April 20

Taehyungning Rolling Stone uchun bergan intervyusi

Kim Taehyung (V) bolaligini asosan Janubiy Koreyaning janubidagi kichik shahar — Gochang da buvisi bilan o‘tkazgan. U eski musiqalarga mehr qo‘ygan — Chet Baker dan tortib Frank Sinatra va Elvis Presley gacha — va shu orqali uni guruhdoshlaridan ajratib turadigan o‘ychan, mayin uslubni shakllantirgan.
Uning ovozi ham shunga mos — xirgoyi, chuqur bariton bo‘lib, buni u o‘zining atmosferali va sokin Layover nomli debyut EP’sida namoyon etadi.
U har doim BTS ovozining muhim qismi bo‘lib kelgan va ARIRANG albomida ham qo‘shiq yozishda katta hissa qo‘shgan, jumladan Into the Sun kabi muhim treklar orqali.
U bu borada ancha ishonchli ko‘rinadi, faqat bitta jihatdan tashqari — masalan, Park Jimin kabi osonlik bilan yuqori notalarni olish unga unchalik nasib etmagan.
“Men past diapazondaman,” — deydi u fevral oyida HYBE shtab-kvartirasida, Seoul da o‘tkazilgan intervyuda.
“Lekin men juda ko‘p narsani o‘rgandim. Men kuylashda yaxshilanishga erishdim”

👤 2022-yilda tanaffus muqarrar ekanligi aniq bo‘lganida o‘zingni qanday his qilganding? Axir sen juda uzoq vaqt faqat shu hayot bilan yashagansan.

🐻 Kim Taehyung: Armiyada xizmat qilayotgan paytimizda, qanchalik xohlasak ham sahnaga chiqa olmaymiz. Shuning uchun men juda chiqishni xohlardim. Albom chiqarishni, qo‘shiq aytishni, raqsga tushishni xohlardim. Men buni aniq his qilganman… istak? Ha, buni istak deb ataylik.
Lekin biz mamlakatimiz uchun kerak edik, shuning uchun mavjud vaziyatda qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak edi. Shu sababli men bir muddat BTS dagi V obrazini unutishga harakat qildim, diqqatimni Kim Taehyung sifatida hayotimga qaratish uchun

👤 Demobilizatsiyadan keyin ong va tanangni “tikladim va qayta yukladim” deganding. Bu sen uchun nimani anglatadi?

🐻 Bu fikr men uchun juda muhim edi. Men armiyadagi xizmatim uzoq davom etishini bilardim, shuning uchun bu vaqtni qanday foydali o‘tkazish haqida jiddiy o‘yladim.
Avvalo, qadriyatlarim va sog‘ligim haqida o‘yladim. Ichki dunyomni tartibga solishga harakat qildim, ortga nazar tashlab, oxir-oqibat qanday inson bo‘lishni xohlayotganimni o‘yladim.
Shu bir yarim yil davomida men juda ko‘p mashq qildim. Ko‘p kitob o‘qidim, ko‘p musiqa tingladim. O‘ylaymanki, bu menga tanamni va ongimni tiklash imkonini berdi

👤 Eng muhim o‘qigan narsang nima bo‘ldi?

🐻 Men bir do‘stimdan so‘radim: “Kitob o‘qimoqchiman, nimani tavsiya qilasan?” U juda ilhom bilan Han Kang va Keigo Higashino asarlarini tavsiya qildi. Natijada deyarli faqat ularning kitoblarini o‘qidim.
Yana Eleven Steps degan kitob ham bor edi — biroz falsafiy asar. Umuman olganda, kitob o‘qiyotganimda o‘zimni voqealar ichiga kirib ketgandek his qilardim, xuddi qahramonlardan biriga aylangandek. Tasavvurim juda kuchli ishlardi.
Bu menga yordam berdimi? Rostini aytsam… aniq bilmayman.

👤 ARMYlar seni yanada ishonchliroq ko‘rinayapsan deyishmoqda. O‘zing ham shunday his qilasanmi?

🐻 Shunchaki… aslida men shuni payqadimki, mashq qilganimdan keyin o‘zimni ham, ko‘rinishimni ham boshqacha his qilaman — ichki va tashqi tomondan. Shuning uchun, o‘ylaymanki, mening o‘zimni tutishim ham yanada ishonchliroq bo‘lib qolgan

👤 Sen yakkaxon musiqangga juda sinchkov yondashasan. Ko‘p treklar yaratasan, lekin ularni chiqarmaysan yoki o‘chirib tashlaysan. Layoverni yakunlab, uni chiqarish sen uchun nimani anglatdi?

🐻 Layover men uchun BTS dagi V sifatidagi yo‘limga ortga nazar tashlash zaruriyatini his qilgan paytimda paydo bo‘ldi. “Layover” so‘zi yo‘ldagi oraliq to‘xtash degan ma’noni anglatadi, lekin men uchun bu hayotim to‘g‘ri chiziq emasligini bildiradi.
Men shuni aytmoqchiman: men bunday musiqa qila olaman, lekin menga boshqa ko‘plab uslublar ham yoqadi. Men jazzni, klassikani, hatto alternativ musiqani ham yaxshi ko‘raman. Shuning uchun buni ARMYlar va tinglovchilar bilan bo‘lishmoqchi edim.
Men musiqani chin dildan sevaman va Layover — bu mening aksim

👤 BTS’ning yangi albomi sening yakkaxon ishingdan ancha farq qiladi. Sen unga qanday shaxsiy maqsadlar bilan yondashding?

