. Qarang u Aringa oʻz farzandiga qaragandek qarayapti qola bersa ancha chiroyli . Janob siz meni oʻgʻlimdek boʻlib qolgansiz men faqatgina sizni va Arindi oʻylayapman shunga nima deysiz

Muallif : Park Xesu

Kanal : Bangtan Tales