January 30, 2025

Forcible marriage- majburiy nikoh

Ep.14

-mayli, nimani istasang shu bo'ladi. Taehyung bilan gaplashaman.

Otasi qizi yana o'ziga nimadir qilishidan qo'rqib rozi bo'ldi va Taega qo'ng'iroq qildi.

-eshitaman janob.

-Taehyung o'g'lim gapni uzoq cho'zmayman maqsadga o'taman.

-ho'sh?

-Hanani ahvolini tushunasan u seni juda qattiq sevadi, sen ham uni. To'g'ri senga qizimni bermoxchi emasdim. Bu meni nasl-nasabimga ancha sharmandalik olib keladi ammo qizim uchun rozi bo'laman. Shuning uchun xotining bilan ajrash, otang bilan o'zim gaplashaman.

-nima? nimalar deyapsiz. Xotinim bilan ajrashish niyatim yo'q. Eshityapsizmi Alo?

Hanani otasi Taeni gaplarini eshitmasdan qo'yib qo'ydi. Keyin esa janob Kimga qo'ng'iroq qilib hammasini aytib berdi.

Taehyung hech nimadan umidi qolmasdan ko'chada yolg'iz o'zi piyoda yurardi. Harin esa xonasida faqat yig'lardi. Shu payt eshik taqillab qoldi. Harin shoshilib o'rnidan turdi

-agar Taehyung kelgan bo'lsa u bilan ketaman, ha ha u bilan ketaman. Uni kechiraman. Shu hayollar bilan eshikni ochsa qarshisida Taehyungni emas aksincha uning otasini ko'rdi.

Harin: sii..z..siz. Hush kelibsiz marhamat kiring.

janob Kim: rahmat.

Ikkisi ham borib o'tirishdi.

janob Kim: kechqurun qochib ketipsan deb eshitdim. Sababini ayt

Harin: Taehyung Hanani oldiga ketib qolgani uchun bunga chiday olmadim.

janob Kim: vaziyatni o'rganmay hech kimga aytmasdan qochib ketishing kerak emasdi deb stolga jahil bilan urdi. Bundan Harin cho'chib yana ham qo'rqa boshladi.

janob Kim: seni juda ko'p marta kechirdim. Ammo sen faqat oilamiz qoidalarini buzding. Mayli, o'tgan ishlarni qo'yaylik. O'g'lim Hana bilan turmush quradi. Sen ham ajrashish uchun ariza beribsan shundaymi?

Harin: haa

janob Kim: unda bularga imzo qo'y -deb qog'ozlarni berdi.

Harin: nima bu?

janob Kim: ajrashish haqidagi qog'oz va yana… ommaga seni tug'mas kasal deb aytamiz. Bo'lmasa obro'yimiz bir pul bo'ladi. Imzo qo'y.

Harin: bu nimasi -deb o'rnidan turdi.

janob Kim: nima o'g'limga farzand tug'ib berdingmi? To'yingiz bo'lganiga bir necha oy bo'ldi. Og'lim senga yaqinlashmagan ham. U seni sevmaydi. Ertaga uni to'yi bo'ladi. O'g'limni tinch qo'y. Qancha kerak bo'lsa beraman. Shuning uchun imzo qo'y.

Harin yig'lab yubordi jahil bilan qog'ozlarga imzo qo'yib -menga pul kerak emas deb xonasiga chiqib ketdi.

Taehyung juda ko'p ichganidan mast bo'lib qolgandi. U yana Harinni oldiga borib rosa eshikni taqillatdi.

-Harin och iltimos. Bunday bo'lishini istamagan edim. Kel hammasini boshidan boshlaymiz. Iltimos eshikni och meni eshityapsanmi seni juda qattiq sevaman.

Harin eshikni ochgisi kelsa ham janob Kimni gaplarini eslab ochmadi.

Taehyung ham oxiri ketdi va uyiga bordi.

-mastmisan?

Tae: sizga nima

-men bilan to'g'ri gaplash seni otangman.

Tae: siz faqat o'zingizni o'ylaysiz, meni baxtim zarracha ham qiziq emas. Hana ketganida shoshilinchda bir qizni topib uylantirdingiz. Endi uni sevib qolganimda ajratib yuboryapsiz. Harinda nima ayb edi? Harinni nima aybi bor edi. Hali ulg'aymagan qizdan nimani xohladingiz. Yana qarimdoshingizni qizi. Ko'rdingizmi sizga faqat mansab kerak -deb baqirdi.

-o'zing Hanani sevishingni aytmadingmi? Ana bemalol sevaver ertaga to'yingni qilib beraman. Avval mana bularga imzo qo'y.

Taehyung qog'ozni o'qib chiqib otasini yuziga otib yubordi. Harin bilan ajrashmayman.

-buni o'zgartira olmaysan Taehyung. Ertaga Hana bilan to'yingni qilamiz.

