October 27

Boundless love

" Loving you, is healing me "

Episode-1

.

2012-yil | 25-may

Maktabdagi so'ngi kun uchun o'tkazilgan tadbirdan so'ng barcha bolalar o'z uylariga ketishti. Kichik Jungkook ham do'stlari bilan uyiga qaytti. Ichkariga kirishdan avval uy ortidagi bog'ga ko'milgan onasini oldiga borishni xohladi. Maktab ma'muriyati tomondan berilgan "Faxriy yorliq" ni ham qo'liga ushlab orqa tomonga shoshti. Onasiga olgan mukofotini maqtanmoqchi chog'i... 13 yoshlar atrofidagi bola sovuq tuproqqa qo'llarini bo'sarkan ichida doim alanga oladigan his uyg'ondi.

-Oyi qarang, og'lingiz bu yil ham maktabni yaxshi baholar bilan tamomladi,- ko'zidagi bir-ikki tomchi yoshni artib davom etti,- Siz havotir olmang, men o'qib katta odam bo'laman. Sizga so'z beraman oyi,- bola sovuq tuproqni qo'llari bilan silagancha titroqli so'zladi.

-Jungkook?!,- orqa eshikdan chiqqan otasi Janob Junseo o'g'lini chaqirdi.

-Dada?,- ko'zlaridagi yoshlarni yengiga artib, otasi yoniga bordi.

-Nima qilayapsan O'g'lim? Bu nimasi? Senga necha bor ayttim? Onangni ko'p bezovta qilma. Bilaman ko'nikish qiyin ammo majburmiz,- erkak og'lini yelkasini qoqib qo'yib uyga olib kirdi.

Ota-bola ertaga qishloqdagi uyga jo'nab ketishayotgani bois bugun narsalarini to'plashga tushushgandi. Og'lini xonasi yonidan o'tib ketayotgan Janob Junseo Jungkookning bir bog'lam kitobni sumkaga solayotganiga ko'zi tushti va asta jilmaydi. Og'li kichik bo'lishiga qaramay kitobsevar va zukko bola bo'lib o'sayotgani otasini quvontirayotgandi.

Tun kirgani atrofni qora tuynuk qoplaganligi va ortiq hech qanday nur taralmayotganidan dalolat. Jungkook va otasi safarlari uzoq bo'lgani sababli ertaroq yotishni reja qilishdi. Janob Junseo og'lini xonasiga "Xayrli tun" tilash maqsadida kirdi.

-Og'lim xayrli tun,- past ovozda so'zladi erkak.

-Sizga ham,- quchog'ini ochib "Meni quchoqlang" degandek qildi bola. Otasi ham anglagan ko'rinadi Jungkookni bag'riga bosti.

-Sizni yaxshi ko'raman dada,- otasi bag'rida erkan quloqlariga shivirladi.

-Men ham yaxshi ko'raman,- og'lini peshonasidan o'pib qo'ydi. -Endi esa uxla. Ertaga yo'limiz uzoq,- Janob Junseo mayda qadamlar bilan xona eshigi yoniga keldi. Chiroqni so'ndirib, eshikni qiya ochib qo'yib o'z xonasiga ketti.

Tong otib, quyosh nuri atrofga charaqlashni boshladi. Ko'chadan qushlarning yoqimli ovozi eshitilmoqda. Uy ichidagi taqir-tuqur tovushlar, yigitning uyqusini buzdi. Jungkook yotog'idan turib, tezda yuvinib chiqib, ketishga tayyorlandi. Ishlarini tugatib, otasiga yuklarni mashinaga ortishta ko'maklashti.

-Uyda yuk qolmadimi?,- yerdagi chamadonlarni mashinaga joylayotib baqirdi erkak.