🐻 Birinchidan va eng muhimi — bu albomda mening uslubimga mos kelmaydigan birorta ham qo‘shiq yo‘q. Har biri — bu mening uslubim va men qilishni xohlagan musiqa.
Menimcha, bu janr jihatidan sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan yana bir “rang”im edi. Shuning uchun bu albom ustida ishlayotganda bor kuchimni berdim va unda juda ko‘p mehr bor.
Men ARIRANG haqida gapiryapman.

👤 Bu albomda o‘zingniki yoki boshqa a’zolarnikidan eng yoqadigan lahzang bormi?

🐻 Biz juda ko‘p qo‘shiqlar ustida ishladik, shuning uchun albomga kirmay qolgan, lekin menga yoqqan treklar ham ko‘p. Albatta, kiritilganlar orasida ham sevimlilarim bor.
Lekin eng asosiysi… men yana sahnaga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman. Chunki mening sevimli qo‘shiqlarim har safar ularni sahnada ijro eta boshlaganimizda o‘zgarib ketadi

👤 Yetti kishilik guruhda “ovoz uchun joy” cheklangan bo‘ladi. Ba’zida ego aralashadimi? Masalan: “Men bu qo‘shiqda ko‘proq eshitilishni xohlayman” yoki “men ko‘proq qatnashgan qo‘shiq albomga kirmadi” degan holatlar bo‘ladimi?

🐻 Men ko‘proq o‘zim yaxshi uddalay olamanmi-yo‘qmi, shundan xavotir olardim. Chunki biror narsani yoqtirib tinglash boshqa, uni o‘zing ijro qilish butunlay boshqa narsa.
Shuning uchun, menga nimadir yoqsa ham, uni o‘zimga mos qilib qayta his qilish uchun juda ko‘p mehnat qilishim kerak. Lekin agar mening partiyam kamroq bo‘lsa yoki qo‘shiqda markaziy rol o‘ynamasam — bundan ranjimayman. Chunki bu o‘rinni boshqa a’zo egallaydi. Hatto… biroz yengillik ham his qilaman.
Faqat bitta narsa bor: agar biz yettalamiz qo‘shiqda “mos kelmasak”, unda biz uni umuman olmaymiz

👤 Menimcha, sizlarda har bir a’zo o‘zini teng his qilishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan

🐻 Ha. Endi hammamizning yakkaxon faoliyatimiz ham borligi sababli, har birimizning egomiz kuchaygan. Men o‘ylagandimki, bu qayta birlashganimizda ta’sir qilishi mumkin.
Lekin aslida aksincha bo‘ldi — biz bir-birimizni yanada kuchaytirdik va albomni yanada yaxshiroq qildik. Go‘yo ishimiz yanada mukammallashgandek.

👤 Shunday deyish to‘g‘rimi: senda umuman yakkaxon pop yulduz bo‘lish istagi yo‘q?

🐻 Agar umuman istagim bo‘lmaganida, men umuman artist bo‘lishni to‘xtatishim kerak emasmi?
Men bu albom ustida ishlash jarayonida a’zolardan juda ko‘p narsa o‘rgandim, ularning yo‘lini kuzatib ham ko‘p tajriba oldim. Rostdan ham juda ko‘p narsani o‘rgandim.
Shuning uchun keyingi yakkaxon albomim ustida ishlash vaqti kelganda, har bir a’zoning eng kuchli tomonlarini o‘zlashtirishni rejalayapman

👤 Menga sening jazzga yaqin uslubing juda yoqadi, masalan Winter Ahead kabi — juda chiroyli qo‘shiq. Lekin seni pop albomga ham ochiqdek ko‘raman.

🐻 Ha, bu ham men yaxshi ko‘radigan va intilgan uslublardan biri. Shuning uchun, albatta. Qachon bo‘lishini bilmayman, lekin bir kun kelib — bu men sinab ko‘rishim kerak va xohlaydigan janr.
Shunday deb o‘ylayman.

👤 ARMYlar sening aktyorlik qobiliyatingni ham yaxshi ko‘rishadi, lekin bu safar qahramon o‘lmaydigan rolni ko‘rishni xohlashadi. Yana aktyorlik qilasanmi?

🐻 Menimcha, aktyorlikka bo‘lgan yondashuvim musiqaga o‘xshaydi. Aktyorlik qilganingda, aslida real hayotda boshdan kechira olmaydigan turli rollarni sinab ko‘rish muhim, to‘g‘rimi?
Musiqada ham shunday — men o‘zimni bitta janr bilan cheklashni xohlamayman. Haqiqatan yaxshi ko‘radigan barcha janrlarni sinab ko‘rmoqchiman.
Va bir kun imkoniyat bo‘lsa, men o‘zim xohlagan turli rollarni ijro etishni xohlayman

👤 Agar bitta jazz ijrochisini tanlab, ARMYlarga tavsiya qilishing kerak bo‘lsa, kim bo‘lardi?

🐻 Juda ko‘p! Lekin… Etta James!

Rolling Stone

.
.
.
.
#leebona ~
____
⟭⟬ @UZB_SUB_BTS ⟬⟭