Forcible marriage- majburiy nikoh
Harin: nima istasammi? Unda uyimga olib borib qo'ying va hech qachon olib ketmang.
Tae: xato javob. O'zim nimadir olib kelarman. Sen esa onamni oldilariga borib dars ol, o'rgan men kettim.
Tae ketgandan keyin Harin xonasiga yugurib chiqdi eshikni yopib xursand bo'lib ketdi.
Harin: nahotki meni ham yaxshi kunlarim kelgan bo'lsa, yoki u o'z nafsini qondirish uchun shunday dedimi? Nega Hanadan shunchalik oson vos kechdi? Mayli nima bo'lsa ham hammasi yaxshilikga - o'ziga o'zi gapirgancha yuvinishga kirib ketdi. Sochlarini quritdi. Kiyim tanlash uchun shkafidagi ko'p kiyimlarni kiyib ko'rdi.
Oxiri shu ko'ylakni kiyishga qaror qildi. Oynani oldiga bordi hech qachon yuzini bo'yamagan edi ammo bugun eri uchun pardoz qildi. Yuziga ko'p narsa surmadi.
****
Taehyung ham ishda o'tira olmadi. Haringa qo'ng'iroq qilishni istardi ammo uni telefoni yo'qligi uchun qilolmadi. Oxiri xizmatchiga telefon qilib Haringa berishini aytdi:
-yaxahimisan? Boshin boshqa og'rimadimi?
Harin: yo'q og'rimadi yaxshiman, nimaga qilgandingiz?
-hali ham o'rganmadingmi? -dedi kulib
-mayli hech qisi yo'q uyga borganimda o'zim senga o'rgataman xonamizda bo'ladimi?
Harin uyalib qizarib ketdi. U ham Tae kulganidan keyin kulib yubordi.
Harin: mayli nega qo'ng'ioq qilgandingiz?
Tae kulishni toxtatib jiddiy ohangda sekin gapirishni boshladi:
-seni ovozingni sog'indim, jaxling chiqqanida burning qizarib qolishini so'g'indim. Ush kecha bag'rimda shirin bo'lib uxlab qolganingni sog'indim.
Harinni yuragi juda tez urishni boshadi, o'zini boshqacha his qildi. Taeni gaplariga jilmayib turardi.
Harin: men….men ham siz..sizni sog'indim.
Tae juda xursand bo'ldi. Harin uni sevgisini qabul qilgani uchun juda xursand bo'ldi. Hatto Hana bilan ham bunchalik o'zini baxtli his etmagandek go'yo.
-unda uyga tezroq borishg harakat qilaman.
Harin: hop -deb telefoni o'chirib xizmatchiga berdi.
Taehyung ham ishdan usha zahoti javob so'rab Haringa sovg'a olishga do'konlarga bordi. Nima olishni uzoq o'yladi va telefon olishga qaror qildi chunki har gal xizmatchiga qo'ng'iroq qilishini xohlamadi. Telefonni oldiga esa tungi ko'ylak ham qo'shib oldi. Mashinada uyga ketarkan yo'l chetida gul sotib o'tirgan bir ayolga ko'zi tushdi. Ancha qiynalgan ayol ekan undan gul sotib olishni xohlab oldiga bordi.
-yaxshimisiz, qaysi gulni tavsiya qilasiz?
-kim uchun olyapsiz sevgan qizingiz uchunmi?
-ko'zlari sochlarini rangi qanaqa
-ko'zlari och jigarrang, ko'zlariga qarasang nimadir demoxchi bo’ladi, oftobda qad ko'tarib turgan kungaboqarlarga o'xshaydi. Sochlari esa sochlari ham och jigarrang. Hushbo'y gullarni hidi keladi -deb o'ylanib gapirdi. Yuzida tabbasum paydo bo'ldi.
-unda bu gullarni ol, unga juda yoqadi.
-rahmat -deb ketdi. Uyga ham yetib keldi. Buni oynadan ko'rgan Harin otilib xonasidan chiqdi. Zinalardan yugurib shoshilib tusharkan Tae shunday dedi:
-sekin sekin yeqilib tushasan axir.
Harin: keldingizmi -dedi xursand ovozda.
Harin: vaaay rostan mengami, rahmat sizga.
Tae: senga yana sovg'am bor yur -deb qo'lidan ushlab xonaligiga olib kirdi.
Ularni Kim xonim kuzatib turardi. Taehyung xotiniga gul va sovg'alar olib kelgani uchun ensasi qotdi, biroz hasad qildi, balki o'g'lini qizg'ongandir. Ammo hech nima demadi.
****
Harin sovg'asini ochib ko'rib xayron qoldi.
-telefon ishlatishimga qarshi edingizku.
Tae: ishdaligimda seni ovozingni eshtishni xohlab qolaman shuning uchun ruxsat beraman, havotir olma o'zimni telefonimga ulab olaman.
-hop. Harin juda baxtli edi. -bunisi nima?
Tae: bunisi meni xursand qiladigan narsa ochib ko'r.
Harin ochib tungi kiyimni ko'rib biroz qizardi -men…men buni kiyolmayman. Uyalaman
Tae: nega uyalasan. Men seni eringman. Notog'ri tushunmagin deb uncha ochiqrog'ini olmadim. Kiyasan.
