Lie🕯
°it's all lies darling🥀°
G'ira-shira yoritilgan xona ichida kezib yurgan qiz bezovta ekani harakatlaridan sezilardi. Ancha vaqttan buyon sevgilisidan xabar kutib charchagan Kaya, axiyri oyna yonidagi kresloga o'tirdi. Bir necha kun avval kelgan Kai Kayaga xabar almashish uchun telefon tashlab ketgandi. Kaya telefon ekraniga termulib o'tirgan payt kutgan xabar keldi.
Hammasini tashkillashtirdim. Biroz sabr qil va biz 2 kun ichida bu yerdan ketamiz.
Xabarni darrov ochib o'qigan Kayani yuziga tabassum oraladi. Telefonni qayta yashirib qo'yib, Kai kelgan kuni tuzgan rejalari asosida ish ko'rishga kirishti.
Vaqt kech bo'lgan. Quyosh o'z uyasiga kirib, atrofni qora tun egallagan. Oy nuri esa quyosh o'rnini bo'sishga urinmoqda. Shahardan uncha uzoq bo'lmagan katta va shinam uyda ikki sevishgan hikoyasi boshlandi. Endi ularni hech qanday to'siqlar qiziqtirmaydi. Faqat baxtga yetaklaydigan yo'l bo'lsa bas. Ammo bu yo'lni bosib o'tish biroz mushkul bo'lishi aniq.
Yigitni bir soat avval qilgan keskin ishidan keyin, qiz biroz o'zini noqulay his qildi. Chunki Muna bunday ishlarni oldin umuman qilib ko'rmagan. Balki shu sababli huddi o'zini ayb ish qilgandek his qilayotgandir. Yuvinish xonasida yuzini yana bir bor sovuq suvga yuvgan ko'yi oynaga qaradi. Sochiq bilan yuzini artib, tashqariga chiqti. Mehmonxonada qizni kutib o'tirgan yigit, havotir olishni boshlagandi. Ammo Munani ko'rgan zahoti barcha havotirlari aridi. Jimin qiz undan xafa ekanini tahmin qilgandi. Tahminlari to'g'ri ekaniga qizni yuzini ko'rgach amin bo'ldi.
-Men oshxonada bo'laman,- Muna hissiz yigitga tikilib, oshxona tomon qadam bosti.
-To'xta,- yigit tezlik bilan qizni yo'lini to'sti. -Bilaman xafasan, ammo xatoyimni tuzatishga imkon ber,- Jimin qizni ko'zlariga iltijoli boqti. Yigitni rad etolmasligini anglagan qiz, shunchaki sukut saqladi. Jimin bu sukutni rozilik alomati ekanini bilgach, qizga yo'l boshladi. Ikkisi birgalikda uyning eng pastgi qavatiga tushushti. Jimin uzun yo'lak bo'ylab yurib, eng oxirgi xonada to'xtadi. Qiz ham ortidan ergashti. Eshik qulfidan ozod bo'larkan, ichkari faqat qorong'u xona edi.
-Biz bu yerda nima qilamiz?,- tushunmay savol berdi qiz.
Munani savolini javobsiz qoldirgan Jimin, xonada turgan shkafli stolga yaqinlashti. Stol ong tomonidagi tortma tutqichini aylantirgan vaqti, stol to'g'risidagi devor chap tomonga siljib, ochilishni boshladi. Bu yer yashirin xona ekanini anglay boshlagan Muna, hayron qolganini yashirmadi. Yashirin xona ichiga kirib borisharkan, ichkari qorong'u bo'lgani bois hech narsa ko'rinmayotgandi. Birdan xona ichiga yorug'lik tarqalib, bu yer qanday joy ekani ma'lum bo'ldi.
-Jimin?!,- qiz bir zum yigitga tikilib, qo'llarini bilan og'zini berkitti.
-Senga yoqtimi?,- savol berdi yigit.
-Bu yer huddi ertaklardagi kabi juda go'zal,- Munani ko'zlari quvonchdan porlashni boshladi. -Qanday yoqmasligi mumkin? Insonni o'ziga rom etadi axir,
Yigit olib kelgan yashirin xona ichida katta kutubxona mavjud edi. Ulkan javonlarga turli xil kitoblar terib qo'yilgan. Har bir kitob aytarlikday qalin va og'ir. Huddi ertaklardagi kabi sehrli makon...
Muna yugurib borib, javondagi bir kitobga yopishib, o'qishni boshlab yubordi. Kutubxona ichidagi divanga o'tirib, hatto arazini ham unutti. Bu kutilmagan sovg'a uni shoshirib qo'ydi.
-Demak Yulduzchamga kitoblar yoqar ekanda?,- qizni yoniga joylashgan Jimin, savol berdi.
-Ularni yoqtirmay bo'ladimi? Kitoblarni o'qib hayottan biroz bo'lsin dam olishga harakat qilaman. Muammo va tashvishlarimni bir chetga surib, o'zga olamga sayohat boshlayman,- qizni kitobga berayotgan ta'riflari o'zgacha edi.
-Men bu yerdagi deyarli barcha kitoblarni o'qib chiqqanman,- maqtanganday dedi yigit. Muna yigitni gapini e'tiborsiz qoldirdi.
-Ammo menga kitob o'qib bersang mamnun bo'lardim,- qizni sonlariga boshini qo'yib yotib olgan yigit, Munaga tikildi. Qiz ham qo'lidagi kitobni baland ovozda o'qishni boshladi.
Timeskip➡️ | 2 kundan so'ng...
Universitet binosidan endi chiqayotgan qiz yoniga tanish yigit keldi. Muna ko'pdan beri dugonasini ko'rmasada, ayni damda yigitini uchratganidan ajabga tushti.
-Menga yordaming zarur,- tahlikali tikilgan Kai qizni qo'lidan tortib chetga oldi.
Odatiy "Park" kompaniyasi kun tartibi. Ishlar asta yurib turibti. Yangi hamkorlar va loyiha ishlarini hisobga olmasak, katta o'zgarishlar mavjud emas. Jimin kompaniyaga anchadan beri kelmagani sababli ishlar yig'ilib qolgan.
-Ertaga yangi hamkorlar bilan uchrashuv bor,- ogohlantirgan bo'ldi Minho.
-Uchrashuvga Janob Kimni ham chaqir,- qo'shimcha buyruq berdi yigit. Minho bosh egib qo'ydi va xonadan chiqti. Jimin odati bo'lib qolgan ishni ya'ni oynaga qarab shaharni kuzatishni boshladi.
Kichik qahvaxonada suxbatlari ko'pga cho'zilayotgan qiz va yigit, tinmay bir narsa ustida muhokama olib borishmoqda.
-Muna nega tushunmayapsan? Kayani qutqarishni yolg'iz yo'li faqat shu,- Kai asabiylashib baland ovozda gapirdi.
-Mayli men senga yordam berdim ham deylik, uni qayerga olib ketasan?,- qiz o'tkir nigoh ila savol berdi.
-Germaniyaga. U yerda tanishlarim bor,-oddiy javob qildi Kai.
-Rejani tuzib bo'libsiz, men nimayam deyman?,- rozi bo'lgandek so'zladi qiz.
-Haa. Ammo Kayaga zarar yetmasin. Men uni faqat baxtli bo'lishini istayman,- Muna yigitga shart qo'ydi.
-Kayani baxtli bo'lishi uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qilaman Muna,- Kai aniq va qat'iy so'zladi. Yigitni gaplariga ishongan Muna, ularga yordam berishga qaror qildi.