October 5

Next room

Episode - 5

Ancha vaqttan buyon mashina ichida o'tirgan juftlik, gapirmaslikka qaror qilgandek edi. Nihoyat bu sukuttan zerikkan yigit, mashina orqa o'rindig'idan alkogol shishasini oldi. Shisha qopqog'ini ochib, ko'tarib ichishni boshladi. Sero bir zum yigitga tikilib, qo'lidagi shishani tortib oldi.

-Ko'p ichib yubording. Shishani menga qaytar. Boshqa ichishinga ruxsat bermayman,- Taehyung qo'lini shisha tomon uzatti.

-Sendan so'ramayman,- qiz shisha og'zini qo'li bilan artib bir ko'tarishta ichib yubordi.

Shu rusumda ikkisi tun yarmigacha ichishti. Sero o'zini bilmaydigan holga kelib qoldi. Taehyung qizni qo'lidan shishani olib qo'ydi va ketishga shaylandi.

-To'xta,- qiz valdirashni boshladi,- Mashinani men boshqaraman. Chunki men shunday axvolda ekanman, o'zimni senga topshira olmayman,- Sero mastligi sabab nima deyotganini bilmasligi ma'lum.

Taehyung qizni gaplariga kulib yubordi. Mashinadan tushib kalitni qizni qo'liga tutti.

-Qani Kaktus xonim, rulga marhamat. O'zingizni menga topshira olmas ekansizku,- oldi eshikni ochayotib dedi yigit. Sero mashina ruliga tezda joylashti. Kalitni tiqib buradi va mashina pedali joylashgan joyga qaradi.

-Buni gaz va tormozi qayerda?,- qiz oyog'i ostidagi pedallarga ko'z yugurtirdi.

-Yo'q faqat bu emas,- Taehyung Mast holdagi Sero qilayotgan ishlarga kulgisi kelardi. Qiz tinmay titkilanib mashinani hatto qimirlata olmadi.

-Radioni yoqaymi?,- qiz endi jinnilik qilishga o'tti.

-Yoq albatta,- davom etti,- Tusha qol bo'ldi bugun juda ko'p o'yin o'ynadik,- yigit Seroni qayta old o'rindiqqa joyladi va o'zi rulga o'tirdi. Mashina motorlari ishga tushib, manziliga yo'l oldi.

*

Bugun ham tungi klub doimgidek gavjum. Barcha yoshlar vaqtlarini choq o'tkazmoqda. Tungi klublar qiroli Jay ham shu yerda. Vaqtini faqat ko'ngilhushlikka sarflaydigan betayin yigitlar qatorida turadi axir. Yolg'iz o'tirgan yigitni payqagan ochiq sochiq kiyingan qizlar darrov uni yoniga shoshishadi. Shunday uchta qiz, Jayni yoniga joylashishti. Yigit ham qarshilik ko'rsatmadi, shunchaki muz solingan vinosidan ichib o'tirdi.

Kazuha ishlarini tugatib, Sero bilan birga kelgan klubga qayta tashrif buyurdi. Oxirgi bor shoshib ketib qolgani bois, sumkasini shu yerda unutib qoldirgandi. Mashinasidan tushib bir bor atrofga nazar solgan qiz, kalitni qo'riqchiga berib tezda chiqishini aytti. Raqs tushayptgan yoshlar orasidan amallab o'tgan Kazuha, klubdagi unutib qoldirilgan narsalar bo'limiga bordi. Narsalar orasidan sumkasini izlab arang topti. Qiz sumkasini olib klubdan chiqti.

