Sukutdagi faryod Ep 6 qism
Xesu xoʻp deb Jkni ortidan yurdi Jk xonasini eshigini tagida toʻxtadi. Birdan Jk toʻxtab qolgani uchun qiz hayron boʻlib qarab qoldi
Xesu boshqa hech narsa deya olmay ichkariga kirdi keyin ortidan Jk kirib eshikni yopdi va oʻzi borib yotoqni bir tomoniga oʻtirdi va qizga ham kel degandek qaradi Xesu biroz oʻylanib turdi lekin Jkni oʻtkir nigohlari qizni qoʻrqitib hech narsa demasdan Jk aytgandek yoniga oʻtirdi. Jk biroz qizga termulib qoldi va chuqur nafas olib gap boshladi
Jk : xoʻsh choʻzib oʻtirmayman ochiqchasiga aytaman diqqat bilan eshit
Jk : 1 - dan men senga qizim uchun uylandim undan boshqa narsa emas mendan boshqa narsa kutma
2 - dan bironta erkak senga yaqinlashmaydi nima boʻlishidan va u kim boʻlishi menga qiziq emas. Sen meni xotinimsan faqat meniki boshqasi senga qarashga ham haqqi yoʻq agar bironta erkakni yoningda koʻrsam mendan yaxshilik kutma
3 - dan Aringa bor eʼtiborini qaratasan uyda faqat u bilan boʻlasan doim uni yonida turishing shart . Aringa toʻgʻri tarbiya berasan . Jk shu gaplarni aytib qizga qarab javobini kutib turar ekan yana qoʻshib qoʻydi .
Va eng oxirgisi hiyonat va yolgʻon aslo bularni qila koʻrma Marin men hech qachon hiyonatni ham yolgʻondi ham kechirmayman
Jk : agar shularni qilib eslik qiz boʻlsang uzoqqa boramiz Marin agar men aytgan ishni aksini qilsang senga vada beraman seni shunday qiynaymanki oʻlimingni soʻrab yigʻlaysan shuni hech qachon unutma . Senga yaqin kela oladigan yagona erkak menman boshqa hech kim
Jk bu gaplarni tinchgina aytar ekan Xesu bu gaplarni eshitib yuragi toʻxtab qolgandek boʻlgan edi . Biroz oldin qizni yonida mexribon ota boʻlib tabassum qilgan odamdan asar ham yoʻq goʻyo uni oʻrnida shavqatsiz odam turgandek edi . Xesu yoshligidan koʻp kino koʻrib katta boʻlgani uchun hali ham bolalarcha fikrlar edi . Qiz yigitga qarab chuqur nafas olib javob berdi
Xesu : hoʻp shundim bir narsa soʻrasam boʻladimi
Xesu : seni mafiaga aloqang bormi
Jk : bu bilan nima demoqchisan
Xesu : kinolarda boʻladiku sen aytding hozirgi gaplaringni kinolarda mafialar ham shunday der edi shunga soʻrayapman sen mafiamisan
Qizni bu gaplaridan keyin Jk oʻzini bosa olmay kulib yubordi. Xesu nega kulyatganga hayron boʻlib qarab turar ekan Jk birozdan soʻng oʻziga kulishni toʻxtatdi va qizga qaradi
Jk : nima sen yosh bolasanmi qanday mafia hozir mafialar yoʻqolib ketgan Marin esingni yigʻ
Xesu : xoʻp degancha yigitni nigohidan qochish uchun boshqa tomonga qarab oldi. Jk boʻlsa qizga qarab ~ endi ketishing mumkin
Jk : sen qanday qiz boʻlding Marin yoshing nechida
Jk : lekin sen huddi maktab oʻquvchisi kabi oʻylayapsan
Xesu : men shunchaki qiz gapini tugatmasdan oldin Jk qizni gaplarini kesdi
Jk : boʻldi endi Arindi yoniga bor uxla
Xesu hoʻp degancha xonadan chiqib Jkni oʻzini yolgʻiz qoldirdi . Xesu zalda hayol surib Arindi honasiga kirsa qiz ayiqchasini oʻynab yotar ekan . Eshik ochilib Xesu kirgandan keyin Arin kulib qarab turgan edi , Xesu borib qizni yonidan joy oldi va qizni bagʻriga bosib sochlarini silab yotar ekan , Arin Xesuni belidan qoʻlini oʻtkazgancha mahkam quchoqlab oldi
Arin : oyi meni boshqa tashlab ketmang men sizni juda sogʻindim
Xesu : endi ketmayman Arin senga vada beraman
Arin : hech qachon ketmaysizmi
Xesu : hech qachon endi esa yotib uxla malikam
Arin : hoʻp boʻladi oyijon . Arin shu degancha qizni mahkam quchoqlab uxlab qoldi . Xesu ham qizini sochlarini silab peshonasidan oʻpib uxlab qoldi
Jk honada oʻzi oʻtirar ekan eski hotilarni eslab yuragi ogʻrir edi . U Yndi shu qadar qattiq sevar ediki u uchun hamma narsadan kechishga ham tayyor edi. Jk shularni oʻylagancha charchab uxlab qoldi .
