BTS a’zosi Jin bilan FRED jurnalining fevral sonining muqovasi
💬 2026 yil boshlandi. Yangi yilni qanday kutib oldingiz?
🐹 Avval tteokguk (koreys guruchli sho‘rvasi) yedim. Har doim yangi yil kelganda nimadir o‘zgaradi deb o‘ylayman, lekin yanvar kelishi bilan aslida unchalik ko‘p narsa o‘zgarmaydi, hammasi o‘sha-o‘sha bo‘lib qoladi. (Kuladi) Ammo bu yil BTS uzoq vaqtdan keyin guruh albomini chiqarishni rejalayapti, shuning uchun biz Yangi yil boshidan mashq qilyapmiz. Biz ko‘p mehnat qilib, sizlarga o‘zimizni eng yaxshi tomondan ko‘rsatishimiz kerak
💬 2026 yilda nimani sinab ko‘rmoqchisiz? Agar bu yil uchun faqat bitta maqsad tanlash kerak bo‘lsa, u nima bo‘lardi?
🐹 Bu yil men asosan bo‘lajak konsert tourini kutyapman. Nega bilmayman, lekin har safar tourga chiqqanimda kamida bir marta kasal bo‘lib qolaman. Bu safar maqsadim — sog‘lig‘imga yaxshi qarab, tourni sog‘lom holda zavq bilan o‘tkazish
💬 Yangi yil kuni kinoteatrga borganimda <RUNSEOKJIN_EP.TOUR THE MOVIE> filmi namoyish qilinayotgan edi. Bosh qahramon sifatida birinchi fan-konsertingizni aks ettirgan bu film haqida qanday taassurotdasiz?
🐹 Film davomida men doim: “Men haqiqatan ham shunday ajoyib vaqtni boshdan kechirgan ekanman” deb o‘ylab, xotiralarga sho‘ng‘ib ketdim. Bu juda baxtli vaqt edi. O‘sha kuni konsertni ko‘rgan odamlar ham film orqali men his qilgan baxtni yana his qila olishlarini umid qilaman
💬 Film treylerida shunday jumla bor: “Har doimgidek, mening chiqishimni yakunlaydiganlar — bu ARMY”
🐹 O‘ylashimcha, yakkaxon konsertlar paytida bu tuyg‘u haqiqatan ham ko‘p marta sezildi. Qanchalik sahnada harakat qilmay, tomoshabinlarning reaksiyasi bo‘lmasa, chiqish bo‘shdek tuyuladi. Shu ma’noda, bu konsert yanada muhimroq edi, chunki ARMY menga juda katta ishtiyoq bilan javob qaytardi
<RUNSEOKJIN_EP.TOUR> — bu konsert g‘oyasi mening YouTube kanalim “Run, Seokjin” tugayotgan paytda paydo bo‘lgan. Men uni demobilizatsiyadan keyin taxminan bir yil davomida yuritgan edim
💬 “Run, Seokjin”ning yakuniy epizodi sifatida fan-konsert o‘tkazish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi?
🐹 Yakuniy epizodni qanday qilish haqida produserlar jamoasi bilan uchrashuv bo‘ldi. Turli g‘oyalar ichida ARMYni oddiy ko‘cha shousi uslubidagi chiqishga taklif qilish fikri paydo bo‘ldi. Necha kishini chaqiramiz? 30? 100? Keyin men: “Agar mening YouTube kanalimni ko‘rganlarning hammasi kelsa, juda yaxshi bo‘lardi” dedim. Shundan keyin konsert g‘oyasi rivojlana boshladi.
O‘sha uchrashuvdan oldin men hech qachon yolg‘iz sahnaga chiqishni tasavvur ham qilmaganman. Hayotimda yakkaxon konsert bo‘lishi mumkin emas deb o‘ylardim. Lekin bu haqda gapira boshlaganimdan keyin hammasi ro‘y berdi. Natijada “Run, Seokjin” yakunini men kutganimdan ham ko‘proq odamga ko‘rsata oldim. Men juda minnatdor edim va ularga qo‘limdan kelgan hamma narsani ko‘rsatish uchun juda qattiq ishlaganimni eslayman
💬 Sahnadan tashqarida ham sarguzashtlarni yoqtirasizmi? “Run, Seokjin”ga qaraganda siz har qanday sinovni ikkilanmasdan qabul qiladiganga o‘xshaysiz
🐹 Mening shiorim: “Hayotni to‘liq yashaylik” Shuning uchun qiziqarli tuyulgan narsalarning hammasini sinab ko‘raman. Ba’zan keyin afsuslanaman, lekin menimcha, aynan shu spontanlik meni yangi chaqiriqlarga undaydi. Men shunchaki nimanidir sinab ko‘raman: agar yoqsa — davom ettiraman, agar yoqmasa — boshqa narsa boshlayman
💬 Sizningcha, hayotingizdagi eng katta sinov nima bo‘lgan? Uni yengib o‘tishga sizni nima ilhomlantirdi?
