𝖄𝖔𝖚 𝖇𝖊𝖑𝖔𝖓𝖌 𝖙𝖔 𝖒𝖊
Meni sev, mendan nafratlan menga umuman farqi yoʻq sen baribir meniki boʻlasan
ーRuna Draven | stories taqdim etadi
Shifokor Jungkook bilan suhbatlashar ekan. Qiz titroq va qoʻrquvda edi.
Jungkook: bu nima deganingiz? Nima siz meni ayolimni jinni deyapsizmi?
Shifokor: janob siz notoʻgʻri tushundingiz. Xonim bosim, qoʻrquv va kuchli stress va depressiyada boʻlgan bular unga yomon taʼsir qilgan.
Jungkook: hoy sen deya shifokor yoqasidan ushlagan edi. Qiz qoʻrqqanidan qoʻlidagi sumkani tushurib yubordi. Qiz qoʻrqqanidan
Men atayin qilmadim, behosdan tushib ketdi deya takrorlardi. Jungkook qiz tomon keldi. Qizning yuzlariga qoʻllarini qoʻydi.
Jungkook: azizam hammasi yaxshi, hammasi yaxshi qoʻrqma hech narsa boʻlmaydi
Qiz vahimadan toʻxtadi yigitga yuzlandi. Hammasi yaxshi boʻladi deya past ovozda aytdi. Jungkook qizni bagʻriga bosdi va xonani tark etdi.
Shifokor: aslida hammasiga oʻzing aybdorsan Jeon Jungkook
Jungkook va Runa tashqariga chiqishdi. Mashina oldiga borishdi. Jungkook old orindiq eshigini ochdi. Qiz mashinaga oʻtirdi. Jungkook rolga oʻtirdi. Mashinani oʻt oldirdi.
Runa meni kechir, men ahmoqni kechir bunday qilmasligim kerak edi. Senga bunday munosabatda boʻlmasligim kerak edi. Xato qildim. Juda katta xato qildim.
Author
Jungkook oʻzini ayblardi. Toʻgʻri ayb unda , barcha ayb unda . Lekin qilgan ishlariga hali toʻliq javob berganicha yoʻq.
Jungkook: dada oyi men ketishim kerak. Uylanishga kelsak xohlamayman. Agarda uylansam ham qizga qiyin boʻladi.
Janob jeon: Jungkook bu nima deganing? Boʻldi bas! Uylanasan! Men seni toʻyingni koʻrmoqchiman. Onang ham
Jeon xonim: oʻgʻlim bir marota boʻlsa ham bizga quloq sol. Yoshing ancha ulgʻaydi. Ahir yaqinda 29 ga kirasan.
Jungkook oyisni qoʻllarini ushladi.
Oyijon men uylanish niyatim yoʻq
Janob jeon: bas qil. Koʻchadagilar bilan vaqt oʻtkazishdan charchamadingmi? Hammaga sharmanda qilmoqchimisan?
Jeon xonim: bas qiling. Men oʻgʻlim bilan gaplashaman. Hamma tinchlansin. Dadasi siz ham biroz dam oling deya Janob jeonni xonaga kirgizib yubordi.
Oʻgʻlini esa mehmonxonaga boshladi.
Jungkook: oyi men uylanmayman. Hamma qiz bir shunchaki bitch
Jeon xonim: oʻgʻlim bu nimasi? Hamma ham bunday emas. Mana men meni ham shunday oʻylaysanmi? Meni ham bitch deb bilasanmi?
Jungkook: oyi bu nima deganingiz? Nega sizni bunday deyman. Siz undaylardan emassiz.
Jeon xonim : ana gap tamom mendaqa qizlar ham bor va sen uylanasan. Men kelinlik va nabirali boʻlaman.
Jungkook: agarda uylansam u qizga...
Yigit soʻzini tugatmadi. Oyisi : mana bu qiz
Jeon Jungkook 28 yosh biznesmen. Qolgani esa sir
Jungkook: oyim menga bir qiz suratini koʻrsatdi. U juda yosh edi. Lekin hammani oʻziga tortadigan jozibador , goʻzal edi. Uni bir koʻrganimda yuragimda boshqacha his paydo boʻldi lekin lekin
Jungkook: oyi u ham shundaylardan. Hali goʻdakku nima men uni oʻzimga qiz qilamanmi?
