Forcible marriage- majburiy nikoh
Harin juda qattiq yig'ladi. Ustidagi Tae bergan kiyimni yertib tashladi. Qo'lidagi uzukni esa yechib otib yubordi. Harin shu darajada o'ksib o'ksib yig'ladi.
Yig'idan to'xtab ko'z yoshlarini artdi. O'rnidan turib kiymini almashtirdi. Xonadagi barcha narsalarini yig'ishtirdi va mashina chaqirdi. Uydan hech kimga aytmasdan ketishga qaror qildi.
-bu uyda ortiq qololmayman, meni g'ururimni oyoq osti qilgan inson bilan yashay olmayman. Yaxshiyamki sizni sevib qolmadim. Shunchaki sizga ishongandim -deb yana yig'lab yubordi.
****
Tae Hanani oldiga ketarkan yo'lda unga juda ko'p marotaba telefon qildi. Ammo u javob bermadi.
-jin ursin. Iltimos o'zinga hech nima qilmagan bo'l, bir umr o'zimni ayblab o'tishimga yo'l qoyma, iltimos qilaman. Tae tezlik bilan mashinasini haydardi. Hanani uyiga ham yetib keldi. Eshik qulf ekan
-oching, eshikni oching -deb rosa baqirdi.
Hanani ota-onasi nima bo'layotganini ham tushunmay yugurib tashqariga chiqishdi.
-Taehyung tinchlikmi nega baqirasan.
Taehyung ularni gapiga e'tibor ham qilmasan Hanani xonasiga yugurdi. Uni orqasidan ota onasi ham borishdi.
Hanani xonasiga qamalib olgandi faqat yig'lardi.
-Hana men keldim, eshikni och gaplashib olamiz.
Hana Tae kelgani uchun biroz hursand bo'ldi ammo chiqishni xohlamadi. Uzun arqonni oldi. Stul qo'yib lyustra (qandil) ga bog'ladi. Arqonni boshidan o'tqazib biroz o'yladi.
-eshikni sindiraman, ahmoqlik qilma Hana och eshikni.
Hana: seni sevardim -deyishi bilan stulni oyog'i bilan itarib yubordi va o'zini osdi.
Taehyung nimadir qilganini sezib darhol eshikni urib urib sindirib ochdi. Xonaga kirishi bilan Hanani ko'rib qo'rqib ketdi. Hanani hali joni uzilmagan edi. Tae kelib oyoqlaridan ushlab ko'tardi. Buni ko'rgan Hanani ota onasi ham qo'rqib ketishdi.
Hanani otasi yugurib unga yordam berdi. Uni ko'tarib shifohonaga olib borishdi.
****
Harin sekingina uydan chiqib ketdi. Otasini uyiga bordi. Otasi eshikni ochsa qizi qarshisida yig'lab turardi.
-qizim, senga nima qilishdi nega yig'layapsan?
Harin: iltimos dadajon, meni boshqa ularga bermang, hamma aytganingizni qilaman, ishlayman, pul topib kelaman faqat ularga bermang.
-Qani bir boshidan aytchi nima bo'ldi.
Harin uydagi unga qilinadigan muomilani hammasini aytdi. O'qishga ham zo'rg'a ikki marta borib kelganini Taeni sevgan qizi borligini hammasini aytdi.
-o'zim ham bir nimani sezgandim. Taehyungni yaxshi yigit deb bilardim, shuning uchun unga bergandim. Qizim lekin uni sevgani borligini bilmasdim, meni kechir seni baxtsiz qilib qo'ydim.
Harin: sizda ayb yo'q yig'lamang. Ular sizni aldashdi. To'g'ri Taehyung yaxshi odam. Menga ko'p yordam berdi lekin bugun qilgan ishi….
-nima qildi. Senga nimadir qildimi?
Harin: yo'q yo'q hech narsa qilmadi. Bugungi kechani otasiga aytishga uyalganidan aytib berolmadi.
-mayli hozir yotib uxla ertaga ajrashish uchun ariza tashlab kel qizim.
Harin: raxmat dadajon. Sizni juda yaxshi ko'raman raxmat.
Otasi uni quchib keyin chiqib ketdi.
****
Hana ko'zlarini ochguncha Tae tepasida o'tirdi. Nihoyat u ham uyg'ondi.
Tae: sog'lig'ing yaxshimi hech qayering og'rimayaptimi?
Hana: rahmat ammo meni nega qutqarding. Yashashni xohlamayman.
Tae: sendan buni kutmagandim, seni kuchli qiz deb o'ylagandim. Bir yigit uchun o'zini oldirishga ota onasini tashlab ketishga qodir deb o'ylamagandim.
Tae: men hali gapimni tugatmadim. Ho'sh mana o'zingni osding, nima o'zgardi birga baxtlimizmi? Hana sen ham tushun endi, biz endi birga bo'lolmaymiz. Seni otang hech qachon menga bermaydi.
Hana: rozi bo'lsalar xotinining bilan ajrasharmiding?