Besh daqiqa avval ichkarida siqilgan Jay chekish uchun tashqariga chiqqandi. Bir chetga o'tib, cho'ntagidan quti chiqardi. Ichida qolgan so'ngi sigaretni lablariga qistirib tutatti. Qutini esa yerga tashladi. Endigina klubdan chiqqan qiz, o'zidan bir necha masofa narida turgan yigit axlatini yerga tashlaganiga ko'zi tushti. Yigit ort o'girib turgani sababli kim ekani qizga noma'lum. Kazuha yigit tomon yaqinlashti. Yigit tashlagan sigaret qutisini yerdan olib axlat qutisiga tashladi. Qiz indamay o'z yo'li tomon ketti hatto yigitni yuziga boqmadi.

Kazuha

Jay holatni izohsiz qoldirdi. Ammo qizni yuzini ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Bir necha soat avval tortishgan qahvaxonadagi o'jar qiz.

Jay

*

-Yetib keldik Kak...,- Taehyung qizga qaradi va gaplarini tugallamadi. Allaqachon uyquga ketgan Sero yigit gapirgan taqdirda ham eshitmasti va javob ham bermasti. Taehyung Seroni uyg'otishga urinib, turtti.

-Hoy, Kaktus xonim uyg'on,- shirin bo'lib uxlayotgan qizga boqish yigitni g'alati holatga solardi. Sero ko'zlarini asta ochti lekin baribir uyqsiragan holatta. Taehyung qizni mashinadan tushurib, qo'lini yelkasiga qo'yib oldi va uyigacha borishga yordamlashti. Sero liftga chiqishganda nimadirlarni vaysashga tushti.

-Bilasanmi? Sen aslida yaxshi yigitsan tarbiyasiz va axmoq ekaningni hisobga olmasak,- qiz yigitga qarab shirin tabassum qildi.

-Bu maqtovmi yoki qoralashmi?,- Taehyung qiz ko'zlariga nigohlarini olib o'tib so'zladi.

-Har ikkisi. Qanday qabul qilish o'zinga bog'liq,- kerakli qavatga ko'tarilishganini xabar bergancha lift ovozi yangradi. Taehyung yana qizni yelkasiga suyab uyi eshigi yoniga olib keldi. Kalit yordamida eshikni ochib, qizni tepa qavatga olib chiqti. Xonasiga olib kirib, yotoqqa qizni joyladi. Sero yostiqni quchoqlab uyquga ketti. Yigit esa o'z uyiga kirdi.

Sero

Doim bunday paytta uyquga oshiqadigan ko'zlar negadir bugun notinch. Galustigini zal bir chetiga tashlab, divanga o'tirgan yigit og'ir xo'rsindi. Telefonini qo'liga olib o'zini chalg'itishga urindi.

Taehyung

*

Quyosh o'z uyasidan chiqishga shoshildi. Balki shu sabab tong bir pastta otti. O'rnidan erinibkina qo'zg'algan qiz, bosh og'rig'i bilan uchrashuvga duch keldi. Tokchada turgan soat allaqachon 9 bo'lganini ko'rsatmoqda. Hayriyatki bugun dam olish kuni. Kechagi bir necha shishalar bugun boshga og'riq bo'ldi. Yotog'idan turib, bir necha vaqt oralig'ida o'ziga qarab olib yuvingan qiz oshxonaga kirdi. Sero ertalabdan qahva ichib o'ziga kelib olishga qaror qildi. Tushga yaqin reja qilgan ishlarini hal qilish uchun kiyinib uydan chiqti. Qo'shnisidan hech qanday sado yo'q. Qiz minnatdorchilik bildirishni o'yladi ammo yigit bilan to'qnash kelmadi. Sero turarjoydan mashinasini qidirarkan haydovchisini uchratti.

-Haeyang?,

-Sero xonim,- yigit ta'zim qildi,- Hayrli kun. Qayergadir ketmoqchimisiz?,

-Ishlarim bor,- mashina pultini sumkasidan olib dedi.

-Sizni o'zim olib boraman,- Haeyang qizni qo'lidagi kalitni oldi.

-Yaxshi,- boshini rozidek silkitgan qiz, mashinaga o'tirdi.

Haeyang

.

.

.

Davomi bor...

.

.

.

Author: Lee Muna