June 10, 2025

𝖄𝖔𝖚 𝖇𝖊𝖑𝖔𝖓𝖌 𝖙𝖔 𝖒𝖊

Meni sev, mendan nafratlan menga umuman farqi yoʻq sen baribir meniki boʻlasan.

ー6-bob

ーAuthor | Draven Lee Runa

Runa pov

Nega soʻzlarini tugatmadi. ? Nima meni ham? Nima meni ham oʻldiradimi ? Nahotki suratdagi qiz kabi
Runa qoʻrqqanidan ogʻzini qoʻllari bilan yopdi.

Yigʻlamaslikka harakat qilardi. Lekin qoʻrquv, bosim , zaiflik uni tinch qoʻymasdi.

Jungkook mashinani haydar ekan. Oynaga qaradi va Runani yigʻlayotganini koʻrdi.

Mashinani chetga oldi va toʻxtatdi.

Runa: Jungkook nima boʻldi? Nega toʻxtadik? Yigʻi aralash

Jungkook mashinadan gʻazab bilan tushdi va Runa tomondagi eshikni ochdi. Runa unga tushunarsiz nigoh bilan qarab turardi.

Jungkook: tush!

Runa hop deya asta mashinadan tushdi .

Author pov

Runa hozir ilojsiz. U nima desa shuni qilishga majbur. Chunki u suratdagi qiz ahvolini koʻrdi. Va shkafdagi gʻalati buyumlarni ham , Jungkook telbanoma harakatlaridan uni psycho ekanligini sezgandi.

Jungkook yigʻlayotgan Runa ni ovozini eshitishga toqati qolmadi.

Jungkook: OʻCHIR OVOZINGNI deya baqirdi. Uning sochlaridan changallab , iyagidan qisib oʻziga qaratdi.

Jungkook: seni yashashing xato ...

Runa ovozi chiqmasada gapirishga urundi. Barchasiga qarshi chiqqan holda unga gapirishga urundi

Runa: siz ,,,siz telbasiz. Hayotimni barbod qildingiz. Sizdan nafratlanaman. Mayli usha suratdagi qiz kabi meni ham oʻldiring roziman faqat oilamni tinch qoʻying

Jungkook uni qoʻyib yubordi. Asta kula boshladi. Kulgusi xursandchilik dan emas, gʻazab kulgusi edi.

Jungkook: o'lmoqchiman degin... Suratdagi qiz kabi olmoqchiman degin ....

Jungkook jahl bilan qizni qoʻllaridan ushladi. Mashinaga qayta joyladi. Oʻzi ham tolga oʻtirgancha uyga ketdi.

Runa pov)

Bari ilojsiz...men taslim boʻldim....taslim..menga farqi yoʻq... oʻldiraversin...bunday qiyinchiliklarga chidagandan koʻra oʻlganim afzal

.

.

"Suratdagi qiz" - voqeasi

1 yarim oy avval

Seoul , soat 15:45

.

Mira: hosh menga qachon uylanasiz? Jungkook kostumining yelkalariga tegingan holatda

Jungkook: sen rozi boʻlganingda

Mira: mmm kecha tugʻilgan kunim boʻldi men taklifingizga rozi boʻldim. Hoʻsh qachon toʻy

Jungkook: azizam hali erta emasmi? Oilangga bu haqida aytish kerak

Mira: yoʻq erta emas, ha aytgancha uyimdagilarga dugonamnikida qolaman degandim lekin dugonam safarga ketib qolipti. Balki sizning uyingizga borarman

Jungkook: menga farqi yoʻq

Mira: unda kettik

Jungkook: yaxshi

.

.

.

Jeon xonadoni

.

Mira: ouuu uyingiz ancha katta ekan.

Jungkook: yaqinda bu uy seniki boʻladi.

Mira: qoʻysangizchi

Jungkook: yuraqol

Ular ichkariga kirishdi. Mehmonxonaga kirishdi.

Mira: Jungkook men chanqadim oshxona qayerda?

Jungkook: oʻng qoʻldagi 2 eshik

Mira: aha

Kechki payt

Jungkook: hoʻsh azizam bu seni xonang , toʻydan keyin esa meni xonamda yashaymiz

Mira: hop azizim deya jungkook ni yuzidan oʻpich qoldirdi va ichkariga kirib ketdi. Jungkook ham oʻz xonasiga kirdi.

.

Mira: ufff landavur. Hh azizam emish. Deya ensa qotirdi.

.

Jungkook xona ichida oʻtirar ekan uyqusi kelmasdi. Shu payt ochiq qolgan kompyuterga koʻzi tushdi. Uyning har bir burchgiga oʻrnatilgan kamera video yozuvlari turar ekan , ulardan biri Jungkook nazariga tushdi.

U videoni yoqdi

Oshxonada

Mira telefon orqali qoʻngʻiroq qildi.

Mira: alo

X: saloom goʻzalim

Mira: salom azizim, meni sogindingmi?

X:albatta seni sogʻinmay boʻladimi

Mira: men ham sogʻindim , ayniqsa usha kechani...

Jungkook videoni toʻliq koʻrishga sabri chidamadi. Gʻazabdan qoʻllari musht holatga keldi. Boʻyin tomirlari yaqqol sezildi. Koʻzlari esa kompyuterdan uzilmasdi. Va kompyuterni yopdi.

Jungkook: nahotki adashtim. Jin ursin lanati foxisha deya gʻazab bilan xonadan chiqdi va Mirani xonasiga bostirib kirdi.

