May 18

Jungkook & Calvin Klein

CKJK

EKSKLYUZIV: http://calvin.re/CKJK-X Jungkook bilan cheklangan kolleksiya yaratish uchun hamkorlik qildi. Ushbu kapsula ikonik dizayn va isyonkor uslubni birlashtiradi

20 ta buyumdan iborat kapsula Calvin Klein ning klassik kiyimlarini Jungkookning jasur va biker uslubidan ilhomlangan estetika bilan qayta talqin qiladi

Calvin Klein Inc., PVH tarkibiga kiruvchi kompaniya, erkaklar va ayollar uchun mo‘ljallangan “Jung Kook for Calvin Klein” cheklangan kolleksiyasini taqdim etdi. Bu Jungkookning ilk moda hamkorligi hisoblanadi

28 yoshli janubiy koreyalik xonanda Jungkook BTS a’zosi va vokalisti sifatida mashhur bo‘ldi hamda muvaffaqiyatli solo faoliyat olib bordi. U 2023-yil mart oyida Calvin Klein elchisiga aylangan va brendning ko‘plab reklama kampaniyalarida qatnashgan. Billboard esa uni 2024-yilning eng yaxshi K-pop artisti deb atagan

Kolleksiya uzoq yillik hamkorlik asosida yaratilgan bo‘lib, Calvin Klein klassikasini Jungkookning jasur va erkin uslubi orqali namoyon qiladi. Unda biker ruhiyati va Calvin Klein’ning tarixiy dizayn elementlari uyg‘unlashgan

Kapsulaning asosini ichki kiyimlar va asosiy denim siluetlari tashkil qiladi. Jumladan:

•90-yillar uslubidagi trucker jaket

•90-yillar straight jinsi shimlari

•past beldagi keng jinsi shimlar

Shuningdek, kolleksiyada printli futbolkalar, hudilar va racing uslubidagi jaket ham mavjud.

Kolleksiya maxsus [CKJK] logotipi, ichki yorliqlar, yashirin kashtalar, Jungkookdan ilhomlangan grafikalar, noyob denim ishlovi va eksklyuziv qadoqlash bilan ajralib turadi

David Savman shunday dedi:

“Bu hamkorlik ikki katta madaniy kuchni birlashtiradi — Jungkookning inkor qilib bo‘lmaydigan global ta’siri va Calvin Klein’ning ikonik uslubi orqali haqiqatan ham ta’sirli loyiha yaratildi”

U yana qo‘shimcha qildi:

“Jungkookning qarashlari orqali biz uning shaxsiyati va mototsikllarga bo‘lgan qiziqishidan ilhomlangan yanada shaxsiy tomonini ko‘rsata oldik. Shu bilan birga Calvin Klein estetikasi saqlab qolindi”

Savmanning aytishicha, Jungkookning kuchli global ta’siri va autentik uslubi nafaqat mavjud mijozlarga, balki uning ulkan muxlislar bazasiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda

CKJK

Jungkook ijodiy jarayonning har bir bosqichida ishtirok etgan — dastlabki konsept muhokamalaridan tortib dizayndagi yakuniy detallargacha

U denimning yuvilish usullarini shaxsan tanlagan va Calvin Klein jamoasi bilan birga mashhur trucker jaket kabi kiyimlarning fasonini moslashtirish ustida ishlagan

Jungkook ham, Calvin Klein jamoasi ham uning ruhi butun kapsulada sezilib turishini istagan, shu sabab ular birgalikda maxsus grafikalar va yashirin ichki kashta kabi detallarni qo‘shishgan

Butun kolleksiya Jungkookning mototsikllarga bo‘lgan sevgisidan ilhomlangan bo‘lib, uning shaxsiyati bilan chambarchas bog‘liq

Bu Calvin Klein’ning pop yulduzi bilan qilgan ilk hamkorligi emas

Brend 2023-yil bahorida Jennie bilan “Jennie for Calvin Klein” kolleksiyasini ham chiqargan

Hamkorlik kinematik uslubdagi kampaniya bilan taqdim etiladi, unda Jungkookning magnitdek tortuvchi energiyasi va isyonkor ruhi bayker konsepti orqali namoyish etilgan

Bu konsept uning mototsikllarga bo‘lgan qiziqishidan ilhom olgan

Fotograf Alasdair McLellan Jungkookning portretlari va treylerlarini suratga olgan bo‘lib, unda u ochiq yo‘llar erkinligini ifodalovchi zamonaviy ikon sifatida tasvirlangan

Kampaniya juma kuni maxsus logotip tushirilgan tizer bilan boshlandi

Dushanbadan boshlab kampaniya kontentlari Calvin Klein ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi

“Jung Kook for Calvin Klein” kolleksiyasi seshanba kuni AQSH sharqiy vaqti bilan 18:00 dan boshlab sayt orqali sotuvga chiqadi

Chorshanba kuni esa tanlangan do‘konlar va ulgurji hamkorlarda mavjud bo‘ladi

Narxlar 29 dollardan 699 dollargacha bo‘ladi

Cheklangan dizayndagi ichki kiyimlar faqat Harajuku, Soho va Champs-Élysées flagman do‘konlarida eksklyuziv tarzda sotiladi

Chorshanba kuni brend dunyoning turli shaharlarida immersiv pop-up hududlarini ochadi, jumladan Los-Anjelesdagi bir kunlik tadbir ham rejalashtirilgan

Kampaniyadan ilhomlangan plakatlar xarid qilganlarga sovg‘a sifatida taqdim etiladi

.
.
.
.
.
#leebona ~
____
⟭⟬ @UZB_SUB_BTS ⟬⟭