Jeon xonim: meni asabimga tegma u dadangni ishxonasida ishlaydigan Dohyunni qizi. Toʻgʻri biroz yosh lekin goʻdak emas. Atigi 17 yosh balogʻatga yetgan.
Jungkook: oyi deya oʻrnidan turdi. Nima men...men ... Ahir u hali 20 ga toʻlmagan. Nimalar deyapsiz?
Jeon xonim: oʻgʻlim bu qiz otangga yoqgan uni dadasi bilan koʻrgan ekan. Ularni oylasi biroz nochor shunga u qizni kelin qilmoqchi.
Jeon xonim: boʻldi bas ertaga uchrashuvga chiqasan va tez orada toʻy deya mehmonxonada Jungkook ni oʻz hayollari bilan yolgʻiz qoldirdi.
Runa: salom oyijon deya oshxonada ovqat tayyorlayotgan oyisi yuzidan oʻpich qoldirdi.
Oyisi: qizalogʻim keldingmi? Hoʻsh ishlaring qanday boʻldi? Charchamadingmi?
Runa: yoʻq ish yaxshi boʻldi. Kayfiyatim yaxshi
Oyisi: qizim senga bir muhim gapim bor
Runa: aha qanday gap ekan. Deya stakanda suv oldi va ichmoqchi edi
Oyisi: sen turmushga beryapmiz
Nima? Oyi hazillashyapszmi? Ahir men hali kichkinamanku
Oyisi: qiziga yaqin keldi. Koʻzlariga qaradi.
Oyisi: qizalogʻim iltimos shu safar rad etma hopmi. Bizni ham tushun agarda qarzlarimizni toʻlamasak ular seninolib ketsa yoki otangga nimadur qilsa men nima qilaman.? Jon qizim yoʻq dema
Runa ilojsiz edi koʻzlari yoshga toʻlgancha xonasiga chiqib ketdi. Xonasiga kirdida yotoqqa oʻzini tashladi. Koʻzlarini qamrab olgan yoshlarga erkinlik berdi.
Runa: ahir qanday qilib? Na ularning taklifiga rozi boʻla olaman na qarshi ? Nima qilay ? Ahir hali oʻqishni ham tugatmadim. Komga turmushga chiqaman? Qanday inson? Kim u? Hech narsadan xabarim yoʻq shunchaki sharoitim uchun turmushga chiqishim kerak. Balki shunday qilganim toʻgʻridur. Oyimning gaplarida jon bor. Agarda sutxoʻr lar kelsa oyimga yoki dadamga nimadur qilsa? Yoki menga oyim chiday olmaydi. Qarshilik qilishim kerak lekin qarshi chiqa olmayman. Naqadar shafqatsiz dunyo. Deya yigʻlagancha yotoq ustida uxlab qoldi.
Runa allaqachon uygʻongan, kiyimlarini alishtirgan , oyna oldida oʻz aksiga termulib turardi. U juda goʻzal edi. Uning yuziga pardoz kerak emas.
Runa: uchrashuvga chiqaman. Oyim ayti uchrashuvga chiq dedi. Chiqmasam oilamga jabr. Deya koʻzi namlandi. Lekin koʻz yoshlariga erk bermadi. Yoshlarni ichiga yutdi. Biroz atir sepdi. Va mayus tabassum qildi va xonani tark etdi.
Oyisi: tayyormisan. Jungkook xozir ishda ekan ishxonasi oldidagi cafe ga borasan.
Runa: nima men uni oldiga borishim kerakmi?
Oyisi: qizim
Qiz toʻxtadi va ortiga qaradi.
Runa: oyisining koʻzlariga qaradi. Koʻzlar hech qachon aldamaydi. Onasi ham buni hohlamaydi. Lekin taqdir, sharoit shu ahvolga soldi. Runa onasining nigohlaridan qochdi va bekatga bordi. Avtobus kelgach cafe tomon yoʻl oldi.
Jungkook: hop oyi hop mayli qoʻngʻiroq tugatyapman. Oʻzingizni ehtiyot qiling
Jeon xonim: hop oʻgʻlim qizga muloyim boʻl
Janob jeon: balki xato qilayotgandurmiz lekin u qizdan boshqa qiz unga toʻgʻri kelmaydi.
Jeon xonim: nega aynan u qiz? Ahir shuncha martabali doʻstlaringiz qizini bizga berar edi.
