October 8

Love story

Don't let this love end...

Episode - 2

.

Noyabr yomg'iri... Tomchilardan paydo bo'lgan ko'lmakdagi iflos suv mashinalar asfalt ustidan balonlarini ishqalab o'tganda, yo'l chetlariga sachrardi. Kuzni so'ngi va qishni yaqinligini his qildiradigan o'lik havo, g'alati sovuqlik va bulutlar jangi...

Politsiya mashinasi o'z manzili tomon harakatda. Mashina orqa o'rindig'ida, yomg'irni mayda tomchilari tegayotgan oynaga boshini suyab ketayotgan qiz, atrofga qarab jim ketardi. Haydovchi yonidagi o'rindiqda o'tirgan yigit, ora-orada oldi oynadan qizga qarab qo'yardi. Qiz buni sezdi, ammo jim bo'lishni tanladi. Bir necha daqiqalar odimladi va ular manziliga yetib kelishdi. Avval mashinadan ikki zobit tushdi, bir-biri bilan biroz gaplashib turishdi va Jimin mahkamaga kirib ketdi. Yordamchi zobit esa qizga mashinadan tushishga ko'maklashdi va kamarini orqa ilgichidan kishanlarni chiqardi. Zobit ularni qizni qo'liga taqdi. Qiz sovuq nigohini qo'lidagi kishanga qadadi va indamay zobit yigit bilan mahkama ichkarisiga kirishdi.

Mahkama binosi

*

Yonani bosh kamissar xonasiga olib kirishdan avval, shaxsiy buyumlarini va o'zini tekshirishdi. Shaxsiy buyumlarini esa kichik qutuchaga solib qo'yishdi. Kompyuterda xisobatlar yozayotgan kalta sochli, yumaloq yuzli qiz, Yona haqida to'liq ma'lumotlarni tizimga kiritdi.

– Xonim kamissar sizni chaqirguncha shu yerda o'tirib tursangiz bo'ladi,- kalta sochli qiz, tog'risidagi kutuvchilar uchun maxsus kresloni ko'rsatib dedi. Yona hech narsa demay, kresloga o'tirdi. Bosh kamissar xonasiga ko'z qirini tashlab qo'ydi.

Xonasiga kirgan kamissar yigit, ust kiyimini ilgichka ilib, xona chap tarafida xisobot yozadigan kotiba qizga qarab, tomoq qirdi.

– Menga Min Yoongini chaqiring,

Qiz bosh chayqab xonadan chiqib Min Yoongini chaqirdi. Oradan ko'p o'tmay xonaga yigit kutgan odam kirdi.

– Meni chaqirtiribsan Jimin?,- bosiq ovozda so'zladi yigit.

– Ha, Yoongi o'tir. Yordaming kerak. Men bir qizdan ko'rsatma olishim zarur,- tashqarida turgan kotibasiga bosh chayqab qayta Yoongiga qaradi.

– Men nima qilishim kerak?,- hech narsaga tushunmay so'radi yigit,

– Shu yerda o'tirsang bas,- Jimin qayta noaniq javob berdi. Biroz asabiylashsada sezdirmaslikga uringan Yoongi, bir qoshini ko'tarib "qiziq" degandek qiyofa tanitdi.

Kotiba qiz Jiminni buyrug'ini anglab, kutuvchilar uchun ajratilgan kreslo yoniga keldi. Yona haqidagi ma'lumotlarni olib, Yonaga "Ortimdan yuring" deb, bosh kamissar xonasiga kiradi. Yona ham qizni ortidan ergashadi va xonaga kiradi. Kotiba qiz qo'lidagi qog'ozlarni Jiminga uzatib, qayta tashqariga chiqadi. Vaziyatni anglashga urinayotgan Yona xonani o'rganishni boshlaydi. Ammo taqdiqotlarini tog'risidan kelgan mayin biroq yog'on aralash ovoz buzadi.

– Kang xonim, qayta uchrashdik,

– Ha Janob...,- yigitni chap ko'ksiga ilingan, uzun to'rtburchak bejikdagi ismga qarab gaplarini davom etti,– Janob Park,

– Xotirangiz past,- kesatiq qilganday bo'ldi yigit.

Ertalab uchrashishgan bo'lsada Yona yigitni ismini eslab qolmagan edi. Bu gapni e'tiborsiz qoldirgan qiz, o'zini qiziqtirgan savolni berdi.

– Ertalab shunchaki keltirilgan zarar narxini kelishamiz degandik?,

– *Demadik. Siz dedingiz,- Jimin gap orasidagi so'zlarni to'g'irlab qizga qaradi.

– Yaxshi,- qorachig'ini ko'zlari atrofida aylantirib qayta yigitga yuzlandi,– Bu muammoni tezroq hal qilsak xursand bo'lardim,

– Menimcha bu masala endi tez tugamaydi,- qo'lidagi qog'ozlarga qaragancha javob berdi yigit.

– Nima demoqchisiz? Hazil qilishga vaqtim yo'q,- biroz asabiy ohangda so'zladi qiz.

– Men hazil qilayotganim yo'q. Birinchidan siz mashina boshqaruvida bo'la turib telefonda gaplashgansiz. Ikkinchidan yarim yildan beri jarimalarni to'lamagansiz. Uchinchidan bir marta spirtli ichimliklar qabul qilib, ustiga-ustak guvohnomasiz mashina haydagansiz,- barcha gaplarini isboti bilan keltirib, stolga rasmlarni tashlagan Jimin, qizga qayta qaradi.

– Menga hech qanday jarimalar haqida aytishmagan,- Yona inkor etishga urindi.

– Sizga ular haqida 3 marta ogohlantirish berilgan,- bu safar Jiminni ovozi biroz balandladi.

