October 13

Agust D

Omadsiz kun

Episode-1

.

Zerikarli ingliz tili darsi. Men allaqachon daftarning so'ngi varog'ini ham yozib tugatdim. Qo'ng'iroqni chalinishini kutmasdan, narsalarni yig'dim va xonadan chiqib ketdim. Kutganimdek ustoz uchun mening harakatim odatiy hol edi va hech narsa demadi. Nihoyat binodan chiqdim sevimli olov yondirgichimni (зажигалка) va so'ngi sigaretni qutidan chiqarib lablarimga qistirdim.

– Sigaretim ham tugadi,- dedim o'zimga-o'zim shivirlab. Kayfiyatim juda yomon edi. Hech narsa qilishni hatto uyga qaytishni ham istamadim. Hayollarim bilan chalg'ib ketayotganimda telefonimga qo'ng'iroq bo'layotganini payqadim. Bu onam edi. Doimgidek mavridi emas payt meni yoqlab qoladi. Yashil tugmani bosib, telefonni qulog'imga tutdim.

– Muna sen allaqachon uydamisan?,- oyim asabiy ohangda so'radi. Ular bilan deyarli 1 yildan beri birga yashamaymiz ammo shunda ham meni tinch qo'ymaydilar. Bu esa menga yoqmaydi.

– Yo'q hali oyi,- oyim menga bu qo'ng'iroq yoqmaganini sezmasligi uchun yumshoqroq ohangda javob berdim. - Hozir yo'ldaman. Nima, nimadir bo'ldimi? - javobimga qo'shib qo'ydim.

– Nimadir bo'lishi kerakmi? Men bilan bunday gaplashma. Men sening onangman va sendan havotir olaman. Sen esa doim shunday sovuqsan,- onamning bu darsi tahminan 15 daqiqaga cho'zildi men esa bu vaqt ichida sevimli tamaddixonamga ham yetib kelgandim.

– Yaxshi hayr oyi. Men uyga keldim,- ularni javobini eshitmasdan a'loqani uzdim va tamaddixona ichiga kirdim. Odatdagidek meni shu yerni ish boshqaruvchisi Kim xonim yorqin tabassumi ila kutib oldi.

– Munaa~ senga doimgidekmi?,- tabassumini yo'qotmasdan so'radi Kim xonim. Men esa jilmaydim va bosh irg'adim. Kim xonim esa oshxona tomon ketdi. Men bu yerni doimiy mijoziman. Ko'pincha ertalabki va kechqurungi taomimni shu yerda tanavvul qilaman. Kim xonim dadamning do'sti hisoblanadi. Shu sababli ba'zida men bu yerda tekinga taomlanaman. Daegudagi hayot menga ko'p narsalarni o'rgatdi...

– Hammasi sen yoqtirgandek,- Kim xonim stolga ramyonni qo'ydi. Men shu zahotiyoq javob berdim,

– Katta raxmat Kim xola,- ayol kulib, boshimni silab qo'ydi. Bu yerga kelganim bugun qilgan eng yaxshi ishim bo'lgandi.

Ovqatlanib olib Kim xonim bilan xayrlashdim va tamaddixonani tark etdim. Choʻntagimdan telefonimni olib biroz titkilashga tushdim. Uyimgacha ancha yoʻl bor, vaqtni nimadir bilan oʻtkazishim kerak. Telefonga chalgʻib qolgan koʻrinaman, ortimdan kelgan yigitni payqamadim. U qoʻlarini ogʻzimga tutib meni bir chekkaga taqadi. Biroz qoʻrqib ketganim sababli koʻzlarimni yumib oldim. Ularni ochganimda esa qarshimda qora shim, oq futbolka va nimadirlarni rasmi tushurilgan koʻylak kiygan yigit turgandi. Uning yuziga sinchiklab qaramadim. Chunki biroz avval sodir boʻlgan ishdan ham qoʻrqib, ham asabiylashib turgandim.

– Sen aqldan ozganmisan?!,- yigitni gapirishini kutib oʻtirmastan unga jahl qila boshladim.