Janob jeon: ular boʻlmaydi. Agarda ular oʻgʻlingni kasalini bilsa sharmanda boʻlamiz. Bu esa g'ing deya olmaydi. Otasi meni ishchim qarzi koʻp. Nimadur boʻlsa ham hech kim bilmaydi.
Jungkook: bu laʼnati qachon kelarkin. Endi bitta goʻdakni ergashtirib yurushim qolgan edi. deya cafening deraza tomonida Runani kutardi. Runa keldi. Cafedan Jungkook ni qidira boshladi. Qizda uning surati yoʻq lekin yigitda qizning surati nafaqat surati balki butun hayoti maʼlumotlari bor.
Qiz cafega keldi atrofdan jungkookni qidira boshladi.
Hoy deya qoʻlini koʻtardi. Yigitni koʻrgan qiz u tomon keldi.
Runa: hayrli kun janob Jungkook
Jungkook: mulozamatga hojat yoʻq
Hayrli kun.
Jungkook: nega turipsan oʻtir deya toʻgʻrisidagi stulga ishora qildi. Qiz stulga oʻtirdi. Lekin nigohlar yerda qoʻllar esa sumkaning boʻgʻichini oʻynamoqda.
Jungkook: hoʻsh Runa meni taniysan Jeon Jungkook man. Biznesmen va hokazo. Hoʻsh maqsadga oʻtaman. Senga uylanam. Lekin shunchaki qogʻozda. Shubchaki qogʻozda rafiqam boʻlasan nima deysan?
Nima bu ahmoqmi? Lekin meng a ham shu kerak edi.
Jungkook: unda yaxshi 2 haftadan soʻng toʻy.
Faqat mening shartlarim bor.
Bu haqida hech kimga aytmaysan. Men nima desam shuni qilasan. Tashqariga chiqmaysan. Qoʻl telefon ishlatmaysan.
Jungkook: otang , onangni oʻylasang boʻlardi. Runaning tomogʻiga nimadur qltiqilgandek boʻldi.
Jungkook: menimcha rozisan , meni esa ishlarim koʻrishguncha dedi va u yerni tark etdi
Runa: shunaqayam qoʻrs boʻlish mumkinmi? Nahotki tushunmasa? Bu inson kim oʻzi?
Runa oppoq libosda oyna oldida oʻtirar ekan. Xonaga oyisi kirdi.
Oyisi: qizalogʻim juda goʻzal kelin boʻlding.
Runa: oyi balki toʻyni toʻxtatarmiz.
Oyisi: aslo agarda hozir toʻxtatsang sutxoʻrlar mayli Jungkook bizni tinch qoʻymaydi. Jon qizim iltimos u nima desa shunday qil iloji boricha u aytganlarini qil.
Runa: hop oyi deya oyisini quchdi.
Jungkook: nima sen ahmoqmisan qanaqasiga qochadi.?
Jimin: Jungkook bilmayman bilmayman bir daqiqaga chiqib ketgan edim kelib qarasam yoʻq.
Xizmatchi: janob Jungkook nimadir boʻldimi?
Jungkook: toʻyni tezlashtiring
Xizmatchi: lekin mehmonlar endi keldi
Jungkook: laʼnati men senga nima deyapman?!
Xizmatchi: hop janob deya uning oldidan ketdi.
Katta zal. Mehmonlar bezaklar ortida samimiylik sezilmaydi. Runa oppoq libosda, boshini egib turgan. Jungkook sovuq nigoh bilan oldinga qarab turibdi. Ruhoniy oldinda, mayin, ammo qat’iy ovoz bilan boshlaydi.
Ruhoniy (rasmiy ohangda
– Hurmatli mehmonlar, biz bu yerda Jeon Jungkook va Lee Runa’ni muqaddas nikoh bilan birlashtirish uchun yig‘ildik.
Bir zum sukut qiladi, so‘ng Jungkookka qaraydi.
– Jeon Jungkook, siz Lee Runa’ni qonuniy turmush o‘rtog‘ingiz sifatida qabul qilishga rozimisiz?
Jungkook qisqa muddat jim turadi. Orqa qatorlarda onasining qattiq nigohi unga qarab turganini sezadi. So‘ng, tishlarini biroz tishlab
Jungkook (past, sovuq ohangda
– Ha… roziman.