Mira yotoqda telefon titib oʻtirardi.

Mira gʻazab bilan kirgan Jungkook koʻrib hayron qoldi.

Mira: Jungkook? Nimadur boʻldimi?

Jungkook: telefoningni ber!

Mira: nega?

Jungkook: yaxshilikcha ber

Mira: bu meni shaxsi buy....

Qiz gapini tugatmasdan Jungkook miradan telefonni yulib oldi.

Mira oʻrnidan sapchib turdi.

Mira: bu nimasi?

Jungkook uning gaplarini eshitmasdi. Telefondan xabarlarga kirdi. Va adashganiga , juda qatti adashganiga amin boʻldi...

Jungkook telefonni oʻtib yubordi

Mira: bu nima qilganing , ahmoq!

Jungkook juda asabiy holatda edi. U Mirani boʻgʻzidan oldi.

Jungkook: sen laʼnati meni chuv tushirmoqchi boʻldingmi?

Mira kula boshladi.

Mira: hoy ahmoq sen kasalni sevadi deb oʻyladingmi?

Sendan jirkanaman , lanati

Jungkookning bu gapdan keyin gʻazabi minga chiqdi. Uni yuziga tarsaki tushurdi Mira yerga yiqildi. Asta tutib yuzini siladi. Eshikdan chiqmoqchi edi. Eshik qulf

Mira: Jungkook oʻyin tugadi men ketmoqchiman

Jungkook asta jilmaygancha unga yaqinlasha boshladi

Jungkook: oʻyin endi boahlandi

Mira: nima?

.

.

. Hozirgi vaqt

Ular uyga qayti.

Jungkook biroz hovuridan tushgan edi. Runaga biroz nazar tashladi.

Jungkook: oʻzimni boshqara olmayapman.

U eshikni ochdi.

Jungkook: Runa tushaqol

Runa mashinadan tushdi. Uyga oqsoqlanib kirar ekan. Jungkook uni koʻtarib oldi.

Runa: bu..bu nima qilganingiz? tushiring oʻzim yura olaman.

Jungkook: jim

Runa:ahir

Jungkook koʻrsatgich barmogʻi bilan Runani ogʻzini yopdi. Uni xonasiga olib chiqdi.

Runa: Jungkook

Jungkook: nima?

Runa: meni ham surat....

Jungkook: jim boshqa bu mavzu haqida gapirma

Runa: hop

Jungkook:men yuvinib chiqaman soʻng uxlaymiz.

Runa hop deya bosh irgʻadi

Jungkook dushga kirib ketti.

Runa:

Unga nima boʻldi? Bir qarasa telba bir qarasa mehribon. Agar uni faqat mehribonligini bilganimda edi uni aniq sevib qolgan boʻlardim. Lekin men uni shayton holatini , iblis holatini koʻrdim. Bu esa meni sevib qolishimga qarshilik qiladi. Nima boʻlayotganiga tushunmayapman.

Jungkook pov)

Lanati nimalar qilayapman? Uni ham telbadek azoblayapman. Miraning qilgan iflos ishida Runani aybi yoʻq ediku. Nega unga azob berdim. Lekin men ..men oʻzimni boshqara olmayapman... U koʻzimga xuddi miradek koʻrinyapti....

.

.

. Jungkook dushdan chiqdi. Yotoqda Runa allaqachon uxlab boʻlgandi. Jungkook sekin yotoqqa yotdi. Runani ortidan quchdi. Uning boʻyniga yuzlarini koʻmdi , chuqur hidladi

Jungkook: sen u emassan dedi va koʻzlarini yumdi

Erta tong Runa uygʻondi lekin doim uygʻonganda yonida boʻladigan erkak yoʻq. Qiz biroz havotirlandi soʻng oʻrnidan turib ustiga halat ilgancha pastga shoshib tushdi. Atrofga alangladi. Soʻng oshxonadan pishir kuydir ovozini eshitgach oshxona tomon bordi va ochiq eshikdan asta moʻraladi.

Jungkook tovadad narsa qovirayotib qoʻliga yogʻ sachradi.

Jungkook: jin ursin lanati

Runa oshxonaga kirdi. Va qoʻllarini yuvdi . Jungkook uni kelganini sezdi. Runa Jungkook ning oldiga yaqinlashdi va qoʻshimcha qoʻshiq yordamida taomni pishirishda davom etdi. Jungkook undan koʻzlarini uzmasdi.

Runa: nimadur boʻldimi?

Jungkook: yoʻq

Runa: unda nega termulib qoldingiz?

Jungkook: shunchaki...

Jungkook asta Runani quchdi. Toʻsatdan boʻlgan holatdan Runa seskanib ketdi.

Jungkook: tshshsh davom et deya uning sochining uchini oʻynardi, shu payt jungkook ga qoʻngʻiroq boʻldi.

Jungkook: eshitaman

Politsiya: bu jeon Jungkook mi?

Jungkook: ha jeon Jungkook

Politsiya: janob uzur ustingizdan shikoyat tushgan mahkamaga kelishingizga toʻgʻri keladi

ー6-bob | tugadi

ーAuthor | Draven Lee Runa

Author: bu fanficni ahu yerigacha oʻqigan boʻlsangiz keyingi qismi uchun Reaksiya va uzun fikrlar kutaman.

Xato va kamchiliklar boʻlsa uzur.

Yoqimli mutolaa duchess