"Hozir hech narsani tushuntirishga vaqtim yoʻq", - deya ustidagi koʻylagini yechdi, qoʻlimda turgan sumkamni ochib koʻylakni ichiga soldi. "Ketishim kerak, koʻylakni qaytarib olish uchun qaytaman",- deb gapini tugatdi. Atrofga nazar solib endi ketmoqchi boʻlgandi, nimadir esiga tushgan koʻrinadi qayta ortga qaradi.

– Aytgancha ismim August,- yigit shu gaplarni aytdi va gʻoyib boʻldi. Meni miyyamda esa tinmay millionlab savollar aylanishni allaqachon boshlab yubordi. Bu yigit kim? Kimdirdandir qochayotgan koʻrinadi, ammo kimdan? Nega menga koʻylagini berib ketti? Javobsiz savollarim juda koʻp.

August

*

Muna

Timeskip➡️

Uyimni yoniga yaqinlashib borarkanman, u yerda bir qora mashina turganini payqadim. Biroz shubha bilan qadamlarimni tezlatdim. Deyarli uyimga yetganimda, qarshimda boshdan oyoq qora rangda kiyingan uzun boʻyli yigit paydo boʻldi. Yigitni yuzini koʻrish uchun boshimni teparoq koʻtardim. Nekoʻzlar bilan qarasam bu oʻsha boya men 20 daqiqa avval uchratgan yigitni huddi oʻzi edi. Faqat oʻng koʻzini ustidan chizib oʻtgan uzun chandigʻi bilan boyagi yigitdan sal farq qilardi. Bu voqealardan miyyam chalkashishni boshladi. Jin urgir kim bu yigit oʻzi?! Chandiqli yigit tomoq qirib gap boshladi.

– Kechirasiz, huddi menga oʻxshagan ammo yuzida chandigʻi yoʻq yigitni koʻrmadingizmi?,-dedi yigit,

– Nima? Sen men bilan hazillashyapsanmi? Boyagina qarshimdan chiqib, qoʻlimga koʻylagingni berib kettingku. Meni axmoq qilmoqchimisan?!,- vaziyatni tushunmaganim uchun jahl qilishim tabiiy edi.

– Demak, Augustni koʻrgansiz, uni qayerga ketganini ayta olasizmi?,

Chandiqli yigitga biroz yomon qarash qildimda boʻyagi August deganlari ketgan yoʻnalishni koʻrsatdim. Chandiqli yigit menga raxmat aytdi va telefonini qulogʻiga qoʻyib, mashinasiga oʻtirib gʻoyib boʻldi.

.

Bir kunda sodir boʻlgan shuncha voqealar menga ogʻirlik qildi. Uyga kirib dush qabul qildim. Ovqatlanishga oʻzimni majburladim, chunki tunning bir vaqtida ochlikdan uygʻonish niyatim yoʻq edi. Oshxonani yigʻishtirib, mehmonxonadagi divanga choʻzildim va bugungi kunni tahlil qildim. Yonimdagi kresloda turgan sumkamni qoʻlimga olib ichini ochdim va anavu yigit bergan koʻylakni qoʻlimga oldim. Yigit menga oʻzini tanishtirganini eslab, "August emish, nega sentyabr yoki oktyabr emas jin ursin?" deb oʻzimga shivirlab qoʻydim. Koʻylakni kresloga otib yubordimda xonamga kirib kiyimlarimni almashtirdim. Yoʻtogʻimni toʻgʻirlab uxlashga shaylandim. Qattiq charchaganim uchunmi 10 daqiqaga qolmay uxlab qoldim.

Tiqirlagan ovozlardan uygʻonib kettim soatga qarasam tungi 1:27 bunday vaqtda odamlar uxlaydiku, ovozlar qayerdan kelayotgan ekana deb oʻyladim. Sekin xonamdan chiqib mehmonxona tomon harakatlandim, menimcha uyimga kimdir oʻgʻirlikka tushgan. Oʻzimni himoya qilish uchun qurol sifatida oshxonadan qoʻlimga temir tovani oldim. Mehmonxona derazasidan tushgan oʻgʻrini shu bilan adabini beraman deb reja qildim. Parda ortiga yashirindim, deraza asta ochildi va bir yigit oshib tushdi. Oʻylanib oʻtirmay orqasidan hujumga tushib, tova bilan boshiga zarba berdim. Ammo yigit orqasiga oʻgirilganda uning kimligini koʻrib, hayratdan qotib qoldim.

.

.

.

Davomi bor...