March 19

⁉️Toʼgʼri stream qilish⁉️

⭕️ YouTube uchun tóg'ri Stream qilish

❗️Loop (takrorlash) qilmang.
Videoni kórib bólgandan keyin qayta kórmang.Orada 2-3 ta boshqa video,shorts kóring

❗️Mute (ovozsiz) qilmang.
50+ balandlikda bólishi kerak.

❗️Video sifati kamida 480p yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.

❗️Videoni ótkazib ótkazib kórmang tegmagan holda to‘liq ko‘ring.

❗️CC yani subtitleni umuman yoqmang,óchirib qóying.
Auto playni ham óchirib qóying.

Bir nechta akkaunt ishlating va ularni almashtirib turing

Agar bularni tógri qilmasangiz YouTube kórganingizni hisoblamaydi,óchirib yuboradi.

MV tógri stream qilishini va PM - kórishlar sini oshishi uchun bu qoidalar zarur!

📢 BTS Arirang albomini Spotify da Tógri stream qilish(stream guide)

✅ Stream yani Albomni eshitayotgan vaqtda telefonni óchirib qóyish,boshqa ilovalardan bemalol foydalanish mumkin.
❗️Lekin Albom Musiqasi tóxtab qolmasligi, internetdan uzilmasligi va ovozi 0 darajada turmasligi kerak,past ovozda qilsa bóladi ammo 0 daraja emas.(Naushnik (quloqchin)dan foydalansa bóladi.

✅ Albomni boshidan
oxirigacha tartib bilan tinglang.
❗ Albomdagi Qo‘shiqlarni o‘rtasidan tanlamang va aralashtirmang.Bir chekkadan ketishi kerak -1-2-3-4...14.

❗ Albomni qayta-qayta tez-tez bir xil tarzda takrorlamang.Yani Albom ohirgi 14 qóshiq tugagach Yana boshidan boshlamang,Yani ARIRANGni TINGLAMANG.Boshqa qóshiqga óting.⬇️

❗️2-3 ta boshqa artist qóshiqlarini tinglang.Like bosish,follow bólish,followni qaytarib olish,30 sekundcha eshitib boshqa qóshiqga ótkazib yuborish, playlistlaringizga qóshish kabi harakatlarni qiling.Va Yana ARIRANGNI boshidan ohirigacha tegmagan holda tinglang.
va Yana shunday yósinda davom etasiz.

❗️1–2 soat stream qilish.
Keyin 10–20 daqiqa tanaffus.
Yana davom etish.
Juda uzoq bir xil faoliyat → tabiiy emasdek kórinadi va stream qabul qilinmaydi.

✅Bu harakatlar tirik tinglovchi vazifasini bajaradi va Spotify streamni hisobga oladi.

💡 Maqsad: tabiiy tinglash, real foydalanuvchi kabi support qilish.

Qadrli ARMY bizga va BTS ga har biringizni qóllab quvvatlashingiz kerak.4 yil deganda qaytishyapti va Albom chiqarishyapti.Biz yangi REKORDlarni órnatishimiz va ARMY fandomi Kimligini,qanday kuchga ega ekanligini kórsatishimiz isbotlashimiz kerak.Iltimos BTS uchun befarq bólmang❗️

Let’s support BTS together 💜

.
.
.
.
____
⟭⟬ @UZB_SUB_BTS ⟬⟭