October 19

Next room

Episode - 6

*

Timeskip➡️

1 haftadan so'ng...

Odatiy va zerikarli o'tgan bir hafta. Taehyung qizdan tinmay o'zini olib qochib yurgani Seroda shubxa uyg'otishni boshlagandi. Buni qandaydir o'ziga xos sababi bordir balki. Ammo yigit rostan ham Sero bilan a'loqada bo'lishni istamadi...

.

*

.

Kompaniya yo'laklariga qadam qo'ygan yigitni barcha ko'rishi bilan hurmat yuzasidan ta'zim qilishayotgandi. Hurmatlarini qabul qilgandek boshini biroz egib qo'ygan Taehyung, to'g'ri yig'ilishlar zaliga yo'l oldi. Bir necha daqiqa avval yetib kelgan qiz, Taehyungni ko'rishi bilan salomlashti,

-Hayrli tong,- oddiy so'zladi Sero,

-Senga ham,- sovuq ohangda javob berdi yigit.

Taehyung

Sero nega anchadan buyon yigit unga sovuq muomila qilayotganini so'ramoqchi bo'ldi, ammo vos kechdi. Ko'p o'tmay yig'ilishlar zali ham hamkor va kompaniya ishchilariga to'ldi. Yangi hamkorlar taklif va istaklarini bildirishni boshlashti. Sero va Taehyung boshliq uchun qo'yilgan uzun stol to'ridagi stullarga yonma-yon joylashishgandi. Ishchilar keltirgan ko'k usti qattiq fayldagi hujjatlarni ko'zdan kechirib o'tirgan Sero, ehtiyotsizlik oqibatida hamda qog'ozlar qattiq bo'lgani bois barmog'ini tilib oldi. Barmog'idagi kichkina jarohat bo'lsa ham qon chiqishni boshladi. Qiz qonni to'xtatish maqsadida barmog'iga salfetka qo'ydi. Taehyung hammasini kuzatib o'tirib, qizni qo'lini o'zi tomon tortti. Cho'ntagidan jarohat uchun yopishtirgich oldi va qizni barmog'iga ehtikorlik bilan yopishtirdi. Ishini tamomlab yana hech narsa bo'lmagandek yig'ilish mavzusini davom ettirdi. Sero biroz hayron bo'lib, so'ng barmog'idagi yopishtirgichga qarab asta jilmaydi. Yopishtirgich pushti rangda va mushuk rasmi tushirilgan edi.

Yopishtirgich🩹

*

.

.

Zamonaviy restoran ichida kechki taom tanavvul qilishga kelgan qiz, buyurtmasini kutayotgandi. Birdan ortidan kelgan kimdir qizni ko'zlarini qo'llari ila berkitti. Shoshib qolgan Kazuha, ko'zlaridagi qo'llarni egasi kimligini anglashga urindi.

-Kim ekan bu? Qo'llari muzlab turganiga qaraganda Sero,- Kazuha tabassum qilib, ko'zlaridagi qo'llarni tutti.

Sero

-Zuha juda tez topding,- norozi bo'lib qarshisidagi yumshoq o'rindiqqa o'tirdi.

-Doim qo'llaring muzdek bo'lib yuradiku. Yordam berdi shu,- javob qildi qiz.

-Meni mehmon qilasanmi?,- Sero mavzuni burdi.

-Har doim men mehmon qilaman deb shikoyat qilardim ammo mayli kelishtik,- rozi bo'lish barobarida dilidagilarni ham aytgan bo'ldi Kazuha.

Kazuha

-Keyingi safar o'zim seni mehmon qilaman. Havotir olma,- dugonasi ko'nglini xotirjam qildi Sero.

.

*

.

Timeskip➡️

Vaqt allamahal bo'lganiga qaramay hali ham uxlay olmayotgan insonlar ko'p edi bu tun. Borliqni qorong'ulik qoplagan, yulduzlar va oy zulmatni oldini olishga harakatta. Hamma yonib turgan chiroqlar o'chganda ham yulduzlarni va oyni shulasi biroz bo'lsada yorug'likni saqlaydi. Ko'zidan uyqisi qochgan Sero, quloqchin va telefoni bilan uyidan chiqib lift tomon bordi. Lift eshiklari ochilgan zahoti ichiga qadam qo'ydi va eng oxirgi qavat tugmasini bosti. Lift harakatlanib, bino tomiga qizni yetkazdi. Sero bino tomini aylanib chiqdi. O'zi uchun joy tanlab o'tirdi. Ammo tanlagan joyini xavfsiz deyish mushkul. Shundoq oyog'i ostida bino kirish eshigini ko'rish mumkin.

Bino tomi

Sero butun shaharni kuzatib, rohat tuydi. Quloqchinlarini chiqarib, qo'shiq eshitmoqchi bo'ldi. Lekin simli quloqchin bo'lgani sababli bir-biriga o'ralashib qolgandi. Sero ularni ajratishga qancha harakat qilmasin bo'lmadi. Orqa tomondan erkak kishini chuqur va yog'on ovozi yangradi.

-Bu yerda nima qilayapsan?,- yigit Seroni yonidan joy oldi. Qizni qo'lidagi simli quloqchinlarni olib, yordam berishga urindi. Quloqchin simlarini chigallashib ketgan joyini to'g'irlay boshladi.

Sero o'zini yomon his qilgan payti doim qo'shiq eshitardi. Lekin hozir simli quloqchinlar pand berdi. Qizni qulog'i ostida yoqtirgan qo'shig'i yangragandek tuyulayotgan edi. Sero ham qulog'ida eshitilayotgan qo'shiq bilan hamohang hirgoya qildi.

-I had a dream I got everything I wanted But when I woke up, I see You with me (qo'shiqni hirgoya qilmoqda)

Sero ko'zlarini yumib qo'shiqni tinmay takrorlar ekan, yigit qizni qo'liga simli quloqchinlarni tutqazdi.

Simli quloqchin

-Raxmat,- qiz shu so'z bilan cheklandi.

-Demak seni ham keraksiz tuyg'ular qiynayapti?,- Taehyung vaziyatni anglagandek gapirdi.

-Balki...,- yigitga boqib dedi,- O'zingchi? Nega hali ham uxlamading?,- savol berdi qiz.

-Sukunat bizni kuydirishini bilasanmi?,- xo'rsinib davom etti,- Xo'sh, olov ichidagi odam uxlay oladimi?,- yigit ko'zlaridagi g'amni yashirmadi bu safar.

Taehyung

Taehyung bergan savoliga javob topa olmagan qiz, biroz muddat sukut saqladi. Bir og'iz gap aytti va qaytadan o'rtada jimlik hukmron surdi.

-Juda to'g'ri aytasan. Hatto savolingga javob ham yo'q menda,- boshini quyi ekdi.

Sero

Endi haqiqattan sukunat ikkisini ham yoqmoqda. Bu olovni o'chiradigan qutqaruvchilar yo'qdek. Alanga olishi mumkin, ammo o'chmaydi. Ular bosib o'tadigan yo'l hali uzoq, balki oxiri yo'qdir...

.

.

.

Davomi bor

.

.

.

Author: Lee Muna