Sukutdagi faryod Ep 1
Marin : Xesu bu nima qilganing a sen qiz nima qilding
Xesu ayiqchasini quchoqlab opasiga qarab turar edi
Park Marin 20 yosh Xesuni opasi
Marin : nima qilganingni bilmaysanmi
Xesu huddi oʻzini bilmaganga olib qarab turar edi . Qizni asosiy maqsadi opasini asabini buzish edi
Xesu : xech narsa qilganim yoʻqku opajon
Marin : sen qiz meni muzqaymoqimni yeb yana hech narsa qilmadim deysanmi
Xesu : opajon xoʻp boshqa qaytarilmaydi
Marin : bir kundan keyin turmushga chiqib ketaman . Keyin borsan orqamdan opa deb
Xesu qoʻlidagi ayiqchani tashlab opasini yoniga yugurib borib mahkam quchoqlab oldi
Xesu : unday demang opa turmushga chiqmasangiz nima boʻladi
Marin singlisini quchogʻidan chiqargancha sochlarini silab gapirdi
Marin : singiljon hamma qizni boshida bor turmushga chiqish agar men indinga u yigitga turmushga chiqmasam boʻlmaydi
Xesu : lekin unda men nima qilaman siz turmushga chiqib ketsez
Marin : sen doimgidek yashaysan faqat mensiz sogʻinseng koʻrgani borib turasan
Xesu : opajon men biron marta pochamni rasmini koʻrmadim sizda bormi
Maringa berilgan bu gapdan birdan seskanib qarab qoldi . Chunki Marin hozir nima qilishni bilmay qoldi singlisiga qaysi rasmni koʻrsatadi indinga boʻladigan erimi yoki jondan ortiq koʻrgan sevgilisini . Marin oʻylanib turar ekan Xesu opasini turtib qoʻydi ~ opa nega oʻylanib qoldiz
Singlisini bu gapidan Marin oʻziga kelib ~ demak boʻlajak pocheni rasmini koʻrmoqchisan
Xesu koʻzlari porlab opasiga ha degandek bosh silkitdi. Marin singlisiga tabbasum qilib telefonini olib galereyasiga kirdi va biroz rasmni qidirib qoldi va topib singlisiga koʻrsatdi
Marin rasmni koʻrsatgancha ~ shu boʻladi
Xesu : opa juda kelishgan ekan dadam bilan onam rosa sizga mosini topibdilar
Marin singlisiga kulib qarab qoʻydi lekin ichida yuragi parcha boʻlayotgan edi
Men toʻgʻri ish qilyapmanmi oʻzi nega yuragim u deb urmasa axir uni qanchalar sevmay indinga boshqa bir insonga turmushga chiqaman uni hatto tanimayman ham lekin u bilan qanday yashayman uni seva olmayman qola bersa uni farzandi ham bor ekan qizchani qanday tarbiya qilaman bilmayman .
Men singlimga Taeni rasmini koʻrsatib toʻgʻri qildimmi oʻzi undan hali ham habar yoʻq nahotki Tae kecha bergan vaʼdasini ustidan chiqa olmasa . Men ikki oʻt orasida qolib ketdim . Bir tomonda ota onamni shani boʻlsa bir tomonda jondan sevgan insonim .
