February 4, 2025

Forcible marriage- majburiy nikoh

Ep.16

Tae: sen men uchun o'lgansan Hana, sen menga aytmasdan, xohishimga qarshi chiqib shu ishni qilding, chiqgunimcha narsalaringni olib bu yerdan ket. Agar ketmagan bo'lsang bu safar qo'limdan sog' chiqmaysan -deb kiyimlarini olib yuvinish xonasiga kirib ketdi.

Usha yerda hamma narsalarni otib sindirib baqirishga tushdi. Hayollarida Haringa qilgan xiyonatini o'ylardi. Buni Haringa aytsa albatta Harin boshqa o'ziga yaqinlashtirmasligini bilardi. Shuning uchun aytishni xohlamadi. Agar aytmasa, Harin kimdandir eshitib qolsa unda ham Taehyungdan vos kechadi. Taehyung butkul chorasiz qoldi. Nima qilishini bilmasdi. Hana bilan munosabatlarini yana tiklashni o'yladi ammo uni yuragida boshqa unga joy yo'q edi. Harinni ham qo'yib yubora olmayapti, uni shunchalar sevdiki uni yam-yashil o'rmonga o'xshash ko'zlariga boqganda o'zini juda boshqacha his qilar edi. Ota-onasini oldida Taehyunga qilgan mehribonliklarini o'ylab sevinardi. Harinni hamma gaplarida oyisiga o'xshagan kesatiq so'zlarni eshitib ichida juda kulardi ammo Haringa ko'rsata olmagan. Hanani o'rnini butkul egallagandi hatto undan o'tgandi ham. Harinni tinch qo'yishini, hali Harin kichkina qiz oilaga tayyor emasligini, universitetda o'qish orzusini bermoqchi bo'ldi. Ammo u otasi tufayli butun Seulga sharmanda bo'lgani, tug'mas degan nomi uchun unga hech kim uylana olmasligini, odamlar uni chiqishtirmasligini o'ylab, hech qachon Harinni qo'yib yubormasligiga vada berdi. Hanadan qutulishni o'yladi:

-Hanani hayotimdan qanday ketqizaman, uni bekorga qutqaribman o'zini osgani yaxshi edi. Ammo men uchun o'zini qurbon qilishini xohlamadim. Hammasiga men aybdorman. Harinni sevib unga jabr qildim. Harinda ham albatta ayb bor. Erini kutmasdan uydan qochib ketdi. Unga nechi marta uqtirdim mendan so'ramay ish qilma deb. Uni onasi yo'q shuning uchun ham oilali qiz o'zini qanday tutishini bilmaydi.

Taehyung shu hayollar bilan yuvinish xonasidan chiqib qarasa Hananing kiyimlari hali ham shkafda turaradi. Buni ko'rib Taehyungni jahli chiqdi. Hamma kiyimlarini yig'ib pastga tushdi. Hanani qidirishni boshladi.
-Hana Hana!

Hana: nima deysan?

Tae: mana bularni ol -deb kiyimlarini yuziga otdi va bilagidan ushlab uydan haydash uchun uni sudiradi.

Hana: qo'yib yubor Tae juda og'riyapti. Men ketmayman men seni xotiningman.

Tae: senga juda ko'p martda aytim sen meni xotinim emassan. Meni xotinim Harin.

Shu payt janob Kim og'lini ismini aytib baqirdi

-TAEHYUNG

Hana: dadajon o'g'lingiz meni uydan haydayapti sizga sababini aytaymi

janob Kim: ho'sh nima ekan sababi?

Taehyung: o'chir ovozingni, uyalmaysanmi? Agar hozir jimgina ketmasang seni o'zim o'ldiraman.

Hana: hech qachon meni bu uydan haydolmaysan, bu meni ham uyim, bolalarimizni uy… -gapini yakunlamasidan Taehyung uni og'zini qo'li bilan yopti.

Tae: bu gapni aytma, chunki bu orzularing hech qachon amalga oshmaydi. Bir safar men bilmay qoldim endi hech qachon bunday xato qilmayman. Ha keyin, sen bu uydan ketmasang o'zim ketaman, qoramni ham ko'rmaysan -deb Hanani qo'lini jahil bilan qo'yib yubordi.

Taehyungni gapini eshitib turgan otasi juda jaxli chiqdi, onasi esa qo'rqib ketdi.

Kim xonim: O'g'lim unday dema, onangni tashlab ketasanmi, qayerga ketasan.

janob Kim: jim bo'l!! O'g'ling hech qayerga ketmaydi. Shu yerda xotini bilan yashaydi.