Yn stolda oʻtirib qornini silab Jkga qarab turar edi
Yn : azizam qizimiz dunyoga kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi
Jk qizni yoniga borib egilgancha Yndi peshonasidan oʻpib keyin pastlashib qizni qorniga qoʻllarini qoʻyib u yerga ham yumshoq oʻpich bosdi
Jk : ha azizam sanoqli kunlar shuning uchun doim yoningdaman
Yn: azizam havotir olmang axir bir ikki kun bor bemalol ishga borishiz mumkin
Jk qizga mehr koʻzlari bilan qarab turar edi
Jk : azizam hech narsa sen kabi muhim emas men uchun birinchi oʻrinda sen va yaqinda kunlarda dunyoga keladigan mitti farishtamiz
Yn : siz idea ersiz endi esa idea ota boʻlasiz bunga ishonchim komil
Jk : sen esa dunyodagi eng chiroyli qizsan
Yn: azizam agar qizimiz dunyoga kelsa uni ismini Arin deb qoʻyamiz
Jk : xoʻp senga qarshi chiqmayman
Yn : Jeon Arin juda chiroyli eshitiladi . Ular shu tarzda gaplashib turar ekan Ynda birdan toʻlgʻoq boshlandi
Yn : ayyyyyy Jungkook boshlandi
Jk birdan boʻlgan gapdan dovdirab nima qilishni bilmay Ynga qarab turar edi
Jk : Yn azizam men nima qilishim kerak ayt faqat jim turma
Yn : kasalxonaga bormasak tugʻib qoʻyaman hozir tezroq boʻling Jk
Jk qizni koʻtarib olib qizni ehtiyot qilgancha zinalardan pastga olib tushdi . Ularni koʻrgan hizmatkorlar tazim qilib turar ekan haydovchi moshinani tayyorlab qoʻygan edi . Jk qizni ehtiyotkorlik bilan moshinani orqa tomoniga oʻtkazdi va eshikni tezda yopib oʻzi haydovchi tomonga oʻtib moshinani oʻt oldirdi . Jk hech narsaga eʼtibor bermasdan moshinani katta tezlikda haydar ekan Yn ogʻriqdan oʻzini zoʻrgʻa qoʻlga olar edi
Yn : Jungkook tezroq boʻling tugʻib qoʻyaman hozir
Jk : chida azizam mana oz qoldi chuqur chuqur nafas ol hayotim oz qoldi
Yn ux tortgancha Jkni gaplariga kirib chuqur nafas olib zoʻrgʻa ketar ekan yarim soatga ham qolmay ular katta kasalxona oldida toʻxtadi. Jk tezlik bilan moshinadan tushib orqa eshikni ochdi va qizni quchogʻiga oldi
Jk : mana yetib keldik yana ozgina chida azizam . Jk shu gaplarni aytib katta qadamlar bilan kasalxonaga kirdi . Ularni koʻrgan doktorlar tezda yetib kelib qiz zambilga yotkizdi va tugʻruq xonasiga olib kirib ketar ekan Yn Jkni qoʻlidan mahkam ushlab olib chuqur nafas olib gapirdi
Jk zambilni yetalab ketar ekan ~ gapir azizam nima boʻlsa ham vada beraman
Yn : agar men tugʻruqdan keyin tirik chiqmasam qizimizni asrab avaylang
Jk : unday dema Yn oʻzing katta qilasan hali
