April 20

Jungkookning Rolling Stone uchun bergan intervyusi

BTS qo‘shiqlaridagi yorqin lahzalariga qaramay, 28 yoshida ham Jeon Jungkook hali to‘liq kim ekanini anglab yetmagan.
“Men hali ham o‘zligimni shakllantiryapman,” — deydi u.
Buni tushunish qiyin emas. U BTS’da 15 yoshidan beri, ya’ni umrining deyarli yarmidan ko‘pini global pop yulduzi sifatida o‘tkazgan, guruh ichida ulg‘aygan.
U o‘zining ajablanarli darajada yumshoq tenori kuchayganini tan oladi, lekin hali ham qo‘shiq yozish borasida o‘ziga ishonch topish jarayonida. Shunga qaramay, ARIRANG albomida u yakkaxon ishiga qaraganda ko‘proq muallif sifatida o‘zini ko‘rsatdi.
Qaysidir ma’noda, u BTS’ning ilk muxlislaridan biri bo‘lgan — o‘sha paytda hali kichik bo‘lgan BigHit Music kompaniyasini ko‘plab takliflar orasidan aynan RM “haqiqatan ham juda zo‘r” bo‘lgani uchun tanlagan.
Va Jungkook hali ham ular birgalikda erishgan yutuqlardan hayratda qolayotgandek ko‘rinadi.

👤 Senga katta muvaffaqiyat keltirgan yakkaxon pop yulduz sifatida o‘zingni tasdiqlash nimani anglatdi?

🐰 Rostini aytsam, men hali o‘zimni pop yulduz deb hisoblay olmayman. Lekin bu savolni berishganidan va muxlislar meni shunday ko‘rishidan juda minnatdorman.
Shuning uchun men rivojlanishda davom etishni xohlayman — shunda bir kun kelib o‘zimni haqiqatan ham yulduzdek his qilaman. Bir kun!

👤 Buning uchun senga nima kerak deb o‘ylaysan?

🐰 Aslida, men aniq bilaman. Ingliz tilimni yaxshilashim kerak — hech bo‘lmasa oddiy suhbat qila oladigan darajaga yetkazishim kerak.
Menimcha, bu katta burilish bo‘lardi. Lekin ingliz tili juda qiyin…

👤 Duolingo!

🐰 Duolingo dan tortib Malhaeboka gacha… men deyarli barcha ingliz tili o‘rganish ilovalarini sinab ko‘rganman.
Lekin eng muhimi — taslim bo‘lmaslik.

👤 Hamma aytadiki, sen ingliz tilida gapirishda o‘zingni unchalik qulay his qilmasang ham, qo‘shiq aytganda talaffuzing juda zo‘r

🐰 Hech bo‘lmasa shundan xursandman

👤 Sen qo‘shiq aytganda har bir bo‘g‘inni alohida o‘rganib aytasanmi yoki bu yaxshi eshitish qobiliyating bilan bog‘liqmi?

🐰 Ha, menimcha, bunday narsalarda eshitish qobiliyatim yaxshi. Lekin baribir… bu koreys tili emas. Men uchun bu chet tili.
Va men xohlamayman-ki, ona tili ingliz bo‘lgan odamlar meni eshitganda o‘zlarini noqulay his qilsin yoki bu ularga yoqmasin. Shuning uchun men bunga shaxsan juda ko‘p mehnat qilganman

👤 Sening yakkaxon muvaffaqiyating yangi albom ustida ishlashdagi yondashuvingga va boshqa a’zolarning ish uslubiga qanday ta’sir qildi?

🐰 Men juda erkin va ochiq odamman, kundalik hayotda juda ko‘p o‘ylamayman — faqat zarur bo‘lsa.
Shuning uchun ish jarayoni yoki qo‘shiqlar tanlashga kelganda… albatta, o‘z fikrimni bildiraman. Gapiraman, fikrimni ulashaman, lekin bunga ortiqcha tashvishlanmayman.
Boshqalar haqida aniq bilmayman. Balki ayrim a’zolar biroz bosimni his qilgandir, lekin men uchun bu jarayon shunchaki maroqli bo‘ldi. Menga yoqdi! Men o‘zim xohlagan narsani qildim.

👤 RM aytgandi, hozir a’zolarning turmush tarzi ham, chegaralari ham turlicha. Shu haqida biroz batafsilroq ayta olasanmi? Bu nimani anglatadi?