Zal jimjit. Ruhoniy endi Runa tomon qaraydi.
– Lee Runa, siz Jeon Jungkook’ni qonuniy turmush o‘rtog‘ingiz sifatida qabul qilishga rozimisiz?
Runa sekin boshini ko‘taradi. Nigohlari bo‘sh. Qo‘llari biroz titradi. Orqa tarafdan otasining tovushi eshitilgandek bo‘ladi: “Ayt, Runa. Oilamiz nomi uchun.”
Runa (sekin, og‘ir yutib
– Ha… roziman.
Ruhoniy (rasmiy tarzda, sezilarli sovuqlik bilan
– Rozilik asosida, sizlarni er-xotin deb e’lon qilaman.
Hech qanday qarsak yo‘q. Hech qanday tabassum yo‘q. Runa ham, Jungkook ham bir-birining ko‘ziga qaramaydi. Nikoh uzugi taqiladi, lekin yuraklar jim.
Jungkook huddi qayergadur shoshayotgandek edi. Oradan 1 soat oʻtdi.
Xizmatchi: janoblar toʻy marosimiga kelganingiz uchun tashakkur. Endi esa hamma oʻz uyiga borgani maqul bazm esa ertaga davom etadi. Bu soʻzlardan keyin mehmonlar asta bazmni tark eta boshladi. Jungkook ota onasi ham oʻzlarining villalariga ketishdi. Yoshlar yolgʻiz qolishi uchun. Xizmatchilar esa ishini tugatib ketdi. Katta qoʻrgʻon va ikki yosh. Xonada jim jitlik.
Jungkook: tashqariga chiqma men ketyapman.
Jungkook: bu sening ishing emas. Yotib uxla
Jungkook jiminning oldiga ketdi. Runa esa yolgʻiz qoldi. Runa deraza tomon keldi va parda ortidan pastda mashinaga chiqayotgan eriga sekin qaradi. Jungkook mashinaga chiqdi va u yerdan ketdi.
Runa: nima men uyda oʻzim qoldimmi? Nahotki mening hayotim...orzu qilgan kunlarim shunday boʻlsa ...men shuni orzu qilganmidim...u ketti mayli lekin bu yerda men oʻzim qoldim... qoʻrqyapman...bu katta uyda yolgʻiz qolishdan qoʻrqyapman....
Runa dushga kirib chiqdi ozini yotoqqa tashladi va charchoq bilan uxlab qoldi
Runa xonasi oldiga hizmatchilar keldi eshik tutqichini ushlashdi xona qulf.
Xizmatchi: xonim turing janob Jungkook keldi.
Runa: uygʻonmadi qattiq uyquda edi. Xona esa qulf
Xizmatchi: haligi honim charchagan ekan. Xona esa qulf
Jungkook: nima charchagan.? Meni chaqirayitganimni aytingmi?
Xizmatchi: aytim janob aytim. Eshitmadi.
Jungkook: hali shunday degin deya tepa qavatga jahl bilan chiqib ketti . Xona eshigini zarb ochishga urundi lekin qulf. Xizmatchiga narigi xonadan 2 chi kalitni olib chiqishini aytdi.
Xizmatchi: mana janob deya kalitni uzatdi. Jungkook xona eshigini ochdi. Atrofga qaradi Runa yoʻq
Xizmatchilar hayron. Hamma uni qayerga yoʻqolganiga hayron. Shu payt dushdan faqat dush halatida , sochlari esa xoʻl
Runa: nimadur boʻldimi? Deya savol nigohida qaradi
Jungkook: qanday hissiyot bildirishga hayron qoldi. Kulsinmi yoki gʻazablangansinmi?
Xizmatchilar xijolat boʻlganidan biz ishimizni qilamiz deya ketishdi. Xonada Jungkook va Runa qoldi.
Jungkook Runaga yaqinlasha boshladi. Runa orqaga yurardi. Va oyogʻi sirgʻalib ketib yiqilib ketay deganda Uning belini baquvvat qoʻllar egalladi. Jungkook Runani oʻziga tortdi. Ikki tana juda yaqin turar edi. Ortada deyarli masofa yoʻq. Yurak urush va tartibsiz nafas olish ikkisi ham buni eshitar edi
ーRuna Draven | stories taqdim etdi
Keyingi qismi uchun uzun fikrlar va koʻp Reaksiya kutib qolaman duchess