January 1, 2025

Love and Danger

Birinchi bo'lim: Yangi Vazifa

Shaharning eng qorong'u va xavfli ko'chalari, qiyinchilik va hiyla-nayranglarga boy edi. Jimin va Taehyung o'z mafiyalarni bilan tanilgan shaxs edilar. Ular o'zlarining har bir harakati bilan bu shaharni boshqarardi, ammo barchasi biror og'ir xatoga yoki xiyonatga bog'liq edi. Ularning yurishlari xavfli, ammo har doim ham maqsadga yetishish uchun zarur edi. Jiminning ko'zlari, Taehyungning ovozi, ikkalasining pozitsiyalari o'zaro uyg'un va bir-biriga muhtoj edi, lekin bularning barchasi so' nggi nuqtaga kelib, yuksak xavflarga sabab bo'lishi mumkin edi.

Shu bilan birga, Jimin va Taehyung o'zlarining eng ishonchli ishchilarga ega edilar.

Lee Sunmin

Lee Minsu

Sunmin va Minsu ularning har bir harakatini kuzatib borar, ularning buyruqlarini aniq bajarishar edi. Biroq, bu ishchilar ham o'zlarining shaxsiy tuyg'ularini yashirishga majbur edi. Jimin va Taehyung uchun faqatgina ishining muvaffaqiyatli bajarilishi ahamiyatga ega edi. Ammo vaqt o'tgan sari, bu ishchilar orasida bir narsa o'zgarib borayotganini sezish mumkin edi. Jimin va Taehyung uchun yangi bir vazifa kelib chiqdi. Shaharda yangi bir tahdid yuzaga kelgan edi. Boshqa mafiyalardan birining kuchlari kuchayib, Jimin va Taehyungni xavf ostiga qo'yishi mumkin edi. Shuning uchun, ular o'z ishchilarinin yanada qattiqroq nazorat qilishga qaror qilishdi.

Bu yangi vazifa faqatgina mafiyaning oddiy tashkiliy ishlaridan farq qilardi. Yangi raqiblar, yangi tahdidlar, yangi dushmanlar... Jimin va Taehyung, nafaqat o'z pozitsiyalarini saqlab qolish, balki shaharning barcha kuchlarini boshqarish uchun, Sunmin va Minsuni o'zlariga yordamchi qilib chiqirishdi.

Sunmin, Jiminning eng ishonchli va sadoqatli yordamchisi, ko'plab xavfli vazifalarni bajarib, o'zining eng yuqori pozitsiyasiga yetib kelgan edi. U har doim sadoqatli, jiddiy va ayni paytda juda hushyor edi. Sunminni tanishgan har bir kishi uning qat'iyatligi va ishni bajarishga bo'lgan eng yuqori darajadagi ma'suliyatlini qadrlardi. Har bir harakati o'ta ehtiyotkor va nazorat ostida bo'lishi kerak edi.

Minsu esa, Taehyungning yordamchisi bo'lib, ayni paytda o'zining kuchi, kuchli mantiqiy fikrlari va rejalashtirishdagi mahorati bilan ajralib turardi . Uning ishonchliligi va xavfli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilishdagi ustaligi Taehyungni unga yanada yaqinlashtiradi. Biroq, Minsu ham faqat o'z vazifasiga qat'iy amal qilib, Taehyungning shaxsiy hayotiga aralashmaslikka harakat qilardi.

Jiminning qarori va yangi vazifasi: Jimin, Sunminni o'ziga chaqirib, unga xavfli vazifa berdi. Bu vazifa, mafiyaning yangi tahdidi bila' bog'liq edi va ko'p narsani hal qilishi mumkin edi. Sunmin, Jiminning buyrug'ini hech ikkilanmasdan qabul qildi. U, o'zining barcha salohiyatini ishga solib, shahar bo'ylab tarqalgan va qochib yurgan dushmanlarini izlashni bishladi

Taehyung esa, Minsuni o'ziga chaqirib, yangi vazifani unga topshirdi. Minsu bu vazifani birmuncha o'ylab ko'r g'anidan so'ng, bajarishga rozi bo'ldi. Bu vazifa unchalik oddiy emasdi, chunki jiddiy tahdidlarga qarshi turish va o'zini himoya qilishi kerak edi. Biroq, Taehyung Minsuga ishonardi. Minsu esa, o'zining yaxshilangan strategik rejalari bilan Taehyungni hayron qoldirishni maqsad qilgan edi.

Jimin va Taehyung o'z ishchilari bilan birga, shaharni nazorat qilishda davom etdilar. Har bir harakat ular uchun katta xavf tug'diradi. Ammo, vaqt o'tgan sari, Jimin va Sunmin, Taehyung va Minsu o'rtasidagi professional munosabatlar yangi fazaga o'tar edi. Sunmin, Jiminning har bir qarorini, har bir harakatini va reaktsiyasini chuqur tushunib, uning orqasidan kuzatar edi. Jimin uchun Sunmin faqat ishchi emas, balki ishonchli yordamchi va do'stga aylanib bormoqda edi.

Taehyung va Minsu ham o'zaro tushunishni chuqurlashtirib borishdi. Bir- birining harakatlarini oldindan sezish, yangi vazifalarni birgalikda hal qilishda ularning hamkorligi har doim yahshilandi. Biroq, bu o'zgarishlar, xushxabar bo'lishidan ko'ra, kuchli his tuyg'ularga aylanishi mumkin edi.

Biroq, Jimin va Taehyung uchun bu hislar hali aniq emas edi. Ular o'zlarining vazifalariga e'tibor berishga harakat qilishar, lekin bu hislar ular uchun yangi tahdidga aylanib borayotgandi

Mana Sevgi va Xavf yani Love and Danger fanfikimni birinchi qismi hatolar bo'lsa uzur.
Muallif : lee_m1nj1
✨🪐