– Yaxshi. Men ularni shu hafta ichida to'layman,- baxslashish foydasiz ekanligini anglagan qiz, rozi bo'lishni tanladi.

– Xohlamasangiz ham to'laysiz,- ilmoqli dedi yigit.

– Menga qarang, menga bunday kesatiq, ilmoqli gapirmang. Bu meni asabiylashtiradi. Aniq ayting,- jahli chiqish arafasida turgan Yona, o'zini bosishga urinib dedi

– Sizga 1 kunlik qamoq jazosi beraman,

– Nima? Nega?,- birdan eshitgan gapidan esankirab qolgan qiz, darrov yigitni savollar bilan ko'mdi.

– Sizga sabablar keltirib berdim,-xotirjam dedi.

– Ammo ular meni qamashingiz uchun yetarli emas!

– Men uchun yetarli,- Jiminni ko'z ishorasi bilan Yoongi o'rnidan turib Yonani xonadan olib chiqdi.

– Bu adolatsizlik. Qo'yib yuboring!,- qiz anchagina asabiylashishga ulgirdi, – Men advokatimga qo'ng'iroq qilmoqchiman. Bunga haqqim bor,

Yoongi lom-lum demay, qizga qo'ng'iroq qilishga ruxsat berdi. Yona telefon orqali kerakli raqamlarni terib, telefonni qulog'i tomon yaqinlatdi.

*

Bugun uchun hech qanday rejasi bo'lmagan Muna, soat millari tushga tomon odimlagan vaqtda uyg'ondi. Yuvinib bo'lgach xonasidan oddiy kiyimlarini kiyib oshxonasi tomon harakatlandi. Tushlik uchun taom tayyorlab, ularni tanavvul qilish maqsadida o'rindiqqa joylashgan qizni, qo'ng'iroq ovozi bezovta qildi. Oshxona stolida turgan, telefoniga noma'lum raqamdan bo'layotgan qo'ng'iroqni ko'rib, o'ylanib turib yashil tugmani bosdi va ovoz balandlatgichni yoqib, ekranga tikilib javob berdi,

– Eshitaman,- dedi qiz rasmiy ohangda,

– Muna hoziroq Markaziy mahkamaga yetib kel,

– Yona xonim? Yana nimadir bo'ldimi?,- qiz "yana" degan so'ziga urg'u berib aytti.

–Kelsang bilasan. Ammo tezroq,- so'ngi so'zlarini pichirlab aytib a'loqani uzdi. Deyarli hech narsani tushunib ulgurmagan Muna, shoshib tushlik qildida, Yonani yoniga yo'l oldi. Yoongi qizni pastgi qavatdagi kameralarni biriga qamadi.

*

Oradan yarim kundan oshiq vaqt ham o'tdi. Qamoqxona kamerasida siqilishni boshlagan Yona, tinmay eshik tomonga qarardi. Kutilgan inson o'sha eshikdan kirib kelmaguncha. Yana biroz soniyalar va nihoyat kutilgan inson eshikdan kirib keldi. To'q jigarrang sochlari ikki yoniga tushgan, ustida klassik kulrang kostyum kiygan, yoqimtoy qiz kameralar so'ngi tomon yurdi. Yona darrov o'rnidan turib, sovuq panjaralarga qo'llarini qo'ydi. Buni payqab, yaqinlashgan Muna esa gap boshladi.

– Sizni 1 soatga qolmay qo'yib yuborishadi.

– Nihoyat,- yengil xo'rsinib qo'ydi.

– Kelishish oson bo'lmadi. Siz uchun garov puli to'lashga to'g'ri keldi,

– Sezgandim. Chiqishim bilan qilishni istaydigan ishim, o'sha kamissarni humorimdan chiqqancha kaltaklash!,- Yona o'zini aqldan o'zganday his qildi.

– Yana shu yerga tushish uchunmi? Uni ayblovlarida ham jon bor. Nega 6 oy bo'yi jarimalarni to'lamagansiz? Guvohnomasiz mashina haydashga esa gapim yo'q. Bularni barchasi yetmagandek yana o'sha kamissar Janob Park bilan ham tortishdingizmi?,

– O'zi kesatiq va pichinglar bilan gapirdi,-asabiy ohangda javob qaytardi qiz.

– Yona xonim bilasizmi? Shu qaysarligingiz sizga doim zarar keltiradi,- Muna sochlarini ortga tarab davom etdi, – Men hujjatlarni to'g'irlayman. Siz imzo qo'yishingiz kerak bo'lgan hujjatlar ham bor. Hozir sizni tepaga olib chiqishadi.

Yona "Yaxshi" deb bosh chayqab qo'ydi.

Yona
Muna

*

Timeskip➡️

Mahkama tomonidan berilgan hujjatlarni bariga imzo chekilgandan so'ng, Yonaga uyga qaytish uchun ruxsat berildi. Uyiga ketish maqsadida xonasidan chiqqan kamissar Parkni, qiz bilan qayta nigohlari to'qnashdi. Yona shunchaki yov qarash qilib, o'tib ketdi. Jimin ham ust kiyimini olib, binodan chiqdi. Muna mashinasini turarjoydan oldi va Yona bilan birgalikda ovqatlanishga yo'l olishdi. Yo'lda og'zi umuman yopilmagan Yona, har ikki gapida kamissar haqida aytardi. Muna bir yo'lga bir qizga qarab orada bosh irg'ab qo'yardi. Ular ovqatlanish manziliga yetib kelmagunlaricha Yonaning ham gapi tugamadi. Ichidagilarni ko'pini tashqariga chiqarishi kerakligini his qilgan vaqti, yonida kim bo'lishidan qat'iy nazar so'zlab yuboradigan sodda dil qiz edi Yona.

.

.

.

.

.

.

2-qism tugadi...

Avtor: Lee Muna