Next room
7-qism
Ish tashvishi bilan otgan yana bir tong. Kechasi uyqusi qochgan ikki daydi o'z uylarida ishiga ketishga tayyorlanishmoqda. Ikkisida hatto nonushta qilishga xohish yo'q. Sero uyi kalitini olib eshikdan chiqdi va uyni qulfladi. Liftga chiqib birinchi qavatga tushdi. Turarjoydan mashinasini chiqish eshigi yoniga olib kelib qo'yishgan ekan. Sero buni ko'rib, tashakkur bildirdi va mashinasiga o'tirib manzili tomon harakatlandi. Ko'cha biroz sovuq kechga qor yog'ishi haqida ob-havo yangiliklarida aytishgandi. Bu yil uchun birinchi qor...
Kompaniya uzun yo'laklarida yurib ketayotgan yigit, orada orqasiga qarab qo'yardi. Nihoyat o'zi izlagan xonaga yetib keldi. Eshik tutqichini burab ichkariga tortti va eshikni ochti. Uncha katta bo'lmagan xona uzra harakatlanib, markazda turgan ish stoli tomon bordi. Stol ong tomonida uchta tortma mavjud edi. Ularning biri qulflangan. Yigit barcha tortmani ochib o'zi izlayotgan narsani topishga urindi. So'ngi kalit bilan ochiladigan tortmani ochish uchun cho'ntagidan kichik pichoqni olib qulfni buzdi. O'ylaganidek o'zi izlagan narsa shu tortma ichida bo'lib chiqti. Tortma ichida muhim hujjatlar bor edi. Yigit o'zi bilan olib kelgan planshetga hujjatlarni tushurib, seriya raqamlarini yozib olishni boshladi. E'tibor tortmaslik uchun kulrang sviter va qora bosh kiyim kiyib olgan yigit atrofga ko'z tashlab, planshetni yopdi. Bu yigitdan hech kim gumon qilmasligi aniq. Chunki direktorning xonasida bemalol harakat qila oladigan insonlardan biri...
Olgan hujjatlarini joyiga joylayotgan vaqt eshik ochilayotganini sezdi. Tezda barchasini o'rniga qo'yib xona markazidan uzoqlashti. Xonasiga qadam qo'ygan qiz, haydovchisi bilan yuzlashdi.
β Haeyang?,- tushunarsiz boqdi,β Menimcha bugun ish kuning emasdi?,
β Xayrli tong xonim,- sezdirmay so'zladi,β To'g'ri bugun ish kunim emas. Siz bilan gaplashishga kelgandim. Ammo hali kelmaganingizni aytishdi va xonangizda kutishga qaror qildim,
β Qanday masalada gaplashmoqchisan?,
β Ertaga Incheonga oilam yoniga bormoqchiman. Albatta sizni ruxsatingiz bilan,- yigit qizga g'alati qarab qoldi.
β Ketishing mumkin,- sumkasini stoli ustiga asta qo'yib dedi Sero.
β Raxmat,- mulozamat yuzasidan boshini egib xonadan chiqti. Seroni xonasi eshigini yopib yo'ak bo'ylab ketayotgan Haeyang, yo'lda Taehyungni uchratdi va boshini egib o'tib ketti holos. Taehyung Seroni xonasiga kirganda qiz aylanma stulda oyna tomon qarab o'tirgan edi. Qizni bezovta qilishni istamasada majbur tomoq qirdi yigit,
β Xayrli kun Kaktus xonim,- ichkariroq kirayotib dedi yigit,
β Sen kelding demak xayrli emas,- sekin shivirladi Sero,
β Nimadir dedingmi?,- eshitgan bo'lsada kresloga joylashib qayta takrorlashini so'radi Taehyung,
β Xush kelibsan deyman,- oyna yonidan uzoqlashib stoli tomon yaqinlashti va "Nima gap?" degandek yigitga qaradi qiz,
β Shunchaki o'zim seni yo'qlab ketay dedim. Ko'chada birinchi qor, balki men bilan raqsga tushging kelar?,- kulgisini tiyib zo'rg'a so'zlarini yakunladi,
β Xaxax juda kulgili. Qo'rqma Sen bilan o'lsam ham raqsga tushmayman. Endi yo'qol,
β Yo'qol dedim senga,- stolda turgan birinchi qo'liga ilingan narsani Taehyungni ortidan otti qiz, β Axmoq,- o'ziga-o'zi gapirib ensa qotirib ishiga kirishdi.