Tae chuqur xo'rsindi va Harin esiga tushib qoldi. Uni kecha qanday ahvolda tashlab ketgani yana yetmagandek uni siltab baqirgani esiga tushdi.
Tae: Hana men yana kelaman ishlarim bor edi. Sen esa yana biror bir ahmoqlik qilma hopmi?
Tae uyiga borib Harinni chaqirdi ammo u chiqmadi. Xonaga kirib qarasa Harinni hech nimasi yo'q.
-uyiga ketib qoptida, nima qilib qo'ydingg, uff.
O'ziga o'zi gapirib Harinni otasini uyiga bordi. Eshikni taqillatdi. Eshikni Harinni otasi ochdi.
-Harin shu yerdami? Iltimos chaqirib bering gapim bor edi.
Otasi: sizga quvnoq, doim kulib yuradigan qizimni bergandim. Hayotdan to'ygan yashashdan maqsadi qolmagan qizimni emas.
Tae boshini yerga egib "kechiring" dedi.
-iltimos uni chaqirib bering, unga muhim bir gapni aytishim kerak.
Otasi: qizim chiqmaydi, bugun borib ajrashishga ariza tashlab keladi. Endi keting.
-nega? U bilan ajrashmayman ahir uni sevaman, chaqirib bering gapim bor.
Otasi: kecha qizim yarim kechasi ostonamga yig'lab keldi, unga shunchalik nima qildingiz?
-uzur so'rayman dadajon, uzur so'rayman hammasini boshqatdan boshlaymiz menga yana bir imkon bering. HARIN CHIQ SHU YERDALIGINGNI BILAMAN!
Harin chiqdi: - dada iltimos siz ichkariga kirib turing hozir men ham kiraman.
Harin: nima istaysiz yana mendan.
Taehyung qizni qo'lini ushlab kechirim so'radi:
-Harin kechir meni iltimos, kecha nimalar bo'lganini bilganinda edi.
Harin: qo'limni qo'yib yuboring. Siz meni aldadingiz. Ochiqchasiga ustimdan kuldingiz. Meni ko'chadagi qizlarizga o'xshatdingiz.
Tae: jim bo'l, seni boshida ko'rganimda ham sen haqingda unday o'ylamagamman. Seni sevaman.
Harin: kecha meni ishontirib yotoqda sharmandalarcha tashlab Hanani oldiga ketib qoldingiz. Endi meni hech qachon ko'rmaysiz. Boring ushani oldiga.
Tae: to'g'ri uni oldiga ketdim, lekin sababi bor edi. U menga o'zimni oldiraman deb yozdi. Borganimda o'zini osgan ekan. Qo'rqib ketib shifohonaga olib bordik. Boshqa hech narsa bo'lmadi. Menga ishon Harin.
Harin: Ishonch? Qanaqa ishonch haqida gapiryapsiz, uni o'lib qolishidan qo'rqdingiz, hech bo'lmasa vaziyatni tushuntirib ketishingiz kerak edi. Kim biladi, balki birga bo'lgan bo'lsangiz, sizdan ayrilgani uchun qo'rqib o'zini o'ldirmoxchi bo'lgandir.
Harin: nima noto'g'rimi? U bilan birga bo'lmaganmisiz? Qilmagan ishingiz qolmagandir -deyishi bilan Taehyung uni ikki qo'lidan ushlab eshikga yopishtirdi va undan bo'sa oldi.
-bu hayotimdagi kimdandir ikkinchi marotaba bo'sa olishim edi. Birinchisi ham sensan Harin. Bu huquq faqat xotinimga tegishli. Shuning uchun gapingni o'ylab gapir, endi esa narsalaringni olib chiq uyga ketamiz.
Harin: Taehyung iltimos unday qilmang, sizni sevmayman uyingizda ham yashay olmayman ajrashaylik. Endi keting deb eshikni yopti.
Hana: dadajon iltimos, meni Taehyunga bering, otasi bilan gaplashing. Usiz yashay olmayman.
-nega unda ajrashmayapti qizim. Sen undan yaxshisiga munosibsan. Endi uni xotini bor.
Hana: ajrashmoxchi bo'lganida siz baribir qizimni bermayman dedingizku, iltimos dadajon rozi bo'ling, o'zim sevganim bilan baxtli bo'lay.
-mayli, nimani istasang shu bo'ladi. Taehyung bilan gaplashaman.
Otasi qizi yana o'ziga nimadir qilishidan qo'rqib rozi bo'ldi.
Taehyung bilan Harin ajrashish qog'oziga qo'l qo'yishdi.
Taeni otasi Harinni ommaga tug'mas kasal homilador bo'lolmayapti degan yolg'oni aytdi.
-to'yimiz kechasi qayerga ketasan Tae ahir hammasi biz xohlagandek biz orzu qilgandek bo'lyaptiku.
-seni istamayman Hana. To'yimiz bo'lgan bo'lsa ham meni bitta xotinim bor u ham bo'lsa Harin, endi yo'limdan qoch.