Muhabbatga aylangan faryod Ep 2
Suga : singiljon qani aytganimga kirib eslik qiz boʻlib kiyimlarini almashtirib pastga tush agar ovqat yemasang yoʻq boʻlib qolmagin oʻzi kichkinagina joning bor
Xesu : aka agar ovqat yemasdan yoʻq boʻlsam topa olmay qolasiz shundan qoʻrqyapszmi
Xesu shularni aytgancha Sugani mazax qilgancha kulib yubordi
Suga ham Xesuni kulishini koʻrib qizni kulgusiga qoʻshilib Suga ham kulib yubordi
Min Yoongi 34 yosh Xesuni akasi qisqa qilib Suga desak ham boʻladi
Suga kulgancha ~ albatta shunday ekan endi borib ustuni almashtirib tush birga ovqatlanamiz
Xesu : xoʻp aka tezda chiqaman
Xesu shu degancha honasiga yugurib kirib ketdi Suga esa qizni orqasidan oʻylanib qarab qoldi
Men bu qizga ikki yildan beri akasi roʻlini oʻynab kelyapman men yaxshi aka boʻlishga harakat qilyapman lekin yuragim bunga boshqa javob beryapti. Agar Xesu xotirasini tiklasa men nima qilaman men uni aldaganimni bilsa nima boʻladi men Xesuni yoʻqota olmayman unga oʻrganib qoldim men nahot meni akasi deb oʻylaydigan qizni sevib qolyapman . Lekin Xesuni koʻrsam yuragim boshqacha ura boshlaydi u kulib qaraganda uni koʻzidagi quvonch meni baxtli qila oladi . Yoʻq men nafs bilan sevmadim nima boʻlganda ham u menga hozir qanday boʻlsa shunday boʻlib qoladi axir Xesu mani akasi deb biladi buni unutishim kerak . Suga nimalar deyapsan aqlini yigʻib ol u seni singling lekin yurag unday demayapti ax nima qilaman hammasi taqdirdan albatta hammasi yaxshi boʻladi hali
Suga shu degancha biroz oʻylanib qoldi va yana kitobini olib oʻqiy boshladi
Xesu esa honasiga kirib sumkasini yotoqqa otib oʻzi esa sochlarini asta sekin soch bogʻichlaridan halos qilgancha qolgan taqinchoqlarini ham yechib hamomga kirib ketdi va yarim soat oʻtmay oʻziga qulay kiyim kiyib sochlarini aytgancha chiqdi
Xesu sochlarini quritgancha sochlarini tepaga yigʻib pastga tushdi
Xesu pastga tushar ekan hali ham mexmonxonada kitob oʻqib oʻtirgan akasiga hayron boʻlib uni yoniga bordi ~ aka nima qilyapsiz
Suga kitobdan boshini koʻtarib ~ koʻryapsanku kitob oʻqib oʻtiribman
Xesu mazax qilgancha ~ siz ham kitob oʻqiysizmi aka
Suga kulib ~ ha bir oʻqiy dedimda qiziq kitob ekan
Xesu : aka siz ovqatlanamiz degan ediz endi esa kitob oʻqib oʻtiribsiz
Suga Xesuni gapidan keyin kitobni yopib stol ustiga qoʻyib oxista oʻrnidan turib ~ yur unda ovqatlanaylik sovuq boʻlib qolmasin
Ular shu tariqa birga oshxonaga kirib yozilgan dasturxon oldiga oʻtirib ovqatlanishar ekan birdan Xesu Sugaga savol bera boshladi
Xesu : aka sizdan bir narsa soʻrasam boʻladimi
Suga bir qultum suv ichib ~ nima ekan hohlagan narsani soʻrasang boʻladi
Xesu tarelkasidan bir boʻlak goʻshtni olib yeb boʻlgandan keyin biroz Sugaga qarab qoldi ~ aka siz boysiz kelishgansiz nega hali ham uylanmagansiz
Suga suv ichgancha ~ chunki oʻzim hohlagandek qiz topganim yoʻq
Suga qizni bu gapidan tiqilib qoldi ~ nima
Xesu yigitni yoniga borib orqasiga urgancha ~ nima qilibdi u chiroyli aqilli sizga mos
Suga : Xesu u mendan ancha kichik
Xesu : aka oʻzingiz aytgan edizku yosh shunchaki raqam deb
Suga : Xesu ovqatini ye joyingga oʻtirib
Xesu : aka men yosh bola emasman
Xesu akasiga bir qarab qoʻydi va hech narsa demay joyiga oʻtirib ovqatlanardi . Oradan hech qancha vaqt oʻtmay ikkisi ham ovqatlanib boʻlgach bir biriga gapirmay honasiga kirib ketdi Xesu joyiga yotishi bilan charchab uxlab qoldi
Qiz uyquga ketar ekan birozdan soʻng tush koʻra boshladi
