Lie🕯
Og'ir kundan so'ng uyiga yetib kelgan qiz, xonasiga kirdi. Ust boshini tezda almashtirib, yotog'idan joy oldi. Charchagani sababli 10 daqiqaga bormay uyqiga ketti.
Og'ir kundan so'ng uyiga yetib kelgan qiz, xonasiga kirdi. Ust boshini tezda almashtirib, yotog'idan joy oldi. Charchagani sababli 10 daqiqaga bormay uyqiga ketti.
Erta tong... Jimin xonasidan tayyorlanib chiqti. Nonushta uchun bezatilgan stol ustidagi taomlardan tatib ko'rgancha, uydan chiqishga shoshildi. Uy tashqarisida uni kutib turgan Minhoga qarab qo'yib, orqa eshigi ochiq bo'lgan mashinaga joylashti. Manzilni yordamchisiga ma'lum qilib, harakatlanayotgan mashina ichida qo'lidagi soatga qarab vaqtni bildi.
Biroz avval uyg'ongan Muna, o'zini tartibga keltirish bilan band edi. Bugun rejani amalga oshiradigan kun. Biroz qo'rquv bor albatta, ammo uddalashlariga ishonishni istadi. Muna ishtaxasi yo'qligi tufayli ovqatlanmadi. Ketishga shay bo'lgan vaqti kutilmagan telefoniga kutilmagan xabar keldi.
Yulduzcham uydamisan? Men kechga kelib seni olib ketaman. Bir joyga boramiz.
Qiz xabarni ochib o'qib, ikkilanib qoldi. Telefonida qo'ng'iroqlar bo'limiga kirib, tanish bo'lgan raqamni terdi va qo'ng'iroq qila boshladi. Bir necha chaqiruvlardan keyin qarshi tomondan ovoz eshitildi.
-Eshitaman,- sokin ohangda so'zladi yigit.
-Jimin, sizdan uzur so'rayman ammo bugun uchun rejalarim bor,- qiz hijolatli gapirdi.
-Qanday reja ekanligini bilsam bo'ladimi?,- Jimin bir qoshini chimirib, savol javobini kutti.
-Sizga keyinroq tushuntirib bermoqchi edim. Hullas biz Kayani og'irlamoqchimiz,- birdan maqsad haqida aytti qiz.
-Biz deb kimni nazarda tutayapsan?,- endi Jiminni ovozi asabiy chiqishni boshladi.
-Kai bilan men. Kai Kayani yigiti, hammasini bafurja tushuntiraman. Lekin hozir emas. Menga ishoning, mayli hayr,- qiz qarshi tomondan javobni ham kutmay qo'ng'iroqni yakunladi. Jimin telefonini stol ustiga tashladi. Boshini o'rindiq orqasiga tashlab xo'rsindi. Qiz esa sumkasini yelkasiga ilib, uyidan chiqti. Birinchi uchragan taksiga minib, Kayani uyini manzilini aytti.
Musiqiy amaliyot xonasida pianino chalib tayyorlanayotgan yigit, orada eshik tomon ko'z tashlab qo'yardi. Go'yo kimnidir kutayotgandek... Birdan xona ichida qiz bolaning mayin ovozi yangradi.
-Uni kutayapsizmi?,- Saebi akasini nigohlari kimnidir izlayotganini payqab savol berdi.
-Hech kimni kutmayapman. Qachon kelding?,- Sunghoon ko'zlarini olib qochib rad etishga urindi.
-Yolg'on gapirmang. Sizni yaxshi bilaman,- qiz akasini nigohlarini tutib so'zladi.
-Kutgandim, ammo kelmaydi shekilli,-yigit noaniq javob berishda davom etti.
-Munani sevishingizni qachon o'ziga aytmoqchisiz?,- to'sattan berilgan savolga Sunghoon shoshib qoldi.
-Bu gapni qayerdan olding?,- o'zini hayratta kabi tutti yigit.
-Ko'zlaringiz aytti, qiladigan har bir harakatingizdan seziladi axir. Yashirishga urinish befoyda,- Saebi akasini yelkasiga yengil urib qo'ydi.
-Singiljon Sen bu ishga aralashma. Yaxshisi o'qishingni o'yla. Qani uyga bor,- Sunghoon singlisini tashqariga kuzatib qo'ydi.
Min oilasi xonadoniga yetib kelgan Muna, darvozadan ichkariga mo'raladi. Kaya bilan ko'rishishga kelganini aytib, ichkari tomon qadam bosti. Uyga kirish eshigi yonida biroz to'xtab, kutgan qizni, Min xonim qarshi oldi.
-Xayrli kun Min xonim. Men Kayani ko'rishga kelgan edim,- yuziga qisqa tabassum yugurtirib dedi qiz.
-Senga ham. Qizim bilan ko'rishishinga ruxsat bergim kelmayapti, ammo Kaya anchadan buyon tashqariga chiqmagani bois mayli roziman. Ichkariga kir,- sovuq ohangda salomlashgan Min xonim qizni to'g'ri Kayani xonasiga kuzatib qo'ydi.