Soat millari deyarli sakkizdan oshgan. Shahar esa qayta gavjumlikka cho'mgan. Kimdir o'qishdan, kimdir ishdan uyiga shoshmoqda. Qorong'ulik goplagan atrofni ko'chalardagi yoritish chiroqlari zulmatdan saqlashga urinayotgandek g'oyo. Mashinalar signali tovushi bugun ko'proq eshitilardi. Sababi esa yo'llarni qoplagan qor. Sero kech tushib qolganiga qaramay hali ham kompaniyadagi xonasida kompyuter titkilab o'tirgan edi. Keyingi xafta bo'ladigan konferensiya uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. Biroz hayajon va asabiylik mavjud ekanligini hisobga olmasak, barchasi risoladagidek ketayotgan edi. Sero qo'l soatiga qarab, kech bo'lganini payqadi. Kompyuterni o'chirib, hujjatlarni joyiga qo'ydi. Xona kiraverishida kiyim ilish uchun mo'ljallangan shkafdan paltosi va sharfini olib kiydi. Ko'cha ertalabkiga nisbatan sovuq edi. Xonasidan chiqib, eshikni qulflagan qiz, kalitni eshikni ikki yonida turadigan guldondagi katta gullarni birini tagiga yashirdi. Pastgi qavatga lift ko'magida tushib olgandan keyin, to'g'ri chiqish eshigi tomon harakatlandi. Tashqari tahmin qilinganidek juda sovuq, yerni esa oppoq qor qoplagan. Taralayotgan iforni esa so'z bilan tasvirlash mushkul.
Cho'ntagidan mashinasi pultini olib, bosgan Sero, ovoz kelgan tarafga yurdi. Mayda qadamlar bilan yurayotgan vaqti, orqasiga tekkan sovuq kopto'k singari narsani sezdi. O'girilib kim ekanligini aniqlayman deguncha, o'sha tanish ovoz yangradi.
β Raqsga tushmas ekansan hech bo'lmasa qorbo'ron o'ynarsan,- qo'lida yana bir qor bo'lakchasini kopto'k shakliga keltirib, dedi Taehyung,
β Yutqazishdan qo'rqmasang, roziman,- gapi orasida chaqib olishga ulgirdi Sero,
β Hali kim yutqazishini ko'ramiz,- qo'lidagi qor bo'lagini ham qizga otti. O'rtada ayovsiz jang boshlandi. Ikki nufuzli kompaniya merosxo'rlarini yosh bolalarcha qo'rbo'ron jangi. Tinmay bir-biri tomon yo'llayotgan qor kopto'kchalari o'yin qizg'in tus olishiga sabab bo'la boshlagandi. Biroz vaqtga qiz tomondan berilayotgan zarbalarning sustlashishi Taehyungga zavq berdi.
β Xo'sh Kaktus xonim demak yutqazganingni tan olding?,
Yana sukunat bilan javob. Bu safar yanada quvongan Taehyung, yerdan qor olib atrofga sochdi. G'alaba gashtini surishni boshlagandek edi yigit.
β Hech qachon!,- orqasidan eshitilgan qizni savoliga bergan javobi va tinmay qor kopto'kchalari zarbi. Bu juda qiziqarli va kulgili qorbo'ron o'yini bo'ldi. Ikkisi ham charchab qor ustiga o'zlarini tashlashdi. G'olib noma'lum, aniqrog'i ikkisiga ham qizig'i yo'q. Muhumi zavqli o'yin.
Sovuqdan yuzlari qizargan juftlik, o'rnilaridan sekin qo'zg'alishti. Taehyung Seroni birinchi bor ko'zlari baxtdan porlatotganiga guvoh bo'ldi. Bu juda g'alati his edi u uchun... chunki avval hech ham Seroni ko'zlari porlamasti. Chin dildan kulmasti. Huddi qandaydir kemtikligi bor insondek edi...
β Bugungi kun uchun minnatdorman Misul,- Taehyungga boqib dedi qiz,
β Misul?,- tushunmay takrorladi yigit,
β Nima? Men Misul dedimmi? Uzur so'rayman,- Sero o'rnidan turib ust boshini to'g'irladi.
β Kim u Misul?,- yigit ham o'rnidan turib Seroni qarshisiga turdi,
β Hech kim m.. men,- sezdirmaslikka urunib ko'zlarini olib qochti qiz,
β Hech kim. Men ketishim kerak,- oldinga tez-tez qadam tashlab yigitdan qochishni afzal deb bildi qiz. Hozirgina tilidan chiqqan ism egasi bilan bir necha yillar avval birinchi qorni qarshi olishgan edi. Bu xotiralar qizni tinch qo'ymasligi aniq. Ayniqsa Korea o'sha yigitni yodga olishga majbur qiladi... 3 yil avval zolimga aylangan bu shahar qizni ketishiga turtki bo'lgandi...