Love story
Episode - 1
Keng Sud zali... Ikki yonga yog'ochdan yasalgan o'tirishga mo'ljallangan uzun o'rindiqlar joylangan. Ular sud jarayonini kuzatishga keladigan odamlar o'tirishi uchun bo'lsa kerak. Xona boshida esa sudya va prokurorga maxsus kreslolar va taxta stol mavjud. Xonani ortiq hech qanday o'zgachaligi yo'q. Ammo bu yer har bir inson o'ziga tegishli bo'lgan narsani talab qiladigan joy.
Sud ishi boshlangani haqida xabar berildi. Eshik ortida kutayotgan yigit va qiz, ichkariga qadam qo'yishti. "Davogar va Javobgar" bo'lgan insonlar turishi uchun joy ko'rsatishti.
Qizni qo'llari qaltiramoqda... Bu ajrimga o'zi davo ochgan bo'lsada qarshisida turgan yigitni ko'zlaridan afsus ko'rishni istardi. Agar zarracha bo'lsada qilgan ishiga afsuslansa hoziroq sud ishini to'xtatardi. Ammo yo'q qiz qancha bir paytlar sevgan insoni ko'zlariga boqsada u yerda afsus ko'rmadi... bu og'riqli edi. Qarshisida ajrim uchun rozi bo'lib turgan yigitni bir paytlar jon-jaxti bilan sevardi. Demak bugun nimadir o'zgardi va o'sha narsa ikki sevishganning sevgisi tugab, ajralishiga sabab bo'lmoqda.
.
Ertalab uyidan shoshib chiqqan qiz, to'g'ri turarjoyda turgan mashinasiga o'tirdi. Soatga qarab qo'yarkan, kech qolayotganidan asabiylashishni boshladi. Qulay joylashib, kamarni taqdi va mashinani asta harakatga keltirdi. Katta yo'lga chiqib olgandan so'ng telefoniga kelib tushgan bir necha javobsiz qo'ng'iroqlar egasiga qayta qo'ng'iroq qildi. Uzoq chaqiruvlardan keyin telefon ortidan javob keldi,
- Yona xonim?,- qiz bolaning yoqimli ovozi yangradi.
- Eshitaman So-Yun,- mashinani qizil chiroqda to'xtatib e'tiborini telefonga qaratti.
- Kuzgi kollektsiya uchun chizgan liboslaringiz varoqlarini topa olmayapman,- biroz asabiy dedi.
- Ular menda. Ofisda qoldirmagandim. Kecha tuni bilan chizib chiqdim. Ertalabga yaqin uxlab qolibman va shu sababdan ham kech qolayapman,- svetofor chiroqlari almashib navbatni yashilga berdi va mashinalar qayta harakatga tushti.
- Tushunarli. Aytgancha, chet eldan ikta mehmon kelishi haqida xabar berishti,
- Yaxshi. 15 daqiqada yetib boraman,- Yona a'loqani uzish uchun qizil tugmani bosti. Biroz vaqtga diqqati telefonga qarab ketgani bois, oldidagi mashinani birdan to'xtaganini sezmay qoldi. E'tiborsizlik oqibatida Yonani mashinasi undan bitta oldinda harakatlanayotgan mashinaga to'qnashti. Qizni boshi esa mashina ruliga urildi. Atrofdagi odamlar ham vaziyatni tushunishga urinib, to'planishni boshladi. Qiz boshini asta ruldan ko'tardi. Boshida qattiq og'riq paydo bo'ldi. Ko'zi xiralashib atrofni yaxshi ko'ra olmadi. Birdan mashina eshigi ochildi va qizni tashqariga chiqarishti. Yona qo'liga tutqazilgan suvdan xo'plab, axvoli yaxshilasha boshlaganini his qildi. Kichik halokat bo'lgani sababli hech kimga jiddiy zarar yetmagan. Qo'shni mashinada bo'lgan yigit Yonani yoniga keldi. Qizni axvoli yaxshi ekanini ko'rib tomoq qirdi,
- Xonim axvolingiz yaxshi ekanligini ko'rib xursand bo'ldim,- gaplari chalkashib dedi yigit. Yona chap tomonida turgan yigit tomon qayrildi. Bo'ylari o'rtacha, sochlari tartibsiz, noodatiy stilda kiyingan, ko'zlarida qora ko'zoynak bo'lgan yigitni ko'rdi. Yigitga tikilib ancha vaqtini yo'qotganini anglagan qiz, javob qaytarish uchun gap boshladi,
- Men ham. Ammo nega birdan mashinani to'xtatasiz?,- Yonani bitta qoshi chimirildi.
- Bu uchun uzur so'rayman. Yo'limdan bolakay chiqib qoldi. Shu sababli birdan tormozni bostim,- yigit vaziyatni tushuntirishga urindi,
- Sal qolsa o'lib ketardik. Mashinam ham rasvo bo'ldi,- Yona norozi ohangda achchiq gaplarini davom etti.
- Politsiya chaqirsangizlarchi,- chetta turgan ayol baqirdi.