-Faqat bitta qoldi. Hozir olib chiqaman,- Jungkook uy ichidan javoban baqirib gapirdi. Yigit so'ngi chamadonni qo'liga olib, chiqish eshigidan endi hatlab o'tayotganda Janob Junseoga o'q uzishdi. Qotil Jungkookni ko'zlariga boqib turib, otasiga 3 marta o'q uzdi. Vaziyatga tushunmay qolgan yigit qayta uyga yugurib kirib, mehmonxona shkafida turadigan to'pponchani olib tashqariga chiqti. Qotil hamon shu yerda edi. Qo'lidagi qurolni qotilga o'qtalgan Jungkook, to'pponchani ishlata olmagani uchun, ularni oqlantirish qo'lidan kelmadi. Yuzida jirkanch tabassum uyg'otgan qotil erkak Jungkookga ko'z qisib u yerdan g'oyib bo'ldi. Yigit esa hech narsa qila olmagani uchun o'zidan nafratlana boshladi. Yerda jonsiz yotgan otasini murdasiga boqib, o'zida ojizlikni his etti. Tomog'iga bir narsa tiqilgandek bo'ldi. Yerga tizzalab o'tirarkan, otasini jonsiz tanasini bag'riga bosib yig'lashni boshladi.

Ayriliq... eng og'ir hislarning biri. Odamlar ayriliqni xushlashmasa kerak, chunki doim sevganlaridan ayiradi ularni. Qon yig'latadi, qalbiga xanjar sanchadi, eng yomon hislarni uyg'otadi. Ammo hech qachon olganini qaytarmaydi. Qancha afsus-u nadomat cheksang ham kech bo'ladi. Shu sababli borida qadrlashni uqtirishadi bizlarga. Yana bir narsa, doim ayriliqdan so'ng keladigan tuyg'u bu - intiqomdir. Seni yaqinlaringdan ayrilishinga sabab bo'lganlardan qasos olish...

Intiqom yo'liga kirganlarni faqat o'lim ortga qaytara oladi. Zero ko'zi qonga to'lgan inson hech kimni tinglamas, hech narsani anglamas...

.

Otasi janozasini bir amallab o'tkazgan yigit yoniga amakisi keldi va uni o'z tarbiyasiga olishini aytti. Boshqa tarbiyachisi qolmagan Jungkook ko'nishga majbur bo'ldi. 1 hafta ichida yigit amakisi bilan shaharga jo'nab ketti.

Jungkook

.

2024-yil | 2-oktabr

Hozirgi vaqt...

Aeraport yo'laklari har doimgidek odamlarga to'la. Kimdir kutib olishga kimdir esa kuzatishga chiqqan. Amerikadan kelayotgan samalyot qo'nganiga ancha vaqt bo'ldi. Ammo kutilgan inson hali ko'rinish bermadi. Beomgyu atrofga alanglay boshladi va nihoyat tanish chehrani topdi. Yigit kutgan insoni yoniga shoshildi. Yorqin stilda kiyingan qiz ham yigitni payqadi.

-Xush kelibsiz Jiwon xonim,- mulozamat ko'rsatdi yigit,

-Xush ko'rdik,- qiz ikki og'iz so'z bilan cheklandi.

Beomgyu tezda qizga mashina tomon yo'l ochti. Aeraport xodimlari olib kelgan yuklarni ham mashina yukxonasiga joylay boshladi. Ishini tugatgach, qizga ketishga ishora qildi.

-Mashinani men boshqaraman,- qiz haydovchi eshigi yoniga kelib dedi.

-Ammo Jiwon xonim ko'rganlar nima deydi?,- Beomgyu biroz qo'rqqan ohangda so'zladi.

-Nima deyishardi Yoon Jiwon o'z mashinasini sog'inibti deyishadi. Qani o'tir,- eshikni ochib joylashdi qiz.

Avtomobil motori ishga tushib, sekin aeraportni tark etti. Jiwon va Beomgyu yo'lda faqat Busanda qanday yangiliklar bo'lgani hamda oilasi haqida gaplashishti. Deyarli o'zgarishga uchramagan shahar bolalikdagi kabi go'zal edi. Ko'p o'tmay "Yoon" lar qo'rg'oni darvozasi yonida mashina to'xtadi. Ichkaridagi eshik tubida oilasini ko'rgan qiz, ular tomon oshiqti.

Yoon Jiwon

-Oyijon,- qiz ayolni quchog'iga otildi.

-Ohh meni go'zal qizim,- ayolni ko'zlariga yosh to'ldi. Qizini iforiga to'yib hidladi, uni bag'ridan ajratgisi kelmadi.

-Ancha o'zgaribsan kichkintoy,- ayolni ortidan yigit kishini chuqur ovozi eshitildi.

-Aka?,- onasi quchog'idan chiqqan qiz, akasi Suwonga tabassum ila qaradi.