Marin shularni oʻylab singlisiga koʻrsatgan rasmga termulib turar ekan Xesu uni biroz jim kuzatdi
Xesu : opa nima rasm bilan gaplashib oʻtiribsizmi
Marin singlisini gapidan keyin yana kulib singlisiga qaradi ~ nega sen turganda rasm bilan gaplashishim kerak
Xesu : siz shunchalik rasmga berilib qarayapsizki huddi u bilan gaplashyatgandek
Marin : menga nimadur demoqchi emasmisan
Xesu koʻzini opasidan olib qochib ~ yoʻq oʻzim shunchaki
Marin : koʻzlaringni olib qochmasdan qani gapirchi nima gap
Xesu : opa siz pochamni sevasiz aaaa
Marin berilayotgan bu savoldan qosh qoqib Xesuga qaradi
Marin : ha sevaman nega soʻrayapsan
Xesu yerga qaragancha ~ oʻzim shunchaki
Marin singlisini nimaga bunday gapirganini juda yaxshi bildi
Marin : meni shayton singlim kimnidur sevib qoldimi xoʻsh
Xesu : men yoʻq sevmadim deb tezda boshqa tomonga qarab olgan edi Marin tezda u tomonga qarab oldi , opasidan koʻzlarini olib qochishga uringan qiz yana boshqa tomonga qarab olgan edi , Marin asablari buzilib singlisini yuzidan ushlab oʻziga qaratdi
Marin : mendan koʻzlarini olib qochmasdan aytchi u yigit kim
Xesu telefonini olib rasmni umuman hech kim topa olmaydigan joyga yashirib yuborganligini uchun biroz qidirib qoldi va rasmni topib opasiga koʻrsatdi
Marin : diding chakki emas ismi nima
Xesu : ismi Mikyu sinfdagi eng aʼlochi oʻquvchilardan biri
Xesu : bir gap aytsam oyim yoki dadamga aytib qoʻymaysiz aaaa
Marin : men senga ishonib hamma sirlarimni aytaman sen boʻlsa gapingni qara deb oʻzicha arazlab olgan edi , Xesu opasini yuzidan oʻpib gapirdi
Xesu : kechiring opajon men shunchaki aytgan edim
Marin bu gaplardan keyin singlisiga qarab ~ xoʻsh nima edi
Xesu : men u bilan uchrashib yuripman
Xesuni bu gapidan keyin kimdur Marindi ustidan bir chelak muzdek suv quygandek boʻldi
Marin : shuncha payt menga aytmasdan uchrashib yuripsanmi
Xesu : opa sekin oyim uygʻonsa eshitib qoladi
Marin soatga qarab : soat yarim kechasi uygʻonishmedi
Xesu : unda nega siz uxlamaysizmi
Marin : men uxlasam ertaga tura olmay qolaman endi esa gapni aylantirmasdan javob ber
Xesu : opa men uni sevaman u ham meni sevadi sizga aytmoqchi boʻldim urishib berasiz deb qoʻrqdim
Marin qoʻlini ikki tomonga yoyib: qani kelchi oʻzimga shaytoncham
Xesu opasini gapidan erib yugurib borib opasini quchoqladi
Marin qizni boshidan silagancha : yoʻq unday qilmas edim hozir ham mana qara urishmadimku
Marin : xoʻsh sen u bilan nimalar qilding
Xesu : opa nega unday deysiz hech narsa qilmadik
Marin : u sendan boʻsa olmadimi
Xesu : yoʻq men birinchi bosani unutilmas deb eshitgan edim shunga oʻn sakkiz yoshimda unga rozi boʻlaman
Marin : meni hayron qoldirding shaytoncham endi esa yotib uxla ertaga erta turishing kerak
Marin : men uxlamasam uxlamesanmi
Xesu : bir kundan keyin turmushga chiqsez bunday oʻtira olmaymiz shunga siz bilan yotmoqchiman yoʻq demang opajon . Xesu shu degancha koʻzlarini pirpiratib opasiga qarab turar edi
Marin singlisini bu qarashidan keyin yoʻq deya olmas edi
Xesu hursand boʻlib opasini qoʻlidan ushlagancha opasini xonasiga kirib opasidan birinchi yotoqni bir tomoniga yotib oldi
Xesu : opajon siz ham uxlang endi kelaqoling
Marin: sen qiz odam boʻlmaysan shayton qiz
Marin shu degancha singlisini yoniga yotib Xesuni quchoqlagancha sochlarini silab uxlab qoldi