🐰 Xullas, har bir a’zoning kelib chiqishi juda boshqacha. Hatto tanishganimizdan beri ham har birimiz o‘z tezligimizda, o‘z ritmimizda harakat qilyapmiz.
Bundan tashqari, biz turli musiqa janrlarini va turli ovqatlarni yoqtiramiz. Biz yettimiz, juda ko‘pmiz, lekin birga ishlaymiz, birga kuylaymiz va birga sahnaga chiqamiz.
Hamkorlik qilganimizda ham, albatta, farqlarimiz bor. Balki shuning uchun u shunday degandir

👤 Yangi albomda sen qo‘shiq muallifi sifatida ancha ochilgandek ko‘rinasan. O‘zing qo‘shgan hissangdan ayniqsa mamnun bo‘lgan lahzalar bo‘ldimi?

🐰 Albatta, o‘zimni juda yaxshi his qildim. Buni faxr deb atarmidim, bilmayman… lekin haqiqatan ham ajoyib his bo‘ldi.
Lekin oradan vaqt o‘tgach, bir narsa haqida hanuz o‘ylayman… Nega men biroz ko‘proq qilmagandim? Ikki oy — bu juda uzoq vaqt. Balki yana ko‘proq narsa qila olarmidim?
Shu uchun biroz afsuslanaman

👤 Albatta, ARMYlar sening yakkaxon ishlaringni juda yaxshi ko‘rishdi. Lekin ba’zi fikrlarda sen ko‘proq yozishing kerakligi va alboming biroz “g‘arbona” uslubda chiqqani aytilgan. Buni eshitganmisan va bu haqda nima deb o‘ylaysan?

🐰 O‘sha paytda bu mening tanlovim edi. Agar ARMYlar xohlasa, keyingi albomimda ko‘proq yozishim mumkin. Lekin o‘sha vaqtda men boshqacha narsani xohlagandim.
Men yaxshi qo‘shiqlarni olib, imkon qadar tezroq albom chiqarishni xohladim. Sababi shunchaki shu.
Yana shuni ham o‘ylaymanki, hozircha ayta oladigan hikoyalarim doirasi biroz cheklangan. Shuning uchun kelajakda ko‘proq tajriba va aytiladigan gaplarim bo‘lsa, bu tabiiy ravishda o‘zgaradi.

👤 Ularning orzulari, menimcha, shaxsiyroq. Lekin sen aytyapsanki, hozircha senda bu borada hech narsa yo‘qmi?

🐰 Aslida, balki menda hech qachon ham bo‘lmas. Chunki men xotiralarni uzoq vaqt saqlab qolmayman. Ko‘p narsani tez unutaman…
Bilasan-ku, kompyuterda qattiq disk bo‘ladi? Menimcha, menda “xotira joyi” unchalik ko‘p emas

👤 Sen juda yoshligingdan beri BTS’dasan. Idol sifatidagi faoliyatingda haqiqiy tanaffuslar deyarli bo‘lmagan — faqat pandemiya davrida biroz va armiyada xizmat qilganingda. Bunday ulg‘ayish sening o‘zligingni anglashga qanday ta’sir qildi?

🐰 Pandemiya paytida ham biz juda band edik, haddan tashqari band. Shuning uchun musiqadan butunlay uzoqlashgan yagona vaqtim — armiyada bo‘lgan paytim edi.
Va o‘sha paytda… o‘zligimni anglash haqida chuqur o‘ylash o‘rniga, chunki u doim o‘zgarib turadi, deb o‘ylayman… men shunchaki sahnaga chiqishni xohladim.
Men qo‘shiq aytishni xohladim. “Qachon chiqaman? Tezroq chiqib raqsga tushishni xohlayman!” — men faqat shu haqida o‘yladim

👤 The Beatles guruhida George Harrison eng yosh a’zo bo‘lgan va u doim o‘zini “eng kichik” sifatida ko‘rilishini yoqtirmagan. Senda ham shunga o‘xshash hislar bo‘lganmi?

🐰 Yo‘q, aksincha, menga eng kichik bo‘lish yoqadi. Chunki hozir hammamiz ulg‘aygan bo‘lsak ham, men butun umr oilamda ham, guruhda ham, ishda ham eng kichik bo‘lganman.
Men bunga shu darajada o‘rganib qolganmanki, jamoada aynan shu rol bilan o‘zimni juda qulay his qilaman. Hozir ham o‘zimni shunday his qilaman.

Rolling Stone

.
.
.
.
.
#leebona ~ ~
____
⟭⟬ @UZB_SUB_BTS ⟬⟭