Forcible marriage- majburiy nikoh
Harin: o'zingizni bosing. Meni aybim yo'qku.
-senga telefoningni ber deyapman.
Harin qaltirab telefoni berdi. Taehyung telefoni olishi bilan devorga otib sindirdi.
Harin: bo'ldi bass yetar, jonimga tegib kettingiz. Sizga meni aybim yo'q dedim. Nimaga meni eshitmaysiz.
Taehyung: o'chir ovozingni, menga u nima dedi bilasanmi Harin maniki dedi tushunyapsanmi. Demak senda ham bir gap bor. U o'zidan o'zi unday gap aytmaydi. Gapir o'rtangizda nimadir bormi.
Harin: Yo'q Yo'q Yo'q. Hech nima yo'q hatto u bilan yaqin do'stmasmiz. U meni yoqtirishini bugun bildim.
Taehyung: endi o'qishga bormaysan telefon ham ishlatmaysan. Uydan bir qadam tashqariga chiqsang oyog'ingni sindiraman.
Harin: nega? siz Hanadan uzoq turyapsizmi? Kecha ham aytdim Taehyung. Hanaga qancha yaqin bo'lsangiz men ham…. -deyishi bilan Taehyung "Mayli hop kelishdik, men Hanadan sen Jake dan uzoq yurasan va uydan ko'chaga chiqmaysan" -dedi.
Tae: Harin menga qara agar shunday davom etsang uzoqga bormaysan, seni oxirgi marta ogohlantiraman. Endi xonadan chiqib tur.
Harin xonadan chiqib ketdi. Taehyung telefonini olishi bilan Hanaga telefon qildi.
Tae: Boya nima deyotganding, eshitmay qoldim.
Hana: Senga o'zi men kerakmanmi? Menga befarqsan, senga otam meni boshqasiga beryapti desam ham ishing yo'q.
Tae: rozi bo'lma, mendan nima istaysan. Otangdan seni so'rasam rozi bo'lmadiku.
Hana: Taehyung men uchun kurashmaysanmi? Qochib ketaylik. Sen ham ajrashishni istaysaku.
Tae ichida: -qaysi biringiz uchun kurashay -deb peshanasini ushladi.
Tae: Hana meni gaplarimni yaxshilab eshit. Agar sen meni tashlab ketmaganingda hozir biz ota-onamizning roziligi bilan baxtli oila bolardik. Ammo sen nima qilding, qaysi ahmoq qiz to'yidan oldin qochib ketadi. Yana qaytib kelarmush. Menga qochib ketaylik deyapsan. Shunchalik oson ekanmi?
Hana: nega jaxling chiqyapti. Nega menga bunday gapiryapsan tushunmadim.
Tae: senga bundan yaxshi muomila qiladigan vaziyatda emasman va sen loyiq ham emasan. Maqsadga kelsam -kel yaxshisi do'st bo'lib qolamiz. Turmushga chiq bir kun senham eringni sevib qolasan huddi men xotinimni yaxshi ko'rib qolganim kabi. -deb telefoni o'chirdi.
Tae: ikki o’t orasida qoldim. Qaysi birini tanlay. Tanlash huquqim ham yo'q. Harinni yoqtirib qoldim. Hanani esa unutishim kerak.
Kim xonim: nega yana o'g'limni jaxlini chiqarding. Yaxshiyamki otasi uyda emas. Sen bilan uni ko'chaga haydab solardi.
Harin: o'g'lingizni o'zi menga baqiraveradi. Nima qilsam ham jaxli chiqadi.
Kim xonim: unga muloyim bo'l. Qanday xotinsan. Yaxshi gaplar ayt ko'nglini ol. Uyimizda faqat yeb-ichib kun ko'raman deb o'yladingmi.
Harin Taeni oldiga bordi. Taehyung esa Harinni qo'lini ushlab oyisiga yuzlandi:
-biz kelishib oldik. Uni urishmang. Endi erini ko'nglini olishga majbur.
-nima unutdingmi Hanadan vos kechdim. Bu degani hayotimda sendan boshqasiga joy yo'q degani. Haqiqiy oila bo'lamiz, faqatgina qog'ozda emas, -deb Harin tomonga egilib sekin qulog'iga shivirladi: -tunda ham.
Harin qotib qoldi. -hech qachon.
Tae kulib -unaqasi ketmaydi xotinjon, onamga otamga nabira kerak. Menga avlod kerak "Avlodlar".
Kim xonim: juda yaxshi. Oxiri ikkingiz ham tushunibsizda. Bundan boshqa ilojingiz ham yo'q edi.
-kelin, Taehyung to'g'ri aytyapti. Bizga nabira kerak. Oilamizni davom ettiradigan avlod kerak buni bitta men emas otasi ham istaydi va talab qiladi ham. Harakatingizni tezlashtiring -deb ularni oldidan ketdi.
Tae sochini silab Haringa gapirdi: ko'rdingmi men nima dedim. Mayli xotinjon endi men ishga ketishim kerak. Sen esa uxlab dam ovol -deb ko'zini qisti.
Harin tirsagi bilan Taehyungni urdi.
Tae: aysh, jinnimisan. Mayli bo'pti. Ishdan kelishimga chiroyli bo'lib meni kutib olasanmi? Qaytishda senga nima olib kelay? Nimadir istaysanmi?
Harin: nima istasammi? Unda uyimga olib borib qo'ying va hech qachon olib ketmang.
Tae: xato javob. O'zim nimadir olib kelarman. Sen esa onamni oldilariga borib dars ol, o'rgan men kettim.