Sukutdagi faryod Ep 7
Xesu : men boshqa yigit topdim sevmayman seni u senga qaraganda ancha kelishgan boy va aqilli
Bu gaplarni gapirar ekan Xesu ichida dunyolar vayron boʻlyatgan edi . Minkyu esa bir zum jim boʻldi keyin koʻzlariga yosh keldi . Yigʻlagani uchun ovozi biroz boʻgʻiq boʻlib chiqdi
Minkyu: Xesu buni yolgʻon deb ayt axir sen unday qizlardan emassan
Qiz yigitni ovozidan yigʻlaganini bilar ekan oʻzini ham yuragi ezilyatgandi lekin yigitga bildira olmas edi
Xesu : senga aytdim sevmayman seni boshqasini sevaman
Minkyu: yolgʻon gapiryapsan Xesu
Xesu : hohlasang ishon meni qaytib bezovta qilma hayr
Xesu shu gaplarni aytgancha ortiq koʻz yoshlarini yashira olmay yigʻlab yubordi . Qiz shunday yigʻlar ediki hatto ovoz ham chiqara olmas edi goʻyoki ovoz chiqarib yigʻlasa kimdur eshitilib qoladigandek edi
Bu nega aynan men boʻlishim kerak axir meni nima aybim bor edi . Men oʻzim tanimagan oilaga tushdim , bilmayman turmushga chiqan odamim erim yoki pocham men bu yerda oʻzligimni yoʻqotib boryapman . Bu yerda birontasi ismim bilan chaqirmaydi opamni oʻrnida qolib ketdim . Endi esa Minkyu men uni hafa qildim juda qattiq hafa qildim . U juda yaxshi inson edi unda ayb yoʻq edi . Men unga loyiq emasman hudbinlik qildim meni shunday sevgan odamni bilmadim endi esa menga befarq odam bilan jazolanyapman . Meni kechir sevgilim seni sevardim. Qiz shularni oʻylab yigʻlab oʻtirib uxlab qoldi
Kechki soat 16⁵⁰ dan oʻtar ekan Arin hursand boʻlib yugurib uyga keldi . Uyga kelib uyni koʻzdan kechirar ekan Xesuni topa olmas edi . Keyin Kim xonimni yoniga bordi
Kim xonim Arindi koʻrib hursand boʻlib qizni quchoqlab peshonasidan oʻpib qoʻydi
Kim xonim: oying honasida uxlayapti
Arin : hali erta uxlashga katta oyi
Kim xonim: oying charchagan ekan uxlab qoldi endi borib ustini almashtirib chiq oyingni ham uygʻot
Arin hursand boʻlib hoʻp degancha tepaga chiqib ketdi va toʻgʻri Xesuni honasiga bordi va eshikni ochib ichkariga kirdi . Qiz ichkariga kirar ekan Xesu yotoqda uxlab yotar edi . Qiz yugurib borib Xesuni yoniga oʻtirdi va yuzidan oʻpib qoʻydi
Arin : oyijon tura qoling men keldim
Xesu uyqusirab Aringa qarab qoʻydi va qizga tabbasum qilib qoʻydi ~ Arin yana ozgina uxlay keyin oʻzim tushaman
Arin: oyi tura qoling hozir dadam ham keladilar
Xesu Jkni kelishini eshitib oʻrnidan sapchib turdi va qizga qaradi~ qachon keladi
Arin : doim men bogʻchadan kelganimdan keyin keladi
Xesu tezda borib oynaga qarar ekan koʻp yigʻlagani uchun koʻzlari qizarib biroz ishib qolgan edi . Boshi esa otib yuboray deb ogʻrir ekan . Majbur bir chetda kuzatib turgan Aringa tabbasum qilib qoʻydi
Xesu : unda sen ustingni almashtirib pastga tushib tur men ham birozdan keyin tushaman
Arin : xoʻp deb yugurib xonasiga kirib ketdi . Xesu oynada aksini koʻrar ekan yigitga gapirgan gaplarini eslab oʻzidan nafratlanib ketar edi . Lekin agar hozir Jk qizni shu axvolda koʻrsa aniq nimadur deydi . Xesu hamomga kirib yuvinib chiqdi va biroz makeup qildi , keyin honaga kirib telefonini oldi va Minkyuni nomerini oʻchirib tashladi hammasini tozalab telefondi yashirib qoʻydi va pastga tushdi
Qiz pastga tushar ekan bosh ogʻrigʻi qolmagan edi koʻzlarini qizargani bilinib turar edi . Nihoyat qiz oshxonaga kirgan edi u yerda Arin va Jk gaplashib oʻtirar ekan qiz hech narsa bildirmaslik uchun tabbasum qilib Arindi yoniga oʻtirdi
Jk boshida qizga eʼtibor bermadi lekin Arin bilan oʻynayatgan payt bexosdan Jkni koʻzlari Xesuni koʻziga tushdi va qosh qoqib qizdan soʻradi
Jk : nega koʻzing qizarib ishib ketdi
Xesu birdan berilgan savolga dovdirab qoldi, lekin Jk oldin dovdir odamni yomon koʻrishini aytgan edi shunga oʻzini oʻnglab javob berdi