- Keragi yo'q. Politsiya shu yerda,- Yonani qarshisida turgan yigit ayolga javoban dedi. - Park Jimin,- cho'ntagidan hamyonini chiqargan yigit, ichidagi guvohnomasini qizga ko'rsatti.
- Kang Yona,- qiz guvohnoma ko'rganini tasdiqlash uchun boshini qimirlatib, o'zini ham tanishtirgan bo'ldi.
- Unda mahkamaga kettik,- Jimin qo'lida turgan ko'zoynagini taqib ortiga burilib, mashina tomon qadam tashladi.
- To'xtang,- Yona yigitni ortidan yetib olib, sumkasidan tashrif qog'ozini chiqardi. - Men hozir darhol ketishim zarur, bir joyga kech qolayapman. Siz esa men bilan bog'laning. Keltirilgan zarar narxini kelishamiz,- qiz kichik to'rtburchak qog'ozni Jiminni qo'liga tutqazib, birinchi kelgan taksiga minib ketti. Jimin vaziyatni javobsiz qoldirdi.
30 daqiqada kompaniyaga yetib kelgan taksidan uzun bo'yli, ko'k rangda kiyingan, sochlari deyarli qora shunchaki oldi tomoni biroz pushti rang bilan bo'yalgan, chiroyli qiz tushti. Kichik ofisiga qadam qo'yarkan, qabul bo'limida kotibasini uchratti. Ikkalasi birga lift orqali uchinchi qavatga ko'tarilishti.
- Yona xonim, kollektsiyani olib keldingizmi?,- to'g'ri shaxsiy xonasi tomon ketayotgan qizni ortidan yurib savol berishni boshladi.
- Haa, ammo negadir ulardan ko'nglim to'lmayapti,- Yona xonasiga yetib kelib ichkariga kirdi.
- Bir ko'z yugurtirib chiqsam bo'ladimi?,
- Albatta,- o'zi bilan olib kelgan faylni ichidagi rasmlarni birma-bir ochib ko'rsatdi.
- Juda chiroyli chizgansiz. Nimasi yoqmadi sizga? Axir bu kollektsiya uchun butun yoz bo'yi harakat qildik,- boshlig'i ko'nglini olishga urinib so'zladi qiz.
- Bilmadim, nimadir kamdek tuyulmoqda,- Yona suratlarga bir qarab qo'yib dedi.
- Yana bir narsa mehmonlar tushdan keyin kelisharkan,- So-Yun stolga sochilgan suratlarni yig'ishni boshladi.
- Mayli,- boshini ortidagi kresloga tashlab chuqur xo'rsindi. Ko'zlarini yumib tinchlikdan rohat olaman deganda, yomg'ir tomchilari oynaga urildi. Har urilgan tomchidan ajoyib ovoz chiqardi. Ko'p o'tmay yomg'ir quyib yog'a boshladi. Yomg'irning yog'ish jarayonidagi g'aroyib tovushi kishini hayratga solardi. Yona kuzning yana bir yomg'irli kunini o'tkazmoqdaman deb o'ylardi. Ammo birdan hayotida katta burilishlar sodir bo'ldi.
Tashqaridan sirena ovozlari eshitilishdi. Kreslodan tezda boshini ko'targan qiz, nima bo'layotganini bilish uchun oynadan pastga qaradi. Ofis eshigi yoniga ikta politsiya mashinasi to'xtadi. Ichidan tushgan politsiya xodimlari to'g'ri qabul bo'limiga kirishti. Pastga qarab turgan payti, Yonani xonasi eshigi taqqiladi. Biroz cho'chingan qiz, ko'ksiga qo'lini qo'ydi. Ichkariga qayta kotibasi So-Yun kirdi va nimalar bo'layotganini tushuntirishga urindi.
- Politsiya sizni so'rab kelibti,- hovliqib gapirdi.
- Menimi? Ammo nima uchun?,- qiz labini tishladi.
- Qandaydir mashina, halokat deyishti,
So-Yunni gapidan keyin ertalabgi voqealarni esiga solgan Yona, kelgan ofitserlarni biri tongdagi yigit ekaniga ishonchi komil bo'ldi. Tezda pastga tushushga qaror qildi. Qabul bo'limidan Yonani kutib o'tirishgan xodimlar, orada soatlariga qarab qo'yishardi. Lift ochilish arafasidan kichik ovoz chiqti. Ofitserlar o'rnidan turib, lift yoniga kelishti. Lift ochilishi bilan Yona ikki zobitni ko'rdi, ulardan biri taxmin qilganidek tanish chehra edi.
- Kechirasizlar? Qandaydir muammo bormi?,
- Bugun kichik avtohalokatga uchrabsiz, shu sababli sizni mahkamaga ko'rsatma uchun olib ketgani keldik,- qiz tanigan yigit ya'ni Jimin javob berdi.
-Yaxshi,- oson rozi bo'lgan Yona zobitlar bilan politisya mashinasiga o'tirib mahkamaga ketti.