****

Erta tong. Taehyung uyg'onib xonasidan chiqsa xizmatchilar uyni bezatishardi.

Taehyung onasini oldiga borib undan so'radi.

-nima bo'lyapti.

Kim xonim: seni to'ying.

-xaxaxa Harin bilan to'yimizni boshqattan qilyapmizmi?

Kim xonim: Harin bilan emas. Hana bilan.

-Meni o'rnimga boshqa kuyov topinglar deb uydan chiqib ketdi.

Taehyung yana Harinni uyiga bordi ammo uni mashinasida o'tirib kuzatib turdi. Biroz vaqtdan so'ng Harinni kiyinib chiqganini ko'rdi.
-yasanvolib qayerga ketyapti bu qiz. Hali menga qaytib kelganinda xisobini berasan -deb orqasidan sekin kuzatishni boshladi.

Harin universitetiga bordi. Dugonasi bilan ko'rishdi. Ularni oldiga Jake ham keldi.

Jake: Harin o'tgan ish uchun uzur so'rayman.

Harin: hechqisi yo'q, lekin buni o'zimga aytishing kerak edi. Janjal qilishni keragi yo'q edi.

Jake: seni erga tegib ketasan deb o'ylamagandim. O'qishingdan seni chalg'itishni xohlamadim.

Harin bu gapdan kulib Jakega qaradi.

-sen juda e'tiborlisan Jake, senga rahmat dedi.

Taehyung chetdan ularni xursand kulishib turishganligini kuzatib juda jaxli chiqardi.

Jake: Uni sevasanmi?

Harin: u haqida gapirishni xohlamayman, u endi erim emas. U bilan ajrashdim.

Jake: unda tabriklayman deb qo'lini uzatdi.

Harin ham qo'lini berdi. Taehyung chiday olmay ularni oldiga bostirib bordi. Harinni qo'lidan tortib o'ziga yaqinlashtirdi

-bu ishing uchun qo'lingni sindiraman hoziroq mashinani oldiga bor -deb Jakeni yuziga bir musht tushurdi.

Harin: nima qilyapsiz, tegmang unga.

Jake: Harin orqamga o't, bu bilan o'zim gaplashaman.

Taehyung: xotinimni ismini aytishga ham haqqing yo'q.

Jake: aslida sening haqqing yo'q.

Taehyung: nima?

Harin: Taehyung keting, mendan nima istaysiz biz ajrashdik.

Taehyung: hali men imzo qo'ymadim demak sen hali ham meni xotinimsan.

Harin: bo'ldi bas jim bo'ling. Harin Jakeni qo'lini ushlab Taehyunga ko'rsatdi.

-ko'rdingizmi, men uni sevaman u ham meni sevadi. Biz anchadan beri uchrashamiz. O'qishga ham o'zingiz aytganingizdek Jake uchun borishni xohlardim. O'rtamizda hamma narsa bo'lgan -deyishi bilan Taehyung uning yuziga tarsaki tushirdi.

Taehyung: iflos -deb u yerdan ketdi.

Harin bir qo'li bilan Taehyung urgan yuzini ushlab yig'lardi. Dugonasi esa uni tinchlantirishga harakat qilardi.

Taehyung ichida lanatlar aytib uyiga bordi. Otasidan kechagi qog'ozlarni so'rab unga imzo qo'ydi. Otasi ham xursand bo'ldi. Hanaga ham jaxil qilib uylandi.

****

To'y tugagach kelin kuyov ham o'z xonasiga kirib ketishdi. Hana juda xursand yuzida faqat kulgu edi. Ammo Taehyungni yuzi hech ham kulmadi. Behosdan ko'zi yotoqga tushib qoldi va Harin bilan bo'lgan voqealar, undan bo'sa olganlari, ular endi baxtli hayotni boshlaganlari esiga tushdi. Keyin Hanaga qarab, baxtli damlarini u buzganini eslab ustiga kostyumini kiyib ketmoxchi bo'ldi

Hana: to'yimiz kechasi qayerga ketasan Tae ahir hammasi biz xohlagandek biz orzu qilgandek bo'lyaptiku.

Taehyung: seni istamayman Hana. To'yimiz bo'lgan bo'lsa ham meni bitta xotinim bor u ham bo'lsa Harin, endi yo'limdan qoch.

Taehyung Hanani tashlab uydan chiqib ketdi va yana Harinni uyiga bordi. Mashinadan tushmasdan uni xonasiga qaraab o'tirardi.

☆☆☆

Keyingi qismda!!

-nega menga yolg'on gapirding. U bilan o'rtangizda hech nima bo'lmagan ekanku.

-sizni ko'rishni xohlamayman. Sizni yomon ko'raman.

-sen uchun barchaga qarshi chiqishga roziman. Faqat menga ishon.

-sen menga nima ichirding? Nimalar qilib qo'ydim unga xiyonat qildim.