Jk qizdan koʻz uzmay qarab turar ekan uni gaplari yolgʻon yoki rost ekanligiga shubxa qildi . Xesu noqulay boʻlib turar ekan Jk buni bildi
Jk : men senga yolgʻon gap aytma degan edimmi
Arin jim boʻlib ota onasini suxbatini eshitib turar ekan , Jk qizi shu yerda turgani uchun oʻzini bosishga urinar edi . Xesu boʻlsa yigitdan qoʻrqib turar edi . Jk chuqur nafas olib Aringa qaradi keyin esa yana nigohlari Xesuga tushdi
Jk : yolgʻon gapirmasdan ayt Marin nega yigʻlading
Xesu oʻylab oʻtirmay ogʻziga kelgan gapni gapirdi
Arin hayron boʻlgancha qarab turishda davom etar ekan Jk qizni nima demoqchi boʻlganini bildi , lekin qizni biroz mazax qilish uchun yana soʻradi
Xesu gapirgan gapiga pushaymon yeb endi qanday qilib Arindi yonida aytishni oʻylar edi , oxiri gap topdi
Xesu : qizlarda doim boʻladiku oyda bir marta
Xesu Jkni bu gaplaridan asabi buzilib tamom boʻlyatgan edi
Shunaqa ham axmoq odam boʻladimi. Agar imkoniyatim boʻlganda nimadur bilan urib oʻldirib qoʻygan boʻlar edim , lekin imkon qayda shunday odam bilan bir umr yashab oʻtib ketamanmi oʻzing sabr ber . Xesu oʻylanib turar ekan Jk qizga qarab javob kutar edi
Jk : tilingni yutib yubordingmi
Xesu : ministratsiya payti ogʻriq boʻladi shunga yigʻladim
Jk kulgancha ~ yosh bolaga oʻxshab shunga ham yigʻlaysanmi
Bu gapdan Xesuni koʻzlari katta katta boʻlib ketdi
Xesu : nima bu xazlmi unaqa payt qanday ogʻriq boʻlishini bilasizmi
Arin ularni kuzatib kulib oʻtirar edi. Chunki dadasi qanday qilib onasini mazax qilmoqchi ekanligini shunib tomosha qilib oʻtirar edi
Shu kundan bir oy oʻtdi hammasi yaxshi tomonga oʻzgara boshladi . Jk Xesuga oldingidan sal yaxshi muomala qilishni boshladi . Xesu bilan Arin esa doim birga edi , lekin Marindan hali ham habar yoʻq Minkyu batamom ado boʻlib Xesu bilan borgan joylarga borar edi . Oʻqishni ham tashladi. Xesuni maktabini dadasi gaplashib hal qilib boʻlgan edi . Bir oy juda yaxshi oʻtdi , Xesuni ota onasi qizidan ikki marta habar olgani keldi ular qizni koʻrib sal boʻlsa ham taskin topishdi . Lekin Marindi qancha qidirshmasin hech qanday habar yoʻq edi
Dam olish kuni ertalab Arin hammadan birinchi turdi va toʻgʻri Xesuni oldiga bordi
Honadan hech qanday ovoz kelmagach ichkariga kirdi . Ichkariga kirib qarasa onasi uxlab yotgan edi bundan hursand boʻlib yotoqqa onasini yoniga yotib qizni boʻynidan qoʻlini oʻtkazib olib yuzidan oʻpdi
Arin : onajon tura qoling tong otdi qarang quyosh ham chiqdi
Xesu uyqusirab ~ malikam yana ozgina uxlay keyin chiqaman
Arin : yoʻq ona turing axir bugun birga parkka boramiz degan edizku uxlasez kech qolib ketamiz
Xesu qizini bu gaplaridan keyin asta sekin oʻrnidan turib choʻzilib qizga qaradi va uni mahkam quchoqlab yuzidan oʻpdi ~ mana turdim endi hursand boʻldingmi
Arin : ha onajon juda ham hursandman tura qoling
Xesu : hali yuz qoʻlini yuvmadingmi
Arin : yoʻq oyijon birinchi sizni yonizga keldim
Xesu qizni quchogʻiga olib : yaxshi unda birinchi seni yuvintiramiz
Arin hursand boʻlib onasini quchogʻidan chiqib yugurib hamomga kirdi . Xesu kulib qizni ortidan kirdi , Xesu kirsa Arin deyarli kiyimlarini yechib Xesuni kutib turar ekan qiz kirib vannani suv bilan toʻldirib unga shirin hid keladigan vositarlarni soldi va qizini koʻtarib vannaga oʻtkazdi . Xesu qizini yuvintirar ekan Arin har xil shakllar yasab onasini kuldirar edi
Arin : qarang oyijon qarang men har xil shakl qila olaman
Buni koʻrgan Xesu kulgidan oʻzini toʻxtata olmas edi
Xesu : qizim boʻldi endi kel yuvinib ol
