Lost Happinesꨄ
Bahor fasli edi. Ko'chada yengil shabada esardi. Mashinani oynasidan atrofni tamosha qilib ketardim.
-nimani o’ylayapsan -dedi akam. Akamdan boshqa hech kimim yo’q. Ota-onam avtohalokatda vafot etishgan, meni akam katta qildi. Biron marta menga qattiq gapirmagan, doim erkalardi.
-hech nimani, shunchaki zerikdim. Qornim ham ochti, yana qancha qoldi uygacha.
-ozgina qoldi, uyga borsak o’zing shirin ovqatlar pishirib berasan yoki buyurtma qilamiz.
-buyurtma qilamiz dedim. -dedim xursand bo’lib.
Biz kichkina bir uyda ijarada turar edik. Akamni ishlari yaxshi bo’lib ketgani uchun o’zimizga boshqa uy sotib olibdi. Juda zo’r a?
Shu payt akamning telefoni jiringlab qoldi, uning do’sti ekan. Ularni suhbatini eshitib ketish qiziq edi. Mana uyga ham yetib keldik. Uyni ko’rib juda xursand bo’lib kettim. To’g’ri ko’p qavatli hashamtli uy emas, ammo oldingi ijaradagi uyimizdan anchagina yaxshi edi.
-albatta yoqdi, yoqmasdan bo’lar ekanmi.
-endi ichkariga kirib tur, men mashinadan narsalarni olaman.
Uyni ichi ham juda shinamgina ekan, sharoitlar ham yaxshi. Hamma jihozlar bor. Akam ham uyga kirdi.
-ho’sh akajon, meni xonam qaysi?
-o’zing xohlaganing, qaysi biri yoqsa shu seni xonang. -deb javob berdi.
Akam avvalari juda xushchaqchaq inson edi, doim kulib yurar edi. Lekin ota-onamning o’limlaridan keyin ancha jiddiy va kam gap bo’lib qolgan. O’zini o’ylamasdan meni katta qildi. Menga ham ota ham ona bo’ldi. Tez ulg’aydi.
O’zimga yoqgan xonani tanladim. Sumkalarimni xonamga olib kirib qo’ydim. Xonamdan chiqib akamni chaqirdim:
-siz nima yeysiz, sizga nima buyurtma qilay?
-o’zing nima yesang shuni qilaver.
O’zim haqimda gapirsam, ismim Syuzi, 21 yoshman, bu yil universitetni tamomladim, lekin akam ishlashimga ruxsat bermadi, mayli hechqisi yo’q chunki baribir bir kun ruxsat beradi.
Akam ham universitetni tugatgan, 25 yosh, ismi Jong Sok.