Erta tong ikki qiz quchoqlashib uxlar ekan . Budilnik tinimsiz jiringlagani uchun , Marin asta sekin koʻzini ochib yoniga qarar ekan singlisi qizni quchoqlab mayin uyquda yotar ekan . Marin qizni qoʻllarini belidan olib singlisini uygʻotmaslik uchun oʻrnidan sekin turib yuvinish xonasiga kirib ketdi
Yarim soatdan keyin Marin oʻziga qarab yuvinib chiqib hali ham uxlab yotgan singlisiga koʻzi tushdi va qizni yoniga borib sochlarini silay boshladi
Marin : turaqol Xesu tong otdi
Xesu uyqusiragancha ~ opa yana biroz uxlay
Marin : soat yaqinda 8:00 boʻladi oʻqishga kech qolasan
Xesu bu gapdan keyin oʻrnidan sapchib turdi ~ opa nega ertaroq uygotmadiz
Marin bundan kulib yubordi ~ hali erta hozir bemalol ulgurasan men pastda boʻlaman xonangga kirib tayyorlanib pastga tush . Marin shu degancha singlisini peshonasidan oʻpib chiqib ketdi
Xesu erinibgina oʻrnidan turib oʻzini xonasiga kirib ketdi . Yarim soatdan keyin yuz qoʻlini yuvib maktab formasini kiyib oʻziga qarab pastga tushdi
Xesu pastga tushar ekan pastda ota onasi bilan opasi qizni kutib oʻtirar edi
Xesu borib onasini yuzidan oʻpdi ~ hayrli tong oyijon
Xesu mayin tabassum qilgancha ~ ancha yaxshi
Xesu onasi bilan salomlashib keyin unga qarab turgan dadasini yoniga bordi ~ hayrli tong dadajon
Yon: senga ham hayrli tong malikam yaxshi dam oldingmi
Marin singlisiga qaragancha ~ yonimga kel
Xesu xoʻp deb borib opasini yoniga oʻtirdi. Ular birga nonushta qilar ekan ota onasi Marin bilan Xesuga tabbasum bilan qarab turar edi
Yon : Sonja azizam qizlarimiz juda inoq shunday emasmi
Sonja : albatta azizam bizni malikalarimiz juda inoq
Sonja erini qoʻlini ushlab mayin tabassum qilib Maringa gapirdi ~ qizim bugun qanday rejalaring bor
Marin : oyi men bugun uyda boʻlaman
Sonja qiziga tabassum qilib keyin Xesuga qaradi
Xesu : oyi men bugun maktabdan keyin dugonam bilan aylanmoqchiman
Sonja : yaxshi faqat kech qolma
Ular shu tariqa birga suxbatlashib nonushta qilib boʻlishgandan keyin Marin bilan onasi mexmonxonaga kirib ketdi . Xesu esa dadasi bilan ketdi
Yoʻlda ketar ekan dadasi jim ketar , oʻrtada sukunat hukm surar edi . Qizni maktabi uyidan uncha uzoq boʻlmagani uchun ular tezda yetib kelishdi . Xesu hursand boʻlib dadasini yuzidan oʻpgancha maktabga kirib ketdi . Yon qizini ichkariga kirib ketganini koʻrib u ham ishiga ketdi
Xesu katta qadamlar bilan maktabga kirar ekan . Maktab juda katta va chiroyli , juda koʻplab oʻquvchilar oʻqir edi . Xesu oʻylangancha u yoq bu yoqqa qarab kimnidur qidirib topa olmagach boshini egib ichkariga kirar ekan bir yigit qizga mayin tabassum qilib , qoʻllarini ikki tomonga yoyib qizga qarab turar edi .
Qiz yigitni koʻrib yugurib borib mahkam quchoqlab oldi . Yigit boʻlsa qizni bellaridan qoʻlini oʻtkazib qizni oʻziga qaratish uchun biroz quchogʻidan chiqarib peshonasidan oʻpdi
Xesu : seni koʻrgandan keyin juda yaxshi
Xesu yigitini qoʻlidan ushlagancha qolgan oʻquvchilar bilan maktabga kirib ketdi
Jk erta tongda qizini uygʻotishga harakat qilmasin qiz hattoki qimirlab ham qoʻymadi
Arin boʻlsa shirin uyquda uxlar ekan dadasini gapini umuman eshitmagan ham edi . Jk qizni oʻrnidan turgʻazib quchoqlab oldi
Jk : farishtam tur endi bogʻchaga kech qolasan
Arin uyqusirab dadasiga qarab turar edi
Arin : dadajon yana ozgina uxlay
Jk : farishtam tura qol endi qachon erta turadigan qiz boʻlasan