April 18

Jiminning Rolling Stone uchun bergan intervyusi

BTS a’zolaridan kim eng baland notalarni oladi, deb so‘rasangiz, ularning barchasi bir kishini ko‘rsatadi: Park Jimin.
“Jiminning imkoniyatlari boshqalarnikidan ancha ustun,” — deydi Kim Taehyung (V).
Ammo Jiminning o‘zi hali ham o‘z ovozidan yoki ijodining boshqa jihatlaridan to‘liq qoniqmaydi. U BTS’ga eng oxirgi qo‘shilgan a’zo bo‘lib, qo‘shiqchilikdan ko‘ra zamonaviy raqs bo‘yicha tajribaga ega edi:
“Debyut qilganimizda o‘zimni to‘liq tayyor va ishonchli his qilmagandim,” — degan edi u 2021-yilda Rolling Stone nashriga.
Guruh bilan studiyada o‘tkazgan unutilmas lahzalari va tarixiy yakkaxon ishlariga qaramay — uning 2023-yildagi Like Crazy singli uni Hot 100 chartida birinchi o‘rinni egallagan ilk koreys yakkaxon ijrochiga aylantirdi — u hanuz o‘zini go‘yo hali ko‘p narsani o‘rganishi kerakdek tutadi.
“Men o‘zimni mukammalchi deb atay olamanmi, bilmayman,” — deydi Jimin fevral oyida Seuldagi HYBE shtab-kvartirasida o‘tkazilgan intervyuda.
“Har kimda muvaffaqiyatga erishish istagi bor, menda ham bor. Shuning uchun bu istakdan voz kechish men uchun hammasidan voz kechgandek bo‘ladi. Uni qo‘yib yubora olishimga ishonchim komil emas”

👤 ARIRANG chiqishiga bir oy qolganida o‘zingni qanday his qilyapsan?

🐥 Juda hayajondaman. Rostdan ham juda asabiylashyapman. Reliz yaqinlashyapti, lekin oradan ancha vaqt o‘tdi. Shu vaqt davomida hayajon bilan birga qo‘rquvni ham his qildim. Men hammasini juda yaxshi qilishni xohlayman

👤 Sen juda mashhur yakkaxon ijrochiga aylanding. Bilmayman, bunday darajada tez va katta muvaffaqiyat kutganmiding?

🐥 Yo‘q, umuman bunday bo‘lishini kutmagandim. Bildirilgan e’tibor uchun juda minnatdorman. Lekin bu jarayonda shuni tushundimki, oldinda hali uzoq yo‘l bor. Va men kelajakda yanada rivojlanish uchun qattiq ishlashda davom etaman

👤 To‘g‘ri. Shunday hitlaring bo‘lsa ham, nimani yaxshilamoqchisan?

🐥 Avvalo, vokalimni yaxshilamoqchiman… Ko‘proq o‘rganishni, mashq qilishni va rivojlanishni xohlayman. Bundan tashqari, qo‘shiq yozishni ham yaxshilamoqchiman. Yaxshi konseptga ega, sifatli albomlar chiqarishni istayman.
Oxir-oqibat, mening vazifam — yaxshi qo‘shiqlar yozish va ularni yaxshi kuylash

👤 Seningcha, o‘zingga juda qattiqqo‘l emasmisan?

🐥 Unchalik emas. Hozir men shunchaki hayotdan zavqlanyapman. BTS a’zolari bilan repetitsiya qilish — bu haqiqiy quvonch. Repetitsiyalarda juda maroqli vaqt o‘tkazyapmiz. Sahnaга chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman

👤 Armiyada sen ko‘plab mukofotlar olgansan. Nega sen shunchalik yaxshi harbiy bo‘lganingni nima bilan tushuntirasan?

🐥 Bilmayman, sen mukofotlar haqida qayerdan bilding, lekin boshida… armiyada hamma biz mashhur ekanimizni bilardi, to‘g‘rimi? Shuning uchun men yaxshi taassurot qoldirish uchun juda ko‘p harakat qildim. Keyin esa shunchaki ko‘proq ta’til kunlari olish uchun ko‘p ishladim

👤 Men o‘ylagandimki, balki tayyorgarlik davri harbiy xizmatga juda o‘xshash bo‘lgani uchun sen bunga tayyor bo‘lgandirsan

🐥 To‘g‘risi, biz juda ko‘p raqs qilardik va jismoniy formamizni saqlab turardik. Shuning uchun ma’lum darajada harbiy xizmatga tayyor edik, deb o‘ylayman. Lekin baribir farq bor edi — qolganlarga nisbatan yosh farqi sezilardi. Men ko‘pchilikdan taxminan 10 yosh katta edim, shu sababli ba’zi cheklovlarni his qilardim

👤 Demak, boshqa askarlar bilan yugurish musobaqasida qatnashishni xohlamagansan?

🐥 Yo‘q, aslida men qatnashganman! Men va Jungkook armiyaga bir vaqtda yozilgandik. U birinchi o‘rinni oldi, men esa ikkinchi bo‘ldim

👤 Demobilizatsiyadan keyingi birinchi kun qanday o‘tdi? Yana o‘z hayotingga qaytishingni bilganingda nimalarni his qilding?

🐥 Juda g‘alati tuyg‘u edi. Men shunchaki baxtli bo‘laman deb o‘ylagandim, lekin hammasi unchalik oddiy emas ekan… Buni so‘z bilan ifodalash qiyin.
Men armiyada boshdan kechirgan hamma narsani o‘yladim. Birga mashq qilgan do‘stlarimni, ofitserlarni esladim. Keyin esa yana sahnaga qayta olamanmi, deb o‘yladim. Shu kabi turli xil fikrlar bir paytning o‘zida kelib, meni bosib ketdi. Shuning uchun aniq nima his qilganimni tasvirlash qiyin

👤 2021-yilda gaplashganimizda, sen o‘zingni guruhsiz tasavvur qila olmasligingni aytganding. O‘shandan beri sen guruhdan tashqarida ham katta muvaffaqiyatlarga erishding. Bu sening guruhdagi o‘rningga bo‘lgan qarashingni o‘zgartirdimi?