Tushida qanaqadir joy juda chiroyli u yerda bir qizcha Xesuni kutib turarkan Xesu asta sekin qizni kim ekanligini bilish uchun borarkan qiz Xesuni koʻrib yugurib kelib quchoqlab oldi
Arin : oyi nega yonimga kelmaysiz sizni juda sogʻindim
Arin Xesuni quchoqlab olgani uchun Xesu hech narsa qila olmay jim turar edi Arin esa koʻzida yosh bilan Xesuni belidan mahkam quchoqlab olgancha oxista yigʻlay boshladi
Arin : oyijon iltimos qayting men sizni juda sogʻindim sizsiz menga qiyin boʻlyapti iltimos oyi yoʻq demang
Arin yigʻlab koʻzlaridan tushyatgan yosh kichkina qizaloqni yuzini yuvar ekan Xesu bundan gʻalati boʻlib chiday olmay engashib qizni qoʻlidan ushlab mahkam quchoqlab oldi
Xesu : qizaloq men seni oying emasman
Arin Xesuni bu gapiga eʼtibor bermay Xesuni boʻynidan qoʻlini oʻtkazib mahkam ushlab olgandi
Arin : yoʻq oyi siz meni oyimsiz
Xesu : men seni taniymanman axir
Xesuni bu gapidan keyin Arin birdan Xesuni qoʻyib yubordi va undan uzoqlashib qorongʻu oʻrmon ichiga kirib ketar ekan ortiga qarab ~ oyijon men sizni kutyapman
Arin shu degancha qorongʻu oʻrmon ichida gʻoyib boʻlarkan Xesu endi qizni orqasidan bormoqchi boʻlgan payt birdan uygʻonib ketadi va tush ekanligini koʻradi uygʻonib qarasa tepasida Suga oʻtirgan boʻladi , Suga qizni koʻrib hech narsa demay oxista quchoqlab qizni sochlarini silay boshlaydi . Xesu esa chiday olmay yigʻlab yubordi
Xesu : aka nega bu tush doim davom etish kerak charchab ketdim axir koʻzimni yumdim deguncha bir xil tush koʻraman
Suga qizni gaplarini eshitar ekan biroz gʻalati boʻldi va qizni quchogʻidan chiqarib koʻz yoshlarini artib qizni yuzini ikki kaftlari orasiga oldi
Suga : Xesu menga yaxshilab quloq sol balki sen oʻsha tushingda koʻrgan qizni qidirib koʻrsangchi
Xesu koʻzlari yoshga toʻlib Sugaga qarab turardi ~ qanday qilib aka
Suga : sen qizni yuzini koʻrasan shundaymi
Xesu koʻzidagi yoshlarni artib ~ ha koʻrganman
Suga : shunday ekan qizni koʻrgan boʻlsang rasmini chizdirib qidirib koʻrsakchi
Suga : shunday ekan qizni koʻrgan boʻlsang rasmini chizdirib qidirib koʻrsakchi
Xesu : shunday qilsam topa olar ekanmanmi
Suga : albatta qila olasan agar hohlasang men ham yordam beraman
Xesu biroz oʻziga kelib ~ yoʻq aka unda men harakat qilib koʻray agar topa olmasam siz ham yordam berasiz
Suga : xoʻp unda ertaga ishlaring koʻp ekan hozir esa yotib dam ol ertaga charchab qolasan boʻlmasa
Suga : boʻldi singiljon endi qani boʻl uxla men shu yerda oʻtirib turaman hech narsadan qoʻrqma
Xesu boshqa hech narsa demay joyiga yotib asta sekin koʻzlarini yumib uyquga ketdi . Suga esa qizni uxlashini biroz kuzatib turdi keyin esa qizni peshonasidan oʻpib honadan chiqib ketdi
Erga tong quyosh mayin nurlarini sochar ekan hali hamon uyquda uxlab yotgan qizni derazadan tushib turgan quyosh nurlari uygʻotdgandek boʻldi. Arin u yoqdan bu yoqqa qarasa Jk derazalarni ochib qoʻygan edi Arin dadasini koʻrib choʻzilgancha yana joyiga yotib oldi
Jk derazalarni ochib boʻlib Arindi yotogini yoniga oʻtirib qizlarini sochlarini siladi
Jk : malikam tura qol maktabga kech qolasan
Arin koʻzlarini ochmay ~ dada borgim kelmayapti
Jk : qizim bormasang boʻlmaydi qani turaqol
Arin : dadajon yana ozgina uxlay
Jk qizni koʻtarib quchogʻiga oldi ~ boʻlmaydi qizim qani endi borib hamomga kirib yuz qoʻlini yuvib chiq
Arin : dada deb Jkga umid koʻzlari bilan qarab turar ekan Jkga bunga parvo qilmadi
Jk : malikam bunday harakatlaring oʻtmaydi qani endi turaqol
