October 4

Lie🕯

Episode - 10
Sevgi...

.

Mercedes rusumli qora rangdagi mashina tanish manzil tomon yo'nalishini o'zgartirdi. Avtomobil oynasi orqali yo'lni kuzatib ketayotgan qiz, yigitga nazar tashlab qo'ydi. Biroz masofani bosib o'tishgandan so'ng, maahina nihoyat manzilga yetib keldi. Qiz kelgan joyini darrov tanib, vaziyatga tushunqiramay qoldi. Jimin mashinadan tushib, qizga qaradi.

-Nega bu yerdamiz?,- Muna mashina ichidan turib yigitga birinchi savolini berdi.

-Tez orada bilib olasan. Mashinadan tush,- yigit qizga mashinadan tushushga ko'maklashti.

-Nega kelganimizni aytasizmi?,- qizni sabri tugab borayotgani ma'lum.

-Avval uyga kiraylik,- yigit ham bo'sh kelmay, qizni uyga taklif qildi.

Tanish muhit... hamma narsalar va jihozlar hali ham o'sha-o'sha. Hech narsa o'zgarmagan. Hatto mehmonxona stolida sochilib yotgan hujjatlar, uy devorlariga ilingan rasmlar ham. Barchasi birinchi uchrashuvni eslatmoqda.

-Senga bu meni uyim deyishni istardim, ammo Sen bu yerni allaqachon ziyorat etgansan,- yigit qizga birinchi uchrashuvlarini shama qilgan bo'ldi.

-O'shanda uyingizda adashib kirib qolgandim. Atayin qilmaganman,- qiz o'zini yana oqlagan bo'ldi.

-Yaxshiyam adashib kirib qolding. Taqdir meni Sen bilan uchrashtirib, eng katta baxtni tuhfa etti,-yigit kresloga joylashib so'zladi.

Muna o'zini kimgadir kerak ekanini his qildi. Ichida kapalaklar yana qanot yoza boshladi. Balki qiz ham Jiminga oshiqtir. Ammo tan olishni istamas... Tan olgan taqdirda ham "Yolg'on" sevgida kechirilmas narsa. Qiz esa Jiminga yolg'on gapirishga majbur...

.

Timeskip➡️

.

"Min"lar qo'rg'onida bugun majlislar kuni. Xizmatkorlarga erta javob berib yuborishadi. O'zlari oilaviy qolib, bo'lgan ishlarni va bo'ladigan narsalarni muhokama qilishadi. Xonasida homush holda o'tirgan Kaya vaqt bo'lganini sezib, deyarli 1 oy deganda zimiston xonasidan chiqishga muvaffaq bo'ldi. Zinalardan pastlab borarkan dadasi va onasi dasturxon atrofida ekanliklarini ko'rdi. Qiz ham hech narsa demay, stulga o'tirdi. Janob Minni ruxsati bilan kechgi taomlarni tanavvul qilish boshlandi. Kaya ovqatlanishni istamadi. Axvolini ham yaxshi deyish mushkul.

-Do'stim bilan gaplashtim keyingi hafta uyimizga o'g'li bilan tashrif buyurishadi,- sanchqini likopchasi ustiga qo'yib, qiziga nigoh tashlab dedi Janob Min.

-Yaxshi,-qiz quruq javob qildi.

-Keyingi oy to'y,- qo'shimcha qilib qo'ydi Min xonim.

-Bularni nega menga aytayapsizlar? Qachondir meni fikrim tinglanganmi bu uyda?,- Kaya sabr kosasi to'lib oxiri tilga kirdi.

-Xaddingdan oshma. Biz seni o'ylayapmiz,- Min xonim qiziga javob berdi.

-Meni o'ylayapsiz? Kulgimni keltirmang iltimos. Sizlar doim o'z manfaatingizni ko'zlagansiz,- qiz o'rnidan turib xonasi tomon yo'l oldi.

Kaya

Janob Min qiziga javob qaytarishga harakat qilmadi. Chunki baribir Kaya rad eta olmasligini biladi. Lekin bu safar ishlar biroz chigallashishi aniq. Bundan esa Min xonimlarning xabari yo'q.

.

Mehmonxona markazidagi televizor orqali kino ko'rishga shaylanayotgan juftlik, kerakli narsalarni tayyorlashayotgan edi. Jimin birdan qizni yoniga borib suxbatlasha boshladi.

- 2 kun avval Sen tufayli yomg'irda sayr qildim va shamollab qoldim. Endi o'zing meni tuzalishimga yordam berasan,- Jimin qizni nima sababdan uyiga olib kelganini axiyri aytti.

-Shu sababli meni bugun uyingizga olib keldingizmi?,

-Shunday. Rad eta olmaysan. Chunki Sen sabab shamollab qoldim,- yigit qizga shart qo'yganday gapirdi.

-Yosh bola emassiz. O'zingizga qaray olasiz,- Muna ham rad etishni yo'lini izladi.

-Seni uchratganimdan buyon o'zimga qaray olmayman,- Jimin qizga xushomat qilishga o'tti.

-Faqat bir kun qolaman,- qiz ham rad etish befoyda ekanligini anglab rozi bo'ldi.

Muna Jiminni divanga yotqizib isitmasini o'lchay boshladi. Yigit rostan ham shamollab qolgan, qiz esa buni hazil deb o'ylagandi. Unchalik jiddiy emas, bir ikki kun yaxshilab davolansa o'tib ketadi.

Jimin

-Meni dorilarni olib kelaman,- qiz endi o'rnidan turganida bilaklarida qo'llarni his qildi.

-Keragi yo'q. Meni dorim sensan,- Jimin qizni tutgan holda o'rnidan turishga muvaffaq bo'ldi. Hozir axvoli biroz yaxshi emasligi bois yigit nima qilayotganini to'liq anglay olmayotgandi.

-Nima qilmoqchisiz?,-Muna unga yaqin turgan yigitga savol berdi.

-Jim,- yigitni nafasi qizni kuydirayotgandek edi. Yigit qizni lablariga tikildi. Ularni tatib ko'rishga bo'lgan ishtiyoq Jiminni qo'lga olmoqda. Yigit chindan ham endi tuyg'ularini boshqara olmaydi. Jimin birdan hamla qilgan kabi qizni lablariga yopishti. Hech narsani anglamagan Muna bo'saga javob qaytara olmasti.

" Birdan lablarim yumshoq lablar bilan birlashganini his ettim. Bu Jimin edi. U mendan bo'sa olmoqda. Ammo men qanday javob berishni bilmayman. Boshta yoqimli tuyulgan bo'sani shavqatsizlikga aylantirayotgan qarshimdagi bu yigitni men hozir taniy olmayapman. U juda qo'pollashib bormoqda. Hatto qarshilik qilishga ojizdekman. Ayni damda lablarim uni kishanlari ostida. "

.

.

.

Davomi bor...

.

.

.

Author: Lee Muna