Yn : Jk meni kasalim bor bilasiz tirik chiqmasligim mumkin shuning uchun mendan keyin qizimizni asrang va boshqa qizga uylaning meni oʻrnimni bosa oladigan qizni . Yndi oxirgi gaplari shu boʻldi. Keyin uni xonaga olib kirib ketishdi , Jk esa tashqarida u yoqdan bu yoqqa yurib asabiylashib qizni kutib turar ekan u bilar edi Yndi kasali bor edi . Uni boshida doktor ogohlantirish bergan edi qizni yuragi kasal boʻlgani uchun agar farzand koʻrsa oʻlim havfi juda yuqori edi . Lekin Yn bunga quloq solmagan edi , Jk shularni oʻylab turar ekan adoyi tamom boʻlyatgan edi
Nima boʻlsa ham uni oʻzing asra tangrim men usiz qanday yashayman Yn meni hayotim usiz yashashni tasavvur ham qila olmayman. Yn faqat oʻzingni asra unga hech narsa boʻlmasin. Jk shularni oʻylab turar ekan doktor qoʻlida chaqaloq bilan chiqdi va chaqaloqni Jkni qoʻliga tutqazdi . Jk bolasini koʻrar ekan koʻzi yoshga tolib qiziga qarab sekin peshonasidan oʻpdi
Jk : meni mitti farishtam Arinim meni keyin Jk shifokorga qaradi ~ doktor ayolim u yaxshimi
Doktor yerga qarab : sabr tilaymiz janob ayolizni asrab qola olmadik
Jk birdan oʻrnidan sapchib turdi va atrofga qarasa honasida edi shunday terlab ketgan quyosh honasiga nur sochib turar ekan . Jk oʻrnidan turib hamomga kirdi va u yerdagi oynaga qarab oʻylanib qoldi
Bu voqea boʻlganiga besh yil boʻldi Arin 5 ga kirdi Yndi oʻlganiga ham . Men unga bergan vadamni bajara oldim . Yn azizam sen aytgandek Aringa bor mehrimni berib katta qilyapman huddi sen hohlagan kabi . Boshqa qizga uylandim menimcha Arin qizni qabul qildi . Marin yosh bolaga oʻxshab harakat qilishi mumkin , lekin uni koʻzlarida Aringa nisbatan mexrni koʻrdim.
Jk shularni oʻylab biroz oynaga qarab qoldi keyin esa dushni yoqib yuvinib chiqib oʻziga mos keladigan qora kostyum shim va qordek oppoq koʻylagini kiyib pastga tushdi . Jk pastga tushar ekan oshxonadan kulgu ovozlari eshitilar edi
Xesu : Arin nima qilyapsan nega koʻzimni yumib olding
Arin : oyijon shunday turing sizga sovgʻam bor
Arin qizni koʻzlarini berkitib yuzidan oʻpdi ~ shu
Arindi bu qilgan ishidan Xesu kulib qizni quchoqlab olib yuzidan oʻpdi
Xesu : malikam ovqatlanib ol bogʻchaga kech qolasan
Jk ichkariga kirib Arin bilan Xesuni koʻrib biroz tabassum qildi va borib Arindi yuzidan oʻpib joyiga oʻtirdi keyin Xesuga qarab ~ hayrli tong
Arin : dada biz ertalab oyim bilan juda koʻp oʻynadik
Jk qosh qoqib qiziga qarab keyin Xesuga qaradi
Bu gapdan Jk hayron boʻlib Aringa qaradi chunki Arin hech qachon erta turmas edi bogʻcha paytidan yarim soat oldin uygʻonar edi , hozir esa ertalab saxar turgan
Jk : Arin sen erta turmas edingku
Arin : dadajon axir sizga vada bergan edim , agar onamni olib kelib bersez erta turaman deb
Jk : demak onang kelishini kutgan ekansanda
Ular shu tariqa nonushta qildilar . Yarim soatdan keyin nonushta qilib boʻlishdi . Xesu Arindi qoʻlidan ushlab xonasiga kiyintirgani olib kirib ketdi. Jk ularni pastda kutar ekan yoniga Kim xonim keldi