Arin oxiri hech narsa deya olmay Jkga qarshi chiqmay rozi boʻldi va Jkni quchogʻidan tushib hamomga kirib ketdi Jk esa qizini darsliklarini tayyor qilib pastga tushdi oshxonada hamma narsa tayyor edi Jk joyiga oʻtirgancha qizini kutib oʻtirgan edi hech qancha vaqt oʻtmay Kim xonim Arindi kiyintirib pastga tushdi
Arin yugurib borib dadasini yoniga oʻtirishdan oldin Jkni yuzidan oʻpib soʻng joyiga oʻtirdi
Arin : dadajon bilasizmi bugun maktabimizga qandaydir aktyorlar va aktrisalar kelarkan
Jk hayron boʻlib Qrimga qaradi ~ qanday
Arin ogʻziga goʻsht boʻlgani olib chaynagancha javob berdi
Arin : bilmayman dada ustozim aytdi
Jk : ha sen faqat oʻqishga eʼtibor ber qizim
Jk : qizim bugun meni ishlarim bor seni haydovchi tashlab qoʻyadi
Arin : dada doim shunday deyapsiz axir hammani onasi yoki dadasi olib boradi men esa doim haydovchi olib boradimi
Jk qizini bu gapidan keyin biroz gʻalati boʻlib qoldi ~ qizim meni kechir men ishlarim bilan boʻlib qolyapman
Arin : dadajon siz olib boring meni
Jk qizini qoʻlidan ushlab oxista oʻpib qoʻydi ~ albatta farishtam men uchun sen muhimsan endi oʻzim olib boraman har kuni
Arin hursand boʻlib ~ sizni yaxshi koʻraman dadajon
Jk : men ham seni yaxshi koʻraman malikam
Yarim soatdan soʻng Arin ovqatlanib boʻlib oʻrnidan turdi Jk ham qizini sumkasini olib ortidan chiqdi Arin chiqarkan qoʻriqchilardan biri tezda yugurib borib moshina eshigini ochdi Arin moshinaga oʻtirib orqa oʻrindiqda bolalar uchun qoʻyilgan havfsizlik kamarini taqib oldi Jk ham qizni sumkasini orqaga qoʻygancha oʻzi haydovchi tomonga oʻtirib moshinani oʻt oldirib uyidan uzoqlasha boshladi maktab uydan uncha uzoq boʻlmagani uchun tezda maktabga yetib borishdi . Jk maktab darvozasi yonida toʻxtarkan Arin kamarni yechib sumkasini olgancha moshinadan tushdi , Jk ham qizni ortidan moshinadan tushib Arindi kiyimlariga qarab qoʻydi va peshonasidan oʻpib ~ seni yaxshi koʻraman malikam endi esa darsga kecha qolmasdan kira qol
Arin : xoʻp boʻladi dadajon men ham sizni yaxshi koʻraman
Arin shu degancha Jkni yuzidan oʻpib yugurib maktabga kirib ketdi Jk esa Arindi ketishini kuzatdi soʻng moshinasiga oʻtirib kimgadur qoʻngʻiroq qilgancha maktabdan uzoqlashdi.
Ayni paytda Jk ketgandan soʻng ortidan Xesuni moshinasi kelib maktab oldida toʻxtadi Xesu atrofga qaragancha moshinadan tushar ekan Yesol qizni yonida edi
Yesol: Xesu hali rejissyor va qolganlar kelgani yoʻq shekilli biz erta kelib olibmiz
Xesu : yur ular ichlarida suratga olishga tayyorlanyatgan boʻlishi mumkin
Yesol : yoʻq boʻlish mumkin Xesu
Xesu qizga bir qarab qoʻydi ~ Yesol hohlasang yur boʻlmasa shu yerda shunaqa turaver
Xesu Yesolga qarab qoʻydi soʻng maktab ichiga kirib borarkan negadur boshqacha edi Xesu bunga eʼtibor bermay maktab ichiga kirib suratga olish joyiga borar ekan u yerda hech kim yoʻq edi Xesu esa nima qilishni bilmay turarkan Yesol kulib yubordi
Yesol : nima oʻzing doim erta yurasan endi bularni yarim soat yoki bir soat kutasan hali
Xesu sumkasini bir chetda turgan stolga qoʻyib endi gapiraman ham degandi birdan bir qizcha yugurib kelyatgan payt Xesuga urilib ketdi
Xesu ux tortgancha qizga qararkan joyida qotib qoldi huddi tushida koʻrgan kabi uzun qora sochlar koʻzlari katta katta yoqimli qizcha lablari qip-qizil oʻz yoshi uchun mukammal huddi qoʻgʻirchoq kabi chiroyli lekin sovuq
Xesu qizga qarab ~ qizaloq ehtiyot boʻl oʻzingga hech narsa qilmadimi