Tae: bu uyda meni xotinim yo'q, meni hech qanaqa kuch bu uyda ortiq olib qololmaydi -deb chiqib ketdi.

Kim xonim orqasidan borish uchun qadam tashlashi bilan uni janob Kim to'xtatdi

-unga ko'pam kuyinma u bunday qilolmaydi. Puli tugashi bilan qaytib keladi deb kuldi.

Uning kulgusiga Kim xonim nafrat bilan qaradi. Kim xonim ham erini sevmasdi. Ularning turmushi ham mansab uchun edi. Lekin Kim xonim Harindek jasorat bilan qochib ketolmadi. Erini qattiq qo'ligiga chidab yashardi.

Kim xonim: u bitta meni o'g'lim emas, sizning ham o'g'lingizku, nega uni hayotini o'yinchoq qilasiz. U qaytib kelmayman dedimi puli tugasa ham kelmaydi. Buni bilmaysizmi? Harinni olib kelaqoling. Sizga iltimos qilaman

Janob Kim shu zahoti ayoliga tarsaki tushirdi.

-haddingdan oshma. Men hali o'lmadim. O'lsamgina kim bilan yashagingiz kelsa yashaysiz deb ketdi.

Hana yugurib borib yerda yuzini ushlab yig'layotgan ayolni turishiga yordam berdi

-oyijon yaxshimisiz, qattiq og'rimadimi.

Kim xonim: yaxshiman deb xonasiga kirib ketdi.

****
Taehyung Harinni o'qishdan olgani bordi. Ular yana dengiz oldiga borib o'tirishdi. Taehyung uydan ketib qolganini hammasini aytib berdi, Hana bilan bo'lgan kechasidan tashqari.

Harin bunda o'zini aybdor his etib sekin boshini yerga qaratdi va chuqur xo'rsinib qo'ydi. Taehyung buni sezib qo'lini Harinni qo'lini ustiga qo'ydi.

-bunda sening aybing yo'q. O'zingni ayblama.

Harin qo'lini tez tortib oldi.

Harin: lekin hamma ayb mendaku, ushanda uydan qochib ketmaganimda balki hammasi yaxshi bo'lardi.

Tae: bu to'g'ri. Qani endi vaqtni orqaga qaytarolsak. Bizni go'zal kechamiz Hana bilan emas, sen bilan bo'lar edi -dedi past ovozda

Harin: nimadir dedingizmi?

Taehyung yuzini Haringa qaratdi va Harinni qo'lini ushlamoxchi bo'ldi.

Harin: nima qilyapsiz, bu mumkun emas!

Taehyung: bu dunyodagi barcha erkaklar senga tegish tugul qarashga ham haqqi yo'q. Bu huquq faqat menga tegishli chunki men seni eringman. Qog'ozdagi imzolar hech nimani hal qilmaydi -deb Harinni qo'lidan ushladi, ikkinchi qo'li bilan belidan ushlab o'ziga yaqinlashtirdi.
Sekinlik bilan yuzini Harinni yuziga yaqinlashtirdi.

Harin qo'rqganidan ko'zini yumib boshini boshqa joyga burib oldi:

-iltimos, menga tegmang!

Tae: meni rad etolmaysan, bunga haqqing yo'q

Harin: haqqim yo'q edi avval, ammo hozir haqqim bor.

Taehyungni jahli chiqib ketdi va baland ovozda shunday dedi:

-nima senga imzolar juda ahamiyatlimi?

Harin: ha, men o'zimga begona odam bilan bunday ishni qilolmayman.

Tae: tur unda, bir joyga boramiz

Harin: qayerga?

Tae: senga tur dedim. Gapimni qaytarishga majbur qilma. Senga shu imzolar juda muhim bo'lsa mayli, hoziroq borib nikohdan o'tamiz.

Harin: nim…nimaa, nima deyapsiz.

Tae: Menga qara, agar shunday keyin ham meni rad qilsang seni ayab o'tirmayman, yoshinga ham qarab o'tirmayman ancha qiynalasan, shuning uchun indamasdan meni orqamdan yur nima desam hop deb bajar.

☆☆☆

Keyingi qismda!!

-endi tayyormisan, menga yo'q deyolmaysan endi.

-unchalik ham emas, qo'rqyapman.

-ustimga xotin oldingmi? Otanga nima deb javob berasan?

-shu yoshingda ersirab qolganmiding? Meni erim bilan birga tunni o'tkazishga nima haqqing bor iflos!!!