Arin : xoʻp oyi . Ular shu tariqa dushdan yarim soatda chiqdi . Xesu qizni kiyintirib pastga tushurib yubordi keyin oʻzi ham yuvinib chiqib kiyimlarini kiyib pastga tushdi. Xesu pastga tushar ekan oshxonada Arin bilan Jungkook oʻtirar edi . Xesu Jungkookga qarab ~ hayrli tong
Qizni gapini eshitgandan keyin Jk eʼtiborini Xesuga qaratdi~ hayrli tong
Ular birga nonushta qilib boʻlgach Jkni ishlari chiqib qoldi va ketadigan boʻldi. Jk endi eshikdan chiqaman degan payt Xesu chaqirib qoldi
Jk ortga qarab ~ nima tezroq gapir
Xesu : bugun Aringa vada bergan edikku parkga olib boramiz deb
Jk : Marin meni ishlarim bor oʻzing olib bor agar ishim erta tugasa men ham boraman
Jk : ha aytgancha koʻchaga chiqqandan keyin agar bironta erkak bilan koʻrishganini yoki ular senga yaqin kelganini bilsam mendan yaxshilik kutma
Jk shu gapni aytgancha uydan chiqib ketdi . Jk ketgandan keyin Xesu Arindi yoniga bordi. Arin Xesuni koʻrib hursand boʻlib qizni quchoqlab oldi
Xesu : ha qizim rozi boʻldi endi esa tayyorlanaylik
Xesu : dadeni ishi bor ekan boʻsh boʻlsa kelar ekan
Arin : xoʻp oyi unda oʻzimiz boramizmi
Xesu : ha qizim oʻzimiz boramiz
Ular birga xonaga kirib kiyinib tayyorlanib pastga tushdi va ularni kutib turgan katta qora moshinaga chiqdilar . Ular yoʻl boʻyi nimadurlarni muhokama qilib ketishdi . Nihoyat katta parkka yetib keldi . Xesu moshinadan tushar ekan parkni koʻrib joyida toʻxtab qoldi . Chunki bu park doim Xesu yigiti bilan keladigan va ular eng sevgan joy edi. Arin tezda moshinadan tushdi va Xesuni qoʻlidan mahkam ushlab oldi , haydovchi esa hech narsa demay parkda Arin bilan Xesuni yolgʻiz tashlab ketdi
Arin bilan Xesu birga parkni aylanar ekan u yerda juda koʻp oʻyinlar bor edi . Ikkisi ham juda hursand boʻlib bir biri bilan oʻynar edi . Xesu Arin bilan boʻlsa ham oʻzini ancha erkin his qilar edi
Arin katta daraxt oldiga turib oldi , buni koʻrgan Xesu qizga qaradi va oʻtirib qizni mahkam quchoqlab oldi
Arin onasini quchogʻida hursand boʻlib oʻynar edi . Kechga yaqin ular aylanar ekan, Arin katta bolalar oʻyinini koʻrib qoldi . Xesu boshida rozi boʻlmadi, lekin doimgidek Arin koʻzlarini yoshga toʻldirib yoqimtoy boʻlib qarasa qiz hech qachon yoʻq deya olmas edi va nihoyat rozi boʻldi
Xesu : yarim soat oʻynab ol keyin uyga ketamiz aks holda dadangni jahli chiqadi . Arin hoʻp deb yugurib oʻyingohga kirib ketdi , Xesu esa oʻsha yerda Arindi tomosha qilib turar ekan , qizni yuzidagi baxtni va tabassumni koʻrib jilmayib qoʻydi. Xesu qiziga berilib qarab turgani uchun yoniga kelgan omdani sezmay ham qoldi. Yigit kelib qiz biron narsa deyishidan oldin mahkam quchoqlab oldi va yuzini qizni sochlari orasiga koʻmdi , bundan qiz biroz qotib qoldi Xesu bu kim ekanligini juda yaxshi bilar edi oʻsha jondan ortiq koʻrgan sevgani Minkyu edi
Minkyu yuzini qizni sochlari orasiga koʻmib gapirgani uchun ovozi boʻgʻiq chiqdi ~ seni sogʻindim atirgulim
Yigitni bu gaplaridan qiz joyida qotib qoldi nima qilishni ham bilmay dovdirab qolgan edi va oxiri oʻzini toʻgʻirlab yigitni itarib yubordi
Minkyu : unday dema sevaman axir seni
Xesu : sevma meni sevmayman Xesu gapini tugatib ulgurmasdan Minkyu egilib qizni lablariga labini bosib boʻsa ola boshladi . Xesu bundan turgan joyida toshdek qotib qoldi . Xesu yigitni quchogʻidan chiqishga urinmasin lekin yengildi yigitga kuchi yetmadi. Xesu ham yigitni boʻynidan qoʻlini oʻtkazib unga javob qaytardi . Oradan hech qancha vaqt oʻtmay u yerda qayerdandir Jk paydo boʻldi va koʻrgan manzarasidan qotib qoldi va uni yoniga borib qizni qoʻlidan ushlab yigitdan ajratib oldi. Jk shu qadar jahli chiqan ediki shu yerning oʻzidayoq qizni oʻldirib qoʻyishga tayyor edi . Minkyu gapirishdan oldin Jk qayrilib Xesuga qaradi