🐥 Fikrlarim o‘zgarmadi. Agar nimadir o‘zgargan bo‘lsa ham, faqat shundaki: BTS va undagi muvaffaqiyatlarim hanuz men uchun eng ustuvor. Lekin shu bilan birga, men shaxs sifatida ham yaxshiroq qo‘shiqchi bo‘lishni xohlayman.
Jamoamdagi har bir a’zo juda ajoyib, shuning uchun men guruh a’zosi sifatida o‘z qiymatimni oshirishim kerakligini his qilaman va soyada qolib ketishni istamayman

👤 Sening yakkaxon qo‘shiqlaringni — masalan, Be Mine yoki Who ni eshitganimda, unda sening raqqoslik tajribang seziladi. Go‘yo bu qo‘shiqlarning ritmiga va kuylash uslubingga ta’sir qilayotgandek. Sen ham buni sezasanmi?

🐥 Bu qo‘shiqlar ustida prodyuserlarim bilan ishlaganimizda, biz ularni aynan raqsga mos qilib yaratganmiz. Ayniqsa Be Mine uchun men muxlislar bilan bo‘lishishni xohlagan raqs ham o‘ylab chiqqandik, lekin harbiy xizmat sababli bu oson bo‘lmadi

👤 Sening kuylash uslubing juda o‘ziga xos. Ba’zida sen boshqa a’zolarga qaraganda R&B ta’siridan kamroq ta’sirlangandek tuyulasan. Bu juda noyob. O‘zing bu uslubingni qanday baholaysan?

🐥 Mening ovozim shunchaki… men u bilan tug‘ilganman. Qandaydir ta’sirlardan tashqari, men uni ota-onamdan meros qilib olganman. Lekin iliq so‘zlaring uchun juda minnatdorman.
Rostini aytsam, menga eng katta ta’sir qilganlar — BTS a’zolari. Chunki ular mening ovozimni hali trainee bo‘lgan paytimdan eshitishgan. Aynan ular menga ovozim yaxshi ekanini aytishgan va qaysi qo‘shiqlarni kuylashni tavsiya qilishgan. Bu tavsiyalar menga juda katta ta’sir qilgan

👤 Ular qaysi qo‘shiqlarni tavsiya qilishardi? Chunki hatto energiyali qo‘shiqlarni kuylaganingda ham senda ballada ruhiyati seziladi

🐥 Justin Bieber va Chris Brown… Umuman olganda, turli ijrochilar bor edi, lekin asosan R&B yo‘nalishi tavsiya qilingan. Masalan, Trey Songz yoki Tory Lanez — men trainee bo‘lgan paytda ular juda mashhur edi

👤 ARIRANG dagi muhim satrlardan biri — “Ular biz haqimizda hech narsa bilishmaydi.” Bu iborada sening hissang qanday?

🐥 Bir kuni kechqurun men va RM ish tugagach suhbatlashib o‘tirgandik va shu gap aynan o‘sha suhbat davomida paydo bo‘lgan.
Dastlab u “Siz meni zaifligimizni bilmaysiz/zaif qilasiz ” tarzida edi, chunki men muxlislarga aynan shuni aytmoqchi edim: siz bizni shakllantirasiz, bizga doim ajoyib insonlar sifatida qaraysiz. Lekin shu sababli bizda o‘sish uchun joy qolmaydi. Men ular bizni ma’lum ma’noda “zaif” qilayotganini ifodalamoqchi edim.
Shu fikrdan kelib chiqib “Ular biz haqimizda hech narsa bilishmaydi” degan ibora tug‘ildi. Keyinchalik bu g‘oya kengayib, boshqa a’zolarning fikrlarini ham o‘z ichiga oldi. Lekin boshida bu — hech kim bizning qanchalik zaif ekanimizni bilmaydi degan fikrdan chiqqan.

👤 Bu safar albom ustida ishlash jarayoni butunlay boshqacha bo‘lgan ekan

🐥 Qo‘shiqlar ustida ishlaganimizda, biz go‘yo kichik bir “fabrika”dek ishladik. Har bir prodyuser to‘rtta yozuv kabinasidan birida joylashardi, biz esa ikki-uch kishilik guruhlarga bo‘linardik.
Har kuni joyimizni almashtirib turardik: bir kun bir prodyuser bilan to‘liq ishlasak, keyingi kuni boshqasi bilan ishlardik. Bu jarayon deyarli ikki oy davom etdi. Shu tarzda birga ishlash orqali biz 100 dan ortiq qo‘shiqlar yaratdik

👤 Sening yakkaxon faoliyating ARIRANG albomi ustidagi ishga qanday ta’sir qildi?

🐥 Yakkaxon faoliyatim davomida men o‘ziga xos fikrlash tarzini shakllantirdim. Menimcha, qo‘shiq yozishdan kamroq qo‘rqadigan bo‘ldim.
Shu tajriba tufayli yangi guruh albomi ustida ishlashni boshlaganimda… aytish mumkinki, men hammasini mukammal qilmagan bo‘lsam ham, savol berishdan qo‘rqmadim va qo‘limdan kelganicha harakat qildim

Rolling Stone

.
.
.
.
#leebona ~
____
⟭⟬ @UZB_SUB_BTS ⟬⟭