Tae bir qo'lini Harinni belidan o'tkazib o'ziga tortdi, ikkinchi qo'li bilan sochini qulogi ortiga o'tkazdi.
-bilasanmi seni hech qachon sevib qolmasam kerak deb o'ylardim. Ammo seni yaxshi ko'rib qoldim Harin -deb sekin Harinni labidan o'pmoxchi bo'lganida eshik taqillab qoldi.
-sizlarni kim xonim va janob kim chaqiryapti kechi ovqatga tusharkansiz.
Tae: qolganini qaytib kelgach davom ettiramiz. Endi esa yur.
Ular bir oila bo'lib ovqatlanishardi. Tae bilan Harin juda xursand edi. Ularni ko'rgan ota-onalari ham baxtli edi. Hamma ovqatini yeb bo'lgach Tae o'rnidan turib:
-bizga endi ruxsat, xotinim bilan yolg'iz qolmoxchi edim.
Bu gapdan Harin juda uyalib ketdi. Boshini yerga qaratib o'tirardi. Bir payt Tae uni qo'lidan ushlab -tur nimani kutyapsan -dedi. Ular xonaligiga chiqishdi.
Harin o'ylanib qoldi: -Uni hayotida endi Hana yo'q, meni sevishini aytdi ahir o'zim ham uni yaxshi ko'rib qoldimku. Agar bunga rozi bo'lmasam unga nisbatan adolatsizlik qilayotgan bo'laman.
Tae: heey, nimani o'ylayapsan.
Harin: hech nima hozir kiyib chiqaman -deb ko'ylakni olib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Taehyung krovatni ustiga o'tirib uni kuta boshladi.
Harin uyalib uyalib zo'rg'a chiqdi. Taehyung uni ko'rib ko'zlari yanayam kattalashdi. O'tirgan joyidan turib u tomonga yurishni boshladi.
Tae: judayam chiroyli bo'lib ketding -dedi.
Harin: chiroyli ekan, rahmat. Shu gapni ham zo'rg'a aytdi.
Tae: nega qaltiraysan? qo'rqma.
Harin Taeni ko'zlariga qaradi. -meni sevasizmi? Meni hech qachon tashlab ketmaysizmi?
Tae: bu nima deganing, seni sevaman, o'zim xohlasam ham seni tashlab ketolmayman, buni xohlamayman ham. Tayyormisan?
Harin gapirmasdan boshini qimirlatdi.
Taehyung uni ko'tarib sekin krovatga yotqizdi. Ustiga chiqib bir muddat yuziga tikilib turdi. Uni shu darajada chiroyli ekaniga amin bo'ldi. Taehyung uni sekin pashanasidan ko'zlaridan o'pishni boshladi. Labidan o'pmoxchi bo'lib yaqinlashganda Harin yuzini burib oldi. Tae jilmayib yana uni o'ziga qaratdi. Uni labidan bo'sa olishni boshladi. Bu orada Harinni ko'ylagini yelkasidan tushirishni boshladi. Endigina oppoqina yelkalarini ochdi. Taehyung labini olib endi yelkalariga labini bosdi. Buni u juda ehtiyotkorlik bilan qilar edi. Haringa zarar berishni uni xohishiga qarshi borishni xohlamasdi.
Shu payt telefon jiringladi. Bu Taehyungni telefoni edi telefon uzoqroqda bo'lgani uchun turgisi kelmadi. Unga javob berishni xohlamadi. Ishida davom etdi. Keyin esa xabar keldi. Taehyung muhim narsa bo'lsa kerak deb turdi:
-sen yotib tur, hozir kelaman.
Harin yana boshini yostiqga qo'yib yotdi.
Taehyung kelgan xabarni o'qir ekan qoshlari chimirilib ketardi.
-jin ursin, unday qilma, Hana unday qilma o'tinaman unday qilma -deb baqirdi. Harin cho'chib o'rnidan turib ketdi. Tez Taehyungni oldiga borib endi qo'lini Taeni yelkasiga qo'yishi bilan Tae uni siltab tashladi:
-qoch, tegma menga, ko'zimga ko'rinmaa -deb yugurib xonadan chiqib ketdi.
Harin oldinisiga hech nimani tushunmadi. Keyin yaxshilab o'yladi.
-u Hana dedi. Shunda Hana xabar yoborgan, hali ham gaplashayotgan ekanda -dedi. Ko'zlari katta katta bo'lib ketdi. Uyoqdan buyoqga yurib o'ziga o'zi gapirishni boshladi:
-meni aldadingiz, mendan foydalanmoqchi bo'ldingiz. Meni hali hech kim bunday xo'rlamagandi. Tashlab ketmayman deb vada bergandizku, endi hech qachon sizga ishonmayman. Meni ustimdan kulish uchun shu narsani o'ylab topgansiz
Harin juda qattiq yig'ladi. Ustidagi Tae bergan kiyimni yertib tashladi. Qo'lidagi uzukni esa yechib otib yubordi. Harin shu darajada o'ksib o'ksib yig'ladi.
Oldingisi kam bo'lib qolgani uchun bunisini ko'o'p yozdim. Endi siladanam ko'p ko'p fikr va reakla kutaman. Xatolar bo'lsa uzur😊