2 kundan beri Kaidan xabar kutib ado bo'layotgan qiz, o'zini qo'yarga joy topmay yurgandi. Xonasida siqilib, ba'zida zerikardi ham. Kaya bilan gaplashadigan odam ham yo'q. Qorong'u xonada kun bo'yi yolg'iz o'tiradi. O'zini chalg'itish uchun endi ayvonga chiqmoqchi bo'lgan qiz e'tiborini xona eshigi ochilgani tortti. Kim kelganini aniqlashtirish uchun yaqinroq bormoqchi bo'lganda xona eshigidan kirgan inson yugurib Kayani quchoqlab oldi. Dugonasini iforidan tanigan Kaya, ko'zlarida yosh paydo bo'lganini anglamay qoldi. 1 oydan ziyod vaqt davomida bir-birini ko'rmagan hatto gaplashmagan dugonalar hozir ko'zyoshlar to'kishga tayyor.
-Kaya seni juda sog'indim,- hali ham dugonasi quchog'ida bo'lgan qiz, past ammo aniq so'zladi.
-Men ham Munacham,- qizni sochlarini silab qo'ygan Kaya uni o'tirishga chorladi. Ikkisi birgalikda divanga joylashishti.
-Nimalar bo'ldi qani aytchi? Sevgiling biroz uchini chiqardi. Lekin sendan ham eshitishni istayman,- Muna bo'lgan ishlar haqida batafsil bilishga urindi.
1 soat vaqt davomida shu kungacha bo'lgan voqealarni birma-bir so'zlagan Kaya, orada yig'lab ham oldi. Muna Kayani tinchlantirib yuvinish xonasiga olib kirdi. Yuz qo'lini yuvib Kayani biroz epaqaga kelishiga ko'maklashti.
-Kai bizni pastta kutayapti. Hoziroq kiyimlaringni yig' men bo'lsa pastga tushush uchun arqon hozirlayman,- qiladigan ishlarini tushuntirgan Muna, arqon tayyorlashga tushti. Choyshablar yordamida uzun va mahkam arqon yasagan qiz, uni derazadan pastga tashladi. Pastda ularni kutayotgan yigit, arqonni tekshirdi va barchasi joyida ekanligi haqida xabar berdi.
-Men ham,- chamadonlarini asta sudrab deraza yoniga qo'yib dedi Kaya. Qizlar birinchi chamadonlarni pastga uloqtirishti. Hayriyatki ular cho'p ustiga tushti va hech kim sezmadi.
-Sen birinchi tush,- Muna arqonni ushlab turib Kayani yoniga chorladi. Kaya asta sekinlik bilan arqon yordamida pastga tushib oldi. Keyin esa Muna ortidan iz qoldirmaslik uchun xonani tozalab keyin arqonni ushlab ehtiyotkorlik bilan tushti. Pastda allqachon ikki sevishgan hikoyasi boshlanib ulgurganini ko'rga qiz, yengil tabassum qildi.
-Endi butun umr birgasiz. Hali bir-biringizga to'yishga ulgurasiz. Qani yezroq ketaylik bu yerdan,- Muna mashinaga o'tirib oldi.
Kai va Kaya ham mashinaga o'tirishganidan keyin avtomobil matorlari harakatga tushti.
Shahardan tashqarida joylashgan uy ichidagi kichik xona zamonaviy jihozlar bilan to'ldirilgan. Markazda bir kishilik stol-stul mavjud. Stol ustida sigaret kukinini to'kish uchun kichik shisha idish bor. Lablarida qistirilgan sigaret kukinini idishga qoqib, qayta lablari orasiga olib kelgan erkak, eshik taqillashi sababli bezovta bo'ldi. Eshik tashqarisida turgan qora kostyum shim kiygan yigit, ichkariga kirib mulozamat yuzasidan ta'zim qildi.
-Janob Seojun meni chaqirtirgan ekansiz,
-Nima deb o'ylaysan Park Jiminga o'zimizni qayta eslatish vaqti kelmadimikin?,- erkak jirkanch tabassum qilib sigaretni shisha idishga tashladi. -Yigitlarga ayt tayyor turishsin, yaqinda yangu sarguzashtlar boshlaymiz,- stoli ustida yotgan ikki kishining rasmiga qarab qo'yib gapirdi erkak.
Aeraport yonida to'xtagan maahina ichidan uchta qochqin tushushti. Yuklarni olib ishchilar qo'liga topshirgan Kai, qizlarni ortidan aeraport ichkarisiga kirdi. Muna Kaya bilan iliq xayrlashti. Ammo ko'zlardagi yosh pand berdi. Endi bir-biri bilan qattiq quchoqlasha boshlashti. Ikkisi ham bir-birini ketishini istamaydi, ammo hayot shunday. Xohish va istaklaring uni qiziqtirmaydi. Kai ketish vaqti bo'lganini ko'rib Kayani qo'lidan ushladi. Muna ham dugonasini qo'yib yubordi. Qo'llarini silkitgan ko'yi xayrlashti. Ikki sevishgan Germaniya tomon uchadigan samalyotga minadi. Qutulishti barchasidan, bundan buyog'iga faqat o'zlari uchun hayot kechirishadi. Muna ikkisi ham ko'rinmay qolgunga qadar aeraportda turdi. Ketmoqchi bo'lib turganda esa ortidan kimdir kelganini sezdi. Sharpasi ham shundoq ko'rinib turibdi. Ammo kimligi noma'lum. Muna sekin ortiga o'girildi...