-Kel o'zimga singillarning eng sevimlisi,- Suwon Jiwonni o'zi tomon tortib quchoqladi

Barcha bilan ko'rishgan qiz, ko'zlari izlagan insonni oralarida ko'rmagani bois, savol berishga majbur qoldi.

-Dadam yo'qmi?,-biroz xafa ohangda dedi qiz.

-Bor. Faqat o'z xonasida, muhim ishlari bor ekan bezovta qilmadik. Hozir aytaman dadangni chaqirishadi va barchamiz oilaviy nonushta qilamiz,- ayol qizi ko'nglini ko'tarishga harakat qildi.

-Yaxshi. Unda men ustimni almashtirib chiqaman,

.

Busan bugun yana bir mehmonni qarshi oldi. Kelishgan yigit qora rangli Jeepda Busanga tashrif buyurdi. Manzilini to'g'ri bolalikdagi uyi tomon yo'naltirdi. Sog'ingani tabiiy 12 yil oz muddat emas axir...

Quvonchli xotiralar yaratilgan kichik uy. Eskirib, tanib bo'lmas axvolga kelgan bo'lsada hali ham qadrli... Ammo Busan baribir Jungkook uchun yomon xotiralarni ko'p sovg'a qilgan...

Jungkookni bolalikdagi uyi

Agar bolalikdan sevgan qizi shu yerda bo'lmaganida balki yigit ortiga qaytmagan bo'lardi. Chunki bu yerda uni kutib oladigan insonni o'zi yo'q. Uy yonida mashinasidan tushgan yigitning birinchi qilgan ishi, ota-onasi qabri atrofini tozalash bo'ldi. Ishini tugatib, yotish uchun chodir tikayotgan payti, kimdir kelganini sezdi.

-Jungkook, meni uyim turib Sen chodirda yotmoqchimisan?,

-Leora?,- boshi tepasida turgan qizga qaradi.

Kim Leora

-Sen Busanga kelar ekansan va menga aytmas ekansan, shundaymi? Qanday yaramas odamsan?,- yigitni yelkasiga urdi, so'ngra davom etti, -Tashrifing maqsadini bilsam bo'ladimi? Men o'ylagan narsa emas shundaymi?,- qizning ovozi titradi.

-Bu yerga hech qanday qasos maqsadida kelmadim havotir olma. Sen bilan baxtli bo'lsam shuni o'zi yetadi menga,- Jungkook qizni quchog'iga oldi.

*

Katta oila uchun dasturxon yozildi. Stol atrofiga hamma birin ketin kelib joylashishni boshladi. Xizmatkorlar stolni aylanib yurib, ovqatlarni tarqatib chiqishdi. Jiwon ham tepa qavatdan tushib, dasturxon atrofidan joy oldi. Tinchgina nonushtalarini tanavvul qilib o'tirgan insonlar qizlari qaytganidan mamnun. Nonushtadan so'ng dasturxonga shirinlik tortildi va barcha suxbat qurushni boshladi. Biroz vaqt o'tgach, yigit tomoq qirdi,

-Dada, Busanlik Jeon Jungkook bor edi. Eslaysizmi?,- stol boshida o'tirgan erkakga qarata gapirdi Suwon.

-Jeon Jungkook meni maktabdagi sinfdoshim. Unga nimadir bo'libtimi?,- Jiwon suxbatni bo'lib savol berdi.

-Yo'q hech narsa. Shunchaki Busanga qaytibti. Yigitlar xabar berdi,- oddiy qilib javob qotti.

-Busanga qaytibtimi? Sabab?,- sovuq qarash qilib dedi erkak.

-Ota-onasi qabrini va tug'ilib o'sgan joyini ziyorat qilishga keldim debdi,

-Mayli, unga xabar bering 4-5 kun qolib keyin kelgan joyiga qayta jo'nab ketsin. Baribir bu yerda uni yaqinlari yo'q,- erkak qahvasini chetga surib o'rnidan turdi va ishxonasiga ketti.

"Yoon" lar hozirgi vaqtning eng katta sulolasidan edi. Ularga qarshi chiqadigan, gaplarini ikki qiladigan odam hali uchramagan. Busanda o'z bizneslarini olib borishadi. Shahardagi kambag'al odamlar "Yoon" lardan qo'rqishardi. Chunki qilingan bitta nojo'yi harakat ham o'limga yetaklashi hech gap emas...

.

.

.

Ep-1 tugadi

Author: Lee Muna