Kim xonim : balki Marin xonimni qabul qilarsiz
Jk : bu bilan nima demoqchisiz
Kim xonim: janob meni notoʻgʻri shunmang men shu shunchaki aytyapman Yn xonim vafot etganiga 5 yil boʻldi. Arindiku katta qildingiz bor mexrizni berdiz lekin siz hali yoshsiz yana farzand koʻrishiz kerak shunag Marin xonim juda yaxshi qizga oʻxshaydi. Qarang u Aringa oʻz farzandiga qaragandek qarayapti qola bersa ancha chiroyli . Janob siz meni oʻgʻlimdek boʻlib qolgansiz men faqatgina sizni va Arindi oʻylayapman shunga nima deysiz
Jk : yoʻq bunday boʻlmaydi men uchun faqat Yn bor
Kim xonim chuqur nafas olgancha jim boʻlib oshxonaga kirib ketdi. Jk Arindi kutar ekan hech qancha vaqt oʻtmay Xesu Arindi qoʻlidan ushlab olib tushdi . Arin tushgandan keyin yugurib borib Jkni qoʻlidan ushladi
Jk : ha malikam keyin Xesuga qaradi ~ sen uyda oʻtir men kech kelaman kechagi gaplarni unutma
Xesu : hoʻp Jk qizga bir qarab qoʻydi keyin hech narsa demay qizini qoʻlidan ushlab uydan chiqib ketdi . Xesu uyda bitta oʻzi qolgandan keyin yugurib xonasiga orqasidan eshikni yopgancha ichkariga kirib oʻzini keng yotogʻiga tashlab telefonini oldi
Xesu unga kelgan birin ketin habarlarni oʻqib chiqib ularga javob yozib . Endi telini qoʻyaman degan payt birdan qoʻngʻiroq boʻlib qoldi, bu yigiti edi qiz uni bittada tanidi telefon boʻlar ekan qiz biroz ikkilanib telefonga qaragancha oʻtirar ekan tinimsiz boʻlgan qoʻngʻiroqlardan oxiri javob berishga qaror qildi va goʻshakni koʻtardi
Minkyu : qalesan axvoling yaxshimi
Xesu yigitini ovozini eshitib butun dunyosi quladi qiz bilar edi yigit uni qanchalar sevishini lekin hozirgi vaziyatda unga yumshoq gap ayta olmas edi . Qiz yigitni oʻzidan uzoq qilish uchun sovuq muomala qilishga qaror qildi
Minkyu : nimadur boʻldimi ovozing boshqacha keyin bugun maktabga kelasanmi seni sogʻindim
Xesu : yoʻq bormayman seni koʻrgim yoʻq
Minkyu qizni gaplarini eshitib hayron boʻlib nima deyishni bilmay dovdirab qoldi. Kechagina yaxshi gaplashib turgan qiz bir kechada oʻzgargan edi goʻyoki. Yigit qizni nega sovuq munosabatda boʻlayotganini hech shunmas ekan lekin qizga yumshoq muomala qilishda davom etdi
Minkyu : atirgulim senga nima boʻldi menga ayt seni eshitaman hoʻp hohlasang men bilan urish faqat nima boʻlganini ayt iltimos sendan
Xesu bu gaplarni aytishga oʻynalib qoldi lekin agar buni aytmasa yigit qizni bezovta qiladi . Agar buni Jk bilib qolsa aniq yaxshi boʻlmaydi. Kecha Jk aytgan gap qizni hayollaridan joy olib boʻlgan edi . Xesu oʻzini qoʻlga olishga harakat qilib choyshabni bir qoʻli bilan mahkam ushlagancha javob berdi
Xesu : men boshqa yigit topdim sevmayman seni u senga qaraganda ancha kelishgan boy va aqilli