🐹 Eng katta sinov — qo‘shiqchi bo‘lish edi. ARMY biladi: men hech qachon qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilmaganman. Ammo tasodifan stajyor bo‘ldim va keyin BTS bilan debyut qildim. Orqaga qarab o‘ylasam, bu hayotimdagi eng yaxshi sinov bo‘lgan deb o‘ylayman. Meni debyut qilishga undagan asosiy kuch esa… sahnada katta san’atkorlarning chiqishlarini tomosha qilish edi. Ularning olqishlar ostida o‘z chiqishlarini mukammallashtirayotganini ko‘rib, men ham orzularimni davom ettirishga kuch topganman
💬 “Run, Seokjin” suratga olish jarayonida eng qiyin sinov nima bo‘ldi?
🐹 Men dahshatli filmlardan juda qo‘rqaman. Bir safar esa tashlab ketilgan uyga borishga to‘g‘ri kelgan. Suratga olish guruhi meni biroz aldadi: ular menga “faqat folklor qishlog‘iga borib, turli o‘yinlar o‘ynaysiz” deb aytishdi va dahshat mavzusidagi maxsus epizodni yashirincha tayyorlab qo‘yishgan ekan. Hatto muxlislar ham dahshatli maxsus epizod haqida gapirganini aytib ishora qilishdi, shuning uchun ortga qayta olmadim… O‘sha payt juda qiyin bo‘lgan (Kuladi)
💬 Sizningcha, hayotingizdagi eng katta sinov nima bo‘lgan? Uni yengib o‘tishga sizni nima ilhomlantirdi?
🐹 Eng katta sinov — qo‘shiqchi bo‘lish edi. ARMY biladi: men hech qachon qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilmaganman. Ammo tasodifan stajyor bo‘ldim va keyin BTS bilan debyut qildim. Orqaga qarab o‘ylasam, bu hayotimdagi eng yaxshi sinov bo‘lgan deb o‘ylayman. Meni debyut qilishga undagan asosiy kuch esa… sahnada katta san’atkorlarning chiqishlarini tomosha qilish edi. Ularning olqishlar ostida o‘z chiqishlarini mukammallashtirayotganini ko‘rib, men ham orzularimni davom ettirishga kuch topganman
💬 Ko‘pchilik BTSdagi Jin haqida gapirganda uning mehnatsevarligi va samimiyligini ta’kidlaydi. Bu tug‘ma sifatmi? Axir mehnatsevarlik ham iste’dodning bir qismi deyiladi
🐹 Ha-ha, aslida men odamlar o‘ylaganchalik ishiga berilgan inson emasman. Men shunchaki qilishim kerak bo‘lgan ishni qilaman. Ko‘pchilik ham shunday yashaydi, hatto bundan ham ko‘proq ishlaydi. Har bir inson o‘zicha mehnat qiladi, lekin menimcha farqi shundaki, mening ishlarim ko‘proq odamlarning e’tiboriga tushadi
💬 Hayot sur’ati haqida nima deysiz? Hozir siz qanday tezlikda yashayapsiz?
🐹 Men sokin va o‘z tempida yashaydigan odamman. Albatta, tez bajarishim kerak bo‘lgan ishlar ham bor. Lekin men shoshilishni yoqtirmayman. Agar hamma narsani darhol qilmasam ham, hayotim bundan juda zarar ko‘radi deb o‘ylamayman. Hatto biroz kech bo‘lsa ham, vaqt olsa ham, men o‘z tempimda yashashni xohlayman
💬 Bugungi intervyu savollariga javob berayotgan kuningiz qanday o‘tdi?
🐹 Qadrli xotiralarni eslashning o‘zi ham insonni quvontiradi. Ayniqsa oxirgi fan-konsert haqidagi savollarga javob berarkanman, kuldim va o‘zimni baxtli his qildim. Har doim kayfiyatimni ko‘taradigan shunday muhim xotiralarni yaratganlari uchun ARMYga yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman
💬 Oxirgi savol. Juda yangi yoki qiyin tuyuladigan vazifani boshlashdan ikkilanayotgan odamlarga nima deysiz?
🐹 Buni kichik bir qadam deb qabul qiling. Yoki xohlasangiz, har doim boshqa narsani ham sinab ko‘rishingiz mumkin. Men sizlarga shuni aytmoqchimanki, “vazifa” degan so‘zning o‘zi yukdek tuyulmasin — shunchaki boshlang
.
.
.
.
.
#leebona ~
____
⟭⟬ @UZB_SUB_BTS ⟬⟭