Love and Danger
Bugun Jimin va Taehyung kompaniyasiga taklif noma keldi, taklifnamada ularni mafialar bazimiga taklif qilgan edi, va bu taklif Min Yoongidan edi.
Min Yoongi 26 yosh u Jimin va Taehyung do'sti yoshi kottaligi sabab Jimin va Taehyung uni o'z akasiday ko'radi Yoongi ham mafioz uni bir necha barlari bor va Min kompaniyasi boshlig'i.
Qorong'u kecha. Mafio'zlar uchun atalgan bazim atrofida yengil hushtak chalib, atrofni vahimali tinchlik bilan qolardi. Jimin boshqaruvidagi qora avtomobil asta to'xtadi. Sunmin deraza ortidan yaltirayotgan yoritqichlarga qarar ekan, o'zida bir g'alati tashvish his qildi
Jimin :hammasi reja bo'yicha ketmoqda. Sunmin, Minsu, hushyor turinglar. Bu Jungkookning hududiga yaqin joy va, Jungkook bu hudud atrofini sevadi.
Minsu jilmayishga urindi, lekin yurakdagi xavotirni yashira olmadi. Minsu Taehyungga o'girilib
Minsu :biz bu joyga kirib nima qilamiz? Jungkook bizni tuzoqqa tushirishni niyat qilgan bo'lsachi.
Taehyung nigohini o'tkir qilib, unga javob berdi:
Taehyung :bu bizning imkoniyatimiz. Unga qarshi kuchimizni ko'rsatishimiz kerak. Bu holatda ortga yo'l yo'q.
Sunmin qizg'in suhbatga aralashdi:
Sunmin : lekin rejamiz aniqmi? Bu joyda qancha himoya kuchi borligini bilasizmi?
Jimin Sunminni belidan quchib oldi va jilmayib, o'ziga xos ishonch bilan javob berdi.
Jimin :bilamiz. Agar rejamiz ishlasa Jungkook hammasini yo'qotadi.
Ular avtomobildan tushib, bazimning ichkarisiga yo'l olishdi. Katta zal eshigi shovqin bilan ochildi. Yoongi ota-onasi oldida turar edi.
Zal markazida Jungkookning sharpasi ko'rindi. Uning nigohi ularni o'tkir qilichdek kesib o'tdi.
Jungkook : demak, nihoyat keldinglar. Menga qarshi o'ynayotganlaringni bilmasa kerak, deb o'yladinglarmi ?.
Jimin unga bir qadam yaqinlashdi. Ularning nigohlari bir-biriga qadaldi.
Jimin : o'yinni sen boshladin Jungkook. Endi biz tugatamiz.
To'satdan otishmalar boshlandi. Jungkookning odamlari atrofni to'ldirdi. Jang avjiga chiqdi. Minsu va Jimin himoyada bo'lishga harakat qilar, lekin Sunmin va Taehyung oldingi chiziqda edi.
Taehyung o'ng ko'kragiga o'tilgan o'qni his qildi. U yiqilayotganida Sunminning faryodi zalni titratdi. U Taehyungga yordamga oshiqdi, ammo Jungkookning nishoniga aylandi.
Jungkook yelkasini qisib, Sunminni ham jarohatladi. Jimin va Minsu qolgan kuchlarini to'plab, Jungkookning odamlariga qarshi jang qilishdi.
Bir necha daqiqa ichida zalni Yoongini odamlari qurshab oldi.
Yoongi : Jungkook bas qil odamlaring bilan zalni bo'shatib qo'yinglar.
Jungkook Yoongini gapini ikki qila olmasdi shuning uchun indamay odamlari bilan zalni bo'shatib qo'yishdi.
Jimin Sunminni, Minsu esa Taehyungni oldi bordi. Sunminni oppoq ko'ylagi qon bilan belangan edi. Taehyung ham xushsiz yotar edi.
Jungkook zaldan chiqar ekan Jiminga qarab dedi.:
Jungkook : bu hali faqat boshlanishi, Jimin. Tayyor bo'l.
Jimin va Minsu, Sunmin va Taehyung mashinaga olib chiqib, shoshilinch tibbiy yordamga yo'l olishdi. Mashinada hammani o'ylar bo'g'ib turardi. Taehyungning yuzi oqarib ketgan, Sunmin esa og'riqdan ingrar edi.
Minsu : hammasi yaxshi bo'ladi. Hali bu jangni biz tugatamiz.
Jimin rulda xuddi o'zidan o'tgan g'azabni sezdirgandek, tez hayday boshladi. Uning ko'zlari yashnab, yuragidan faqat bitta fikr bor edi : Jungkook bu qilganlaring uchun javob berasan.
Orada, o'z og'rig'iga bardosh berib, Sunmin asta Jiminning qo'lini ushlab dedi:
Sunmin : biz....buni yengamiz, Jimin. Qancha qiyin bo'lsa ham, yonimda qol🥺.
Jimin : Sunmin men seni yoningda bo'lish uchun hamma narsaga bardosh qilaman. ☺️
Mashinada tibbiy yordam markaziga yetib kelishdi. Jimin va Minsu tez yordam xodimlariga yordam berar ekan, ko'zlari yonib turardi. Ushbu jang ularning ruhida nafaqat dushmanlik, balki yaqinlikni ham kuchaytirdi.
Bu holatdan so'ng ular faqat oldinga qarashni, bir birlariga suyanch bo'lishni o'rganib borishardi. Ammo bu yo'lda ularni hali qanday sinovlar kutayotgan edi....
Mana mushukchalarim Love and Danger fanfikimni to'rtinchi qismi.
Muallif :Sunmin_Sakurai ✨🪐yaqimli mutolaa xatolar bo'lsa uzur.